commit 2976dce371ef1e91a504835d640889c16cf57d4e Author: elmurod1202 Date: Fri Jun 5 14:03:17 2020 +0200 New Folder:texts and corpora in it diff --git a/texts/corpus.wiki.20200520.txt b/texts/corpus.wiki.20200520.txt new file mode 100644 index 0000000..3ba8ea4 --- /dev/null +++ b/texts/corpus.wiki.20200520.txt @@ -0,0 +1,663981 @@ + +Bosh Sahifa: +Vikipediyaning qardosh loyihalari +Vikitillar + +Oʻzbekiston: +Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri boʻlib, davlat tili — oʻzbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978 km2. Aholi soni (2020) — ↗34.011.621. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, davlat mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat ham hisoblanadi. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega bo'lmagan besh mamlakat bilan, yaʻni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh. +Oʻzbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrini bosishga asoslangan. 2017-yil sentabrida mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik korxonadir. Mamlakatda shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin koni mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va tabiiy gazni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi. +Geografiya. +Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimoldan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirgʻiziston (chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afgʻoniston (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh. +Demografiyasi. +Oʻzbekiston aholisi 34,048,384 kishini tashkil qiladi (2020-yil holatiga koʻra). Aholining aksariyat qismi (83,7 % dan koʻprogʻi — 26,15 mln.kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 500ming tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 51 % shaharlarda va 49 % — qishloqlarda istiqomat qiladi. +Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 83,7 % ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi. +Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 42 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 51 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi. +Etnik tarkibi. +Maʼlumot 2018-yilga tegishli: +Madaniyat. +Oʻzbekiston fuqarosi pasport orqali aniqlanadi. Qadimdan Oʻzbekiston yeri Oʻrta Osiyoda madaniyat oʻchogʻi boʻlib kelgan. Bu yurtdan chiqqan olim va shoirlar butun dunyoni qoyil qoldirgan. Hozir ham davlat tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar natijasida Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasi rivojlanmoqda. Oʻzbek kinolari xalqaro kinofestivallarning gʻolibi boʻlmoqda. Oʻzbekistonda ayniqsa qoʻshiqchilik sanʼati keng rivojlangan. Oʻzbek primadonnasi nomini olgan Yulduz Usmonovani nafaqat Oʻrta Osiyoda, balki butun dunyo boʻylab muxlislarini topish mumkin. Shu qatorga yana Ozodbek Nazarbekov larni qoʻshish mumkin. +Din. +Aholining koʻpchilik qismi Islom dinining Hanafiya (sunniylar) mazhabidagi musulmonlardir, aholining bir qismi Islom dinining Shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Bundan tashqari mamlakatda xristian dinining provoslavlar, katoliklar, protestantlar, lyuteryanlar, Arman Apostol Cherkovi, Yahova Shohidlari, Baptistlar, Yettinchi Kun Adventistlari, Koreys Xristianlari va boshqa mazhablari ham bor. Yahudiylik, Buddistlik, Krishnaitlar, Baxailar va boshqa dinlar ham Oʻzbekistonda mavjud. +Taʼlim. +Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qatʼiy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shahslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. +Davlat va Siyosat. +Milliy bayramlar. +1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb eʼlon qilingan: +Xalqaro munosabatlar. +Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega: +Viloyatlar. +Oʻzbekiston 12 ta viloyat, (Sirdaryo, +Navoiy, +Jizzax, +Xorazm, +Buxoro, +Surxondaryo, +Namangan, +Andijon, +Qashqadaryo, +Samarqand, +Fargʻona, +Toshkent), Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat. +Tabiiy resurslar. +O‘zbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor. +Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilg‘ining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qo‘ngʻir va yarim kokslanadigan ko‘mir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning ko‘p turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. +Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda. +Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra O‘zbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi. +Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha oltinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi. +Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi. +Qurolli kuchlari. +Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari +2015-yilga kelib Oʻzbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida 48-oʻrinni egallaydi. Bu haqda yangilangan Global Firepower reytingida axborot berilgan. +Global Fire Power (GFP) maʼlumotlariga koʻra (ular 2014 yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda 420ta tank, 715ta BTR (zirhli transport vositasi), 109ta raketa tizimlari, 69ta qiruvchi samolyot, 65ta vertolyot, xususan, 25ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi. +GFP Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasi sayti, MRBning World Factbook toʻplami maʼlumotlari, „Vikipediya“ va ochiq manbalardagi boshqa maʼlumotlarga asoslanib tuzib chiqqan. +Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston ham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan. +MDH, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Gruziya orasida Oʻzbekiston Rossiya (2-oʻrin) va Ukraina (21-oʻrin)dan keyingi 3-oʻrinni band etgan. Ozarbayjon (50-oʻrin), Belarus (52), Gruziya (64), Qozogʻiston (80), Estoniya (96), Litva (103) oʻrin olgan. Armaniston, Moldova, Latviya kabi mamlakatlar reytingga kiritilmagan. +Reytingga koʻra, AQSh armiyasi eng qudratli deb topilgan boʻlsa, Rossiya va Xitoy armiyasi kuchli uchlikdan oʻrin olgan. Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va Yaponiya armiyasi esa kuchli oʻnlikka kirgan. +Qayd etish joiz, GFPʼning 2014 yilgi reytingida ham Oʻzbekiston 48-oʻrinda borayotgan edi. + +Xorazm: +Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi Xorazm, Qadimgi Xorazm — Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qad. tarixiy oʻlka fanda 2 xil: Kdd. Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. X. haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitobalari, qad. yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va boshqalar) hamda ilk oʻrta ayerlarning arab geograflari asarlarida uchraydi. +"X." atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad. forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu oʻlka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "X." atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. X. tarixining bilimdoni SP. Tolstoye "X." atamasi talqinlari orasida eroncha "XurrXurshed" va "zmzem" soʻzlari asosida yuzaga kelgan nomning "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, X.ni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi oʻlkasi", "quyosh (xalqi) yeri" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, X. ayrimayrim 3 soʻzlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "er", "oʻlka", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan. Demak, "X." atamasi qanday shaklda qayd etilmasin, u "yaxshi qoʻrali yer", "ajoyib qalʼali oʻlka", "mustahkam qalʼalari bor diyor" degan maʼnoni anglatgan. +Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qad. Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shim. qismida Amudaryo etaklarida sonsanoqsiz sersuvli oʻzanlar, shim. va shim.sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning jan. qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan kattakichik daryojilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosiddor yerlar joylashgan. +Qadimgi X. mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qad. aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qad. madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan X.ning shim. qismi (Oqchadaryo deltasi)da mil. av. 4—3 ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, mil. av. 2myng yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va mil.av. 1-ming yillik boshlari (9—8-asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular X.ning qad. aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji X. aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan. +X. ning jan. qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa mil. av. 6— 3ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda turli xildagi kattakichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa). +Mil. av. 2ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qad. sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va jan.sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi. +Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning bir qismi jan. tomon siljib to shim. Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi. +Miletlik Gekatey (mil. av. 6-asr) maʼlumotlari asosida Gerodot (mil. av. 5-asr) axomaniypar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining jan.sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shim. Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiradi. +Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axomaniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan. +Mil. av. 6—5-asrlarda X. Axomaniylar davlatining 16satraplik tarkibiga kirgan. Mil. av. 5-asr oxiri — 4-asr boshlarida esa, u aloxida satraplik hisoblangan. Mil. av. 3 — mil. 3-asrlarda X. Sirdaryo havzasining oʻrta qismida1. Qalʼaliqirdagi saroy xarobasi. Mil. av. 5—4asrlar; 2. Ayozqalʼa. 1-ming yillik oʻrtasi; 3. Tuproqqalʼa. Gipsdan ishlangan haykal parchasi. 3asr; 4. Tuproqqalʼa. Yogʻochga bitilgan qad. xorazmiy yozuvi. 3asr. tashkil topgan Qangʻ davlatining tarkibvda boʻlgan. +Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baktriyadan jan.da Areyadan sharkda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. Xorazmiylar). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farkdi oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, boxtariylar, areyaliklar, girkaniyaliklardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sutorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari— dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan. +Mil. av. 4-asrning 2-yarmida X.da mustaqil davlat qaror topadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, X. davlatiga afsonaviy qahramon Siyovush (Siyovaxsh) asos solgan. Mil. av. 328 y. bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun X. hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Fanda massagetlar konfederatsiyasi (turkumi) nomi bilan tilga olingan X. davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼaaya boʻlgan. Keyinchalik (305 y.) esa Kot shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi (beti)da tojdor xukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga mil. av. 1-asrga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar mil. 8-asrgacha zarb etilgan. +X. davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qad. davlatlardan biri boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi. +Demak, X. aholisining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tadrijiy rivojlanish uning shim. va jan. qismlarida, avval biri ikkinchisidan tubdan farqlanuvchi 2 turdagi madaniyatlar shakllangan. Soʻngra esa ularning qorishuvi oqibatida X.ning oʻziga xos yuksak darajadagi madaniyati yuzaga kelib, ravnaq topgan. +Qadimgi Xorazm madaniyati. Kadimdan Gʻarbiy Osiyo, xususan, shim.sharqiy Eron hududlari bilan bevosita aloqador boʻlgan X.ning qad. mushtarak madaniyatining koʻpgina jihatlari, xususan, badiiy madaniyati — aholisining tili, urfodatlari, uyjoylarining tuzilish tartiblari, roʻzgʻorbuyumlari, zebiziynatlarida oʻz ifodasini topgan. Mas, X.ning jan. kismi qadimgi obidalarida (mil. av. 6—3ming yillik) somonli guvaladan bino qilingan sahni, ganch aralash loy suvoqli bir xonali uylar ichida oʻchoq, supa, gʻalla uchun oʻra (toʻla) boʻlgan. Chaqmoqtosh qurollari qirgʻich, oʻroq, randa, pichoq; suyakdan yasalgan igna, bigiz; yarmatosh; somonli loydan yasalgan sopol idishlar, baʼzilarining sirtiga qizil rang (angob) berilgan; tosh va sopoldan yasalgan ayol va turli xil hayvon haykalchalar; tosh suyak va chigʻanoqlardan yasalgan tumor, munchoq kabi taqinchoklar uchraydi. +Mil. av. 4—2ming yilliklarda esa turar joylar maydoni nihoyatda kengayib xom gʻishtli koʻp xonali uylardan iborat qishloqqa aylangan. Ularning girdi mudofaa devori bilan oʻralib, otashgoh, hovlilar, tor koʻchalar va markazida maydon paydo boʻlgan. Qurollarining aksariyati tosh va suyakdan, qisman misdan yasalgan, qoʻlda yasalgan sopol idishlar sirtiga qora rangli geometrik va jimjimador (gilam nusxa) naqshlar, hayvon va parranda tasvirlari tushirilgan. Soʻngra kulolchilik charxi kashf etilib, bikonik nusxa idishlar, qadah va vazalar paydo boʻlgan. Binokorlikda monumental imoratlar miyonsaroy (zal) va boshqa qad koʻtarib, qishloqlar esa ilk shahar shaklini ola boshlagan. +X. shim. qismining moddiy madaniyat obidalari (mil. av. 4—3ming yillik), asosan, ovchi va baliqchi qabilalarning ulkan chaylalari chaqmoqtoshdan qadama (mikrolit) qurollar, tagi tuxumsimon sopol idishlar, chigʻanoq va jilvir toshlardan yasalgan taqinchoqyaardan iborat. Mil. av. 2ming yillikda garchi sugʻorma dehqonchilik xonaki chorvachilik va podachilik paydo boʻlib, turli zot (mayda va yirik shoxli hayvonlar) bilan bir qatorda ot, tuya xonakilashtirilib, yilqichilik ancha rivoj topgan boʻlsada, turar joylar yarim yer toʻlabostirma shaklida boʻlgan. Taqinchoklari (uzuk, bilaguzuk, isirgʻalar) jez yoki mis kabi maʼdan boʻlsada, qurollarining aksariyati chaqmoqtoshlardan yasalgan. Bu davrda X.ning shim. qismida shubhasiz, na misdan yasalgan qurol va na guvala yoki xom gʻishtlardan bino qilingan turar joy mavjud edi. +Xorazmiylarning jan.dan shim.ga Amudaryo quyi oqimi tomon siljishi, ularning mahalliy qabilalar bilan qorishuvi oqibatida, tubdan yangi madaniyat shakllanadi. Amudaryo adogʻi (deltasi) oʻzlashtirilib, oʻlkada bir nechta monumental binolar (Koʻzaliqir va Qalʼaliqir kabi) qad. koʻtaradi. Mil. av. 4—3-asrlarda X. iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib, yirik sugʻorish kanallari (60–70 km. eni 30– 40 m li sayoz) barpo etilib, yangi shaharlar, qoʻrgʻonqalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa) quriladi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo hamda sanʼat rivoj topib, poytaxt (Tuproqqalʼa) barpo etiladi. X. qalʼa va shaharlari toʻgʻri toʻrtburchakli va doirasimon shakllarda aniq reja asosida qurilgan. Ular qalin va baland mudofaa devor bilan oʻralib, tashqarisidan keng (10–15 m) va chuqur xandaq qazilgan. Qalʼa va shaharlarning mudofaa qudratini strategik jihatdan kuchaytirish maqsadida ularning tashqi devorlari bir yoki ikki qator shinak (nishon, tuynuk)lari, darvoza ogʻzi esa, gʻulomgardish (labirint) — ihota istehkomi bilan mustahkamlangan. Bunday mudofaa inshootlari majmui, shubhasiz, aniq rejalar asosida strategik jihatdan nihoyatda mustahkam qilib barpo etilgan. Mac, toʻrtburchakli qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa) devorlari boʻylab 2 qatorli shinaklardan nishonga 4 tomondan oʻq uzish uchun moʻljallangan boʻlsa, doira shakldagi qalʼa (Qoʻyqirilgan qalʼa)dan qamal vaqgida shinaklardan bir yoʻla 360 daraja yoʻnalishda oʻq uzilgan. Bunday uslub, harbiy taktikada doira boʻylab markazdan oʻqqa tutish deb yuritiladi. +X.da shaharsozlik sanʼati, ayniqsa, monumental meʼmorlik mil. av. 1-ming yillik oʻrtalaridan to mil. 8-asr boshlarigacha oʻtgan davr ichida keng rivojlangan. Yirik qalʼalar, xususan, poytaxt shahar (Tuproqqalʼa, Kot) oʻlka ibodatxonasi (Hazorasp), maqbaralar (Chirikrabot) va boshqa turdagi jamoat binolari qad. koʻtargan. Tuproqqalʼada 3 minorali qarorgoh, muhtasham shohona saroy (sahni 280 kv.m), markaziy koʻchalar boʻylab joylashtirilgan hunarmandchilik turar joylari va bozor oʻrin olgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari: kulolchilik, temirchilik, misgarlik, qurolsozlik, zargarlik, binokorlik va toʻqimachilik yuksak darajada rivoj topgan. Tuproqqalʼa xarobalaridan topilgan turli xildagi ashyolar, xususan, tasviriy sanʼat asarlarining ayrim boʻlaklari, loydan ishlangan haykallar, devoriy rangli tasvir (chiltor chalayotgan ayol, qoʻlida anor tutgan maʼbuda Nohid), tabiat manzaralari va sopol haykalchalar, badiiy yuksak darajada yasalgan. Yogʻoch va charmga qad. xorazmiy yozuvida bitilgan hujjatlar oʻlka aholisi maʼnaviyatini asosi boʻlgan savodxonlik darajasidan dalolat berardi. +Ilk oʻrta (4—8-asrlarda) meʼmorlik yanada rivoj topib, qalʼa, qasr va koʻshklar (Burgutqalʼa, Uyqalʼa, Qumbosgan qalʼa va boshqalar) kvadrat yoki toʻrtburchak shaklda bino qilinib, burchaklari doirasimon burjlar bilan mustahkamlanadi. Bu davrda bunyod etilgan qalʼa va koʻshklar orasida meʼmoriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqalʼa va Yakka Porson diqqatga sazovordir. +X.da badiiy sanʼat ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma (temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar toʻqilgan. Mil. av. 6—5-asrlarda roʻy bergan yuksalish mil. 3-asr oxiri va 4-asr boshida tushkunlikka uchrab, xarobaga aylangan qator shaharu qalʼalar 5— 6-asrlarda yana jonlangan (Kavat qalʼa, Guldursun qalʼa, Kot va b), 10-asr oxirlarida Shimoliy X.da Urganch shahrining ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad koʻtargan. Binokorlikda paxsa, xom gʻisht bilan bir qatorda pishiq gʻishtdan foydalana boshlangan (Koʻhna Urganch; Sulton Takashning maqbarasi, Faxriddin arRoziyning maqbarasi va boshqa shular jumlasidandir). +Adabiyot. +Abdulahad Muhammadjonov. +Xorazm () — Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri). +Xorazm XVI - XVIII asrning birinchi yarmida. +1505-yilda Xorazm Muhammad Shayboniyxon davlati tarkibiga kirdi. Amudaryo oʻzanining oʻzgarishi munosabati bilan 1573-yili Xorazm poytaxti Xivaga koʻchirildi. XVII asrdan boshlab Xorazm Rossiya tarixshunosligida Xiva xonligi deb nomlana boshladi. Davlatning rasmiy nomi qadimiy nomi boʻyicha — Xorazm edi. 1511-yildan 1770-yilgacha Xorazmni shiboniylar sulolasi boshqardi. +Xorazm XVIII asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida. +1770-yillarda Xorazmda qoʻngʻirot sulolasi vakillari hokimiyat tepasiga keladi. Sulola asoschisi Muhammad Aminbiy edi. Bu davrda poytaxt Xivada Xorazm meʼmorchiligi durdonalari quriladi. 1873-yili Muhammad Rahimxon II hukmdorligi davrida Xorazm Rossiya imperiyasiga tobe davlatga aylanadi. Qoʻngʻirotlar 1920-yilga qadar, Qizil Armiya bosqini natijasida agʻdarilgunga qadar, hukmronlikni oʻz qoʻlida saqlab qoldilar. +Havolalar. +// „Троицкий вариант“ № 60, c. 8 (2010) + +-1: +-1 — 0 va -2 orasidagi manfiy va butun sondir. + +2 (son): + +Toshkent: +Toshkent — Markaziy Osiyoning yirik qadimiy shaharlaridan biri – O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning ulkan sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m tepalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 2,130,900 kishini tashkil etadi (2013). Shahar Qozog‘istonning chegarasiga yaqin joylashgan. Maydoni 327,9 km². +2007-yili Toshkent Islom madaniyati markazi, deb eʼlon qilindi. Bunga sabab sifatida shaharda koʻplab tarixiy islomiy inshootlar va Toshkent Islom Universiteti borligi, shahar madaniy tarixi islomiy anʼanalar bilan bogʻlanganligidir. +2009-yilda Toshkentning 2200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra- va transport tizimi yangilandi. +Geografik joylashishi. +Toshkent vohasi Tyan-Shanning g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanib Sirdaryo etaklariga tushadigan keng tog‘oldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u uchta – Ugom, Piskom va Chatqol tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib o‘tuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qo‘shilib Chirchiq daryosini hosil kiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq havzasining tor darasidan o‘tib, G‘azalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi baʼzi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik bo‘ylab oqadi. G‘arbda Chirchiq vodiysiga Qizilqumning qaynoq nafasi uriladi. Bu qayirning bir qismini Chirchiq daryosining hozirgi o‘zani egallagan. Janubiy qismida esa vodiyga kirib boruvchi Ohangaron daryosi yastangan. Ushbu tekislik shimolida joylashgan Aris daryosining vodiysi bilan birga bu tabiiy suv tarmoqlari O‘rta Osiyo dehqonchilik vohalarining chekka mintaqasini tashkil etadi. Undan shimol tomonga qarab esa, yaylovlarga boy bo‘lgan poyonsiz cho‘l yastanib yotadi. +Chirchiq daryosi havzasi O‘rta Osiyoning qadimiy dehqonchilik va shahar madaniyatlari beshiklaridan biridir. Uning hududida Toshkentning markazi paydo bo‘lgan. Joydan joyga ko‘chib turgan bu markaz qadimda va o‘rta asrlarda Choch yoki Shosh, keyin esa Toshkent nomi bilan mashhur bo‘lgan. +Toshkent vohasida barcha tarixiy davrlarda suv mo‘l-ko‘l bo‘lgan. Tarixan tarkib topgan kanallar tarmog‘i shaharni suv bilan taʼminlab turgan. Shu bois shahar xech qachon suv taqchilligini sezmagan. Buni o‘rta asrlardan to XIX asrgacha Toshkent to‘g‘risida yozgan mualliflar xamisha taʼkidlab kelganlar. Bu yerdagi iqlim hozirgi odamlarning ajdodlari paydo bo‘lgan, yaʼni bir necha o‘n ming yil muqaddam mavjud bo‘lgan iqlimdan farq qilgan. Issiq quruq yoz bilan yillik yog‘in miqdorining asosiy qismi yog‘adigan qahraton qish almashinib turgan. +Toshkentning tog‘ yonbag‘irlari va tekisliklar o‘simliklarga boy bo‘lib, ibtidoiy odamlar ovlaydigan yovvoyi hayvonlar juda ko‘p boʻlgan. Ularning aksariyati, jumladan, arxar, jayron, qulon va asl bug‘u kabi hayvonlar yaqin vaqtda yo‘qolib bitgan bo‘lsa, junli karkidon, g‘or ayig‘i, arslon singari hayvonlar esa ancha ilgari yo‘qolib ketgan. Ular haqida ibtidoiy odamlar manzillarini qazib o‘rganish chog‘ida topilgan qoldiqlar orqali maʼlumot olish mumkin. +Bu yerlarda bir necha yuz ming yil avval ovchilik va termachilik bilan kun kechiruvchi ibtidoiy jamoalar g‘orlar va tog‘ bag‘ri bostirmalarini, yoki daryo sohillari va chashmalar yonidagi ochiq manzillarni egallab makon qilganlar. Bunday joylar hozirgi Toshkent shahri hududida ham mavjud bo‘lgan. +Jumladan, Bo‘z suv yoqasidagi Qo‘shilish manzilgohidan birmuncha nozik ishlangan chaqmoqtoshlar, pichoqlar, bigizlar, ibtidoiy ustalar tomonidan bundan to‘qqiz ming yil avval yasalgan ov va mehnat qurollari topildi. Topilmalar orasidan yovvoyi buqa tur suaklarining uchrashi, mutaxassislar fikricha, ularning o‘sha vaqtlardayoq xonakilashtirilgan deb taxmin qilishga asos bo‘ldi. Hayvonlarni xonakilashtirish jarayoni Toshkent vohasi hududida ham kechgan. +Miloddan oldingi uchinchi ming yillikdan boshlab, bu hudud dastlabki chorvadorlar tomonidan o‘zlashtira boshlashgan. Ular ish asboblari va jezdan qurollar tayyorlashni o‘rganganlar. Arxeologlar Toshkent shahri hududi va uning atrofida chorvadorning ko‘pdan ko‘p qabrlari hamda qo‘rg‘onli dahmalarini topganlar. Bu joylarda dafn etilganlarning yoniga jezdan yasalgan ish asboblari, qurollar, zeb-ziynatlar va qo‘lda yasalgan idishlar ham qo‘yilgan. +Toshkent shahri hududida bunday qabristonlar hozirgi shampan vinosi zavodi yaqinidan, shuningdek, Qoraqamish arig‘i bo‘yidan topilgan. Sirg‘alida esa dasht chorvadorlari va yilqichilarining manzili bo‘lganligi aniqlangan. Bu yerdan ish qurollaridan tashqari burama halqali jez bilaguzuklar ham topilgan. +Shahar hokimligi. +Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiy-milliy shakli – hokimlik oʻrnatildi. 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. +Shahar hokimlari: +Etimologiyasi. +Toshkent 2200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Toshkent oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hududda yashab, ijod etganlar. +Shahar sifatida Toshkent haqidagi birinchi maʼlumotlar eramizdan avvalgi II asrdagi qadimgi-sharqiy manbalarda uchraydi; Xitoy manbalarida Yuni deb atalgan; +Fors shohi Shоpur I eramizdan avvalgi 262-yildagi „Zardusht Kaʼbasi“ qaydnomalarida Toshkent vohasi Choch deb nomlangan. Choch – oltin eksporti, qimmatbaho toshlar, shirinliklar va aslzot otlarni boshqa shahar va mamlakatlarga olib o‘tishdagi yo‘lning chorrahasida joylashgan. „Tosh shahar“ maʼnosini anglatuvchi bugungi Toshkent – zamonaviy respublikaning poytaxti, o‘tmish maʼlumotlarini saqlovchi, Oʻzbekiston tarixi haqida ko‘p maʼlumotlarni xotirlovchi, 2 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan bu shahar Markaziy Osiyoning eng katta industrial markazlaridan biridir. +Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilma-xil hamda uzuq-yuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi Avesmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat „Turon“, aholisi esa „tur“lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur qavmlari urugʻ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi – Qangʻxa (Qangʻa) shahri borligi tilga olinadi. +Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-asr – milodiy 5-asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) „Choch“ soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib, hatto oxirgi „Shi“ toponimi xitoychada „tosh“ maʼnosini anglatgan. +Miloddan avvalgi 3-asrda qadimgi Choch viloyatida tashkil topib, milodning 3-asrlarigacha hukm surgan „Qangʻ“ („Qangʻa“ yoki „Qangʻxa“) davlati Xitoy yozma manbalarida „Kangkiya“ („Kanizyuy“) nomlari bilan tilga olinadi. Qadimgi toxarlar tilida „qangʻ“ soʻzi ham „tosh“ maʼnosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti – Bityan shahri boʻlib, u Iosha-Xasart daryosi (Sirdaryo) boʻyida joylashgan. Bityan shahri Davan (Fargʻona vodiysi)dan 1510 li (528 km) masofada boʻlgan. Bityan shahrining bizgacha saqlanib qolgan xarobalari mahalliy aholi oʻrtasida „Qanqatepa“ nomi bilan mashhur. U Toshkentdan 70 km janubda – Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qadimgi oʻzani boʻyida joylashgan. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, Qanqatepa miloddan avvalgi 3-asrdayoq atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan hamda arkli katta shahar boʻlib, maydoni 160 gektarga teng boʻlgan. Qadimgi Qangʻ davlatining fuqarolari ham „qangʻar“, „qanzar“, keyinchalik „qanhi“, „qangʻli“ yoki „qaʼni“ deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qadimgi kitobi „Mahabharata“da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan. Yozma manbalarda keltirilishicha, Toshkentning qadimgi nomi „Choch“ boʻlgan. +Toshkent arablar tasarrufiga oʻtgach, arab alifbosida „ch“ harfining yoʻqligi bois arabiy asarlarda „Shosh“ deb yuritilgan. Ilk oʻrta asrlarda u „Choch“, „Shosh“, „Shoshkent“, „Madinat ash Shosh“, „Binkat“ va „Tarkan“ deb nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki maʼlumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy) va tarixchi geograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning „Kitob al masolik val mamolik“ („Yoʻllar va mamlakatlar toʻgʻrisidagi kitob“)ida Shoshning bosh shahri Binkat deb koʻrsatiladi. 10-asrda yozilgan (muallifi nomaʼlum) „Hudud ul Olam“ („Olamning chegaralari“) kitobida „Choch bu katta viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U yerda kamon va oʻqyoy yasaladi. Binkat Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir“, deb taʼriflanadi. Firdavsiyning „Shohnoma“ asarida Choch oʻzining kamoni Shoshiy (oʻqyoylari) bilan mashhurligi haqida misralar bor. +Shahar „Toshkent“ nomi bilan dastavval 11-asrning mashhur allomalari – Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy „Hindiston“ asarida Toshkent nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritib, „Tosh“ soʻzi asli turkcha boʻlib, Shosh koʻrinishini olgan. „Toshkand – toshli qishloq demakdir“, deb izohlaydi. Mahmud Qoshgʻariyning maʼlumoti boʻyicha, Toshkent 11–12-asrlarda „Tarkan“ deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur „Boburnoma“da Toshkent nomi ustida toʻxtalib, asarlarda Toshkent nomini Shosh, baʼzan Choch yozadilar" deb qayd etadi. Biroq 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh va Binkat nomlari asta-sekin muomaladan tushib qoldi. 17-asrda yashagan tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: „Shosh – Sayxun (Sirdaryo)ning u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyat)ga qaraydi… Uni Choch ataydilar. Biroq hozirgi vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir“. Toshkent vohasida shahar madaniyatining shaqllanib, shaharning qad koʻtarishi shu oʻlkada yashagan qadimgi chorvador va dehqonlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon boʻlib, bu jarayon shubhasiz oʻlkaning oʻzlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, unda chorvachilik va dehqonchilik xoʻjaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bogʻliqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng boʻlib, u yozma manbalarga nisbatan koʻproq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda. Shuning uchun ham Toshkent hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qadimgi va oʻrta asrlarga oid manbalardagi maʼlumotlarni toʻldirib, ularga aniqlik kiritmoqda. +Iqlimi. +Iqlimi kontinental, jazirama, quruq yoz kunlari hamda sovuq qish iqlimi bilan Shahar boshqa dunyo shaharlaridan ajralib turadi. Yillik oʻrtacha harorat 13,5 °C. Yozda esa harorat 35 °C gacha yetish bilan birga, qish oylarida buning aksini kuzatish mumkin. Havo harorati −25... -30 C° gacha boradi. Asosiy yogʻinlar noyabr hamda mart oylarida kuzatiladi. +Toshkent iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha temperaturada 13,3°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 1,1°, eng past temperatura – 29°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,5°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 360–390 mm yogʻin yogʻadi. Chirchiq daryosidan chikarilgan va butun shahar boʻylab oʻtadigan Boʻzsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Boʻrijar, Oktepa, Qoraqamish va boshqa kanallar uning mikroiklimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. +Toshkent shahri tumanlari. +Shahar 11 ta tumandan iborat: +Uchtepa tumani. +Uchtepa tumani (sobiq Akmal Ikromov) tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1977 yilda Chilonzor va Oktyabr (hozirgi Shayxontohur) tumanlarini ixchamlashtirish maqsadida, ular hududida tashkil etilgan. Davlat arbobi Akmal Ikromov nomiga qoʻyilgan. 1977 yildan hozirgi chegarasida janubiy va janubiy sharqdan Zargarlik va Qatortol koʻchalari bilan boshlanib, gʻarb va shimoliy gʻarbda avtomobil halqa yoʻliga tutashadi. Maydoni 2797 ga, jumladan, koʻkalamzor yerlari – 1124 ga. Aholisi 228,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 424 tani tashkil etib, shundan 8 tasi markaziy hisoblanadi. Asosiy avtomagistrallari: Lutfiy, Hamroqul Tursunqulov, Farhod, Sulton Segizboyev, Uygʻur, Nazarbek, Beshqayragʻoch, Toʻqimachi koʻchalari va Kichik halqa yoʻli. Tumanda 50 ta mahalla mavjud. +Tuman hududida quyidagi sanoat korxonalari: zargarlik zavodi, bulkakonditer, sut kombinatlari, „Toshkentsut“ aksiyadorlik jamiyati, „Fonon“ zavodi, „OsiyoFud“ non mahsulotlari korxonasi, „Chevar“ tikuvchilik ishlab chiqarish. birlashmasi, „Gazavtomatika“ korxonasi, „Toshinterm“ Oʻzbekiston – Xitoy, „Shayxontohurtekstil“ qoʻshma korxonalari, Toshkent mexanizatsiya vositalari va jihozlari hamda stanoksozlik tajriba eksperimental mexanika zavodi, toʻqimachilik kombinatining 4-yigiruv toʻquv fabrikasi, 13 avtotransport va 5 qurilish tashkiloti mavjud. Tumanda Jahon tillari universiteti, Davlat soliq akademiyasi, yuridik kolleji, sanʼat internat maktabi, 3 ta akademik litsey, 5 kasb-hunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 53 bolalar bogʻchasi va yaslisi, 8 davolash yaslisi, 6 davolash profilaktika muassasasi, 22 poliklinika, 6 oilaviy poliklinika, 5 kasalxona va dispanser bor. Tuman aholisiga 512 oziq-ovqat va 550 sanoat mollari doʻkoni, 420 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qiladi. 2 madaniyat uyi, 8 jamoat kutubxonasi, „Vatan“ kinoteatri, Akmal Ikromov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3486 ming m^2 (2004). Tumanda qurilish ishlari 1966 yildan boshlangan. Toshkentni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish Bosh planiga muvofiq tumanda katta qurilish ishlari olib borilmoqda; 270, 272 ATS, stomatologiya poliklinikasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, „Karvonsaroy bozori“, „Oʻrikzor“, „Guliston“ turar joy massivlari, bolalar bogʻchalari, maktablar qurilib ishga tushirildi. Farhod va Uygʻur koʻchalari kengaytirildi. +Bektemir tumani. +Bektemir tumani (1990 yilgacha Narimonov) – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1960–81 yillar Bektemir shaharchasi: +Chirchiq daryosining chap sohilida. Bu daryo Bektemir tumanini boshqa tumanlardan ajratib turadi. +Tuman hududida „Oʻzsmatana“, „Agrokeramika“, „Mirmaks“ qoʻshma korxonalari, 17 sanoat korxonasi, shu jumladan, Toshkent motor, „Irgidromash“ va boshqalar, 9 transport muassasasi, „SredazVNIIgidromash“ ilmiy tadqiqot instituta, 5 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, bolalar sport maktabi, 13 bolalar bogʻchasi, 16 tibbiyot davolash muassasasi, 4 poliklinika bor. Tumanda 522 yirik hamda kichik oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi, shundan 44 tasi xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalardir. Tuman aholisiga 11 oziq-ovqat, 4 sanoat mollari, 7 aralash mollar doʻkonlari, univermag, 30 ovqatlanish korxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat qiladi. 5 jamoat kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, kinoteatr, 10 dan ziyod bolalar sport maydonchalari, tennis korti, 2 futbol maydoni bor. +Tumanda Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan „Golfklub“ tashkil etilgan. +Mirzo Ulugʻbek tumani. +Mirzo Ulugʻbek tumani (1935 yilgacha – Proletar tumani, 1992 yilgacha Kuybishev tumani; 1992 yil maydan Mirzo Uluyebek tumani) – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929 i. tashkil qilingan. Hozirgi chegarasi 1978 yildan buyen oʻzgarmagan. Toshkentning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Toshkent markazi (Amir Temur xiyoboni)dan boshlanib, shimoli-sharqiy tomonga, Toshkent avtomobil halqa yoʻligacha boradi. Feruza mavzesi, Toshkent traktor zavodi, Ulugʻbek shaharchasi gʻam tuman hududiga kiradi. Maydoni 3,2 ming km², shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hudud – 0,579 ming ga. Aholisi 247,6 ming kishi (2004). Tuman hududida tarixiy va madaniy yodgorliklardan Kirxa (1892) saklangan. Koʻchalar soni 532 ta. Asosiy magistrallari: Pushkin, Parkent, Temur Malik, Oqqoʻrgʻon koʻchalari, Buyuk ipak yoʻli shohkoʻchasi, Habib Abdullayev koʻchasi, Kichik halqa yoʻl. 49 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 377 yirik korxona, shundan 28 sanoat korxonasi (shu jumladan, „Toshkentkabel“, traktor zavodlari, „Oʻzbekiston paxtachilik mashinasozligi“, lokboʻyoq zavodlari.), 3119 kichik va oʻrta biznes subʼyektlari bor. 27 ilmiy tadqiqot instituta, 10 loyiha instituti, 4 oliy oʻquv yurti (Madaniyat instituti, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya universiteti va boshqalar) xamda umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, yozuvchilar, kompozitorlar, meʼmorlar ijodiy uyushmalari va teatr jamiyati, 33 umumiy taʼlim maktabi, 12 kasbxunar kolleji, 4 bolalar musiqa maktabi va sanʼat maktabi, 10 kasalxona va dispanser, „Ona va bola“ markazi, 11 oilaviy poliklinika, 2 tibbiysanitariya qismi ishlab turibdi. +Aholiga 176 oziq-ovqat doʻkoni, 244 sanoat mollari doʻkoni, 304 umumiy ovqatlanishkorxonalari, 517 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qilmoqda. Muxtor Ashrafiy, Sergey Yesenin uymuzeylari, 28 jamoat kutubxonasi, 3 madaniyat uyi va saroyi, 3 madaniyat va istirohat bogʻi, hayvonot bogʻi va boshqa ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy foydalanish maydoni 2579 ming m2. +Mirobod tumani. +Mirobod tumani (1992 yilgacha Lenin tumani) – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929 yil Shayxontohur tumani bilan birgalikda tashkil etilgan. Hozirgi chegarasi 1977 yildan buyon oʻzgarmagan. Tuman Toshkentning janubiy qismida joylashgan. Shimolida Amir Temur xiyobonidan halqa yoʻligacha choʻzilgan. Maydoni 1,71 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi –0,356 ming ga. Aholisi 123,8 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 103 ta, shundan 8 tasi markaziy koʻcha hisoblanadi. Bularga Fitrat, Movarounnahr, Nukus, Kosmonavtlar koʻchasi, Taras Shevchenko, Fargʻona yoʻli va boshqa kiradi. 39 ta mahalla mavjud. Toshkent janubdan Bektemir, sharqdan Hamza, shimoldan Yunusobod, shimoli-gʻarbdan Yakkasaroy, janubi-gʻarbdan Sergeli tumanlari bilan chegaradosh. Tuman chegaralari Sharof Rashidov, Istiqlol, Oxunboboyev, Fargʻona yoʻli, Toshkent Katta halqa yoʻli, Beshkent, Fitrat, Turgʻunboyeva. Oq yoʻl, Kichik Beshyogʻoch, Nukus, Kunayev koʻchalaridan oʻtadi. Toshkent metropolitenining „Oybek“, „Toshkent“ stansiyalari Mirobod tumani hududidadir. Tuman hududidan 4 ta kanal (Baratxoʻja, Qorasuv, Salor, Tolariq) oqib oʻtadi. +Mirobod tumanida 3167 korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatadi, shundan 349 tasi yirik, 818 tasi kichik va oʻrta biznes subʼyektlaridir. Toshkent shahri boʻyicha sanoat ishlab chiqarish. umumiy hajmidagi tumanning ulushi 10,5 % ni tashkil etadi. „Oʻzelektroapparat“, „Oʻzkimyofarm“, „Foton“, „Tong“ aksiyadorlik jamiyatlari, „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“, „Uchqun“ kabi yirik sanoat korxonalari respublika ahamiyatiga ega. +Mirobod tumanida asosiy doiradagi sanoat korxonalari soni 31 tani tashkil qilib, sanoatning 8 ta tarmogʻi boʻyicha faoliyat yuritadilar, bular yengil sanoat, oziqovqat, tibbiyot, matbaa sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasi, yogʻochni qayta ishlash va qogʻoz ishlab chiqarish. sanoati, kimyo va neft kimyosi sanoati, qurilish ashyolari ishlab chiqarish. tarmoqdaridan iborat. Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish. hajmlarining eng yuqori oʻsish surʼatlari yengil, oziq-ovqat sanoat sohalarida kuzatiladi. +Tuman eksport salohiyatining asosiy qismi „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ va „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ kompaniyalariga toʻgʻri kelib, Toshkent shahri boʻyicha eksportning 1/3 qismi tuman ulushiga toʻgʻri keladi. +Tumandagi oʻzida chiqarilgan mahsulot eksporti bilan shugʻullanuvchi korxonalar „O'zelektroapparat“, „Foton“ aksiyadorlik jamiyatlari, „Kvark“, „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“, „Toshelektroapparat“ korxonalari va boshqadir. +Mirobod tumanida Mirobod bozori, aeroport, temir yoʻl vokzali, 17 umumiy taʼlim, 2 musiqa, 3 sport maktabi, 8 kasb hunar kolleji, 3 akademik litsey, 6 oliy oʻquv yurti (Toshkent Vestminster universiteti, Toshkent davlat aviatsiya, Toshkent farmatsevtika, Toshkent temir yoʻllari transporti muhandislari, Toshkent sharqshunoslik, Toshkent avtomobil va yoʻllar institutlari), 5 oʻrta maxsus bilim yurti faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 778 savdo va 180 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat koʻrsatadi. Ulardan 108 oziq-ovqat, 55 sanoat mollari doʻkonlari, 227 ovqatlanish, 160 nooziq, 160 aralash, 58 nostatsionar savdo shoxobchalaridir. +Toshkent shahar, viloyat hokimiyatlari, Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, shuningdek, 4 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bog'i, Le Meridian otel Tashkent Palace, „Poytaxt“ mehmonxonalari, 7 kutubxona, Sanʼat, Temir yoʻl texnikasi, Tibbiyot muzeylari, Oʻzbekiston Badiiy akadimyasi Markaziy koʻrgazma zali mavjud. Tumanda 1 klinik shifoxona, bolalar kasalxonasi, shahar klinik ruxiy kasalliklar shifoxonasi, 2 tugʻruq majmuasi (4 va 5 sonli), 40 oilaviy poliklinika, Temir yoʻl, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy konsultativ tashhis poliklinikalari, stomatologiya poliklinikasi (7-sonli), shahar jismoniy tarbiya dispanseri, teritanosil kasalliklari dispanseri (1-sonli), Toshkent shahar yoʻlovchitransport tibbiyot sanitariya qismi, shahar bolalar ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi va sanatoriy ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy maydoni 1432,1 ming m2. +Sergeli tumani. +Sergeli tumani – shahardagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1967 yilda tashkil etilgan. Toshkent shahrining janubiy gʻarbiy qismida. Toshkent hududi markaziy temir yoʻl trassasidan Chirchiq daryosi qayirlarigacha boʻlgan yerlarni, janubiy gʻarbda Choshtepa, Noʻgʻayqoʻrgʻon, Toshkent aeroporti atrofi, Qoʻyliq 5–7, Sergeli 1 – 8, Sputnik (Yoʻldosh), Doʻstlik, Quruvchilar mavzelari, Eski Sergeli, Sanoat zonasini qamrab oladi. Shimoliy gʻarbdan Toshkent viloyatining Zangiota, janubi-sharqsan Yangiyoʻl tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,19 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzor yerlar 0,347 ming ga. Aholisi 154,4 ming kishi (2004). Mahallalar va uyjoy shirkatlari soni 33 ta boʻlib, 14 ta mavze va Yoʻldosh (Sputnik) shaharchasidagi (1966 yilda tashkil etilgan) 17 ta kichik mavzedan iborat. Koʻchalar soni 147 ta. Asosiy magistrallari: Toshkent avtomobil halqa yoʻlining janubiy qismi, Yangi Sergeli, Choshtepa, S. Tolipov, Qipchoq koʻchasi; Toshkent– Angren temir yoʻl ham tuman hududidan oʻtadi. +Sergeli tumanida 1101 korxona boʻlib, shulardan 167 tasi yirik, 252 tasi kichik va boshqa korxonalardir. 330 ta sanoat korxonasida: mebel, ikkilamchi kora va rangli metall, porshen, gigroskopik paxta, asfalt, rezina va plastmassa buyumlari, yogʻochni qayta ishlash, charm va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. „Fayz“ xolding kompaniyasi, „Mebel“ korxonasi, aviatsiya taʼmirlash zavodi, „Novator“ (traktor porshenlari), „BarakatAlfa“ (gigroskopik paxta), „Grinvord“ (bolalar oziq-ovqati, meva sharbatlari), Toshkent temir yoʻl masofasi (konteynerlar joʻnatadi) korxonalari, Quyoshdan himoyalash buyumlari zavodi (plastmassa romlar va boshqalar), „Toshkent“ xalqaro aeroporti, Sergeli aviaotryadlari, 3 avtokombinat, „RAF“ avtokorxonasi (yoʻlovchilarga kichik avtobusda xizmat koʻrsatiladi), 4, 12avtobus saroylari mavjud. Shuningdek, 973 ta tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 27 umumiy taʼlim maktabi, 5 ta maktabdan tashqari taʼlim markazi, 6 kasbhunar kolleji, 2 bolalar sport maktabi bor. Sogʻliqni sakdash sistemasida 491 oʻrinli 3 ta shahar kasalxonasi, 5 poliklinika, tugʻruqxona, teritanosil kasalliklari dispanseri, 33 dorixona Aholiga xizmat koʻrsatadi. St.da Oʻzbekiston Respublikasi tashki iqtisodiyot milliy banki, Sanoat qurilish banki, „Asakabank“, Uyjoy jamgʻarma banki, Xalq banki boʻlimlari mavjud. Shahardagi eng yirik savdo majmualaridan dexdon bozori, Sergeli, „Avtomakon“ bozori, Poytaxt Sergeli savdo markazi ishlab turibdi. 8 kutubxona, 3 madaniyat uyi, Usmon Nosir va Yangi Sergeli madaniyat va istirohat bogʻlari, musiqa maktabi bor. 106 sport inshooti, shu jumladan, stadion, 5 suzish havzasi, 43 sport zali, 51 sport maydonchasi, 4 sogʻlomlashtirish sport majmuasi mavjud. +Tumanda qurilish ishlari, asosan, Toshkent zilzilasi (1966 yil)dan keyin boshlangan boʻlib, 1 va 2 qavatli yogʻoch uylar qurilgan. Sergeli turar joy dahasidagi 4 va 9 qavatli binolar 1980– 90 yillarda qad koʻtargan. St. turar joy fondining umumiy foydali maydoni 2718,5 ming m2 (2004). +Tumanning asosiy yoʻnalishi – umumshahar markazi bilan bogʻlaydigan Yangi Sergeli koʻchasi. Tuman hududida Choshtepa va Noʻgʻayqoʻrgʻon arxeologik yodgorliklari bor. +Olmazor tumani. +Olmazor (sobiq Sobir Rahimov) tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1970 yilda tashkil kilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980 yildan hozirgi chegarasida. Toshkentning shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Toshkent viloyati Zangiota tumani, shimoliy va shimoliy sharqda Toshkent tumani, sharqda Yunusobod tumani, janubiy va janubi-gʻarbda Shayxontohur tumani bilan chegaradosh. Maydoni 3,4 ming ga, shu jumladan koʻkalamzor yerlari 1,01 ming ga. Aholisi 283,6 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 290 ta. Asosiy magistrallari: Beruniy, Niyozov, Kichik halqa yoʻl, Forobiy, Ziyomov, Chimboy, Us t a Shirin, Tansiqboyev, Hasanov, Oybek va Qorasaroy koʻchalari. 58 ta maxalla mavjud. +Tuman hududida „Kolorfleks“, „Imperial“, „Osiyobatareya“ qoʻshma korxonalari, 30 sanoat korxonasi, shu jumladan, „Toshkentmarmar“ ishlab chiqarish. birlashmasi, „Mikond“, agregat, tajribamexanika, ekskavator taʼmirlash, „Kompressor“, „Oniks“ va chinni zavodlari, „Toshkent mebel“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Tola“ (pillakashlik) korxonasi, bosh kiyimlar fabrikasi, 10 avtotransport va 10 kurili sh tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 19 ilmiy tadqiqot instituti, 4 loyihalash tashkiloti („Oʻzgazloyiha“, „Oʻzqishloqxoʻjalik loyiha“, Xalq taʼlimi Vazirligining loyihakonstruktorlik byurosi, „Tash. ZNIIEP“), 3 oliy oʻkuv yurti (OʻzMU, ToshDTU, 2Toshkent tibbiyot instituti), 1 litsey, 1 kasbxunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 1 sanʼat, 1 ta musika maktabi, 60 ta maktabgacha tarbiya muassasasi bor. Tuman aholisiga 47 oilaviy poliklinika, 20 ta kasalxona, 8 madaniyat uyi va saroyi, 10 ta kutubxona, yosh tomoshabinlar teatri, tabiat muzeyi, 3 ta bozor, 5 ta stadion, 6 ta suzish havzasi, 57 sport zali, 10 ta tennis majmuasi xizmat koʻrsatadi. Tuman xududida „Oymomo“ madaniyat va istirohat bogʻi, bir necha kichik dam olish maskanlari, „Oʻzekspomarkaz“ xalqaro koʻrgazmalar majmui, „Olimpiya“ mexmonxonasi faoliyat koʻrsatadi. 110 oziqovkat va 51 sanoat mollari dukoni, 196 umumiy ovqatlanish korxonasi, 467 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud. +Mustaqillik yillarida Sagʻbon, Qorasaroy, Forobiy koʻchalari kengayib, Moyqoʻrgʻon, Beshqoʻrgʻon mavzelari tashkil qilindi, uz. 1 km dan ziyod koʻprik bunyod etildi. +Tuman xududida meʼmoriy yodgorliklardan Barokxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi bor. Beruniy, Furqat, Sobir RahimovvaL. B. Shastri, Berdaq, A. Kodiriyga haykal oʻrnatilgan. Shahar metropolitenining Beruniy metro styasi tuman xududida joylashgan. +Chilonzor tumani. +Chilonzor tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1963 yilda tashkil kilingan. Toponimistlarning fikricha tuman nomi chilon (jiyda) oʻsimligidan olingan. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. Toshkentning janubiy gʻarbiy qismida joylashgan. Shimolida Oqtepa kanali, sharqda Boʻrijar kanali, janubiy gʻarbda Oʻrta Osiyo temir yoʻl boʻylab Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Bobur koʻchasigacha davom etgan. Maydoni 2994 ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 1,334 ming ga. Aholisi 217,1 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 262 ta. 45 ta mahalla mavjud. Tumandagi baʼzi joylar Toshkent tarixi bilan bogʻliq. Chilonzor Oktepasi arxeologik yodgorligi (4–8-asrlar, 10– 11-asrlar), Abulqosim Shayx madrasasi, Xayrobod Eshon meʼmoriy majmuasi kabi meʼmoriy yodgorliklar shu tuman xududida joylashgan. +Asosiy magistrallari – Xalqlar doʻstligi, Muqimiy, Choʻponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, AlXorazmiy koʻchalari. Hududida qoʻshma korxonalar („Sovplastital“ Oʻzbekiston – Italiya qoʻshma korxonasi, „Oʻzbegiminterneshnl“ qoʻshma korxonasi va boshqalar), 24 sanoat korxonasi (shu jumladan, 3 poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi, koʻrlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinati, „Rele va avtomatika“, „Algoritm“ korxonalari, elektr roʻzgʻor buyumlari zavodlari); 8 ilmiy tadqiqot instituta, 8 loyihalash instituti, konstruktorlik byurosi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 38 umumiy taʼlim maktabi, 20 akademik litsey va kollej, 65 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi; 9 kasalxona va 31 ta poliklinika bor. Aholiga 152 oziqovqat, 64 sanoat mollari doʻkonlari, 121 umumiy ovqatlanish korxonasi, 96 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, Chilonzor buyum bozori xizmat kiladi. Mukimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, Xalqlar doʻstligi saroyi faoliyat koʻrsatadi. 4 stadion, 101 sport zali, 166 sport maydonchalari, 6 suv havzasi, otchopar majmuasi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3178 ming m2. +Shayxontohur tumani. +Shayxontohur tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929 yil Oktyabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992 yilda Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur) tumani deb oʻzgartirilgan. 1978 yildan hozirgi chegarada. Shimoli-gʻarbda Zangiota tumani, shimolida Sobir Rahimov, shimoli-sharqda va sharqda Yunusobod, janubida Chilonzor va Yakkasaroy, gʻarbda Akmal Ikromov tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 0,832 ming ga. Aholisi 263,1 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 622 ta. Asosiy magistrallari: Abdulla Qodiriy, Navoiy, Uzbekistan, Beruniy shohkoʻchalari, Furqat, Uygʻur, Samarkand darvoza koʻchalari. Xalqlar doʻstligi, Xadra, Chorsu, Otstepa maydonlari, 48 ta mahalla bor. +Tumanda 3379 korxona va tashkilot mavjud. 9 sanoat korxonasi, shundan „Sharq guli“ badiiy, Toshkent tikuvchilik, „Orzu“ ishlab chiqarish birlashmalari, Toshkent matbaa kombinati, koʻnmoʻyna zavodi va boshqa ishlab turibdi. 3069 kichik va oʻrta biznes subʼyektlari qayd etilgan. Toshkentda 18 vazirlik, davlat qoʻmitalari va yirik idoralar, meʼmorlik va shaharsozlik bosh boshqarmasi, 11 loyihalash instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya institutlari, Arxitektura va qurilish, kimyotexnologiya institutlari, 16 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi va boshqa muassasa, tashkilotlar bor. 10 ta oilaviy va stomatologiya shifoxonasi, 18 poliklinika va ambulatoriya, 8 kasalxona xizmat koʻrsatadi. Mustaqillik yillarida tuman hududida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteta, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey qurildi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, „Chorsu“ savdo markazi binolari hamda Eski joʻva bozori kayta taʼmirlandi. +Eng yirik guzarlari: „Gulzor“, „Ipakchi“, „Koʻkcha“, „Islomobod“. Tumanda „Yangi Kamolon“, „Huvaydo“, „Bogʻkoʻcha“, „Choʻponota“, „Ipakchi“ mahallalarida katta sport maydonlari mavjud. 562 oziq-ovqat, 346 sanoat mollari doʻkonlari, 174 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, „Chorsu“ savdo markazi tuman aholisiga xizmat koʻrsatadi. +Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri, Satira teatri, Rus yosh tomoshabinlar teatri, sirk, „Sanʼat saroyi“, „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ saroyi, 9 madaniyat uyi va muassasasi, Kino uyi, 22 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr va boshqa, „Paxtakor“ stadioni, „JAR“ sport majmui, „Sharq“, „Xadra“, „Yoshlar uyi“, „Sun Shine Tyron“ mehmonxonalari ishlab turibdi. Tuman hududida meʼmoriy yodgorliklaridan Koʻkaldosh madrasasi (16-asr), Yunusxon (15-asr), Shayx Zayniddinbobo (13–14alar) maqbaralari saklangan. +Yunusobod tumani. +Yunusobod tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936 yilda Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992 yil may oyidan Yunusobod tumani deb ataladi. +Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akademik A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qadimgi boʻlib, asli „Yunusrabot“ deb atalgan. Bu oʻrinda „rabot“ karvonsaroy maʼnosida qoʻllangan (qarang Rabot). Shimoliy tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qoʻnib oʻtishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji oʻgʻli (19-asr, Yunusobod Oktepasida bogʻrogʻlari boʻlgan) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Tuman shaharning shimoliy qismida joylashgan. Amir Temur xiyobonidan boshlanib shimoliy tomonga, Toshkent katta halqa yoʻligacha davom etadi. +Maydoni 4,14 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydoni 1,073 ming ga. Aholisi 289,0 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 441 ta. Asosiy magistral koʻchalari: Sharof Rashidov, Amir Temur, Ahmad Donish, Xurshid, Gʻani Mavlonov, Jahon Obidova, Gvardiya polkovnigi Xoʻjayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va tashkilot boʻlib, kichik va oʻrta biznes subʼyektlarining sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 36,3 %, qurilishda 64,2 %, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 50,9 % ni tashkil etadi. Ular orasida 155 ta qoʻshma korxona faoliyati ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan. +Sanoat korxonalaridan „Uzbekqishloqmash“, „Yulduz“ tikuvchilik, „Asbobsoz“, „Raupxon“ korxonalari; vagon taʼmirlash zavodlari, kitobjurnal fabrikasi, „Oʻzbekenergotaʼmir“ ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa ishlab turibdi. Chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan „Dilek interprays“, „Aylin Gida Sanayi“, „Aziya Silk“ shoʻʼba korxonalari, „Rastr“, „Supertekstil“ korxonalari, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi 3 ta kushma korxona bor. +20 ga yaqin ilmiy tadqiqot instituta, loyihalash institutlari, 6 litsey, 6 kasbhunar kolleji, 4 oliy oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi, 3 musiqa maktabi, 70 maktabgacha tarbiya muassasasi, 8 ta kasalxona, 40 poliklinika va ambulatoriya muassasalari, 1 sanatoriy bor. 2 kinoteatr, „Turkiston“ kinokonsert zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston xalklari tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi, hayvonot bogʻi, „Interkontinental“, „Dedeman Silk Road“, „Sheraton“ mehmonxonalari, Shahidlar xotirasi majmuasi, 5 madaniyat uyi, 12 kutubxona, 186 sport inshootlari, Olay, Yunusobod bozorlari, 1785 ta savdo, 356 ta umumiy ov~ qatlanish va 467 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turipti. Toshkentning asosiy televizion minorasi tuman hududida joylashgan. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 5223 ming m2. Toshkent hududida T. metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Habib Abdullayev styalaridan elektr poyezdlar qatnaydi. 2005 yilgacha yana 3 stya (F. Xoʻjayev, „Yunusobod“, „Turkiston“)ni ishga tushirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. +Yakkasaroy tumani. +Yakkasaroy tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936 yil Frunze tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992 yil maydan Toshkent deb ataldi. Tuman Toshkentning janubiy va qisman markaziy kismida joylashgan. Shimolida Oʻzbekiston koʻchasidan janubida Urta Osiyo temir yoʻl liniyasigacha choʻzilgan. Maydoni 1,39 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,144 ming ga. Aholisi 112,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 156. Asosiy magistrallari: Bobur, Usmon Nosir, Nukus, Uzbekistan, Shota Rustaveli, Afrosiyob koʻchalari. 17 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 24 sanoat korxonasi va 32 qurilish tashkiloti joylashgan. 3 avtotransport korxonasi, yuk ortishtushirish temir yoʻl styasi, avtovokzal ishlab turibdi. Yirik sanoat korxonalaridan „Toshtoʻqimachi“ kombinati, „Toshkent yogʻochni qayta ishlash zavodi“, Temirbeton mahsulotlari zavodi, „Agama“ korxonasi, poyabzal, Sanoatindustriya birlashmalari va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 26 ilmiy tadqiqot instituta, loyihalash tashkilotlari va konstruktorlik byurosi, 4 oliy oʻkuv yurti (Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti, Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Mannon Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti, Toshkent Xoreografiya oliy maktabi), 6 ta kasbhunar kolleji va litseylar, 19 umumiy taʼlim, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 8 kutubxona mavjud. Tuman aholisi salomatligi muhofazasini 14 davolash muassasasi va 5 ta oilaviy shifoxona taʼminlaydi. „Toʻqimachi“ stadioni, 4 suzish havzasi, 29 sport zali, 89 korxona va muassasalarga qarashli sport maydonchalari, 2 megʻmonxona, 1 kinoteatr, 9 kutubxona, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogi, Respublika Baynalminal madaniyat markazi, qoʻgʻirchoq teatri, Amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining koʻrgazmalar zali mavjud. Aholiga 97 oziq-ovqat, 60 sanoat mollari doʻkoni, 188 umumiy ovqatlanish korxonasi, 129 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, „Askiya“ dehqon bozori xizmat koʻrsatadi. +Tumandagi koʻp qavatli binolar asosan, „Boshliq“, „Qushbegi“ turar joy massivlari va yirik magisgrallar boʻylab joylashgan. +Yashnobod tumani. +Yashnobod tumani – Toshkentdagi maʼmuriyhududiy birlik. 1968 yilda tashkil qilingan. Hamza nomiga qoʻyilgan. Gʻarbda Amir Temur xiyoboni va Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchasidan boshlab sharqda Ohangaron yoʻligacha davom etadi. Xududi 3,46 ming ga shu jumladan, koʻkalamzorlar – 172 ga. Aholisi 208,7 ming kishi (2004). Kuchalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqoʻrgʻon, Lisunov, Hamza, Yoʻldosh Oxunboboyev kuchalari va Fargona, Ohangaron yoʻllari. Toshkentda 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 2152 ta tashkilot, shu jumladan, 34 sanoat korxonasi (Toshkent aviatsiya ishlab chikarish birlashmasi, „Toshqishloqmash“, „Toshmargyogʻ“, „Toshkentvino“, „Oʻzbek qogʻozi“, „Oʻzbekiston shampani“, „Toshdonmahsulot“, „Toshkentguruch“ aksiyadorlik jamiyatlari korxonalari va boshqalar); 168 kurilish tashkiloti; temir yoʻl transporti korxonalari – teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortishtushirish temir yoʻl stansiyasi bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan. +Keyingi yillarda tashkil qilingan „Farm Glase“ Uzbekistan–Britaniya, „Tufin“ Oʻzbekiston–Isroil, „LokKolorSintez“ Oʻzbekiston – Shveysariya, „XobasTapo“ Oʻzbekiston–Germaniya–Shveysariya, „NWA“ – Oʻzbekiston–Rossiya qoʻshma korxonalarida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. +Hamza tuminida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi, 3 ilmiy tadqiqot instituta, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, 25 umumiy taʼlim maktabi, 50 ta maktabgacha tarbiya muassasasi, 5 musika, maktabi, 4 kasbhunar kolleji, Toshkent birinchi tibbiyot instituti va biznes maktabi bor. 9 kasalxona, 30 poliklinika va ambulatoriya muassasasi, 1 qon kuyish stansiyasi faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 359 oziq-ovqat, 595 sanoat mollari doʻkonlari, 197 umumiy ovqatlanish, 324 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat kiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, „BaxtRohat“ dam olish zonasi bor. Turar joy fondining umumiy maydoni 2,5 mln.m2 ga yaqin. +Aholisi. +2009-yilining boshiga kelib Toshkentning doimiy aholisi soni 2206,3 ming kishiga etdi. Bundan 50.8 % – ayollar, 49.2 % – erkaklar. Aholi soni boʻyicha Toshkent shahri MDH davlatlari orasida toʻrtinchi oʻrinda turadi (Moskva, Kiyev va Sankt-Peterburg shaharlaridan keyin). +1-yanvar 2009-yilgi maʼlumotlarga qaraganda Toshkentda muntazam yashovchilar soni 2 206,3 ming kishini tashkil qiladi . +2008-yilgi maʼlumotlarga ko‘ra, 63,0 % – oʻzbeklar, 20,0 % – ruslar, 4,5 % – tatarlar, 2,2 % – koreyslar, 2,1 % – qozoqlar, 1,2 % – tojiklar va 7,0 % – boshqa millatlar istiqomat qiladi. +Tarixiy va arxitektura yodgorliklari. +Madrasalar. +Mustaqillik yillarida Toshkentdagi islom madaniyati obidalarining aksariyati, jumladan, Koʻkaldosh, Abulqosim, ayniqsa, Hazrati Imom mavzeida joylashgan Moʻyi Muborak, Baroqxon madrasalari qayta taʼmirlanib, ilgarigiday mahobatli manzara kashf etdi. Ular bir paytlar minglab talabalarni oʻz bagʻriga olgan gavjum goʻshalar boʻlib, rus istilosi davrida bir muddat kimsasiz, xarobaga ham aylantirildi. +XIX asrda Toshkentda taʼlim-tarbiya sohasi Toshkent-Buxoro, Toshkent-Qoʻqon madaniy-maʼnaviy aloqalar tizimida rivojlanib borgan. Bu jarayonda Toshkent madrasalari va mudarrislarining oʻrni katta boʻlgani tabiiy. +Turkiston general-gubernatorligi Maorif boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 1890–1893 yillarda gubernatorlikda jami 214ta madrasa boʻlib, shundan 21tasi Toshkentda joylashgan edi. Chorizm istilosining dastlabki yillarida madrasalarda taʼlim va oʻqitish ishlari anʼanaviy qoidalar asosida olib borilgan boʻlsa, keyinchalik ularning faoliyatini nazorat qilish va oʻquv ishlarini tartibga solishni oʻlka maorif boshqarmasi oʻz qoʻliga olgan. Bu paytda Toshkent madrasalaridan Abulqosimxon madrasasida 120, Xoja Ahror madrasasida 80, Beklarbegi madrasasida 150, Koʻkaldosh madrasasida 80, Sharifboy madrasasida 20, Shukurxon madrasasida 20 nafar talaba oʻqigan. Lekin oldingidek, aksariyat talabalar Toshkent madrasalari bilan qanoatlanmay, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon madrasalarida bilimlarini oshirib qaytganlar. +Toshkent madrasalari toʻgʻrisidagi arxiv manbalari, oʻsha davr matbuoti yoki ana shu yillarda Toshkentda boʻlgan rus oʻlkashunoslarining maʼlumotlari, ayniqsa, madrasalar soni borasida har xil xabarlar beradi. Xususan, 1865–1868 yillari Toshkentda boʻlgan A.Xoroshxin „Ocherki Tashkenta“ nomli kundaligidagi maʼlumotda ayrim madrasalarning nomini, vaqf mulklarini keltirib oʻtgan boʻlsa, N. Maev 1876 yili Toshkentda jami 11 ta madrasa mavjudligini taʼkidlaydi. „Turkistanskie vedomosti“ gazetasining 1876 yilgi 48-sonida bosilgan rasmiy maʼlumotda esa 13 ta madrasa tilga olingan. +Biroq XIX asrda Toshkentda yashab ijod etgan muarrix Muhammad Solihxoja esa oʻzining „Tarixi jadidayi Toshkand“ asarida Toshkentdagi 20 ta madrasa toʻgʻrisida birmuncha batafsil maʼlumot berib oʻtgan. +Ular orasida eng qadimiysi – Xoja Ahror jome masjidining shimolida pishiq gʻisht va yoʻnilgan toshdan qurilgan Xoja Ahror madrasasi boʻlib, u yigirmata hujra, bitta darsxona va masjidni oʻz ichiga olgan. U erda Toshkent va boshqa hududlardan tahsil talabida kelgan saksondan ziyod talabalar oʻqishgan. +Shayxontohur dahasidagi madrasalardan yana biri Koʻkaldoshdir. Muhammad Solihxojaning yozishicha, bu madrasa Baroqxonning oʻgʻli Darvishxon tomonidan bunyod etilgan. 1735 yil Ufada boʻlgan toshkentlik savdogar N. Alimov maʼlumotlariga koʻra, XVIII asr oxiriga kelib, madrasa karvonsaroyga aylantirilgan. Toshkent tarixi tadqiqotchilaridan A. Dobrosmislov Koʻkaldosh madrasasi dastlab uch qavatli, oʻttiz sakkizta hujrali boʻlganini taʼkidlaydi. Keyinchalik madrasaning faqat bir qavati saqlanib qolgan. Muhammad Solihxoja Koʻkaldosh madrasasi 1868 va 1886 yillarda Toshkentda yuz bergan zilzilalardan qattiq zarar koʻrganini yozadi. +Shuningdek, XIX asrning 30-yillarida Muhammad Alixon buyrugʻi bilan bunyod etilgan Azimota madrasasi ham Chorsu yaqinida boʻlgan. Lekin bu madrasa haqida maʼlumotlar juda kam. +„Tarixi jadidayi Toshkand“ asarida batafsil tavsiflangan va eng koʻp tilga olingan madrasa Eshonquli dodxoh madrasasidir. Bu madrasa 1256 (1838) yili Toshkent hokimi Lashkar Beklarkegining oʻgʻli Eshonquli dodxoh tomonidan qurdirilgan boʻlib, Yunusxon madrasasining janubi-sharqida joylashgan va katta koʻchaga tutash boʻlgan. U erda 1920 yil Vaqf shoʻʼbasi qaramogʻidagi madrasada Murodxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli isloh qilingan diniy va dunyoviy darslar tashkil etadi. Xarobaga aylangan Eshonquli dodxoh madrasasining oxirgi qoldiqlari 1964 yilda surib, tekislab tashlangan. +Muhammad Solihxoja 1274 (1857) yili Toshkent hokimi Ahmad qushbegi (1856–1857) tomonidan Qaffol Shoshiy maqbarasi janubida Moʻyi Muborak madrasasi qurilganini yozadi. Tarixchi oʻsha davrlarda madrasa oʻrnini aholi Xoja Ahror tugʻilgan joy deb tushungani bois „Xoja Ahror maydoni“ deb ataganini taʼkidlaydi. Asarda keltirilishicha, madrasaning alohida bir gumbazi boʻlib, unda Paygʻambarimiz (alayhissalom)ning soch tolalari – moʻyi muborak saqlangan. +Yuqorida tilga olinganlardan Koʻkaldosh madrasasi bugungi kunda ham oʻz faoliyatini davom ettirib, koʻplab talabalar taʼlim oladigan dargoh sifatida ishlab turibdi. Qolganlari esa, yurtimizning yorqin maʼnaviy qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi muborak tarixiy obidalar qatorida munosib oʻrin egallab kelmoqda. +Mustaqillik davrida. +Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiymilliy shakli – hokimlik oʻrnatildi. 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi xamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Toshkent 2000 yillikdan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni. yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Kds. oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hudjda yashab, ijod etganlar. +Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilmaxil hamda uzuqyuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi Aeecmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat „Turon“, aholisi esa „tur“lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur qavmlari urugʻ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi – Qangʻxa (Qangʻa) shahri borligi tilga olinadi. +Sovet davridagi Toshkent. +Toshkent mahallalari haqida aniqroq yozma maʼlumotlar dahalardagi qozilik daftarlarida, 19-asrning 2yarmida esa ruscha nashrlarda qayd etilgan. Shunga koʻra, 1865 yil Toshkentda 140 ta mahalla boʻlgan, aholisi 76 ming kishi. Turkiston oʻlkasi statistikasi yilnomasida (1876) Toshkentda 149 ta mahalla (Shayxontohur dahasida 48 ta, Sebzor dahasida 38 ta, Koʻkcha dahasida 31 ta, Beshyogʻoch dahasida 32 ta) boʻlganligi taʼkidlangan. N. G. Mallitskiy 1927 yil nashr etgan roʻyxatda esa Toshkentda 280 ta mahalla va shahar aholisiga tegishli 171 ta mavze nomi bor (qarang plansxema). Mavzelar, odatda, shaharliklarning shahar tashqarisida joylashgan ekinzorlari va bogʻlaridan iborat boʻlgan; shoʻrolar davrida mavzelar davlat tomonidan musodara qilinib jamoa xoʻjaligiga aylantirilgan. +Toshkentning Maʼdaniy maʼishiy inshoatlari. +Toshkentning eng gavjum qismi, uning bozorlari hisoblangan. Eski joʻva, Chorsu va Koʻkaldosh madrasasi oraligʻida Registon, Chorsu va Kappon (gʻalla) bozorlari joylashgan. Registon bozorida xonliklarda ishlab chiqarilgan mollar bilan bir qatorda Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Koshgʻar, Xitoy va Rossiyadan keltirilgan mollar ham sotilgan. Toshkentdan savdo karvonlari dasht orqali Sibir shaharlari, Koshgʻar, Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston va Eron tomon qatnagan. Toshkent davlati tashqi va ichki savdoni rivojlantirish maqsadida old tomonida „Muhammad Yunusxoʻja Umariy“ deb yozilgan, sirtiga lochin yoki yoʻlbars tasvirlari tushirilgan oʻz tangalarini zarb etib, mustaqil ichki va tashki siyosat yuritgan. Yunusxoʻja, ayniqsa, Rossiya bilan muttasil savdo aloqalari olib borish va uni kengaytirishga intilgan. 1792 yil Yunusxoʻja rus podshosiga xat yuborib unga Katta juz biylari bilan ittifoq tuzganligini, Toshkentdan Rossiyaga eltadigan karvon yoʻllaridagi talonchiliklar to'xtatilganligini xabar qiladi. 1802 yilning kuzida Yunusxoʻja vaziri aʼzam Mullajon Oxund Mahzum bilan Ashurali Bahodir mingboshini SanktPeterburgga elchi kilib yuboradi. Elchilikdan maqsad, faqat savdo aloqalarini kengaytirishgina emas, balki Rossiyadan qurolyarogʻ, choʻyan va mis rudalarini sotib olib, oʻz harbiy kuchini mustahkamlash hamda Rossiyadan tup kuyuvchi usta va konchilarni Toshkentga taklif etib, bu yerda toʻpchilik hunarmandchiligini rivojlantirish va konlarni ishga solish ham koʻzda tutilgan edi. 1803 yil mart oyida Toshkent elchilari imperator Aleksandr I va davlat kansleri hamda tashqi ishlar vaziri graf A. Voronsov qabulida boʻldilar. +Rossiyada Oktyabr toʻntarishi haqidagi xabar Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurashdilar. 1917 yil 28 oktabrda Bosh temir yoʻl ustaxonasining mahalliy millatga mansub boʻlmagan ishchilari hamda askarlar qoʻzgʻolon boshladilar. Ular temir yoʻl deposi, tovar omborlari, 1Sibir polki kazarmalarini ishgʻol qildilar. Shahar markazi qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtdi. 1 (14) noyabrda Tuproqqoʻrgʻon ham ishgʻol qilingach, Toshkentda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Shu tariqa Toshkentda Rossiyadan badargʻa qilingan bolsheviklar 1917 yil 1 noyabrda temir yoʻl masterovoylari yordamida toʻntarish oʻtkazib hokimiyatni egalladilar. 1918 yil 30 apreldan Toshkent Turkiston ASSRning poytaxti deb eʼlon qilindi. 1924-yilda Oʻzbekiston poytaxti Samarqandga koʻchirildi. 1930 yildan Toshkent yana poytaxt boʻldi. +Sovet hukumati yillarida Toshkent mahallalari boshlangʻich maʼmuriy birlik shaklida saqlanib qoldi, biroq ularning vazifalari koʻp tomondan cheklab qoʻyildi. +Zamonaviy inshoatlar. +Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda Toshkentda bir qancha sanoat korxonasi – tikuvchilik, tamaki, poyabzal fabrikalari, toʻqimachilik kombinati, metallsozlik, mashinasozlik zavodlari va boshqa qurildi. Boʻzsuv, Qodiriya, Boʻrijar GESlari bunyod qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent sanoati butunlay frontga xizmat qildirildi. Sanoat 1943 yilda 1940 yildagiga nisbatan 3 barobar koʻp mahsulot berdi. Urush yillarida nemislar okkupatsiya qilgan viloyatlardan evakuatsiya qilingan 300 ming kishi, shu jumladan, 200 mingga yaqin bola Toshkentga joylashtirildi. 1930–40 yillarda Toshkentda asosan, qishloq xoʻjaligi.ni texnika bilan taʼminlashga qaratilgan ogʻir sanoat tarmoklari tez surʼatlar bilan rivojlantirildi. Yirik sanoat korxonalari – „Uzbekqishloqmash“, ekskavator zavodi, „Toshtekstilmash“, „Toshpaxtamash“, „Toshkentkabel“, yogʻmoy kombinati, karborund zavodi, mashinasozlik, elektr lampa va elektr mexanika zavodlari, yirik panelli uysozlik kombinati va boshqa kurildi. +1966-yil 26 aprelda Toshkentda yuz bergan zilzila natijasida shahar jiddiy shikastlandi. Zilzila oqibatlari qisqa muddat (3,5 yil)da tugatildi (qarang Toshkent zilzilasi). Shahar qiyofasi butunlay oʻzgardi. Toshkent hududi atrofga bogʻ va ekinzorlar hisobiga tez oʻsdi, koʻplab turar joy massivlari, jamoat binolari, metropoliten qurildi. 1983-yilda shaharning 2000 yillik toʻyi oʻtkazildi. +Mustaqil Oʻzbekiston hududidagi Toshkent. +1991-yil 31-avgustda Toshkentda Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilindi. Hozirgi Toshkent Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Oʻzbekiston Prezidentining qarorgohi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, ijtimoiy harakat va partiyalarning va boshqa jamoat tashkilotlarining markazlari, chet el elchixonalari, BMT ga qarashli tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan. Toshkent chet ellardagi birodarlashgan shaharlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda, Toshkent bir qancha xorijiy shaharlar bilan birodarlashgan. +Toshkentning eng muhim xususiyatlari shahar gerbi (ramzi)da aks etgan. U uzok, tarixga ega. Ilk oʻrta asrlardayoq Toshkentning oʻziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-asrda Choch (Shosh) shahrining nishoni qoplon (togʻ barsi) boʻlgan. Buni 8-asr birinchi yarmida hukmdorlik qilgan Yabgʻu Tarnovcha nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida krplon, orqasida esa qangʻarlarning ayri tam/ali va sugʻd yozuvida „Tarnovcha“ deb bitilgan muhri tasvirida koʻrish mumkin. Toshkent hukmdorlari koʻpincha oʻz valiaxdlariga ham togʻning eng kuchli va epchil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi ism qoʻyganlar. Toshkentning Oʻzbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996 yilda tasdiqlangan, 2003 yilda gerb tasviriga qisman oʻzgartirishlar kiritilgan (519betdagi rayemga q.). +Toshkentda jahon mamlakatlari, BMT tashkilotlari va Markaziy Osiyo davlatlarining turli muhim mavzulardagi seminar, simpozium va qurultoylari oʻtkazib turiladi. 1998-yilda YUNESKO tashkiloti Ijroiya Kengashining 155-sessiyasi, 1999-yil 19–20 iyulda Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha 6Q2 guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. 2000 yil sentyabrda YUNESKO xrmiyligida „Dinlararo dialog va dunyo madaniyati“ mavzuidagi xalqaro konfess, 2003-yil 14-mayda „Interkontinental“ mehmonxonasida „Markaziy Osiyo 20asrda: hamkorlik, sheriklik va muloqot“ mavzuida xalqaro konferensiya, 2004 yil iyun oyida Shanxay hamkorligi tashkilotining konferensiyasi oʻtkazildi.Toshkentda mustaqillik sharofatidan kelib chiqib ham iqtisodiyot, ham maʼnaviyat sohasida tub islohotlar qilina boshladi. Iqtisodiyot sohasida bozor munosabatlariga oʻtilishi talablari asosida biznes, ishbilarmonlikni, xorijiy sarmoyalar kiritishni ragʻbatlantirish, yangi bankkredit sistemasini barpo etish, mulkni xususiylashtirishga doir bir qancha amaliy tadbirlar koʻrildi. Shaharda xorijiy mamlakatlar ishbilarmonlari bilan hamkorlikda qoʻshma korxonalar, firmalar ochish rivoj topa boshladi. +Shahar qiyofasiga sharqona tus berilishiga ahamiyat berildi. 1991 yil 1 sentabrda Toshkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida Oʻzbekiston Prezidenti farmoni eʼlon qilindi. Koʻchalar, maydonlar, tashkilotlar, tumanlar qayta nomlana boshladi. Shahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal oʻrnatildi va temuriylar davri tarixi davlat muzeyi qurildi. Shaharning olimlar yashaydigan dahasidagi maydonlardan biriga Mirzo Ulugʻbekka haykal qoʻyildi va hokazo. +Toshkentni obodonlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shaharga kerak boʻlmagan, uning tabiiy muhitini buzadigan korxonalar, tashkilotlar yopildi yoki shahardan tashqariga koʻchirildi. Toshkentning Eski shagʻar qismida joyning oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, asosan, 1995 yildan butun infrastrukturani kompleks rivojlantirishga kirishildi. Mahallalararo aloqalarni saqlab qolib, shaharning tarixan tarkib topgan qismini tubdan taʼmirlash va obodonlashtirish yoʻlida katta ishlar kilindi. Jumladan, Eski shaharning Krrasaroy, Sagʻbon, Bobojonov, Forobiy koʻchalari kengaytirilib, kayta ochildi. Bu koʻchalarda transport qatnovi yaxshilandi. Fargʻona yoʻli, shuningdek, Toshkentni Qozogʻiston bilan bogʻlovchi Keles koʻprigi va boshqa qayta qurildi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteti, „Turkiston“ saroyi, Respublika Birja markazi, „Tata“ („Quality“) mehmonxonasi, „Toshkentlend“ istirohat bogʻi va boshqa inshootlar foydalanishga topshirildi. „Olay“, „Eski joʻva“, „Farhod“, „Beshyogʻoch“, „Mirobod“, „Asaka“, „Otchopar“, „Parkent“, „Koʻkcha“ bozorlari deyarli qayta qurildi. Toshkent metrosining Yunusobod yoʻnalishi ishga tushirildi. Toshkentdagi bir qancha xashamatli binolar, Oʻzbekiston milliy bogʻi, Yapon bogʻi, Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalqaro biznes markazi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, „Interkontinental Toshkent“, „Le Meridian otel Tashkent Palace“, „RadissonSAS Tashkent“ mehmonxonalari, „Yunusobod“, „JAR“, „Golfklub“ sport majmualari, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan Oʻzbekiston milliy banki sport majmuasi, shaharning bir qancha joylarida qurilgan koʻpriklar va kichik halqa yoʻli, „Shahidlar xotirasi“ majmui, „Xotira“ maydoni, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasi va boshqa Oʻzbekiston poytaxtining taraqqiy qilish bosh rejasining eng koʻzga koʻringan bosqichlari xolos. Bu oʻzgarish va qurilishlarning muallifi va tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovdir. +Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllabquvvatlash haqida“gi farmoni (1998) va qonuni (1999), „Obod mahalla yili“ dasturi (2003) asosida T. mahallalari oʻz huquqiy maqomiga ega boʻldi. Ularning faoliyat doirasi kengaydi. Mahallalar yuridik shaxs sifatida oʻz mulkiga, moliyaviy byudjetiga bankdagi hisob raqami – jamgʻarmasiga ega boʻldi, rahbariyat (rais, kotib)ning nufuzi ortdi, vazifalari aniq belgilandi. Mahallalar oʻz hududlarida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatlarni yaxshilash, toʻlovlar sistemasida ishtirok etib, mahalla va aholi ahvolini yaxshilashga koʻmaklashish kabilarda faol qatnashish imkoniga ega boʻldilar. +Shaharda 493 fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi – fuqarolar yigʻini (mahalla qoʻmitasi) ishlaydi (yana qarang Mahama). +Toshkent – Respublikaning eng yirik sanoat markazi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 30 % ga yaqini poytaxt hissasiga toʻgʻri keladi. Shahar sanoatida 14 tarmoqqa mansub 300 dan ziyod asosiy korxonalar ishlab turibdi. Sanoat ishlab chiqarish. tarkibida elektr energetikasi, mashinasozlik va samolyotsozlik, metallga ishlov berish, binokorlik materiallari, yengil va oziqovqat sanoati kabi tarmoklar salmoqdi oʻrinni egallaydi. T. toʻqimachilik kombinatida ip gazlama mahsulotining asosiy qismi ishlab chiqariladi. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, Toshkent traktor zavodi, „Algoritm“, „Zenit“ ishlab chiqarish birlashmalari, elektronika zavodi, „Tong“, „Malika“, „Yulduz“ tikuvchilik fabrikalari, binokorlik korxonalarining keng tarmogʻi ishlab turibdi. Bu korxonalar oʻz mahsuloti bilan tashki dunyoga chiqmoqda. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasining jahon andozalariga javob beradigan „Il76“, „Il114“ samolyotlari ishlab chiqarilmoqda. +Toshkent korxonalari Germaniya, Syangan, Vengriyaga mis simi, bir qancha mamlakatlarga paxta terish mashinalari, Belgiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Serbiya va Chernogoriyaga paxta tolasi va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda 80 dan ziyod xorijiy mamlakat firma va kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilgan 1423 qoʻshma korxona va firmalar faoliyat koʻrsatmoqda (2004). Jumladan, Turkiyaning „Shayxontohur tekstil“, „Sagʻbontekstil“, Janubiy Koreyaning „UZOmegaTex“, Germaniya va Shveysariyaning „Xobas tapo“, AQShning „Bezak“ qoʻshma korxonalari Toshkent iqtisodiyotini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshmoqsa. 2003 yil nodavlat sektorida sanoat mahsulotlarining hajmi 88,6 % ga yetdi. +Transport. +Toshkent Oʻrta Osiyodagi eng yirik transport chorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharda temir yoʻl vokzali, 2 aeroport, avtovokzal, 5 avtostansiya ishlaydi. Toshkent shimoliy vokzali yerdan Toshkent – Orenburg – Moskva, Toshkent – Turkmanboshi, Toshkent – Namangan – Andijon va boshqa temir yoʻl oʻtgan. Toshkent – Yangiyoʻl, Toshkent – Xoʻjand, Toshkent – Samarkand, Toshkent – Guliston yoʻnalishida elektr poyezdlari qatnaydi. Toshkentdan MDH dan tashqari London, Frankfurt Mayn, TelAviv, Jidda, Dehli, Karachi, Istanbul, Bangkok, Pekin, NyuYork, Amsterdam, Sharja (BAA), KualaLumpur, Tehron shaharlariga muntazam havo yoʻllari, Halab, Tokio, Seul, Osiyo va Yevropaning koʻpgina shaharlariga charter yoʻlovchilar tashuvchi reyslar oʻtgan. +Shahardan bir necha muhim avtomobil yoʻli boshlanadi, ularning eng yirigi – Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Toshkent halqa avtomobil yoʻli mavjud. Shahar yoʻlovchilar ichki qatnovi metropoliten, trolleybus, avtobus, tramvay, taksi orqali amalga oshiriladi. +Maorifi va madaniyati. +2003/04 oʻquv yilida Toshkentda 362 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 378,9 ming oʻquvchi, 11 gimnaziyada 17,1 ming oʻquvchi, 23 akademik litseyda 9,3 ming oʻquvchi, 30 musiqa va 25 sport maktabida 19,2 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Toshkentda 30 oliy oʻquv yurti (jumladan, Oʻzbekiston milliy universiteti, I va II Toshkent Tibbiyot institutlari, Pedagogika universiteti, Iqtisodiyot universiteti, Islom universiteti, Texnika universiteti va boshqalar) boʻlib, ularda 107,8 ming talaba taʼlim oldi (2004). Toshkentda 1998 – 2003 yillarda 47 kasbhunar kolleji va akademik litseylari binolari ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Shaharda 31 kasbhunar kollejida 29,1 ming oʻquvchi oʻqiydi. +Toshkentda 16 muzey (Oʻzbekiston davlat sanʼat, Adabiyot, Oʻzbekiston kino sanʼati, Oʻzbekiston sogliqni saqlash, Antiqa va zargarlik buyumlari va boshqa muzeylar) boʻlib, ularda 800 mingga yaqin eksponat qoʻyilgan, 166 jamoat kutubxonasi (13,8 mln. nusxa asar), 9 madaniyat saroyi, 65 madaniyat uyi bor. +Toshkentda 13 teatr (Oʻzbek milliy teatri, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri, Abror Hidoyatov nomidagi yoshlar teatri, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oʻzbek davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, Rus davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, operetta teatri va boshqalar) mavjud. +Toshkent sirkida 1940 yildan boshlab mashhur oʻzbek dorbozlari– Toshkanboyevlar sulolasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. +Toshkentda 16 madaniyat va istirohat bogʻi bor. Shulardan biri markaziy, 5 tasi bolalar bogʻi (shulardan biri shahar bogʻi), 10 tasi madaniyat va istirohat bogʻi. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom, Furqat, Bobur nomidagi, „Bogʻi eram“, „Akvapark“ bogʻlari mashxur. Undan tashqari dendrapark, botanika bogʻi, hayvonot bogʻi, Gagarin bosh faoliyat koʻrsatadi. Amir Temur xiyoboni va boshqa bor. Toshkentdagi ziyoratgoh joylardan Shayx Zayniddin, Choʻponota, Kaffol Shoshiy, Xoʻja Alambardor maqbaralari mavjud. +Toshkentda 18,6 ming oʻrinli (10 ming kishiga 86,8 oʻrin) 99 kasalxona muassasasida 16,5 ming vrach, 25,2 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. Shaharda 115 poliklinika, 594 dorixona faoliyat koʻrsatadi. Respublika ahamiyatidagi shoshilinch tibbiy yordam, urologiya, koʻz mikroxirurgiyasi, kardiologiya, jarroxlik, onkologiya markazlari Toshkentda joylashgan. +Toshkentda 5 sanatoriy, 19 ta sanatoriy-profilaktoriy, dam olish uyi bor, shulardan, Chinobod sanatoriysi, Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi davolash klinikasi va bolalar statsionari va boshqa faoliyat koʻrsatadi. Toshkent yaqinida Toshkent mineral suvi balneologik kurorti joylashgan. +1994 yilda Toshkentda „Yunusobod“ tennis saroyi qurilib, unda O'zR Prezidenti sovrini uchun tennis boʻyicha katta xalqaro musobaqalar oʻtkazilmoqda. Shaharda Olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurti, „Paxtakor“ sportmashgʻulot birlashmasi, „Qibray“ oʻquvmashgʻulot markazlari, yengil atletika boʻyicha „Yangiobod“ oʻquvmashgʻulot bazasi joylashgan. „Yoshlik“ sport arenasi, „Paxtakor“ markaziy stadioni va boshqa xalqaro sport talablariga javob beradigan sport inshootlardir. Shu bois Toshkentda katta xalqaro sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. 1995 yil sentabrda 1Markaziy Osiyo oʻyinlari, 1998 yil noyabda „suv pariyey“ sinxron suzish boʻyicha 1xalqaro turnir, 1999 yil 7 iyunda „Dinamo“ tennis kortida „Tashkent open“ xotinqizlar turniri boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning „Paxtakor“ futbol jamoasi oʻz stadionida jahon va Osiyoning nufuzli jamoalari bilan uchrashuvlar oʻtkazib kelmoqda. Mashhur oʻzbek kurashi boʻyicha ham Toshkentda xalqaro musobaqalar boʻlib oʻtdi. 2004 yil iyul oyida toshkentlik Rustam Qosimjonovnnng shaxmat boʻyicha jahonning eng kuchli shaxmatchilarini yengib Jahon chempioni unvonini olishi oʻzbek shaxmat sportining buyuk gʻalabasidir. Toshkentda sport mavzusiga bagʻishlangan bir qancha jurnali va gaz.lar chiqadi. Shulardan „Sport“, „Oʻzbekiston futboli“ va boshqalarni aytish mumkin. Oʻzbekistonda sport kadrlarini, asosan, Oʻzbekiston davlat jismonii tarbiya instituti tayyorlaydi. Int qoshida 1993 yildan Oʻzbekiston Olimpiya akademiyasi faoliyat koʻrsatadi. +Toshkentda 19 nomda respublika gazetalari, 2 viloyat gaz. („Toshkent haqiqati“, „Tashkentskaya pravda“), 2 shahar gazeta („Toshkent oqshomi“, „Vecherniy Tashkent“), 44 koʻp tirajli gaz. nashr etiladi. Respublikada nashr etiladigan 67 nomdagi jurnalning 62 tasi Toshkentda chiqadi (qarang Matbuot). Toshkentda 4 ta informatsiya agentligi faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistondagi nashriyotlarning asosiy qismi Toshkent shahridadir (qarang Noshirlik). Oʻzbekiston radioeshittirishlarida Toshkent radiosi yetakchi oʻrinni egallaydi. Toshkent shahri va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirishi bosh tahririyatida tayyorlangan eshittirishlar beriladi (1971 yildan). Bosh tahririyatda axborot va ijtimoiy siyosiy boʻlimlar bor (qarang Radioeshittirish). Toshkent telestudiyasining Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun moʻljallangan koʻrsatuvlari bosh tahririyati maxsus koʻrsatuv turkumlarini tayyorlaydi (qarang Televideniye). +Toshkentdagi tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: Koʻkaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddin bobo maqbarasi (13– 14-asrlar), Xoʻja Alambardor maqbarasi (taxminan 10-asr), Abulqosim shayx madrasasi (19-asr), Yunusxon maqbarasi (15-asr oxiri), Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (15-asr), Qaldirgʻochbiy maqbarasi (15-asrning 1yarmi) va boshqalar saqlangan. +Hamdoʻst shaharlar. +Toshkent bir necha nufuzli shaharlar bilan hamdoʻstlik aʼloqalariga ega + +Rossiya: +Rossiya (), Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika [Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya], 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenetsga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000 yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi. +Davlat tuzumi. +Rossiya – boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 yil 12 dekabrda qabul kilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000 yildan Vladimir Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi. +Tabiati. +Rossiya hududi meridian boʻylab 2,5–4 ming km ga, gʻarbdan sharqqa 9 ming km ga choʻzilgan. Mamlakatning eng gʻarbiy nuqtasi Polsha bilan boʻlgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering boʻgʻozidagi Ratmanov orolda, chekka jan. nuqtasi Ozarbayjon bilan boʻlgan chegarada, chekka shim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolf orolda, Rossiya hududining 45% oʻrmon, 4% suv, 13% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar, 19% bugʻu yaylovlari, 19% boshqa yerlardir. +Relyefi. +Rossiya maydonining qariyb 70% tekislik. Gʻarbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda bal. 250–400 m li Valday, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, BugulmaBelebey, Yuqori Kama va boshqa qirlar OkaDon, Kaspiyboʻyi va boshqa payettekisliklar bilan tutash. Undan sharkda Ural tog tizmasi, soʻng Gʻarbiy Sibir tekisligi boshlanadi. Yenisey va Lena daryolari oraligʻida Oʻrta Sibir yassitogʻligi, sharkda Markaziy Yakutiya payettekisligi bor. Mamlakat sharqi va janbuida togʻliklar koʻproq. Yevropa qismida Katta Kavkaz togʻining shim. yon bagʻrida tizma togʻlar (Rossiyadagi eng baland nuqta – Elbrus togʻi, 5642 m) joylashgan. Sibirdagi togʻ tizmalari – Oltoy, Kuznetsk Olatovi, Gʻarbiy Sayan togʻlari, Tuva, Baykalboʻyi, Baykal ortidagi togʻlar va Stanovoy tizmasi Rossiyaning jan. chegarasi boʻylab oʻtadi. Sibirning shim.sharqi (Verxoyansk va Cher tizma togʻlari), Uzoq Sharq (Chukotka va Koryak togʻlari)da oʻrtacha balandlikdagi tizmalar koʻproquchraydi. Tinch okean soxili boʻylab choʻzilgan Kamchatka va Kuril orollaridagi togʻlarda harakatdagi vulkanlar otilib turadi. +Geologik tuzilishi. +Rossiya hududi Sharqiy Yevropa platformasining anchagina qismini, butun Sibir platformasini, Gʻarbiy Sibir plitasini, Jan. Sibir, Verxoyansk-Chukotka burmali obl., Koryak yassitogʻligi, Kamchatka, Kuril orollari, Primorye va Saxalin burmali obl.larini egallaydi. Qadimgi platformalar yuqori proterozoy davrigacha boʻlgan kristalli fundament (zamin)dan iborat boʻlib, dengiz tubidagi qad. choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan va keyinchalik burmalanib, metamorfizmga uchragan. Kareliya burmalanish davri tugagach, Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari zaminining yuzasi denudatsiya natijasida tekislanib, choʻkindi jinslar ostida qolgan. Proterozoy davri oʻrtalarigacha qad. platformalarni oʻrab turgan burmali obl.lar oʻrnida okean boʻlib, asta-sekin geosinklinal tizimlari tarkib topa boshlagan va turli yoshdagi burmalangan obl.lar – baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanishlari hosil boʻlgan. Kavkazda geosinklinal rivojlanish jarayoni Alp burmalanish davrida tugagan. Kuril va Komandor orollarida, Oxota, Bering dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlanish hali tugamagan. +Mineral resurslari. +Rossiya juda boy mineralxom ashyo zaxiralariga ega boʻlgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik koʻmir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Rossiyada dunyodagi temir rudasi, berilliy zaxirasining 30%, neftning 17–18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70–75%, palladiyning 50%, nikelning 40% dan koʻprogʻi, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Shim. Kavkaz, Oʻrta va Jan. Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk oʻlkasi shimolida misnikel, Zabaykalye va Uzok, Sharkda ruxqoʻrgʻoshin, Ural, Oltoy, Zabaykalye va Kola yarim orolda qimmatbaho toshlar, marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumush, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va sh.k. foydali qazilmalarning katta konlari bor. +Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (chekka shim.gʻarbda dengiz ikdimi), Sibir va Uzoq Sharq shim. da keskin kontinental, janubida musson iklim (qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi moʻʼtadil iliq). Qishda P. hududi ustida yuqori atmosfera bosimi (sharqaa Osiyo antitsikloni) hukmron boʻladi. Yanvarning oʻrtacha trasi Yevropa qismining gʻarbida va Kavkaz shimoida 0–5°, Saxa sharqida –40°, –50°, jumladan, Oymyakonda – 72,2° gacha. Yozda atmosfera bosimi pasayadi, shu sababli bu mavsum nisbatan iliq, janubida issiq, iyulning oʻrtacha trasi G dan (Sibir shim.) 24–25° gacha (Kaspiyboʻyi pasttekisligida) yetadi. Eng koʻp yogʻingarchilik Kavkaz togʻlarida (yiliga 3200 mm gacha), Uzoq Sharq janubida (1000 mm gacha) va Sharqiy Yevropa tekisligining oʻrmon zonasida (850 mm gacha). Kaspiybuyi pasttekisligining yarim choʻl joylarida juda oz – yiliga 170 mm ga yaqin yogʻin tushadi. Qor qoplami mamlakat janubida 60–80 kun davom etsa, Chekka shimoida 260–280 kunga boradi. +Ichki suvlari. +Rossiyada uzunligi 10 km dan oshadigan 120 mingga yaqin daryo bor. Daryolarning aksariyati Shim. Muz okeani havzasiga (Shim. Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Lena, Yana, Indigirka, Kolima va boshqalar), Tinch okean havzasiga (Amur, Anadir, Penjina va boshqalar), Atlantika havzasiga (Don, Kuban, Neva va boshqalar) mansub. Yevropaning eng uzun va sersuv Volga daryosi, shuningdek, Ural va Terek Kaspiy dengiziga quyiladi. Ularning kupi suv transporta va yogʻoch oqizishda, shahar va sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlashda, ekinzorlarni sugʻorishda katta ahamiyatga ega. Rossiyada 2 mln.dan ortiq chuchuk va shur suvli kul bor. Eng yiriklari: Baykal (dunyodagi chuchuk suv zaxirasining ‘/5 qismi), Kaspiy dengizkoʻli, Ladoga, Onega, Taymir. Rossiyada 1200 ga yaqin suv ombori bor. Yirik suv omborlari: Bratsk, Krasnoyarsk, Zeya, UstIlim, Boguchan, Baykal (Irkutsk), Volgograd, Ribinsk va boshqa +Tuproq va oʻsimliklari tekisliklarda tabiat zonalariga karab oʻzgaradi. Shim. Muz okeani orollari va Taymir yarim orol sohilida ibtidoiy arktika tuprogʻi tarqalgan boʻlib, asosan siyrak lishaynik, mox va kup yillik gulli usimliklar uchraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuprogʻi tarqalgan. Oʻsimlik turi koʻp: mox va lishayniklardan tashqari past boʻyli butalar (pakana qayin va tol), har xil oʻt, mevali usimliklar (brusnika, golubika) uchraydi. +Oʻrmon zonasining shim. qismi (tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar – qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr va qaragʻay oʻrmonlari, Yeniseydan sharqdagi taygatoʻng tuproklarda igna bargli tayga daraxtlari – sibir va dauriya tilogʻochlari, Uzoq Sharqda esa, qoraqaragʻay va oqqaragʻay oʻsadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, Gʻarbiy Sibirda) botqoqlik koʻp. Taygadan jan.rokda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash oʻrmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda oqqayin va togʻterak, eman, zarang, qayragʻoch, Sharqiy Yevropa tekisligi urmon zonasining chekka janubida eman, juka va boshqa keng bargli daraxtlar oʻsadi. Sharqiy Yevropa va Gʻarbiy Sibirda qora va toʻq kashtan tuproq, Kaspiybuyi pasttekisligida och kashtan va qoʻngʻir, shoʻrxok tuproqlar uchraydi. +Hayvonot dunyosi juda xilmaxil. +Arktika muz sahrosi va tundrada shim. tulkisi, lemming, shim. bugʻusi, qutb boyqushi, tundra kakligi; oʻrmon zonasida los, qoʻngʻir ayiq, silovsin, suvsar, tulki, tiyin, burunduq, malla quyon, Uzoq Sharq janubida ussuri yoʻlbarsi, qora ayiq, harza, yenotsimon it, toʻngʻiz, qushlardan karqur, qur,^ qizilishton, bulduruq va boshqa yashaydi. Oʻrmonli dasht zonasida kemiruvchilar, turli qushlar, ondatra, tulki, suvsar, moʻynabop hayvonlarning, los, shim. bugʻusining xillari koʻp. Dengizlarda baliq (treska, seld, kambala, skumbriya, sudak, losos, osetr va boshqalar), dengiz sut emizuvchilari (kit, morj, tyulen, dengiz mushugi) ovlanadi. +Oʻziga xos noyob tabiat hamda hayvonot dunyosini saklab qolish va urganish maqsadida turli zonalarda 100 ta davlat tabiiy qoʻriqhonasi (maydoni 33,3 mln. gektar) va 5 ta milliy bogʻ (maydoni 6,7 mln. gektar) tashkil etilgan. Eng yiriklari: Oltoy, Astraxon, Barguzin, Kavkaz, PechoraIlich, Teberda va boshqa +Aholisi. +Rossiyada 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. Rossiyaning asosiy aholisi – ruslar jami aholining 81,5% ni tashkil etadi. Ukrainaga yondosh viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, Shim. Kavkaz, Ural va Sibir janubida ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Kareliyada beloruslar, Krasnoyarsk oʻlkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar va latishlar (shuningdek, Omsk viloyatida latishlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk, Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy oʻlkalarida olmonlar, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Samara, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk shaharlarida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar oʻlkasida moldovanlar, Stavropol va Krasnodar oʻlkasida yunonlar, Krasnodar va Stavropol oʻlkalarida va Rostov viloyatida armanlar ham yashaydi. Shuningdek, ozarbayjonlar, uzbeklar (1994 yilda 58 ming), gurjlar, qozoqlar va boshqa yashaydi. Rossiyaning Yevropa qismi shimoida karellar, vepslar, ijorlar, saamlar (loparlar), komi va komipermyaklar, Oʻrta Volga boʻyida mari, udmurt va mordvalar, Volgaboʻyining boshqa joylari va Jan. Uralda turkiy tillarda soʻzlashuvchi chuvashlar, boshqirdlar, tatarlar, shuningdek, kalmoklar yashaydi. Osetin, qorachoy, bolqor, qoʻmiq, noʻgʻaylar Shim. Kavkazning tub joy aholisidir. Sibir va Uzoq Sharqda turkiy gillarga mansub saxalar, oltoy, shor, haqas va tuvalar, mongol tilida soʻzlashuvchi buryatlar, shuningdek, xanti va mansilar, nenets, chukcha va eskimoslar istiqomat qiladi. +Davlat tili – rus tili; Rossiya tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu respublikaning davlat tili hisoblanadi. Rossiya aholisining 73% shaharlarda yashaydi. Din, dorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari – musulmonlar, yahudolar, buddaviylar va boshqa Yirik shaharlari: Moskva, SanktPeterburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg va boshqa +Tarixi. +Rossiya hududida oʻrta paleolit davrida, milodgacha 100–35 ming i. avval Quyi Volga, Oʻrta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan oʻtib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3–2ming yilliklarda Shim. Kavkazda jez, Ural, Gʻarbiy Sibir, Yuqori Volga boʻylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, oʻrmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil. av. 1ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud boʻlgan. Mil. 3-asrda Sharqdan koʻchmanchi gotlar va 4-asrda gunnlar bostirib kelgan. 4–8-asrlarda Shim. Kavkazda alanlar birlashgan. 552–745 yillarda Rossiya hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-asr 1-yarmida Azov boʻyida Buyuk Bulgʻoriya davlati paydo boʻldi, ammo bulgʻorlar Xazar xoqonligidan magʻlubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari boʻyiga kelib joylashdi. 10-asrda VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo boʻldi, Oʻrta Volga boʻyi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-asrda Sibir, Yenisey daryosining oʻrta oqimida hozirgi haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirgʻizlar davlati, 8-asr – 10-asr boshlarida Uzok. Sharkda Boxay davlati hukm surdi. +9-asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qadimgi Rus davlati tashkil topdi; sharqiy slavyanlarning ikki markazi – Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. taxminan 988 yil knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va boshqa qabilalarni jipslashtirishga koʻmaklashdi. Qadimgi rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132 yil)dan soʻng Kdd. Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, VladimirSuzdal, GalichVolin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib chiqdi. 13-asrda ularga Sharqsan moʻgʻullar, Gʻarbdan shvedlar va olmonlar hujum qildilar. 1223 yil rus knyazliklari moʻgʻullar bilan Kalka daryosi boʻyidagi urushda magʻlubiyatga uchradi. 1236 yil moʻgʻullar VolgaKama Bulgʻoriyasini, 1237 yil Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildi. 1240 yil esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qoʻshinlari oʻsha yili Neva urushida shvedlarni, 1242 yil Muz ustidagi urushda olmonlarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 yil mobaynida moʻgʻullar zulmi ostida qoldi. +14-asrning 2-yarmida Moskva knyazligining mavqei oshib, u moʻgʻullarga qarshi kurashda rahbarlik qildi va rus yerlarini asta-sekin birlashtirish markazi boʻlib qoldi. 1380 yilgi Kulikovo urushida Dmitriy Donskoy kumondonligidagi birlashgan rus qoʻshinlarining moʻgʻul koʻshinlari ustidan qozongan gʻalabasi Shim.sharqiy rus yerlarini birlashtirish uchun zamin yaratdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan tugalladi. 1478 yil Novgorod, 1485 yil Tver, 1510 yil Pskov, 1514 yil Smolensk, 1521 yil Ryazan Moskva buyuk knyazligiga qoʻshib olindi. 1480 yil moʻgʻullar zulmi barham topdi. +Birinchi rus qiroli Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1533–84; 1547 yildan qirol) davlatni markazlashtirishga kirishdi. Kozon va Astraxon xonliklari qoʻshib olindi, shu tarika Ural orti va Gʻarbiy Sibirni zabt etish uchun yoʻl ochildi. 17-asrda Sibirning qolgan hududlari ham birinketin qoʻshib olindi. 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, "Rossiya" degan nom tarqala boshladi. +Gʻarbda Boltiqdengiziga chiqish uchun boʻlgan Livon urushiiing choʻzilib ketishi (1558–83) natijasida mamlakat 16-asr oxiri – 17-asr boshlarida ogʻir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tushib qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuchaydi. Natijada qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtdi (eng kattasi Bolotnikov koʻzgʻoloni). Boyarlar va dvoryanlar oʻrtasida ham kurash keskinlashdi. 700 yildan ortiq xukmronlik qilgan Ryurikovichlar sulolasi tugadi. Mamlakatning ogʻir ichki ahvolidan foydalangan polyaklar va shvedlar 1604 yilda Rossiyaga bostirib kirdilar. Polsha qoʻshinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612 yil K. Z. Minin va Dmitriy Mixailovich Pojarskiy rahbarligidagi xalq lashkarlari Moskvani ozod qildi, biroq mamlakatning gʻarbiy va shim.gʻarbiy hududi bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻl ostida qoldi. 1613 yildan Rossiyada Romanovlar sulolasi xukmronlik kila boshladi. +17-asrdan Rossiya oʻz tarixida yangi bosqichga oʻta boshladi. 17-asr oxiriga kelganda tashqi siyosat masalalari va sinfiy kurash keskinlashgan paytda davlat va dvoryanlar hukmronligini mustahkamlash uchun iqtisodiyot, davlat tuzumi, madaniyat tizimini qayta qurishga zaruriyat tugʻildi. Bu oʻzgarishlarni Petr I hukumati amalga oshirdi. Petr I ning islohotlari tufayli (17-asr oxiri – 18-asr 1choragi) mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashdi. Shim. urush yillari (1700–21)da muntazam armiya va harbiy dengiz floti tuzildi. Yirik gʻalabalar qoʻlga kiritildi. Rossiyaning Boltik dengiziga chiqishi uchun yoʻl ochildi. 1721 yil mamlakat Rossiya imperiyasi deb eʼlon qilindi. Sanoat rivojlana boshladi, ayniqsa, Uraldagi konchilik sanoati tez oʻsdi. Savdosotiq rivojlanib, tashqi savdo kuchaydi. Madaniyat sohasida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi, dunyoviy maktablar ochildi, Gʻarbiy Yevropa madaniyati bilan aloqa kengaydi, matbaachilik rivojlandi, Fanlar Akademiyasi taʼsis etildi (1725), yangi kalendarga oʻtildi (1700). 18-asr 2-yarmida tovarpul munosabatlari rivojlandi. Yekaterina II davri (1762–96)da dvoryan yer egaligi yanada rivojlandi. Davlat yer fondini koʻpaytirish maqsadida 1764 yil cherkovga qarashli yerlarning bir qismi tortib olindi. Dehqonlarning ommaviy noroziligi Pugachyov qoʻzgʻoloni va boshqa ichki mojarolar kelib chiqishiga sabab boʻldi. +Tashqi siyosat sohasida qirol hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yoʻllariga boʻlgan intilishlarini hisobga olib, jan. chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan boʻlgan urushlarda Rossiya gʻalabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shim. qirgʻogʻi Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Chegara Dnestr daryosi boʻylab belgilandi. 70–90-yillarda Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Belorussiya batamom Rossiyaga qoʻshib olindi. +19-asr boshlarida Aleksandr I imperator boʻlgan davr (1801–25)da bir qancha islohotlar oʻtkazildi, davlat apparatani zamonaviylashtirishga harakat qilindi. Urushlar natijasida va diplomatik faoliyat yoʻli bilan 1801 yil Sharqiy Gurjiston, 1809 yil Finlyandiya, 1812 yil Gʻarbiy Gurjistonning bir qismi va Bessarabiya Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806–07 yillarda Rossiya Napoleon Fransiyasiga qarshi koalitsiya urushida qatnashdi. 1812 yil Napoleon armiyasi Rossiyaga bostirib kirdi, oʻsha yil 26 avgust (7 sentabr)dagi Borodino urushida fransuz qoʻshinlari katta talafot koʻrdi va chekindi. 1814–15 yillardagi Vena kongressi qarorlariga binoan, Polsha qirolligi Rossiya imperiyasiga oʻtdi. +Maʼrifatchilik gʻoyalarining yoyilishi, 18-asr oxiridagi Fransuz inqilobining taʼsiri, rus armiyasining 1813–14 va 1815 yillardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida Rossiya jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo boʻldi. 1816–23 yillarda Rossiyadagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini koʻzlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shim. va Jan. jamiyat aʼzolarining qurolli isyonlari (1825 yil dekabristlar qoʻzgʻoloni) bostirildi. Kavkaz urushining choʻzilib ketishi va unda Shim. Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik koʻrsatishi, 1853– 56 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning magʻlubiyatga uchrashi imperator Nikolay 1 hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar oʻtkazishga majbur boʻldi. Jumladan, 1861 yil dehqonlar isloqoti oʻtkazilib, 17-asr oʻrtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860–70 yillardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yoʻl ochdi. Ayni vaqtda Rossiya bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi. +19-asrning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70–80-yillarda bir qancha inqilobiy tashkilotlar ("Yer va erk", "Xalq irodasi" va boshqalar) tuzilib, ular Rossiyada samoderjaviyeni agʻdarib tashlash vazifasini maqsad qilib oldi. 1881 yilda "Xalq irodasi" tashkiloti aʼzolari tomonidan Aleksandr II oʻldirildi. +19-asr oxiri – 20-asr boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903 yilda bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga boʻlindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 yillardagi rusyapon urushidagi magʻlubiyat Rossiyadagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905– 07 yillardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida Rossiya konstitutsiyali monarxiyaga oʻta boshladi; Davlat dumasi taʼsis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17 oktabr ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va boshqalar) maydonga chikdi. 1914–18 yillardagi Birinchi jahon urushida Rossiya Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917 yil Fevral inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob samoderjaviyeni agʻdarib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917 yil 1 sentabrda Rossiya respublika deb eʼlon qilindi. 1917 yil 25 oktabrda Oktabr inqilobi sodir boʻldi. Vladimir Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chikdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati eʼlon qilindi. 1918 yil yanvarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917 –22 yillardagi Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar taqiklandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiykommunistik prinsiplari ("harbiy kommunizm") joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi oʻrnatildi. 1921 yil "yangi iqtisodiy siyosat" eʼlon qilindi. 1922 yil 30 dek.da Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Zakavkazye respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gurjiston) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish ogʻirligini, 20–40-yillardagi ommaviy qatagʻonlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga, 60–70-yillardagi Texnika inqilobiga katta hissa qoʻshdilar. 70-yillar oxiri va, ayniqsa, 80-yillarda iktisodiyotda salbiy tamoyillar sezila boshladi. Koʻp jihatdan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari ishlab chiqarishga boʻlgan talabini qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oshirishga qiziqtiruvchi omillarning yoʻqligi, butun jamiyatda toʻrachilik avj olganligi va boshqa illatlar oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 1985 yil "qayta qurish" siyosati eʼlon qilindi. Biroq tez orada roʻy bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. 1990 yil 12 iyunda RSFSR ning davlat suvereniteti toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991 yil 25 dek.da RSFSR Oliy Kengashi Rossiya davlatining rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi (Rossiya) deb atalishini tasdiqladi. 1991 yil martida RSFSR prezidenti lavozimi taʼsis etildi (1991 yil iyunda Boris Yeltsin RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991 yil avgust boʻhronidan keyin oʻsha yil dek.da RSFSR, Belorussiya va Ukraina rahbarlari Belaya veja pushchasi bitimini imzolab, SSSR tugatilganini va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tuzilganini eʼlon qildilar. Rossiya SSSR ning huquqiy vorisi boʻlib qoldi. 1992 yil yanvarda maʼmuriybuyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish maq^ sadini koʻzlovchi iqtisodiy islohot boshlanishi eʼlon qilindi. Islohotni oʻtkazishdagi xatolar va noizchillik sababli iqtisodiyot tarmoqlarida tanglik holatlari roʻy berdi, bu esa aholining turmush darajasi pasayishiga olib keldi. 1993 yil sentabr oktabr inqirozi davomida Prezident farmoni bilan Sovetlar tizimi tugatildi. Oʻsha yil dek.da Federal majlisga saylov oʻtkazildi. 1996 yil B. Yelsin 2navbatga prezident etib saylandi. 2000 yilda prezident lavozimiga saylangan V. Putin yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarini koʻra boshladi. U prezident sifatidagi xorijiy safarini Oʻzbekistondan boshlaganligi diqqatga sazovordir. Rossiya – SSSR ning huquqiy vorisi sifatida 1945 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 20 martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari – 12 iyun – Suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7 noyab. – Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12 dekabr Rossiya konstitutsiyasi kuni (1993). +Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya" partiyasi, 2003 yil asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992 yil roʻyxatga olingan; "Yabloko" demokratik partiyasi, 2001 yil tashkil etilgan; "Oʻng kuchlar ittifoqi" partiyasi, 2001 yil tuzilgan; Rossiya Federatsiyasi Kommunistok partiyasi, 1993 yil roʻyxatga olingan; shuningdek, Rossiya demokratok partiyasi, "Yevraziya", "Internatsional Rossiya", Rossiya konservativ partiyasi, Rossiya Federatsiyasi Xalq partiyasi, Rossiya xalqvatanparvarlik partiyasi, Rossiya xalqrespublikachilar partiyasi, "Liberal Rossiya" partiyasi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi", Rossiya Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsialdemokratik partiyasi va boshqa partiyalar; "Urush faxriylari – tinchlik uchun", "Askar onalari", "Qadrqiymat va mehrmuruvvat" va boshqa harakatlar faoliyat koʻrsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻpgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi. +Xoʻjaligi. +Rossiya – industrialagrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rayon (Shim., Shim.Gʻarbiy, Markaziy, Volga-Vyatka, Markaziy qoratuproq, Volgaboʻyi, Shim. Kavkaz, Ural, Gʻarbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq va Kaliningrad viloyati)ga boʻlingan. Milliy daromadda sanoatning ulushi 44,5%, qishloq xoʻjaligi ulushi 10%, qurilish 11,5%, transport, aloqa, moddiytexnika taʼminoti, tayyorlov va boshqa tarmoqlarning ulushi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qarashli korxonalar bilan bir katorda xususiy, aralash korxonalar ham bor. +Sanoati. +Rossiya kumir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, mineral oʻgʻit, gazlama, poʻlat, prokat, sement ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti va yoqilgʻienergetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning koʻp qismi VolgaboʻyiUral regionida, Gʻarbiy Sibir, Rossiya Yevropa qismi shim., Saxalin va boshqa joylarda qazib olinadi. Neft xom ashyosining aksariyat qismi "LUKoyl", "Slavneft", "Rosneft", "Bashneftexim" kompaniyalarining korxonalarida kanta ishlanadi. Rossiyada qazib olingan neftning 99,5% "Transneft" birlashmasining magistral kuvurlari (jami uz. 48,5 ming km) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari boʻyicha Rossiya dunyoda 1oʻrinda (32% dan koʻproq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni taʼminlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi YamalNenets muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg, Zapolyarye, shuningdek, Orenburg konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni "Gazprom" birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral gaz quvurlari uz. – 150 ming km. Ichki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaishiy sohaga, shu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat ishlab chiqarishga ishlatiladi. Kumir zaxiralari 22 yirik koʻmir havzasida va 115 ta alohida konda joylashgan. Kuzbass va Pechora, KanskAchinsk, Jan. Yakutiya havzalari Rossiyaning eng yirik kumir konlaridir. Rossiyada 72 aksiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi koʻmir qazib olish bilan shugʻullanadi. Ular tarkibida 114 shaxta va 125 ochiq kon bor. 68 boyitish va 1 briket fabrikasi ishlaydi. Neft va gaz bilan bir qatorda kumir Rossiyada elektr va issiklik energiyasi ishlab chiqarishning asosiy manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoklari uchun tengsiz xom ashyodir. 2001 yil Rossiyada 888 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barcha elektr stansiyalar Rossiya tutash elektr energetika tizimiga birlashgan. Unga qarashli magistral elektr liniyalari va elektr podstyalarini Rossiya energetika va elektrlashtirish ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ("EES Rossiya") boshkaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral oʻgʻit, sulfat kislota, sintetik smola va kauchuk, avtopokrishka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi va tibbiyot sanoati uchun turli moddalar ishlab chiqariladi. Uning yirik korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylar – Perm viloyati, Kola yarim orol, Tatariston, Boshqirdiston, Gʻarbiy Sibir, Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom ashyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, isteʼmolchilarga yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boshladi. Bu korxonalar "Akron" (Novgorod viloyati), "Yaroslavl shina zdi", "Stavropolpolimer", "Voskresensk mineral ugʻit" (Moskva viloyati), "Era" va "Fosforit" (Leningrad viloyati), "Kuybishevazot" va "Volgapromxim" (Samara viloyati) aksiyadorlik jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va boshqalarlar tarkibiga kiradi. Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoklaridan biridir. Uning tuliq siklli korxonalari Ural (Magnitogorsk, Chelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipetsk, Tula) va Gʻarbiy Sibirda (Novokuznetsk) joylashgan bulib, chuyan, pulat, tayyor prokat ishlab chiqaradi. Kalay, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va boshqa Mashinasozlik va metall ishlash sanoati korxonalari Rossiyaning hamma iqtisodiy rnlarida mavjud. 20-asr oxiri – 21-asr boshlarida energetika, transport, kimyo, neft mashinasozligi, aviatsiya va raketakosmos sanoati, radioelektronika, elektrotexnika sanoati mashinasozligi, priborsozl i k, elektron sanoati va kemasozlik ayniqsa tez rivojlandi. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati yangi turdagi serunum asbobuskunalar ishlab chiqarishni koʻpaytirdi. Rossiyaning 72 subʼyektida mudofaa sanoati tarmoklarining 1700 korxona va tashkiloti bor. Dunyodagi yogʻoch zaxiralarining 22% Rossiyaga toʻgʻri keladi. Rossiya oʻrmon sanoati yogʻoch tayyorlash, yogʻochsozlik, sellyulozaqogoz, gidroliz va yogʻoch kimyosi tarmoklarini uz ichiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Yenisey, Bratsk, Amur urmon sanoati majmualari barpo etilgan. Qurilish materiallari sanoati markazlari: Ural, Volgabuyi, Shim. Kavkaz va Markaziy iqtisodiy rnlaridir. +Yengil sanoatda toʻqimachilik yetakchi oʻrinda. Uning yirik markazlari boʻlgan Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, OrexovoZuyevo, Tver shaharlarida ip, zigʻir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Barcha iqtisodiy rnlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom ashyo manbalari imkoniyatlariga mos ravishda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Goʻsht, sariyogʻpishloq, konserva, qand, yogʻ zdlari qurilgan. Shim. va Uzoq Sharqsa, Qora, Azov va Kaspiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud. +Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 197,6 mln. gektar; shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yer, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Ural va Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rnlariga toʻgʻri keladi. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining 47,2% ni dehqonchilik va 52,8% ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: gʻalla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabazavot, zigʻir va boshqa Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Ural va Markaziy rnlarda bugʻdoy, Shim., Shim.Gʻarbiy va Markaziy rnlarda zigʻir, Shim. Kavkaz, Volgabuyi, Markaziy rnlarda kungaboqar, Markaziy va Shim. Kavkazda kand lavlagi yetishtiriladi. Turli rnlarda meva, rezavor va uzumzorlar bor. 4,29 mln. gektar yer sugʻoriladi (asosan, Shim. Kavkaz va Volgabuyida). +Rossiyaning iqtisodiy va tabiiy sharoiti chorvachilikning barcha tarmoklarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabuyi, Gʻarbiy Sibir, Shim. Kavkaz, Ural, Markaziy iqtisodiy rnlarda qoramol koʻproq boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi va choʻchqachilik, Chekka shimoida bugʻuchilik va hayvonotchilik rivojlangan. Koʻpgina joylarda parrandachilik, asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. 20-asrning 90-yillaridan qishloq xoʻjaligida ham islohatlar oʻtkazila boshladi, yerga egalik qilishning yangi shakllarini joriy etishga kirishildi. +Transporti. +Rossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi – 139 ming km (86 ming km magistral temir yoʻl), qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. – 754 ming km, kema qatnaydigan ichki suv yoʻllari uz. – 84,6 ming km (Belomor–Boltik, kanali, Moskva nomli kanal, Volga–Don kanali, Volga– Boltiqsuv yoʻli va boshqalar), magistral neft va gaz quvurlari uz. – 213 ming km. Transport yoʻlilarning eng serqatnov va kup yuk tashiladigan magistrallari elektrlashtirilgan. Mamlakat yuk aylanmasining 70% temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Ichki yuklarning bir qismi avtomobil va dare transportida, tashqi savdo yuklarining aksariyati dengiz transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi – 8,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: Sankt-Peterburg, Vanino, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok. Yirik avtomobil yoʻllari kesishgan shaharlar: Moskva, SanktPeterburg, Novosibirsk, Xabarovsk, Adler, Mineralniye Vodi. Havo transportining ahamiyati katta. Barcha iqtisodiy rnlar, yirik shaharlar oʻrtasida, yaqin va olis xorij mamlakatlari bilan aviatsiya qatnovi yulga qoʻyilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Irkusk, Vladivostokda yirik xalqaro aeroportlar bor. Moskva, SanktPeterburg, Novosibrsk, Nijniy Novgorod, Samara, Yekaterinburg shaharlarida metropoliten kurilgan. +Tashqi savdosi. +Rossiya – dunyodaqudratli eksport va import imkoniyatlariga ega boʻlgan davlatlardan biri. U chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz, kumir, kimyoviy moddalar, yogoch, kauchuk, xom teri, toʻqimachilik mahsulotlari va boshqa eksport qiladi. Chetdan elektronika, roʻzgʻor texnikasi, xalq isteʼmol mollari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq boʻyi mamlakatlari, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Polsha, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi – rubl. +Tibbiy xizmati. +Aholining sogʻligʻini saqlash tizimi 20-asrning oxirlarida isloh qilina boshladi. Davlat poliklinikalari va kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham ochildi, muqobil tibbiy xizmat shakllari rivojlana boshladi. 90-yillarning oʻrtalarida Rossiyada 12 mingga yaqin kasalxona muassasasi boʻlib, ularda 4 mln.ga yaqin xodim, shu jumladan barcha ixtisosdagi 650 ming vrach ishladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 oʻrin toʻgʻri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy faoliyatni Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi muvofiqlashtirib turadi. Rossiyada 7 mingga yaqin sanatoriy va boshqa dam olish muassasalari bor. Vrachlar har bir iqtisodiy rndagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. +Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. +Rossiyada taʼlimning barcha turlarini takomillashtirishning maqsad va vazifalari 2000 yilda kabul etilgan Rossiya Federatsiyasi Milliy taʼlim doktrinasi va 2010 yilgacha boʻlgan davrda taʼlimni modernizatsiyalash konsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy taʼlim maktabi yosh avlodga taʼlim va tarbiya berishning asosiy boʻgʻini boʻlib qoladi. 2000 yil mamlakatda 68804 maktab boʻlib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming oʻqituvchi 20879 ming oʻquvchiga taʼlim beradi. Rossiyada hunartexnika taʼlimi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va b bor. 2000 yilda 2589 davlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2312 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Oliy oʻquv yurtlari tarkibiga unt, oʻquv akademiyalari, oliy bilim yurtlari, konservatoriya va intlar kiradi. 2000/2001 oʻquv yili Rossiyadagi 965 oliy oʻquv yurtida 4742 ming talaba oʻqidi, shu jumladan, 358 nodavlat oliy oʻquv yurtida 471 ming talaba taʼlim oldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Yekaterinburg untlari eng qad. va yirik untlar hisoblanadi. Rossiya Fanlar akademiyasi mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlar ishlariga rahbarlik qiladi, uning intlari ilmfanning eng muhim sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashkari, Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, qishloq xoʻjalik Fanlar Akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi. +Rossiyada 130 mingdan koʻproq kutubxona bor. Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42 mln. asar), Rossiya milliy kutubxonasi (33 mln. asar), M.I.Rudomino nomidagi umumrossiya davlat chet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 mln. asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 mln. asar), Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar) va boshqa 2000 yil mamlakatda 1664 muzey ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, Moskva Kremli, Davlat tarix muzeyi, Tretyakov galereyasi, "Spassk Lutovinovo", "Tarxanlar" va boshqa +Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. +Rossiyada 5758 nomda gazeta nashr etiladi; shundan 333 tasi umumrossiya gazetalari boʻlsa, qolganlari milliy respublikalar, muxtor viloyatlar, oʻlka va viloyatlar, okrug, shaqar, tumanlar miqyosida chiqadigan va tarmoq gazetalari va boshqa Eng yiriklari: "Izvestiya" ("Axborot", 1917 yildan), "Pravda" ("Haqiqat", 1912 yildan), "Trud" ("Mehnat", 1921 yildan), "Komsomolskaya pravda" ("Komsomol haqiqati", 1925 yildan), "Nezavisimaya gazeta" ("Mustaqil gazeta", 1990 yildan), "Obshaya gazeta" ("Umumiy gazeta", 1997 yildan), "Novie izvestiya" ("Yangi xabarlar", 1997 yildan), "Selskaya jizn" ("Qishloq hayoti", 1918 yildan), "Ekonomicheskaya gazeta" ("Iqtisodiy gazeta", 1918 yildan), "Uchitelskaya gazeta" ("Oʻqituvchilar gazetasi", 1924 yildan), "Literaturnaya gazeta" ("Adabiyot gazetasi", 1925 yildan). 2781 nomda jur. chiqariladi; eng yirik adabiy jurnallar: "Noviy mir" ("Yangi dunyo", 1925 yildan), "Znamya" ("Bayroq", 1931 yildan), "Oktyabr" (1924 yildan), "Inostrannaya literatura" ("Xorijiy adabiyot", 1955 yildan), "Novoye vremya" ("Yangi davr", 1943 yildan; 1899–1943 yillarda "Ogonyok"), "Rabotnitsa" ("Ishchi ayol", 1923 yildan), "Krestyanka" ("Dehqon ayol", 1922 yildan) va boshqa +Rossiya davlat teleradio sektori PO kanal va 120 ga yaqin radiostyadan iborat (2001). Tijorat telekanallari va radiostyalari ham bor. RATATASS axborot agentligi, Rossiya "Novosti" axborot agentligi, "Interfaks" axborot agentligi faoliyat yuritadi. +Adabiyoti. +Xalq qoʻshiqlari asosidagi ogʻzaki ijod 11 – 17-asrlarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Dastavval dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarshi kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar, 18-asrdan ishchilar hayotini ifodalovchi qoʻshiqlar yaratildi. Dostonlarda vatan dushmanlariga karshi kurashgan Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Vasiliy Buslayev kabilarning qahramonligi madh etildi. +Qadimgi rus adabiyotining (10-asr oxiri – 17-asrlar) dastlabki yozma yodgorliklari Kiyev Rusida yaratildi. Rus xalqining birligi masalalari bu davr adabiyotining asosiy mavzui edi. "Igor polki urushnomasi" 12-asr oxiridagi salmokli adabiy yodgorlikdir. 14–15-asrlarda koʻpgina afsonaviytarixiy qissalar yaratildi ("Novgorodlik va suzdalliklar urushi haqida afsona", Novgorodlik Ionn xaqidagi afsonalar turkumi, "Smolensklik Merkuriy qissasi", "Temur haqida qissa" va boshqalar). 15–16-asrlar adabiyotida siyosiy afsona va publitsistika rivojlandi. 17-asrda adabiyot turmush bilan yaqinlashdi, nasriy asarlarda insonning ahvolruhiyatini taxlil qilishga asosiy eʼtibor berila boshladi. Rus adabiyoti siyosiy turmush va ijtimoiy kurashning ayrim sohalarini aks ettirish orkali dunyoviy mavzularni yoritishga oʻtdi. 18-asrda qissa, sevgi lirikasi, ijtimoiy-siyosiy sheʼriyat va hajvchilik rivoj topdi (V. Trediakovskiy, M.Lomonosov, A. Sumarokov ijodi). D.Fonvizin, I.Krilov haqqoniy pyesalari, Ya.Knyajnin, G. Derjavin sheʼrlari, N. Karamzin va A. Radishchev nasri shuhrat qozondi. 19-asr boshlarida V.Jukovskiy romantizm ruhida ijod kila boshladi. Romantizmning isyonkorlik yoʻnalishi yosh A.S.Pushkin hamda dekabristshoirlar K.Rileyev, V.Kyuxelbeker, A.BestujevMarlinskiy, A. Odoyevskiy va boshqa ijodida namoyon boʻddi. A. Pushkin yangi rus adabiyotiga asos soldi. M. Lermontov uning anʼanalarini davom ettirdi. N. Gogol asarlari rus adabiyotida tanqidiy realizm uzilkesil qaror topganligini tasdikladi. 19-asrning 40-yillarida V.Belinskiy ilmiyadabiy tanqidchilik asoslarini yaratdi. A.Gersen, N. Chernishevskiy, N. Dobrolyubov, D. Pisarev publitsistikasi jamiyat illatlarini fosh etdi. 19-asrning 2-yarmida tanqidiy realizm barqurdi (F.M.Dostoyevskiy, A.F.Pisemskiy, I.S. Turgenev, I.A.Goncharov, A.P.Chexov va boshqa ijodi). L. Tolstoy "Urush va tinchlik" romanida keng qamrovli tarixiy voqealar va insoniy taqdirlar xilmaxilligining badiiy tasviri namunasini yaratdi. A.P.Chexov ijodi ijtimoiy oʻzgarishlarni aks ettirdi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida A.M.Gorkiy, I.A.Bunin, V.V.Veresayev adabiyotga kirib keldi. Soʻng simvolistlar, akmeistlar, futuristlar paydo boʻldi. V.Ya.Bryusov, A.A.Blok, N.V.Gumilyov, A.A. Axmatova, O.E.Mandelshtam, S.A.Yesenin, B.L.Pasternak va boshqa ijodi adabiyotni gʻoyat jonlantirib yubordi. V.V.Mayakovskiy notiklik sheʼriyatini yuqori pogʻonaga koʻtardi. 20-asrning 1-yarmida M.M.Zoshchenko xikoyalari, A.P.Platonov, K.A.Fedin, V.A.Kaverin, M.A.Sholoxov, M.A.Bulgakov, A. Tolstoy romanlari nasr janrini rivojlantirdi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda koʻpchilik adiblar (I.G.Erenburg, A.T.Tvardovskiy, Ye.A.Yevtushenko) insoniyat boshiga tushgan kulfatlarni tasvirlovchi va tinchlik hamda insonparvarlikka chaqiruvchi asarlar yaratishdi. M.A. Sholoxov, M.Kalinin, G.Baklanov, Yu.Bondarev, B. Vasilyev asarlarida urush manzaralari keng koʻlamda aks ettirildi. 50-yillarning oʻrtalarida shaxsga sigʻinish qoralanishi tufayli boshlangan "iliqlik" davrida V.D.Odinsevning "Nonning oʻzi rizqroʻz emas" romani, V.V. Ovechkinning "Rayonning oddiy kunlari" qissasi, A.Ya.Yashinning "Pishanglar" hikoyasi, P.F. Nilinning "Shafqatsizlik" va "Sinov muddati" qissalari, S.Antonov va V.F.Tendryakovning nasriy asarlarida mafkuraviy aqidalar rad qilindi, toʻrachilik tanqid ostiga olindi, qishloqdagi qoloqliklar fosh etildi. Ammo siyosiy "iliqlik" haqiqiy ijodiy erkinlikka olib kelmadi. 60-yillar oʻrtalarida adabiyot ustidan siyosiy nazorat kuchaydi. Koʻpgina qalam sohiblari (A.Soljenitsin, V.Voynovich, B.Pasternak, S.Sokolov va boshqalar)ning siyosiy qatagʻonlar davri dahshatlarini insonlar taqdiri misolida tasvirlagan va jamiyat illatlarini hajv qilgan asarlari Rossiyada nashr etilishiga ijozat berilmadi. Ularning airimlari chet ellarda bosilgan boʻlsa, "qayta qurish" davrida Rossiyada ham dunyo yuzini koʻrdi. "Qayta qurish" davrida "fosh qiluvchi" asarlar koʻplab dunyoga keldi, ayniqsa, publitsistika rivoj topdi. Rasmiy sotsialistik mafkura qobigʻiga sigʻmaydigan asarlar (Bulgakovning "It yurak" qissasi, Pasternakning "Doktor Jivago" romani, Soljenitsin, V. V. Nabokov va boshqa adiblarning asarlary) ham nashr etildi. +Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. +Qadimgi rus sanʼati sharqiy slavyan kabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qoʻshni davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati taʼsirida shakllangan. Kiyevdagi ayoSofiya ibodatxonasi (1030–40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045–50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036 yilga oid qoʻlyozmada Chernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. 12–13-asrlarda rus madaniyati ravnak, topdi, yirik bino (ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, ikona sanʼati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga koʻtarildi. 19-asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin oqtoshdan (1367) qurildi. 15-asr 2-yarmida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy markazga aylandi. 16-asrda bu yerda tosh ibodatxonalarning oʻziga xos shakli – chodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qishlogʻidagi Vozneseniye cherkovi, Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va boshqalar) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula, Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar kurildi. Turar joylarning aksariyati yogochdan ishlandi. 14-asr oxiri – 15-asr boshlarida rus rassomligi yangi pogʻonaga koʻtarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atokli rassomlar ijod qildi. 15-asr oxiri va 16-asr boshida Dionisiy ibodatxona devoriga ishlagan avliyolar rasmlari bilan shuxrat qozondi. 17-asr tasviriy sanʼati dunyoviy mazmun bilan boyidi. Shim. Kavkazda toshdan xristian ibodatxonalari, keyinroq masjidlar koʻplab kurildi, metallni badiiy ishlash sanʼati yuksak darajaga kutarildi. +18-asr – 19-asrning 1-yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli u yerdan koʻpgina rassomlar Rossiyaga keldi; rus rassomlari Gʻarbda taʼlim oldi. 1757 yil Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka eʼtibor kuchaydi, rus meʼmorligi Gʻarbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. Rossiya shaharlarini kayta qurishning 400 ga yaqin loyihasi ishlab chiqildi. Matvey Kazakov, Andrey Nikiforovich Voronixin, Andreyan Zaharov, Karl Rossi kabi atokli meʼmorlar yetishib chikdi. Bu davr tasviriy sanʼatida portret janri yuksaldi. 18-asrning 2-yarmida D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiy, F.I.Shubinlarning ijodi rus tasviriy sanʼatida salmoqli oʻrin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoshlar ahvolruhiyatini zoʻr mahorat bilan ifodaladi. 19-asr oʻrtalarida maishiy janr yuksala bordi. Meʼmorlik bilan hamohang tarzda amaliy sanʼat ham rivojlandi. Yogʻoch oʻymakorligi, keramika, kashtachilik sohasida nafis buyumlar tayyorlash urf boʻldi. 19-asrning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metall konstruksiyalar)dan foydalanib sanoat va transport inshootlari barpo etila boshladi, bank, kasalxona, mehmonxona, koʻp qavatli turar joylar qurilishi avj oldi. 20-asr boshlarida tasviriy sanʼat rivoj topdi: Ilya Repin, Ivan Kramskoy, Nikolay Yaroshenko, Sergey V. Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar. +1917 yil oktabr toʻntarishi sanʼat ahlini ikkiga boʻlib yubordi. Kazimir Malevich, Yevgeniy Lansere oʻzlarini "inqilob kuychisi" deb atadilar. Aleksandr Benua, Konstantin Somov kabi mashxur rassomlar esa chet ellarga bosh olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saklash haqidagi dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan sanʼat asarlarigina saqlab qolindi, boshqalari vahshiyona yoʻq qilib tashlandi. Inkilob hamda fuqaro urushi voqealari va qahramonlarini tasvirlovchi racm va haykallar yaratish ragʻbatlantirildi. Meʼmorlar baxaybat shahar va inshootlar loyixalarini chiza boshladilar. 40-yillarning 2-yarmi va 50-yillarda Ikkinchi jahon urushida vayron boʻlgan shaharlarni qayta tiklash va yangi sanoat markazlarini barpo etishga kirishildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi shaharlar yangidan qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva universiteti, meʼmorlar L.V.Rudnev, S.Ye.Chernishev, P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), Kishloq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi kabi mahobatli inshootlar, meʼmoriy majmualar, koʻp qavatli turar joylar barpo etiddi. Zamonaviy loyihalar asosida industrial qurilish usullaridan, yigʻma temirbeton va boshqa yangi qurilish materiallaridan foydalanishga oʻtiddi. +Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, Fyodor Reshetnikov, Arkadiy Plastov, portret janrida Martiros Saryan, Viktor Oreshnikov, karikaturada Boris Prorokov, Kukrinkslar, Vitaliy Goryayev, estampda Georgiy Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda Nikolay Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining yogʻochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak oʻymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik, gilamdoʻzlik kabi turlari rivojlandi. +Musiqasi. +Qadimgi rus musiqasi oʻz mazmuni, janri, shakl va ifoda vositalariga koʻra xilmaxil boʻlib, mehnat, marosim, qahramonlik, hazil va sevgi qoʻshiklaridan iborat. Xalq xorida geterofoniyata asoslangan koʻp ovozli musiqa shakli rivojlandi. Asosiy musiqa asboblari – gusli, domra, keyinchalik balalayka, gitara, garmon, bayan va boshqa Skomoroxlar sanʼati xalq ijodiga yaqin boʻlgan. 10-asr oxirida xristianlik qabul qilingach, cherkov xonandaligi rivojlandi, musiqa yozuvi oʻzlashtirildi. 17–18-asrlarda cherkov xonandaligida koʻp ovozlilik paydo boʻlishi bilan birga koʻp ovozli dunyoviy qoʻshiklar ham tarqaldi, jamiyat hayotida musiqaning roli oshdi, zamonaviy professional musiqa janrlari yaratildi. Peterburg va Moskvada opera teatrlari paydo boʻldi. Ye. Fomin, V. Pashkevich, I. Xandoshkin, D. Bortnyanskiy kabi kompozitorlar yetishib chiqdi. +19-asrning 2choragida Mixail Ivanovich Glinka rus musiqasini jahon madaniyati yutuqlari darajasiga koʻtardi. Uning anʼanalarini A. Dargomijskiy davom ettirdi. 1859 yil A. Rubinshteyn tashabbusi bilan Peterburgda Rossiya musiqa jamiyati tuzildi. Peterburg (1862) va Moskva (1866) konservatoriyalari tashkil topdi. Kompozitorlarning "Qudratli tuda" ijodiy guruhi (M.Balakirev, Aleksandr Borodin, Modest Musorgskiy, Nikolay Rimskiy-Korsakov va boshqalar)ning faoliyatida davr nafasi aks etdi. Pyotr Chaykovskiyning simfonik va kamer asarlari, opera va baletlari 19-asr jahon musiqasi rivojida muhim bosqich boʻldi. Sergey Raxmaninov, Aleksandr Skryabin ijodi 20-asr boshlariga toʻgʻri keldi. Ular ketidan yetishib chiqqan. Sergey Prokofyev, Dmitriy Shostakovich, Nikolay Myaskovskiy, Aram Xachaturyan, Tixon Xrennikov va boshqalar turli musiqiy janrlarda salmokli asarlar yaratdi. 20-asr boshlarida ijrochixonandalar Fyodor Shalyapin, Leonid Sobinov, Antonina Nejdanova, pianinochilar F. Safonov, Konstantin Igumnov, Genrikh Neygauz, skripkachi Leopold Auer, 20-asrning 2-yarmida dirijyorlar – Ariy Pazovskiy, Nikolai Golovanov, Yevgeniy Mravinskiy, Yevgeniy Svetlanov, Gennadiy Rojdestvenskiy, Samuil Samosud, pianinochilar – Emil Gilels, S. Rixter, skripkachi – David Oystrax, Leonid Kogan, Viktor Viktorovich Tretyakov, Vladimir Teodorovich Spivakov, violonchelchilar – Daniil Borisovich Shafran, Y. Rostropovich, Natalya Gutman, xonandalar – N.A. Stepanova, Yelena Vasiliyevna Obrazsova, Ivan Semyonovich Kozlovskiy, Sergey Yakovlevich Lemeshev, Vladimir Andreyevich Atlantov va boshqa mashhur boʻldilar. 20-asrning oxirgi oʻn yilliklarida Rossiya Shchedrin, Andrey Pavlovich Petrov, Boris Tishchenko, Edison Vasilievich Denisov, Sofiya Asgatovna Gubaydulina, Alfred Garriyevich Shnitke kabi kompozitorlar opera, simfoniya va vokalsimfonik janrlarda ijod qildilar. Georgiy Sviridov rus mumtoz musiqasi anʼanalarini davom ettirdi. Estrada musiqasi rivoj topdi. Mualliflik qoʻshigi deb atalgan yoʻnalish (Bulat Shalvovich Okudzhava, Aleksandr Arkadievich, Vladimir Visotskiy, Yuriy Vizbor) shuhrat qozondi. Eng mashhur estrada, jaz va rok qoʻshiqchilar orasida Iosif Davidovich Kobzon, Lyudmila Zikina, Aleksandr Borisovich Gradskiy, Alla Pugachyova, Filipp Bedrosovich Kirkorov, Yuri Mixailovich Antonov, Lev Leshchenko, Viktor Tsoy, Larisa Dolina, Valery Leontyev va boshqa bor. Ikkinchi jahon urushi yillari Leningrad konservatoriyasi Toshkentga evakuatsiya qilindi. Bu yerda uning ijrochilari hamda mahalliy ijrochilar tomonidan Dmitriy Shostakovichning "Leningradnoma" simfoniyasi ilk bor (1942 yil 22 iyun) ijro etiddi. Moskva konservatoriyasi va uning huzurida faoliyat koʻrsatgan Moskva oʻzbek opera studiyasi oʻzbek milliy opera sanʼati kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta hissa qoʻshgan. +Turli davrlarda Leonid Vitalyevich Sobinov, Antonina Nejdanova kabi opera solistlari, Lev Nikolayevich Oborin, Grigory Romanovich Ginzburg, Mstislav Rostropovich, Garri Grodberg, Daniil Shafran, Yuriy Abramovich Bashmet, Leonid Kogan singari sozandalar, Dmitriy Shostakovich, Aram Xachaturyan, Tixon Xrennikov kabi kompozitorlar, Zara Doluxanova, Irina Konstantinovna Arxipova, Tamara Andreyevna Milashkina, Iosif Davidovich Kobzon, Alla Borisovna Pugachyova singari xonandalar, Vladimir Spivakov rahbarligidagi "Moskva virtuozlari" kamer orkestri, Yevgeniy Svetlanov rahbarligidagi Rossiya simfonik orkestri, "Katta teatr" xonanda va raqqosalari va boshqa Oʻzbekistonda gastrolda bulishgan. +Teatri. +Teatr sanʼati unsurlari mehnat jarayoni va diniy marosimlar, xalq oʻyinlari, bayramlar bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. Teatr madaniyatining dastlabki namoyandalari skomoroxlardir (ular birinchi bor 1048 yil yilnomalarda tilga olingan). 1648 yil ularning tomoshalarini cherkov taqiqlab qoʻydi (spektakllarda cherkov va hokimiyatni hajv qiluvchi koʻrinishlar boʻlgan). Skomoroxlarning anʼanalarini qoʻgʻirchoq teatri davom etgirdi. +16-asr 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, cherkov, saroy teatrlari vujudga keldi. Rossiyada yevropacha shakldagi drama teatri 17-asr oxirida paydo boʻddi. 1703 yil qirol Petr I ning buyrugʻi bilan Moskva Qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoshalar koʻrsatildi. 18-asr boshlarida havaskorlik teatrlari, Moskva universiteti huzurida teatr tashkil etiddi. A. Sumarokov rus professional dramaturgiyasiga asos srddi, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi boʻldi. 1776 yil Peterburgda birinchi doimiy teatr ishlay boshladi, shu teatr "asosida 1780 yil Petr teatri, 1776 yil Moskva Bolshoy teatri (Katta teatr), 1824 yil Maliy teatr (Kichik teatr) tashkil topdi. 1832 yil Peterburgda Aleksandr (hozirgi Pushkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi. +1812 yil Vatan urushidan keyin rus sahnasida William Shakespeare, Friedrich Shiller, Denis Fonvizin, Vasiliy Kapnist, Ivan Krilov, Vladislav Ozerov asarlari koʻrsatildi. Koʻngilochar tarjima asarlarini Aleksandr Griboyedov, Nikolay Gogol, Aleksandr Pushkin, Aleksandr Ostrovskiy pyesalari siqib chiqardi. Glikeriya Fedotova, Aleksandr Yujin, Vladimir Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqrri koʻtardilar. 1898 yil Konstantin Stanislavskiy bilan Vladimir Nemirovich-Danchenko tomonidan Moskva Badiiy teatri tashkil etildi. 20-asr boshlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ish boshladi. 20-yillar oxiri – 30-yillar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari ommalashdi. Koʻpchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat boʻlgan bu teatrlar keyinchalik professional teatrlarga negiz boʻldi. Ayniqsa, 30-yillar sahnasida inqilobiytarixiy pyesalar ustunlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida koʻpgina teatrlar sharqqa koʻchirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr sanʼatining rivoji notekis va ziddiyatli boʻldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi koʻpgina teatr jamoalari, ayrim sanʼat arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli taʼsir qildi. +50-yillar oxiri – 80-yillarda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin qiluvchi spektakllar paydo boʻddi. Fyodor Dostoyevskiy, Lev Tolstoy, Anton Chexov, Jan Molyer pyesalari bilan bir qatorda Boris Vasilyev, Fyodor Abramov, Vasiliy Shukshin, Vladimir Voynovich kissalari sahnalashtirildi. 80-yillarda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan oʻzgardi, senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan "qabul kilinishi" barham topdi. Yuriy Lyubimov, Georgiy Tovstonogov, Leonid Xeyfets, Ruben Simonov, Pavel Xomskiy, Yuriy Yeryomin kabi rejissyorlar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zoʻr mahorat bilan sahnalashtirdilar, aktyorlardan – Yuliya Borisova, Kirill Lavrov, Innokentiy Smoktunovskiy, Mixail Ulyanov va boshqa teatr taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdilar. Rossiyada opera va balet sanʼati, shuningdek, qoʻgʻirchoq teatri, sirk sanʼati ham rivojlangan. Yuqorida sanab oʻtilgan teatrlardan tashqari Moskvada Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, Arkadiy Raykin nomidagi satira teatri, Moskvada Sergey Obrazsov nomidagi qoʻgʻirchoq teatri, "Kreml baleti" teatri va boshqa teatrlar mashxur. Teatr uchun kadrlar Rossiya teatr sanʼati akademiyasi, Boris Shchukin nomidagi, Mixail Shchepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada sanʼati bilim yurti va boshqa oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. +Kinosi. +1908 yildan Sankt-Peterburgda Aleksandr Drankovning, Moskvada Aleksandr Xanjonkov va Iosif Yermolyevning kino firmalari tashkil etildi. Ilk kinochilar xalq qoʻshikdari, mumtoz adabiyot asarlari asosida filmlar yaratishdi ("Stenka Razin va knyaz qizi", rejissyor Vladimir F. Romashkov, 1908; "Sevastopol mudofaasi", rejissyor Vasiliy Mixailovich Goncharov va Aleksandr Alekseyevich Xanjonkov, 1911). 1910-yillarda "Dvoryanlar uyasi" (rejissyor V.RossiyaGardin), "Qargʻa motkasi" (rejissyor Yakov Protazanov) filmlari suratga olindi. 20–30-yillarda rejissyorlardan Sergey Eyzenshteyn, Aleksandr Ivanovskiy, G. Roshal, Vsevolod Pudovkin, Dziga Vertov tarixiy va hajviy filmlarni tomoshabinlarga taqsim etdi. "Hayotga yoʻllanma" nomli birinchi ovozli badiiy film (rejissyor N. Ekk) 1931 yil yaratildi. Shundan keyin "Aleksandr Nevskiy" (rejissyor Eyzenshteyn), Petr 1 (rejissyor Vladimir Petrov) kabi tarixiy, "Quvnoq yigitlar", "Volga Volga" (rejissyor Grigoriy Aleksandrov), "Traktorchilar" (rejissyor I. Piryev) kabi hajviy filmlar ekranga chiqarildi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillar kinematografiyasining koʻpchilik asarlari vatanparvarlik, fantexnika inqilobi, jumladan, kosmosni zabt etish mavzulariga bagʻishlandi ("U vatanni himoya qiladi", rejissyor Fridrix Ermler; "Turnalar uchmokda", rejissyor Mixail Kalatozov; "Inson takdiri", rejissyor Sergey Bondarchuk; "Olovning boʻysundirilishi", rejissyor Daniil Xrabrovitskiy va boshqalar). Mumtoz adabiyot asarlarini ekranlashtirish doim katta oʻrin olib keldi. Jumladan, Fyodor Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" (1970, rejissyor L.A.Kulijanov), Maksim Gorkiyning "Yegor Bulichev va boshqalar" (1973, rejissyor Yuriy Solovyev) va "Vassa" (1983, rejissyor Gleb Panfilov), Mixail Bulgakovning "Qochish" (1971, rejissyor A.Alov, V. Naumov), Chexovning "Dasht" (1977, rejissyor S. Bondarchuk), I. Goncharovning "I.I.Oblomov hayotining bir necha kuni" (1980, rejissyor Nikia Mixalqov), Aleksey Tolstoyning "Petrning yoshligi" (1981, rejissyor Sergey Gerasimov) asarlari suratga olindi. Rejissyor V. Menshovning "Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi" va A. Mittaning "Ekipaj" filmlari Rossiya kinematografiyasida ijtimoiy va maʼnaviy yoʻnalishga eʼtibor kuchayganidan darak berdi. 60–80-yillarda G.Chuxray, Vasily Shukshin, Gleb Panfilov, N. Mixalqov, E. Ryazanov kabi rejissyorlar barakali ijod qildilar. 90-yillarda voyaga yetgan rejissyorlar avlodi keksa kino arboblari bilan ijodiy bahs yuritib, mafkura sohasidagina emas, badiiy vositalar, ifoda usullari borasida ham yangi yoʻllarni izlay boshladi. Rossiyada hujjatli, ilmiyommabop va multiplikatsiya kinosi ham rivojlangan. +Rossiyada "Mosfilm", "Lenfilm", "Maksim Gorkiy nomidagi kinostudiya", "Soyuzmultfilm" studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rejissyor, operator va boshqa kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya intida, ssenariychi va rejissyorlar 2 yillik oliy kurslarda tayyorlanadi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg, Rostov Don, Qozon, Voronej, Zagorskda kinotexnikumlar bor. +Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari. +Oʻzbekiston – Rossiya aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Mac, 1464 yil Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490 yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi. +16-asrning 2-yarmi, 17–18-asrlarda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta Osiyodan paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi. 1917 yil oktabr toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston – Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi. +20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004 yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2000 va 2003 yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998–2007 yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. Rossiya Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayenlarida ishtirok etishiga, Oʻzbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi. 2003 yil Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AKSH dollariga yetdi. UzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli Oʻzbekiston Respublikasi da 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot", "Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Rossiya sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan. Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan "LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan Oʻzbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi, ular Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi. +Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat Fanlar Akademiyasilari va ularning intlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001 yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi ("Roszarubejsentr")ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan. "Roszarubejsentr" bilan Oʻzbekiston BA oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003 yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997 yildan boshlab Oʻzbekiston BA Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekistondagi Rus madaniyat markazi va "Uzbekistan–Rossiya" doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi. +Mamlakat tuzilishi. +Rossiyaning davlat tuzulishni 1993 yil qabul qilingan Konstitutsiyaga asosan belgilanadi. +Davlat boshligʻi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti – hamda oliy harbiy qomondon hisoblanadi – 4 yilga saylov asosida saylanadi. +Rossiyaning qonun chiqaruvchi organi 2 palatadan iborat boʻlib Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasidan iborat. Prezident davlat dumasini ishdan chetlash huquqiga ega. +Davlat dumasini yarimi bir mandatli okruglar tizimi boʻyicha saylanadi, ikkinchi yarimi esa, partiya roʻyxatlari boʻyicha (2006 yil 7 dekabrdan boshlab partiya roʻyxatlari boʻyicha) +Hududiy boʻlinishi. +Rossiya viloyatlari: +Rossiya oʻlkalari: +Rossiya shaharlari: + +Qoraqalpogʻiston: +Qoraqalpogʻiston, Qoraqalpogʻiston hududi — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika maqomidagi O'zbekiston Respublikasi subyekti. 1924-yil 14-oktabrda bosqinchi bolsheviklar tomonidan Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 1869,7 ming kishi (2019). Boshkenti – Nukus shahri tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor. +Davlat tuzumi. +Qoraqalpogʻiston – parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi hudud. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi – koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega. +Tabiati. +Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida togʻ massivlari (eng, yirigi – Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473 m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining balandligi 29–101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik – chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan janubi-sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan. +Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi janubda –4,9°, shimolida – 7,6°, iyulda janubida 28,2°, shimolida 26°. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 194–214 kun. Eng yirik daryosi–Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimdan sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi. +Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli – Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl – Qora-jar koʻllar sistemasi bilan bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sunʼiy suv havzalari ham mavjud. Soʻnggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sugʻoriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005-yil boshida 23 m pasaydi. Qoraqalpogʻistonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xoʻjaliklari tashkil etilgan. +Tuprog'i, o'simlik va hayvonot olami. +Amudaryo deltasida allyuvial-oʻtloq, allyuvial oʻtloq-toʻqay, qurib qolgan koʻl va botqoqliklarda tipik shoʻrxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar, Qiziljar, Toʻqmoqtogʻ va Ustyurt platosida kulrangqoʻngʻir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli choʻl tuproqlari tarqalgan. +Qoraqalpogʻistonda yuksak oʻsimliklarning 979 turi uchraydi. Ularning 41 tasi madaniy turga mansub. Yovvoyi oʻsimliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari. 7 turdagi oʻsimlik Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qoraqalpogʻiston hududi tropik boʻlmagan choʻl zonasida joylashganligi sababli oʻsimlik qoplami zonalar boʻyicha ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum shimoli-gʻarbiy va qoldiq past togʻlar tabiiy geografik zonasi. Ustyurt land-shafti gipsli, shoʻrxok va qumli choʻl boʻlib, oʻsimliklari gipsofit, galofit va ozroq psammofitlardan iborat. Bu hududda 400 dan ziyod yuksak oʻsimlik turi mavjud. +Amudaryo deltasida 655 turdagi gulli oʻsimlik oʻsadi. Deltaning suv havzalarida, aksincha, oʻsimlik turi kam, asosan, qalin toʻqay oʻsimliklari va qamishdan iborat. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismida katta maydonlarda siyrak oʻt-butali choʻlga xos oʻsimliklar (kserofil boshoqlilar, qorabosh, efemerlar, yulgʻun, oq sak-sovul) oʻsadi. +Qoldiq togʻlarda oʻsimlik turi nisbatan koʻp. Bu yerda 506 turga mansub yuksak oʻsimlik uchraydi. +Hozirgi vaqtda Qoraqalpogʻiston tabiiy oʻsimliklaridan yem-xashak, oʻrmon (toʻqay) xom ashyosi va dorivorlar sifatida, 50% yer maydonidan (9387,7 ming ga) yay-lov sifatida foydalaniladi. Qoraqalpogʻiston oʻrmon-toʻqay fondi 1129 ming ga maydonni egallaydi. Toʻqaylar asalarichilikda ham ahamiyatga ega. Respublikada dorivor oʻsimliklarning 364 turi mavjud. +Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin, shu jumladan, sut emizuvchilarning 68, qushlarning 300 dan ziyod, sudraluvchilarning 33, suv va quruqlikda yashovchilarning 2, baliqlarning 50 ga yaqin turi maʼlum. Umurtqasiz hayvonlarning 3500 dan ortiq turi aniqlangan. Soʻnggi 10 yil ichida Qoraqalpogʻiston hayvonot dunyosi ancha oʻzgarishlarga uchradi. Koʻpgina turlar soni qisqardi va ular noyob yoki yoʻqolib borayotgan turlar qatoriga kiritildi. Sut emizuvchilarning 10, baliqlarning 12, qushlarning 37, sudraluvchilarning 10 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Choʻlda sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qumsichqon, qoʻshoyeq; yirik sut emizuvchilardan jayran, boʻri, tulki; qushlardan saksovul soykasi, burgut, tuvaloq, soʻfitoʻrgʻay; oʻrgimchaksimonlardan chayon, falanga va boshqa yashaydi. Toʻqaylarning hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, qoravoy, loyxoʻrak; sut emizuvchilardan chiyaboʻri, toʻqay mushugi, boʻri, tulki, tolay quyon, qobon va boshqa Ondatra iqlimlashtirilgan. Amudaryo va Oroldan pilmay, sazan, taran, laqqa baliq va boshqa ovlanadi. Baʼzi turlar yoʻqolib ketgan va sanoat ahamiyatini yoʻqotgan. Shu bilan birga Qoraqalpogʻiston suv havzalarida baliqning yangi 14 turi iqlimlashtirilgan. +Respublikada 3 maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hudud: "Badaytoʻqay" davlat qoʻriqxonasi, "Saygʻoq" va "Sudochye" buyurtma qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Qoʻriqlanadigan hududlarning umumiy maydoni 1056,5 ming ga. +Aholisi. +Aholisi, asosan, qoraqalpoq va oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, turk-man, rus, tatar, koreyslar va boshqa yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5%, qishloq aholisi 51,5%. Davlat tillari – qoraqalpoq va oʻzbek tillari. Etnik tarkibi – 32,1 % Qoraqalpoqlar, 32,8 % Oʻzbeklar, 32,6 % Qozoqlar, 4,2 % boshqa millatlar. Dindorlari – musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati boʻyicha Toshkentdan keyin 2-oʻrinda), Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Chimboy. +Davlat boshqaruvi. +Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining oʻrinbosari hamdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi. +Tarixi. +Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan avvalgi 5-ming yillik – 2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi choʻllarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu hududda sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi –6-asrlarda Qoraqalpogʻiston hududida qad. davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 4-asrda Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qad. Xorazm davlati tashkil topdi. Qoʻyqirilgan-qalʼa, Oyboʻgʻir va Burliqalʼa shaharlari xarobalarini qazish vaqtida qad. yozma yodgorliklar (miloddan avvalgi 4-asrga oid), Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada qad. tasviriy sanʼat va haykalta-roshlik yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning Tuproqqalʼa (milodiy 3– 4-asr boshlari) saroyi soʻnggi antik dav. rning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 8-asrda arablar olib kelgan islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. 12–13-asrlarda buyuk Xorazmshohlar davlati Gʻarbiy Osiyo va Urta Sharkda eng yirik va kuchli davlat edi. 13-asrda moʻgʻullar isti-losidan soʻng bu davlat parchalanib ketdi. 14-asrda Xorazm Oltin Oʻrdaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Qoraqalpogʻiston hududidan Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar, Dashti Qipchoq va Volga boʻyiga muhim savdo yoʻllari oʻtgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. +Qoraqalpoqlarning eng qad. etno-genezi Amudaryo deltasi va OrolKaspiyboʻyi choʻllarida miloddan avvalgi 7–4-asrlarda yashagan sak-massaget qabilalari bilan bogʻliq. 6–8-asrlarda mahalliy aholi bilan turkiy qabilalar qisman aralashib ketgan. 8–10-asrlarda bijanak (pecheneg va oʻgizlar muhitida qoraqalpoq millati shakllana boshladi. Chingizxonning bosqinchilik harakatlari vohani choʻlga aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi atroflarida yashagan aholining koʻplab koʻchib ketishiga sabab boʻlgan. Qoraqalpoqlar gʻarbga Oʻzboʻy, Volga va Ural tomonga koʻchib oʻtganlar. U yerda Oltin Oʻrda tarkibida boʻlganlar. Ular Rashiduddin asarida "qavmi kulohi siyoh" deb atalgan. +Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 17 – 18-asrning oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida yashagan. 18-asrning oʻrgalarida siyosiy voqealar, yaʼni qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi gʻarbiy tarmogʻi – Janadaryo boʻylariga koʻchib oʻtdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar orol oʻzbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qoʻngʻirot, soʻngra Shohtemir (hozirgi Chimboy) boʻlgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoklar asosan, chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanganlar. +1811 yilda qora-qalpoqlar Xiva xonligiga tobe boʻldi. 1873 yildarus podsho qoʻshinlarining Xivaga qilgan yurishidan soʻng va Gandimiyon shart-nomasi tuzilgach, Amudaryoning oʻng sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qoʻshib olingan va bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimi tashkil etilgan. Amudaryo boʻlimi 2 uyezd: markazi Toʻrtkoʻl qalʼasi boʻlgan Shoʻraxon va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uyezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib tashlandi. Chap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlashuviga gʻov boʻldi. Mustamlakachilik zulmi 20-asr boshlarida zoʻrayib ketdi. 1916 yilda Chimboy, Toʻrtkoʻl va boshqa joylarda podsho Rossiyasi siyosatiga qarshi qoʻzgʻolonlar boʻldi. 1917 yilda podsho hukumati agʻdarilgach, oʻng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918 yilda bu yerda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1919 yilda Chimboy volostida xalq qoʻzgʻolonlari boshlandi. 1920 yilda Amudaryo boʻlimi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920 yil aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi. 1924 yil aprelda QozogʻistonQoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi. Usha yilda chap vaoʻng sohil birlashib, yagona Qoraqalpoq muxtor viloyati maqomida qozogʻiston muxtor respublikasi tarkibiga kirdi. 1924 yil oktabrda Oʻrta Osiyo sovet respublikalarida milliy-davlat chegaralanishi davomida Turkiston ASSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi. +1929 yilda Taxtakoʻpirda koʻplab mahalliy aholi kolxozlashtirish siyosa-tiga qarshi chiqdi. Bu voqea Qoraqalpogʻistonni Rossiya Federatsiyasiga bevosita qoʻshib olish uchun asosiy sabab boʻldi. 1932 yil martda Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati q. muxtor respublikasiga aylantirildi. 1936 yildan Oʻzbekiston tarkibida. +Qoraqalpogʻiston bir qancha repressiyalarni boshdan kechirdi: 1917 – 22, 1928-30, 1932-33, 1934-36, 1936-38, ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda. Oʻsha davrlarda anʼanaviy jamoat, xoʻjalik va madaniy munosabatlar yoʻq qilindi, bir necha oʻn ming kishi qatagʻonga uchradi. +1950–80 yillarda Qoraqalpogʻistonda totaligar boshqaruv tizimi hukmron boʻldi. Paxta yak-kahokimligi, qishloq xoʻjaligidagi maʼmuriy buy-ruqbozlik siyosati agrof muhitning buzilishi va Orol dengizining qurishiga olib keddi. Orol fojiasi regionda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi, aholi sogʻligʻining yomonlashuviga olib keldi. 1990 yil 14 dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi suvereni-teti eʼlon qilindi. 1991 yil 31 avgustda bu holat "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi Qonunda oʻz aksini topdi. 1993 yil 4 dekabrda davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy mustaqillik davrida respublika suverenitetining meʼyoriy-huquqiy asoslari mustahkamlandi, yangi maʼmuriy hokimiyat tuzilmalari faoliyati oʻrnatildi. Respublikada 17 shahar va tuman hokimiyati, fuqa-rolarning mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari tashkil etildi, 200 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishlab turibdi. +Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1995.25.12), "Adolat" Sotsial Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), "Fi-dokorlar" Milliy Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), Oʻzbekiston tadbirkorlar harakatining Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalposhston Respublikasi tashkiloti (2004.23.01) hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. +Dastlabki kasaba uyushmalari tashkilotlari 20-asrning 20-yillarida tashkil etilgan. 1951 yilning avgust oyida Qoraqalpogʻiston viloyat kasaba uyushmalari kengashi tashkil topgan. 2005 yilning mart oyida kasaba uyushmalari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga ishchi-xizmatchilarning 11 dan ortiq kasaba uyushmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi, avtotransport va pul xoʻjaligi, aloqa. taʼlim va fan, sogʻliqni saqtash, davlat muassasalari, madaniyat, mebel sanoati va kommunal-xoʻjalik korxonalari, yoqilgʻienergetika, geol. va kimyo sanoati, kichik biznes. isteʼmolchilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, qurilish va sanoat qurilishi materiallari. +Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII-IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab oʻtgan sak va massagetlar qabilalari bilan bogʻliq. VI-VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar. VIII-X asrlarda bijanaklar va ogʻuzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin ularning tilini qabul qila boshlagan. Qoʻlyozma manbalarda (rus yilnomalarida) “Chyornie klobuki”, “Qavmi kulaxi-siyax” (Rashid ad Din) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol oʻzbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab Qoʻngʻirot, keyinchalik Shaxtemir (hozirgi Chimboy tumani) boʻlgan. Qoraqalpoqlar yarim koʻchmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shugʻullanadi. +1811-yildan boshlab Qoraqalpoqlar Xiva xonligiga qaram boʻlganlar. 1873-yilda chor qoʻshinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan soʻng Amudaryoning oʻng sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi Rossiyaga qoʻshildi. Bu yerda Turkiston General–gubernatorligi Sirdaryo viloyatining Amudaryo boʻlimi paydo boʻladi. Amudaryo boʻlimi 2 ta uchastkaga boʻlinadi: Petro-Aleksandrovsk qalʼasi markazi boʻlgan Shoʻraxon uezdi (hozirgi Toʻrtkoʻl shahri) va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uezdi. 1924-yilda millatlarni eʼtiborga olgan holda hududga boʻlish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi tashkil topib, Qozoq avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi. +1930-yil 20-iyulda Qoraqalpoq avtonomiya boʻlimi RSFSR tarkibiga kiradi. +1932-yil 20-martda u Qoraqalpoq ASSRga oʻzgaradi. +1936-yildan boshlab u Oʻzbekiston ASSR tarkibiga kiradi. 1991-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Qoraqalpoq xalqi uchun yangi hayot boshlandi. (Nukus, Moʻynoq, Xoʻjayli, Taxiatosh, Beruniy, Ellikqal'a, Toʻrtkoʻl) +Xoʻjaligi va Sanoati. +Qoraqalpogʻiston – xoʻjaligi rivojlangan respublika shunga qaramay O'zbekistoning Dotatsiyon mintaqasi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi. +Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud boʻlib, ular quyidagʻilardan iborat: elektroenergetika; yoqilgʻi sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashi-nasozlik va metallsozlik; oʻrmon. yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz; un-yorma va aralash yem; poli-grafiya sanoatlari. +Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qoʻshni viloyatlarning elektr energiyasiga bulgan talabini qondiradi (stansiyaning oʻrtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996 yilda Qoʻngʻirot tumanida "Ustyurtgaz" korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilgʻi sanoati vujudga keldi. 2004 yilda respublika buyicha 1697,1 mln. m1gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993 yilda "Nukuskabel" ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qoʻngirot un zavodi (1993), "Toʻrt-koʻldon" (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi. +Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip pigiruv va toʻqimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yogʻ-moy zavodlari, toʻqi-machilik korxonasi). Qungʻirot tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, "Us-tyurtgaz"), Toʻrtkoʻl tumanida (paxta, un tortish zavodlari), Xoʻjayli tumanida (paxta, yogʻ-moy, taʼmirlash-me-xanika va gisht zavodlari). Chimboy tumanida (paxta, yogʻ-moy, unyorma zavodlari), Ellikqalʼa tumanida (paxta zavodi, "Elteks" aksionerlik jamiyati va "Yuniver" qoʻshma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, "Kateks", "Nukus non", "Daunt" korxonalari, un-yorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va taxiatosh shahrida (taʼmirlash-mexanika va uyayorma zavodlari) faoliyat koʻrsatadi. +Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, ohaktosh, qoplama materiallar, yigʻma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. toʻqimachilik galantereyasi, oʻsimlik moyi, goʻsht va goʻsht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va boshqa ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. +Qishloq xoʻjaligi, asosan. paxtachilik, gʻallachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik (goʻsht, sut, qorakoʻlchilik)dan iborat. Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4%, gʻalla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi. 2004 yilla umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta. 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi. +Chorvachilik, asosan, goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005 yilda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qoʻy va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi. +Transporti. +Qoraqalpogʻiston keng va turli-tuman transport tarmogʻiga ega. Transport yoʻli, havo, avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi. 1994 yilda avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 4295 km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 4235 km boʻlgan. 1999 yilda Amudaryoga Nukus va Xoʻjayli shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yoʻlli koʻprik qurildi. Qoraoʻzak – Miskin, Miskin –Gazoʻchoq. Miskin–Buzoqboshi temir yoʻl qurib ishga tushirildi. 2005 yilda temir yoʻl uzunligi 984 km ga yetdi. Nukusda trolleybus qat-novi yoʻlga qoʻyilgan (1991). Nukus aeroporti 1940 yilda qurilib. 2003 yilda rekonstruksiya qilingan. 1 soatda 200 kishiga xizmat koʻrsatadi. 1998 yilda Qoraqalpogʻistonda "Oʻzdunrobita" Oʻzbekiston – Amerika qoʻshma korxonasinkng uyali telefon tarmogi faoliyat boshlagan. +Tibbiy xizmati. +Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 oʻrin), 246 am-bulatoriya-poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishlok, uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy kasalxonalariga qarashli 14 poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bilan birlashgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991–2005 yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga moʻljallangan) qurildi. Qoraqalpogʻistonda 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach, 15,5 ming oʻrta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 oʻrin toʻgʻri keladi. Aholiga Oʻzbekiston respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam boʻlimlari xizmat koʻrsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi "oilaviy poliklinika" sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi 10 yil ichida respublikada hamshiralik par-varishi boʻyicha 75 oʻrin tashkil etilgan. Nukus shahrida 1998 yildan Skrining markazi, 2003 yildan esa bir smenada 100 oʻsmirni qabul qilishga moʻljallangan respublika oʻsmirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya institutining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak-toriy (1200 oʻrin) faoliyat koʻrsatadi. +Sporti. +Qoraqalpogʻiston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, ogʻir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va boshqa boʻyicha mamlakat muso-baqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Qoraqalpogʻistonda 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi, tennis kortlari va boshqa sport inshootlari bor. Bir qancha qoraqalpoq sportchilar Oʻzbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritganlar yoki sov-rinli oʻrinlarni egallaganlar. Qoraqalpogʻiston sportchilari "Umid nihollari", "Barkamol avlod", studentlar universia-dalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay boʻyicha 5 karra jahon chempioni Erkin Qutiboyev, ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo oʻyinlarida boks boʻyicha Alisher Avezboyev, futbol boʻyicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish boʻyicha Baxtiyor Davletyarovlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toi-fadagi sportchilar tayyorlanadi. +Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. +2004/05 oʻquv yilda Qoraqalpogʻistonda 763 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatib, ularda 338 mingdan ziyod oʻquvchiga 36,1 ming oʻqituvchi taʼlim beradi. "Pro-T4-Sh gress" taʼlim va taraqqiyot markazi Oʻzbekistondagi 21-asr maktabining andozasi sifatida tan olindi. Oʻqitishning noanʼanaviy uslublaridan foydalanish, eng yangidarsliklar, oʻquv dasturlari, audio va videotexnikalarni qoʻllash oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrganishga yordam beradi. Uning filiallari Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli tumanlarida ochilgan. Oʻquvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor berilgan. 6 yoshdagi bolalarni kasbiy yoʻnaltirish va ularni maktabdagi oʻqishga tayyorlash maqsadida shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida "Diagnostika markazlari" tashkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor. Bu oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 60,6 ming oʻquvchi oʻqiydi. Qoraqalpogʻistonda Qoraqatoq universiteti, Nukus pedagogika instituti hamda Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bilan Toshkent agrar universitetining filiallari bor. Ularda 9 mingga yaqin talaba taʼlim olmoqda. +35 ilmiy muassasa, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimiga qarashli 6 ta boʻlinma (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya instituti, Orolboʻyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpogʻiston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti), Botanika bogʻi ishlab turibdi. +Matbuoti, radioeshittirish va televideniyesi. +Qoraqalpogʻistonda 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: "Yorqin Karaqalpaqstan" (1924 yildan), "Vesti Karakalpakstana" (1919 yildan), "Qaraqalpaqstan jaslari (1931 yildan)", "Amu tongi" (1991 yildan), "Us toz jolm" (1998), "Garezsizlik xem nmzam" (1996 yildan), "Davr koʻzgusi" (1978 yildan), "Madaniyat xem sport" (1997 yildan), "Amudaryo" (1932 yildan), "Vestnik" (1960 yildan), "Aral qmzlari" (1991 yildan), "Ilim xem jemiyet" (1991 yildan), "Saniyat" (2003 yildan), "Ekonomika xem bank" (2003 yildan), "Karakalpakstan" (2002 yildan), "Bilim xem ondiris", "Jipek jolm" (1999 yildan). Qoraqalpogʻiston radiosining eshittirishlari 1932 yil yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935 yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi. +Qoraqalpogʻiston televideniyesi dastlab 1964 yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida koʻrsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari telekoʻrsatuvlar olib boriladi. +Adabiyoti. +Qadimgi va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha turlari tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qoʻshiqlari (yor-yor, xaujar, joʻqlov, yaramazon, gulap-san, badik va boshqalar), aytis (aytishuv, qoʻshiq-bellashuvlar), matal va maqollar, masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, toʻlgov, terma, dos-tonlar kiradi. +Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri boʻlib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, tarixiy dostonlar)ga boʻlinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston "Alpamis" dostoni. Shuningdek, "Yedige", "Qublon", "Qirq qiz" dostonlari mashhur. +Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jiyen jirovning (1730–84) faoliyati muhim ahamiyatga ega. Oʻzining "Ulugʻ togʻ", "Poʻsgan yel" dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga koʻchib kelish tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan koʻchib kelishiga shoirning yana bir "Xush boʻling, doʻstlar" sheʼri bagʻishlangan. Yana bir shoir Kunxoʻja sheʼrlarida oʻzi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi 19-asrda ijod qilgan qora-qalpoq shoirlari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Uning asarlari alohida toʻplamlar sifatida qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik sheʼrlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh Alshinbay oʻgʻli (1828– 1902), Kulmurot Qurbon oʻgʻli (1845– 1926), Omar Sugirimbet oʻgʻli va boshqa shoirlarning sheʼr, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi. +20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida sheʼriyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A. Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K.Yormanov, I. Fozilov, N. Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. daribayev, A. Shomuratov, S. Qurbonniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va maʼrifat, taʼlim, mehnat, tabiat gi, ayollar tengligi niy masalalar asosiy boʻldi. +20-asrning 20–40-yillaridagi qoraqalpoq adabiyotida Qozi Maulik Bekmuham-mad oʻgʻli (1885–1950), A. Dabilov, S. Nurimbetovlar ijodida xalq ogʻzaki ijodining boy anʼanaviy merosi keng tasvirlangan. 1940–45 yillarda qoraqalpoq adabiyotida tashviqot-targʻibot yoʻnalishidagi publitsistik asarlar bilan felyeton, ocherk, qisqa hikoyalar yaratila boshladi. Badiiy asarlarning asosiy mavzusi fashizm ustidan gʻalaba qozonish, qahramonlik gʻoyalari boʻlib, badiiy asarlarda ham urush qahramonlarining obrazlari yaratilgan. +Urushdan keyingi davrda (1946–60) sheʼriyat, proza, dramaturgiya, bolalar adabiyoti, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik rivojlandi. Oʻsha davrda yozuvchi va shoirlardan I. Yusupov, T.Jumamuratov, B. Qaipnazarov, B. Ismoilov, X.Turimbetov, O.Xoʻjaniyozov, T.Qaipbergenov, K.Sultonov, G.Seytnazarov, T.Seytjonov, J. Dilmurotov, S. Pirjonov va boshqaning ijodi samarali boʻldi. Adabiy tarjimashunoslikka ham koʻp eʼtibor berildi. Qoraqalpoq yozuvchilarining koʻp asarlari, baʼzi adiblarning toʻplamlari oʻzbek, rus, qozoq tillariga tarjima qilindi. Oʻz navbatida boshqa xalqlar adabiyot vakillarining saylanma asarlaridan qoraqalpoq tiliga oʻgi-rilgan tarjimalari nashr qilina boshlandi. +1960–80 yillar qoraqalpoq dramaturgiyasida P.Toʻlegenovning "Onalar", "Koʻlanka", "Inson taqdiri", J. aymurzayevning "Ber-daq", "Qadrdon doktor", S.Xojaniyozovning "Suymaganga suykanma", "Ahmoq podsho", T. Seytjonov, I. Yusupovning pyesalari (A.Shamuratov bilan birgalikdagi) muhim ahamiyat kasb etadi. Shu davrda lirik-epik sheʼriyat mazmuni va mavzusi, uning janr jihatdan oʻziga xosligi rivojlandi va boyidi. +1970–80 yillar dramaturgiyasida teatr sahnalarida qoʻyilgan K.Rahmonovning (1942–2002) "U dunyoga taklif" tragikomediyasi, "Injiqning muhab-bati" komediyasi, I.Yusupovning "Ajiniyaz" operasi librettosi yangi muhim hodisa sifatida tan olindi. X. Saparov, Sh. Dilmurotov va boshqalarning sheʼriy toʻplamlari qoraqalpoq bolalar adabiyotiga qoʻshilgan muhim hissa boʻldi. 1970–80 yillardagi qoraqalpoq prozasi G.Yesemuratova, U.Pirjanov, A.Atajanov, J. Seytov, S.Bahodirova, X.Hamidov, K. Mambetov, O.Bek-baulov, I.Qurbonboyev, S.Soliyev, M.Qayipov kabi yozuvchilar bilan boy-idi. Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasining rivojlanishida T.Qaipbergenovning ijodi alohida oʻrin tutadi. +Hozirgi zamon qoraqalpoq sheʼriyatini gʻoyaviy-mavzuli badiiy-estetik jihatdan boyitishga I.Yusupov salmoqli hissa qoʻshdi. 1980-yillarning 2-yarmida K.Mambetovning "Xujdan". O.Abdurahmonovning "Boʻsagʻa", A.Otepbergenovning "Doʻzax ichida", K.Rahmonovning "Oqibat", Sh. Seytovning "Xalqobod" romanlari yaratildi. Sheʼriyatga oʻz ovoziga ega boʻlgan K. Karimov, K. Reymov, N. Toreshova, M. Jumanazarova, O. Seytayev, O. Satbayev, J. Xoʻshniyozov, X. Dauletnazarov, J.Izboskanov, X.Ayimbetov kabi isteʼdodli ijodkorlar kelib qoʻshildi. +Teatr sahnalarida tragediya, komediya, tragikomediya janrlaridagi K. Rahmonovning "Laqqilar kasalxonada", S.Jumagulovning "Ekstrasens", "Kuyovingni berib tur", K. Matmurotovning "Farzand", M.Nizamovning "Noyob nusxa", J. Xoʻjanovning "Qoʻshnimning qizi" asarlari qoʻyildi. +Qoraqalpogʻiston adabiyotshunoslik faniga 1930-yillarda N.Dovqorayev (1905-53), K.Aymbetov (1908-73), I.Sagitov (1908–93)lar tomonidan asos solingan. Ularning davomchilari: M.Nurmuhammedov (1930 – 86), N.Japakov (1914–75), S.Ahmetov (1929-96), K.Maksetov (1927-2003), G.Yesemuratov (1930), J.Narimbetov (1937 – 2004), K.Sultanov (19322000). K.Mambetov (1942-2001), T.Mambetniyazov (1930), K.Bayniyazov (1934), S. Bahodirova (1944), A.Paxretdinov (1938) va boshqalar. +Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. +Qoraqalpoqlar sanʼatini oʻrganish xalqning uzoq oʻtmishi bilan tanishishga imkon beradi. Uning izlarini antik davr meʼmoriy yodgorliklari-da, mas, Tuproq-qalʼaaatch Xorazm sivilizatsiyasiga, oid devoriy tasvirlarda koʻrish mumkin. Qoraqalpoqlar sanʼatining sarchashmalari Sharqiy Yevropa va Osiyo qad. madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Qoraqalpoq ornamentlari Kiyev yaqinidan topilgan – kumushdan yasalgan tamgʻali belbogʻ qadamalari, fibullar va chakka halq-alarida ham uchraydi. Bu tasodifiy emas, chupki "qora kulohlar" qabilalari 12-asrda Kiyev Rusining chegarasida yashagan. Chirikrabotpa topilgan zargarlik buyumlaridagi motivlarni qoraqalpoq ornamentining timsoli deb hisoblash mumkin. Qoraqalpoqlarda xalqning oʻziga xos etnik xususiyatlari gilam va kashta buyumlarida yaqqol aks ettirilgan. Ularga qoʻshni boʻlgan xalqtar orasidan qoraqalpoqtarda koʻproq turkman ornamenti va naqshlariga yaqinlik seziladi. Qoraqalpoq kigiz va namatlaridagi bezaklar juda qiziqarli boʻlib, ularga naqsh tushirish texnikasi oʻziga xos. qozoqlarnikidan farqli oʻlaroq, applikatsiya yoʻli bilan tushiriladi. Ularda bezaklar toʻlqin koʻrinishida boʻladi, bu juda qad. ornament boʻlib, suv ramzini bildiradi. Chunki qoraqalpoqlar qad. dan daryo va koʻl boʻylarida yashab kelganlar. Ularda qadimdan movut va fil suyagi bilan qadama naqshli yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Qoraqalpogʻiston hududida antik, oʻrta asr va yangi davrlarga oid meʼmorlik yodgorliklari mavjud. Meʼmorlik va tarixiy yodgorliklardan 237 tasi roʻyxatga olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 meʼmorlik va 67 tasi monumental yodgorliklardir. beruniy tumanidagi Sulton Uvays Bobo (P-14-asrlar), kechirmas Bobo (17– 19-asrlar); Toʻrtkoʻl tumanidagi Qalan-dardagʻ (18-19-asrlar). Norinjon Bobo (12–14-asrlar) majmualari, Xoʻjayli tumanidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 –19-asrlar); Qoʻngʻirot tumanidagi Beleuli (12– 14-asrlar). davut Ota maqbarasi; Moʻynoq tumanidagi Hakim Ota maqbarasi va qabristoni, Ellikqalʼa tumanidagi Ayozqalʼa-1 va Ayozqalʼa-2 (3–8-asrlar), Tuproqqalʼa (3-asr) eng muhim yodgorliklardir. +20-asrda Qoraqalpogʻistonda gasviriy sanʼat shakllari rivoj topdi (I.Savitskii, Q.Soipov, J.Izentayev, J.Quttimurodov va boshqalar). Nukusda Qoraqalpogʻiston davlat sanat muzeyi, Qoraqalpogiston Respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatmoqda. Qoraqalpoq sanʼati anʼanaviy shaklga, chuqur tarixiy oʻtmishga ega. Bugungi Q. sanʼatda oʻziga xos milliylik saqlanib qolgan mintaqadir. Xalq orasida oʻtov, hovli anʼanaviy yashash joylari hisoblanadi. Bugungi kunda ham sanʼatdagi anʼanaviylik hamda milliy oʻziga xoslik saqtanib qolgan va oʻz rivojlanishiga ega. +Musiqasi. +Qoraqalpogʻiston musiqa madaniyati uzoq tarixga ega boʻlib, hozirgi kunda boy musiqiy folklor, ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa va, shuningdek, 20-asrda rivoj topgan kompozitorlik ijodiyoti namunalariga egadir. +Musiqiy folklor shakllar asosini qoʻshiqlar tashkil etadi. Xalq marosimlari bilan bogʻliq bir qancha janrlar (mav-sum marosim qoʻshiqlardan "Aydar-aydar" – shamolni chaqirish, dinii marosim – "Yaramazan", oilaviy marosim va maishiy qoʻshiqlardan "Yar-yar", "Heujar", "Oʻlen", "Sinsiu", "Joqlau" va boshqalar) uning eng qad. qatlamini tashkil etadi. Badiiy mazmuniga koʻra xalq qoʻshiqlari ishqiy-lirik, tarpxiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qoʻshiqtaridan iborat. Ularning aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy, kuychanlik xususiyatlarga ega. Qoraqalpoqtarda islomdan oldingi madaniyat hisoblanuvchi ruhlarni chaqirish. ular yordamida bemorlarni davolash uchun por-xan (parixon)lar tomonidan ijro etilgan aytimlar ham saqtangan ("badik", "gulapsan"). Folklor musiqasida ayollar (qizlar)ning changqoʻbiz musiqasi, yigit-qizlarning teatrlashgan oʻyinqoʻshiqtari, laparlari ("yagʻln baxar") mavjud. +Qoraqalpoqparning ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasining markaziy qismini doston musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga boʻlinadi; jirovlar, bax-shilar va qissaxonlar. Ularning har biri oʻziga xos maʼlum ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan boʻlib. bir-biridan repertuarilagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi. doyeton aptim kuylarn hamda muspqiy cholgu joʻrna-vozligi jihatidan farq qpladi. Jirovlar faoliyati anʼanaviy ijodning eng qad. qatlamiga mansub boʻlib, qahramonlik dostonlarni ("Qoblan". "Sharyar", "Yedige", "Atpamis". "Mas-patsha"), tarixiy toʻlgovlarni ichki ovozda qoʻbiz joʻrligila ijro etishadi. Baxshi (baqsi)lar ishqiy-lirik va qahramonlik dostonlarni ("Yusuf-Zulayha", "ZaureTlyir". "Yusuf-Ahmet", "Goʻroʻgʻli") hamda mumtoz sheʼriyati asarlarini ochiq ovozda. dutor va gʻijjak joʻrligila (gohida bulamon ham qoʻshiladi) ijro etishadi. Kuylar murakkabligi. ifoza vositalar boiliti bilan jirovdan farq qiladi. Kissaxoplar koʻpincha savodxon shaxslar boʻlib, xalq yigʻnnlarida dostoi qulyozmalarini oʻqib yokn yoddan aytib berishadi. Ular sherlarni faqat oʻziga xos. nuchq intonaiiyasiga yaqin aytim kui (namaTtarga solib, musiqiy cho.pu joʻrligisnz ochiq ovozda ijro etishadi. +Millny musiqa cholgʻulari qatoriga dostonchilarching cholgulari boʻlmish qoʻbiz, lutor, gijjak (girjek) va boʻlamondai tashqari chapgqoʻbiz, qamish surnay va bolalar xushtagi ("iskirauik") kiradi. Utmishda qoraqadpoklarda chindov\l. surnay. karpay. nogora, dap (doira) kabi cholgʻularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida maʼdumotlar sakdangan. Bularlan qoʻbiz va d\tor keng tarqalgan. ularda mohir sozandadar tomonidan krrakalpoq mumtoz cholgu kuylari chalinadp. Ayniqsa. dutor kuplari orasnda "Mu-xalles", "Nalish" kabi tutjumip kunlar shaklan murakkab va pfoda vositalarining boyligi bilan ajralib turali. Qoraqalpoq anʼanaviy musiqa rivojlanishiga 20-asrla Nuraoullo jnrsv. Yerpoʻlat jirov. Hoʻqnz jirov, Jumaboy jirpv, Qiyos baxshi Hayratdinov. Japak baxish Shomurotov. Yesjap baxshi Qospoʻlatop, Kenjaooi baxshi Tilevmurotov, Qoraqalpogʻpston xalq artisti T.Qurbonov va 6 salmoqli hissa qoʻshdilar. +20-asrning 2 choragidan boshlab milliy kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshladi. Musiqali dramalar, kichik simfonik asarlar, kamer asarlar va h.k. yozildi. Bu sohaga Jaaq baxshi Shomurotov salmoqli hissa qoʻshdplar. 1970-90-yillarga kelib opera, opatoriya. Simfoniya, sonata kabi iirik janrlardagi asarlarning ilk tajribalari paydo boʻldi "Ajiniyaz" operasi (1974), "Birinchi qoraqalpoq simfoniyasi" (1971). birinchi milliy baleti "Oy-jamol" (1996), Gʻ.Demesinovning 2 simfoniyasi, fortepiano va orkestr uchun konnertlari va boshqa O.Shomurotova, Ye.Sheraziyeva, R. Seshpov, S.Mambetova, O.Otamurotova, I.Rafiqova. D.Kaipov va boshqa zamonaviy musiqa madaniyatiga sad\yuqli hissa qoʻshdilar. Respublikaning madaniy hayotida si.m-fochik orkestr. katta xor jamoasi va balet truppasi fao.t ishtirok etmoqla. Shuningdek, Berdaq nomidagi filarmoniya (1946 yil), Qoraqalpoq davlat teleradioqoʻmitasi qoshidagn xalq chol-gʻulari orkestori,"Jaslar" orkestori +"Ayqulash" ashula va raqs ansambli, "Muxalles" dutorchilar ansambli va boshqa musiqiy jamoalar faoliyat yuritmoqta. Qoraqalpogʻiston o.m-maviy (estrada) musiqasi sohasida "Oʻynasin" vokal cholgu ansa\:bli. "Yeulzor", "Saubet". "Miiras", "Jigitlar" guruhlari, Z.Xoʻjanazarova (1961-92).’ r’Kutekeyeva. M.Sapayeva. D. Mambetmuratov. Ye.Munteyeva, M.Otamurotov. G.Ollabergenova kabi estrada xonanlalarn mashhur. +Musiqiy bilim sohasida bolalar musiqa maktablari. Nukusda musiqa koldeji. madaniyat kolleji. oliy oʻquv yurtlari (Nukus universiteti va boshqalar)da musiqiy kafedralar faoliyat koʻrsat\:oqda. +Teatri. +Drama va teg .trning e.tement-darida qoraqatpoq xalqnning urf-odatlari va oʻppnlarida, xatq dostonlari-da. xalq ustalarining ijodiyetida, professionat soʻz ustalarining sanʼati (0\1irbek laqqi. Kampakat-Kampir. Davlat Laqqi. Tinnmqiz)da mujassamlashgan. 19-asrda masxarabozlarning sanʼati keng tarqalgan. 20-asr boshlarpga kelib teatr professionaz sanʼat darajasida shakllanli. 1930 yil Toʻrtkoʻlda musiqali drama teatrp tashkil etildi. keyinchashk unga K.S. Stanislavskiy. 1990 yilda Berdaq nomi berildi. Undan tashqarp Respublikada Qoraqalpoq teatri, 1978 yilla tuzilgan S. Xoʻjaniyozov nomidagi Davlat yosh tomoshabinlar teatri va 1990 yildan Davlat koʻgʻirchoq teatri faoliyat koʻrsatmokdaKinosi. 1970 i. 19 fevralda Nukusda Oʻzbeknston ilmiy-ommabop va hujjatli fnlmlari Toshkent kinostudiyasining Qoraqalpoq filiali ochildi. 1970 yilning oʻrtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino sanʼati rivojlana boshladi. 1990 yil aprelda ushbu filial bazasida Nukus shahrida "Qoraqalpoq-film" kinostudiyasi vujudga keldi. T.Kalimbetovning "Qalpoqcha" (1990), "Qaytish" (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli filmlari yara-tildi. A.Sultonov ssenariysi asosida "Elim degan er edi". "Ayriliq" kabi hujjatli filmlari ekranga chiqli. Ekologiya, Afgon urushi. X\okayli arxitekturasi, MDH prezidentlarining uchrashuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002 yilda ishlangan "Ona" filmi Buxoro kinofes-tivalining maxsus mukofotiga sazovor boʻldi. 2003 yil iyul oyida Ins-bruk shahri (Avstriya)da oʻtkazilgan 12-Xalqaro kinofestivalida "Otabegi" hujjagli filmi qatnashdi. 2004 yil noyabr oyida Gollandiyada oʻtkazilgan .YUGʻA xadqaro kinofestivalida qagnashgan "Quduq" hujjatli filmi shu oyning oʻzida Bilbao (Ispaniya) shahrida oʻtkazilgan Xalqaro kinofestivalida festivalning eig yaxshi rejissura uchun kumush sovriniga ega boʻldi. +Tashqi iqtisidiy aloqalari. +Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2004 yil uchun 95559,4 ming AQSH dollari yoki 2003 yil darajasidan 50.2% ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQSH dollari yoki 2003 n.darajasidan 45.2% ortiq; import 60398.9 ming AQSH dollari yoki 2003 yildarajasidan 53,3% koʻp. +2004 yilda tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy ta.shqi savdo hamkorlari: Xi-toy – 33.4%. Yeyermaniya – 14,6%, Buyuk. Britaniya – 8,1%, Shveysarnya – 6,4%. Avstriya – 5.7%. Italiya – 4.1%. Fransiya - 2,9%. AQSH – 2.5%. Potsha –2,3%, Belgiya – 1.7%ni tashkil qi.t.ti. Asosiy savlo hamkorlari boʻlib yaqin xori-jiy mamlakatlardan Rossiya (13.1%) va Qozogʻiston (1.0%) hisoblanadi. +Eksportdagi asosiy oʻrinni paxta tolasi egallaydi, uning ulushi umumiy eksportga nisbatan 85,3%, shundan uzoq xorij mamlakatlariga eksport 87,1% va yaqin mamlakatlarga 12,9%ni tashkil qiladi. Import strukturasida asosiy ulush mashina va asbob uskunalari – 78,3%, kimyo mahsulotlari –6,7%, qora va rangli metallar – 5,9%, oziq-ovqat mahsulotlari – 3,2%ga toʻgʻri keladi. +Geografiyasi. +Qoraqalpogʻiston Qizilqum sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida joylashgan. +Maʼmuriy – hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqalʼa, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat. + +Fargʻona viloyati: +Fargʻona viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2. Aholisi 3,317 ming kishi 2012. Tarkibida 15 tuman, 9 shahar (Beshariq, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Yaypan, Quva, Quvasoy, Qoʻqon, Hamza), 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Fargʻona shahri. +Tarixi. +Fargʻona viloyati Oʻzbekistonning qadimgi madaniyat oʻchoqlaridan biri. Viloyat hududida topilgan tosh davri manzilgoxlari va qoyatoshlariga solingan suratlar vodiyda odamlar eng qadimgi davrlardan beri yashab kelganliklaridan darak beradi. Fargʻona viloyatining tosh davri yodgorliklarini 1954-yil A.P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi oʻrgangan. Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xoʻjagʻor va Uchqoʻrgʻon makonlaridan mustye davriga oid tosh qurollar topildi. Vodiyning gʻarbiy qismidagi qadimgi tosh davri madaniyatiga oid manzilgohlar mustye davridagi Qalʼacha, Jarqoʻton va Qapchigʻay tosh qurollar ishlash ustaxonalari topilib oʻrganildi. 1958-yil birinchi marta Markaziy Fargʻonadan mezolit davriga oid mikrolit tosh qurollari topildi. Shuningdek, Markaziy Fargʻonadagi Uzunkoʻl va Tayloqkoʻl atroflaridan mezolit va neolit davrlariga oid 24 ta manzilgoh borligi aniqlandi (1965). Soʻx vohasidagi 28 gʻor va ungurlar (Selungur, Eshma, Obishir, Sur, Bel, Zim, Ovikambar, Bogʻishim va boshqalar) roʻyxatga olindi. Obishir gʻorlaridagi madaniy qatlam yaxshi saklangan. Gʻorlarni qazish jarayonida mezolit davriga oid tosh qurollar, xayvon suyaklari topilgan. Bular oʻsha davr turmushini oʻrganish imkonini beradi. +1967 va 1969—70 yillarda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi xodimlari mezolit va neolit davrlariga oid 35 ta manzilgohtopdilar. Fargʻona viloyatining arxeologik yodgorliklarini oʻrganishda Katta Fargʻona kanalining qazilishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Kanalni qazish jarayonida jez davri, quldorlik va zamindorlik jamiyatlariga oid yodgorliklar topildi va tekshirildi. Quva va Toshloq tumanlari oʻrtasidagi Akbarobod qishlogʻida jez davriga oid manzilgoh, Margʻilonsoyning chap sohilida Oqtom qabristoni boʻlganligi aniqlandi. Fargʻona viloyatining Quva tumanida quldorlik davriga oid Taxyontepa, Fargʻona shahrida Simtepa (Chimtepa) kabi yodgorliklar topib oʻrganilgan. Ayniqsa, Quva shahridagi miloddan avvalgi 5-asr va oʻrta asr boshlariga oid topilmalar yaxshi tekshirilgan. 10—11-asrlarga doir tarixiy manbalarda bu shahar obodligi va kattaligi jihatidan vodiyda Axsikatdan soʻng eng yirik shahar deb qayd qilingan. Arxeologik materiallar Margʻilon shahri 10-asrda katta qishloq boʻlib, 11 — 12-asrlarda shaharga aylanganligini, Rishton esa 10-asrda katta shahar boʻlsa ham, 11—12 asrlarga kelib qishloq qiyofasiga kirib qolganligini isbotlaydi. +Oʻtroq dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullangan Chust madaniyatiga oid manzilgohlardan topilgan yodgorliklar Fargʻona vodiysini oʻrganishda muhimdir. U yerda ishlab chiqarish kuchlari va xoʻjalikning taraqqiyoti jez davrining oxirida dehqonchilik qabilalarining ijtimoiy tuzumida oʻzgarish yuz berishiga, natijada ibtidoiy tartiblar tugab jamiyatdagi tabaqalanishga olib kelgan. Roʻzgʻor anjomlarida xususiy mulkchilik kurtaklari koʻzga tashlanadi. Arxeologik tekshirishlar natijasi Fargʻona viloyatida qadimdan odamlar yashab, ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanganligidan, kishilik jamiyatining keyingi bosqichlarida esa madaniyat rivojlana boshlaganligidan dalolat beradi. +Tabiati. +Fargʻona viloyatining shimoliy qismini Qoraqalpoq va Yozyovon dashtlari egallagan, janubdan Olay tizmasidan oqib tushadigan daryolarning yoyilmalari bilan oʻralgan. Janubda adirlar Olay tizmasining togʻ oldilari bilan almashinib turadi. Fargʻona viloyati yuqori seysmik zona qisoblanadi. +Iqlimi kontinental. Qishi birmuncha yumshoq, baʼzan havo juda sovib ketadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 3,2 °C, iyulniki 28 °C. Eng past harorat —27,9 °C. Eng yuqori harorat 42 °C. Vodiyning gʻarbida esadigan kuchli „Qoʻqon shamoli“ iqlimga salbiy taʼsir etadi. Shamolning tezligi sekundiga baʼzan 35–40 m ga yetadi. Janubi-sharqida yozda garmsel esadi. Yiliga gʻarbida 100 mm dan (Qoʻqon atrofi) sharqiy qismida 170 mm gacha, togʻ yon bagʻirlarida 270 mm gacha yogʻin tushadi, asosan, bahorda yogʻadi. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Viloyatning shim.gʻarbiy chegarasi boʻylab Sirdaryo oqadi. Olay tizmasidan Isfara, Soʻx, Shohimardon, Isfayramsoy boshlanadi. Daryolar muzlikqor suvlaridan toʻyinadi. Iyul— avgustda toʻlib oqadi. Daryo suvlari sugʻorishga sarflanadi. Asosan, boʻz tuproq va oʻtloqi botqoq tuproklar keng tarqalgan. Adirlarda aksari och va tipik boʻz tuproqlar, Sirdaryo terrasalarida allyuvialoʻtloqi tuproqlar, viloyatning shimoliy qismida shoʻrxok oʻtloqlar va ajriqli oʻtloqlar mavjud. +Markaziy Fargʻonadagi shoʻrxoklarda turli xil shoʻra oʻsadi. Yerlarining kattagina qismi ekinzor. Vohalarda terak, tut, qayragʻoch, daryo vodiylarida keng bargli oʻrmonlar va archazorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan Sirdaryo toʻqayzorlarida qobon, adir va Olay tizmasi togʻ oldilarida boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, boʻrsiq, jayra yashaydi. Ondatra, nutriya iklimlashtirilgan. Qushlar, sudraluvchilar koʻp. Suv havzalarida marinka, usach, zogʻora baliq, karp, oq amur, doʻngpeshona baliqlar bor. +Aholisi. +Aholisi, asosan, oʻzbeklar shuningdek, tojik, rus, qirgʻiz, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 413,9 kishi. Shahar aholisi 800 ming kishi, qishloq aholisi 2015 ming kishi (2004). +Xoʻjaligi. +Fargʻona viloyati respublikaning sanoati rivojlangan viloyatlaridan. Viloyatda 86 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: yoqilgʻienergetika, kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, paxtani tozalash va qayta ishlash, yengil va oziqovkat sanoati va boshqa Energetika bazasi, asosan, issiqlik elektr styalardan iborat boʻlib, eng yiriklari: Fargʻona, Qoʻqon issiqlik elektr markazlari, Quvasoy issiqlik elektr styasi. Barcha styalar Oʻrta Osiyoning yagona energetika tizimiga birlashtirilgan. Kimyo sanoatining eng yirik korxonalari Fargona va Qoʻqon shaharlarida joylashgan. „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, kimyoviy tolalar, furan birikmalari kimyo zavodlari, Qoʻqon superfosfat zavodi va boshqalar shular jumlasidandir. Viloyatda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi joylashgan. +Qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Quvasoydagi sement zavodi respublikada ishlab chiqariladigan sementning toʻrtdan bir qismidan koʻprogʻini beradi. Quvasoyda shifer, gisht va boshqa qurilish materiallari, shisha va chinni idishlar zavodlari ishlab turibdi. Qoʻqondagi „Elektromash“, „Tekstilmash“ va boshqa metallsozlik zavodlarida sanoatning boshqa tarmoqlari uchun asbobuskunalar, ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati yil sayin rivojlanmoqda. Bu tarmoq korxonalarida turli nav yogʻlar, un, non, makaron, konserva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Viloyatda 84 qoʻshma korxona, 22 mingdan ortiq kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Fargʻona shahrida „Nodira“, „PSMK3“, „Polina“; Margʻilonda „Margʻilon tongi“ va Qoʻqonda „Zilola“ kichik korxonalar, „Oʻzsalaman“, „KabulFargʻona“, „Besteks“, „Ishonch“ qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. +Qishloq xoʻjali. +Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, bogʻdorchilik va chorvachilik. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 288,9 ming ga, shu jumladan, 129,6 ming ga yerga don, 115,9 ming ga yerga paxta, shuningdek, texnika ekinlari, 11,7 ming ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 24,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 20,3 ming ga yaylovlar (2004). Haydaladigan yerlarda, asosan, obikor dehqonchilik bilan shugʻullaniladi. Paxta, bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, arpa, kartoshka, sabzavot va poliz maxsulotlari yetishtiriladi. Bogʻlarda koʻproq oʻrik oʻstiriladi. Anor, anjir, olma, xurmo koʻp. Tokzorlarda yuqori navli uzumdan moʻl hosil olinadi. Sugʻoriladigan yerlar viloyat hududidan oʻtuvchi Katta Fargʻona va Andijon kanallari, Janubiy Fargʻona kanali, Shohimardonsoy, Margʻilonsoy, Soʻx, Isfayramsoy, shuningdek, Karkidon, Koʻrgʻontepa suv omborlari yordamida sugoriladi. +Viloyatda 8 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi, 143 shirkat xoʻjaligi, 74 xoʻjaliklararo korxonalar, 6 parrandachilik fabrikasi mavjud. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Viloyat jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 511,9 ming qoramol (shu jumladan, 213,2 ming sigir), 431 ming qoʻy va echki, 1260,9 ming parranda bor (2004). +Transporti. +Temir yoʻl uzunligi 227,8 km. Avtomobil yoʻllarining uzunligi 8,6 ming km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 8,5 ming km. Asosiy yoʻnalishlari: Toshkent — Qoʻqon — Andijon, Margʻilon — Qoʻqon — Navoiy, Qoʻqon — Margʻilon — Quva. Fargʻona shahrida yirik aeroport ishlab turibdi. +Ijtimoiy soha. +Maorifi va madaniyati. +Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti boʻlib, 18,9 mingdan ortiq talaba, 910 umumiy taʼlim maktabi (690 mingga yaqin oʻquvchi), 8 gimnaziya (7,3 ming oʻquvchi), 47 litsey (16,3 ming oʻquvchi), musiqa va sport maktablari ishlab turibdi. Xalq taʼlimi sohasida chet el investorlari bilan aloqa bogʻlanib „Mersi KO“ jamgarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya grantlar dasturi asosida kompyuter va boshqa jihozlar olindi. Viloyat sportchi oʻquvchilari 2003—04 yillardagi „Umid nihollari“ sport musobaqalarida 2 va 3 oʻrinlarni egalladilar. Fargʻona viloyatida 77 kasbhunar kolleji, 3 akademik litsey faoliyat koʻrsatadi shuningdek 4 teatr, madaniyat uylari, 3 muzey, 193 klub muassasasi, 609 ommaviy kutubxona (603,6 ming nusxa asar) aholiga xizmat koʻrsatadi. Viloyatda 1998-yilda Fargʻoniyning 1200 yillik, 2000-yilda Burhoniddin Margʻinoniyning 910 yillik yubileylari oʻtkazildi. +Sogʻliqni saqlash. +97 kasalxonada 6,3 ming vrach va 31,9 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 413 ambulatoriya poliklinikasi, 214 qishloq vrachlik punkti, 61 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 28 ta dispanser bor. Dam olish uylari va „Chimyon“, „Oʻzbekiston“, „Qiziltepa“, „Nurafshon“, „Temir yoʻlchi“ sanatoriylari, tez tibbiy yordam viloyat boʻlimi bor. +Sport. +Fargʻona viloyatida „Universiada 2004“ sport musobaqalari oʻtkazildi. 2004-yildan boshlab viloyatda sportning suv polosi va sinxron suzish turlari yoʻlga qoʻyildi, seksiyalar tashkil etildi. Mavjud sport federatsiyalaridan tashqari qoʻl toʻpi, turon milliy yakka kurashi, sinxron suzish, armrestling kabi sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari tuzildi. Fargʻona viloyatia jami 5135 sport inshooti mavjud. Shuningdek, Fargʻona Olimpiya zaxiralari sport kollejida dastlabki sport inshootlari ishga tushirildi. „Yoshlar madaniyat va sport majmuasi“, „Fargʻona“ markaziy stadioni, „Istiqlol“ tennis majmuasi, ot sporti maktabi, „Kimyogar“ sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. Sportning yunonrim, qoʻl jangi, taekvondo, karate, shaxmat, shashka, boks, belbogʻli kurash, milliy kurash, turon milliy yakkakurashi, yengil atletika, mini futbol, voleybol turlari rivojlangan. Viloyat sportchilari 2004-yilda xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib 7 oltin va 4 kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Ayniqsa, Koreya Respublikasida oʻtkazilgan boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati, Qozogʻistonda armrestling, Yaponiyada baydarka va kanoe, Filippinda boks boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatlarida viloyat sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan respublika sport musobaqalarida viloyat vakillari Ye. Tunguskova va Z. Abdullayevalar qatnashib respublika terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Ogʻir atletika boʻyicha respublika chempionatida Ye. Sisoyeva oʻz vazni boʻyicha golib boʻldi. Shuningdek, Ye. Sisoyeva va B. Toshpoʻlatovalar 2004-yilda AQShda talabalar oʻrtasida ogʻir atletika boʻyicha oʻtkaziladigan chempionatga nomzod etib kiritildi. Nogironlar oʻrtasida stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida A. Ismatullayev gʻolib boʻlib, Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Respublika terma jamoasi tarkibiga kiritildi. 2004-yilning avgust oyida Afinada oʻtkazilgan 28 yozgi Olimpiya oʻyinlarida Fargʻona viloyatining 5 sportchisi ishtirok etdi. 2004-yilda viloyatda basketbol boʻyicha xalqaro „Mersiko“ turniri, milliy va belbogʻ kurashi boʻyicha Hazrat Ali hamda Temirjon va Hamid polvonlar xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirlarda respublika viloyatlari, 10 dan ortiq xorijiy davlat polvonlari katnashdi. Yil davomida oʻtkazilgan sport musobaqalarda ishtirok etib viloyat sportchilari 250 dan ortiq medallarni qoʻlga kiritishdi. 15 sportchi sport ustasi normasini bajardi. +Adabiyoti. +Fargʻona zamini koʻplab isteʼdodlar beshigi boʻlgan. Qoʻqon tarixiga oid baʼzi manbalarda 10-asrda Fargʻonada yozma adabiyot namunalari boʻlganligi qayd etilgan. Abu Tayyi Hoʻqandiy (10—11-asrlar) ijodi haqidagi maʼlumotlar buning yaqqol dalilidir. Biroq, oʻrta asr Fargʻona viloyati adabiyoti haqidagi manbalar juda kam. 18-asrdan boshlab Fargʻona vodiysi, xususan, Qoʻqonda fan, adabiyot va sanʼat rivoj topganligini koʻrish mumkin. Qoʻqon xonligi tashkil topishi markazlashgan davlat sifatida faoliyat yuritishi xonlik hududida oʻziga xos adabiy muhitning shakllanishiga imkoniyat yaratdi. Bu davrda Huvaydo, Shoʻxiy, Akmal, Nizomiy Hoʻqandiy kabi adabiyot namoyandalari ijod qildilar. Huvaydoning „Devon“i tarkibiga kirgan sheʼrlar va „Rohati dil“ dostoni xalq orasida mashhur boʻlgan. 19-asrda ushbu hududda „Qoʻqon adabiy muhiti“ nomi bilan maʼlum boʻlgan adabiyot ravnaq topdi. Ushbu muhitning tashkilotchisi Qoʻqon xoni Muhammad Said Amir Umarxon (178 7— 1822) saroyiga 100 ga yaqin ijodkorni jalb etib, ularning ijod qilishi uchun moddiy va maʼnaviy sharoit yaratib berdi. Xonning oʻzi ham Amiriy taxallusi bilan sheʼrlar „Devoni“ni yozdi. Umarxon davrida Ado, Fazliy, Xoziq, Hijlat, Vazir, Maxmur, Nodir, Gʻoziy, Maʼdan, Miriy, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Gulxaniy, Mushrif, Dabir, Ravnaq, Umidiy, Jadid, Mahzun, Zokir, Fayziy, Vahmiy kabi ijodkorlar shuhrat qozonganlar. Keyinroq, Umarxonning oʻgʻli Qoʻqon xoni Muhammad Alixon (Madalixon) ham „Xon“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, „Layli va Majnun“ dostonini yaratgan. Ushbu davr adabiyotining namunasi sifatida Abdulkarim Fazliyning Umarxon topshirigʻi bilan 84 zamondosh shoirlar haqida oʻzbek va fors tillarida sheʼriy yoʻsinda yozilgan „Majmuai shoironi Umarxon“ tazkirasi; Gulxaniyning „Zarbulmasal“ asari, Xoziqning „Yusuf va Zulayho“, Nodir Uzlatning „Haft gulshan“ dostonlarini aytish mumkin. Ayol ijodkorlarning mavqei baland boʻlganligini taʼkidlash lozim. Qoʻqon malikasi, Umarxonning zavjasi Mohlaroyimning Nodira, Maknuna taxalluslari bilan ijod etgan oʻzbek va fors tillaridagi sheʼrlari alohida „Devon“ga jam boʻlsa, Jahonotin Uvaysiyning 4 devoni, „Voqeoti Muhammad Alixon“, „Shahzoda Hasan“ va „Shahzoda Husayn“ dostonlari, Mahzunaning goʻzal sheʼrlari adabiyotimiz xazinasidan munosib oʻrin olgan. Fargʻona viloyati adabiyotining bu davrdagi yana bir xususiyati koʻp sonli tarixiyadabiy asarlarning yaratilganligidir. Soʻnggi tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, shu davrda birgina Qoʻqon xonligi tarixiga oid 40 ga yaqin sheʼr va nasriy asarlar yaratilgan. Sheʼriy uslubda yaratilgan bunday asarlar sirasiga Fazliyning „Shahnomai Umarxon“, Mutribning „Shahnomai Devona Mutrib“, Andalibning „Shahnomai devona Andalib“, Uvaysiyning „Voqeoti Muhammad Alixon“ dostonlari; Imomali Qori Qunduziy — Komiyning taniqli kishilar tavalludi, vafoti va Qoʻqon tarixiga oid turli voqea — sanalarning sheʼriy taʼrixlari jamlangan „Tavorixi manzuma“ kabi asarlari kiradi. Tarixga oid nasriy asarlar qatorida esa Hakimxon toʻraning „Muntaxab uttavorix“, Mulla Avaz Muhammad Attorning „Tuhfat uttavorixi Xoniy“, Mushrifning „Shahnomai nusrat payem“, Mulla Niyozmuhammad Hoʻqandiyning „Tarixi Shohruhiy“, Mirzo Olim Mushrifning „Ansobus salotin va tavorixi xavoqin“, Muhammad Amin Domulloning „Tuhfat uttavorix“, Abdugʻafur Hoʻqandiyning „Zafarnomai Xudoyorxon“, Maqmud Hakim Yayfoniyning „Xullas uttavorix“, Muhammad Aziz Margʻiloniyning „Tarixi Aziziy“ va boshqa asarlarni keltirish mumkin. Tasavvufiy adabiyot namunalaridan Azim Xoʻja eshon Azimiyning „Muroduloshiqin“ devoni, Abdulaziz Majzubning „Devon“i va „Tazkiraulavliyo“ asari (19-asrning 1yarmi), Salohiddin Soqibning „Maʼlumoti Soqibiy“ risolasi (19-asrning 2-yarmi) eʼtiborga loyiq. 19-asrda Qoʻqon shahri va uning atrofida 100 dan ziyod shoir va adiblar devon tuzishgan. Umarxon, Muhammad Alixon va Nodirabegim davrlarida Qoʻqonda xushxat xattotlarni yigʻib, moddiy jihatdan taʼminlab, Sharq adabiyotining koʻplab nodir asarlari koʻchirtirilib, koʻpaytirilgan. Shulardan eng koʻp koʻchirilganlari Jomiy, Navoiy, Bedil, Fuzuliy va Amiriy asarlaridir. Maʼlumotlarga koʻra, Amir Umarxon Lutfiy, Navoiy va Amiriy devonlari jamlangan, goʻzal xatli, oltin bezakli „Muhabbatnoma“ majmuasini usmonli turk sultoniga hadya tariqasida joʻnatgan. +Fargʻona viloyati adabiyotida Sharq mumtoz sheʼriyatining deyarli barcha janrlarida samarali ijod qilindi. Badiiyat va gʻoya, mavzular rangbarangligi bu davr adabiyotiga xos xususiyatlardan biri ekanligi asarlardan maʼlumdir. Bu jihat 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlari adabiyotida ham yaqqol koʻrinadi. Ushbu davrda Pisandiy, Qoriy, Muqimiy, Muhayyir, Furqat, Zavqiy, Gʻurbat, Rojiy, Muhsiniy, Haziniy, Mahjur, Muqyi, Zoriy, Sirojiy, Jaloliy, Yoriy, Ibrohim Davron, Mirzoi Hoʻqandiy, Nasimiy Xoʻqandiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa samarali ijod qildilar. Bu davr adabiyotining yorqin namoyandalaridan Muqimiy ijodidagi xalqona lirika bilan hajviy yoʻnalish oʻziga xos maktabni yaratgan boʻlsa, Furqat ijodidagi serohang misralar va maʼrifatparvarlik ruhidagi sheʼrlar, Haziniy ijodidagi sufiyona istilohlarga boy, purhikmat sheʼrlar, Qoriy lirikasidagi jozibadorlik, Hamza ijodidagi ijtimoiy ruh bu davr adabiyotining ravnaqidan dalolat beradi. Ayol ijodkorlardan Dilshod Barno, Anbar Otin, Samarbonu kabi shoiralarning ijodi qam samarali boʻldi. +Milliy uygʻonish davri adabiyoti — jadidchilik yoʻnalishida ijod qilgan va maʼrifatchilik harakatida faol ishtirok etgan ijodkorlar sirasiga Ibrohim Davron, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mirzo Xayrullo Hoʻqandiy, Ashurali Zohiriy, Poʻlatjon Qayyumiy kabilarni kiritish mumkin. I. Davronning „Ashʼori nisvon“ sheʼrlar majmuasi, Hamzaning „Milliy qoʻshiklar uchun milliy sheʼrlar“ toʻplami, M.X. Hoʻqandiyning „Axloqi zamima“, „Yigirma hikmat“ asarlari va boshqa oʻsha davr adabiyotining mahsullaridir. P. Kayyumiyning 20-asrning 2-yarmida yaratgan „Tazkirai Qayyumiy“, „Qoʻqon tarixi va adabiyoti“ va „Tazkirai shuaro“ asarlari ham eʼtiborga loyiq. 20-asr hozirgi zamon oʻzbek adabiyotining koʻplab vakillari ham Fargʻona viloyati adabiyotining qaldirgʻochlaridir. Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Charxiy, Xusayn Shams, Amin Umariy, Shokir Sulaymon, Adham Rahmat, Ibrohim Rahim, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Anvar Obidjon kabi shoir va yozuvchilar shu zamin farzandlaridir. 20-asrning 70—90-yillarida Yoʻldosh Sulaymon, Oxunjon Hakimov, Anvar Yusupov, A. Muqimov, Habibullo Said Gʻani, Komil Joʻra, Oʻrmon Omonov, Alisher Ibodinov, Bahodir Iso, Ismoil Mahmud, Nurullohoji Qoʻqondiy, Enaxon Siddiqova, Saydali Odilov, Zuhra Aliyeva, Matluba Dehqon qizi, Ilmer Nazarov, Abdulhamid Muxammadiyev, Nosir Zohid va boshqalar oʻz ijodlari bilan elga tanildilar. +Mustaqillik yillarida Nabijon Boqiy, Nurulloh Muhammad Raufxon, Sayd Anvar, Farida Afroʻz, Iqbol Mirzo, Abdurahmon Joʻra, Mirza Karim, Gulbahor, Otabek Rustambek oʻgʻli, Muxtasar Tojimamatova, Ozoda Toʻraqulova kabi ijodkorlar yetishib chiqdilar. +Fargʻona viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, jurnalistlar, meʼmorlar va boshqa)ning viloyat boʻlimlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. +Matbuoti, radioeshittirishi va televideniyesi. +Viloyatda 10 ta jurnal, 79 ta gazeta, shu jumladan, 2 viloyat gazeta („Fargʻona haqiqati“, „Ferganskaya pravda“), 20 shahar va tuman, 20 ta tarmoq hamda 37 ta xususiy gazetalar chop etiladi. Fargʻona viloyatida radioeshittirishlar 1932-yilda efirga uzatila boshlagan. Viloyat radiosi orqali oʻzbek, tojik va rus tillarida kuniga 18 soat eshittirishlar beriladi. Viloyat televideniyesi oʻz koʻrsatuvlarini 1991-yil 22-dekabrdan namoyish eta boshladi. Oʻsha paytlarda haftasiga 1 soat koʻrsatuvlar berilgan. Fargʻona viloyati televideniyesi haftalik koʻrsatuvlari 18 soatni tashkil etadi. Koʻrsatuvlar oʻzbek, tojik va ingliz tillarida olib boriladi. Undan tashqari "Ruxsot" TRK, "Margʻilon","Tohir-Bag‘dod" TV telekanallari hamda „Soʻx“, „Muloqot“ telestudiyalari faoliyat koʻrsatadi. +Meʼmoriy yodgorliklari. +Fargʻona viloyatida asosiy hisoblangan Qoʻqon meʼmorligining shakllanishi 18-asrdan boshlanadi. Bu yerga dastlab Buxorodan bir guruh binokorlar taklif etildi, ular Madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, koʻprik va boshqa binolarni bunyod etdilar. Hozirgacha shaharda saqlangan meʼmoriy yodgorliklardan eng qadimgisi Madrasai Mir nomi bilan xalq orasida mashhur boʻlgan Norboʻtabiy madrasasidir (18-asr oxiri). Bu Madrasa Qoʻqon hukmdori Norboʻtabiy hukmronligi davriga oid. Undan tashqari, Daxmai shohon, Daxmai Modarixon meʼmoriy majmualari (19-asrning 20-yillari), Miyon Hazrat (1860-yil), Kamol Qozi (1837yil) madrasalari, Oʻrda (1871yil, Qoʻqon xoni Xudoyorxon tomonidan qurilgan), Jome masjidi (19-asr oxiri — 20-asr boshlari) kabi meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. + +Namangan (viloyat): +Namangan viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941 yil 11 martda tashkil etilgan (1960 yil 25 yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967 yil 18 dekabrda kayta tashkil etildi). Namangan viloyati respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shimoli-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoklari – Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan. Shimoliy va shimoli-sharkdan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, jan.-sharqsan Andijon, janubidan Fargʻona, shimoliy va shimoli-gʻarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7,44 ming km². Aholisi 1982,7 ming kishi (2002). Namangan viloyatida 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon), 8 shahar (Namangan, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Haqqulobod), 11 shaharcha (Jomashoʻy, Toshbuloq, Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod, Uychi, Oʻnhayat, Yangiqoʻrgʻon, Oqtosh), 99 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Namangan shahri. +Tabiati. +Viloyat hududining asosiy qismi Sirdaryoning oʻng sohilida, keng Fargʻona vodiysida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik boʻlib, shimoliyda qator tepaliklar va Chatqol hamda Qurama togʻlari bilan oʻralgan. Balandligi 350–800 m. Togʻ va adirlar, tor vodiylar, vohalar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarning faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyat hududi geologik faol zonada joylashgan va 8 ballgacha-zilzilalar boʻlib turadi. Keng maydonni egallab yotgan va dehqonchilik obʼyekti boʻlgan Qoraqalpoq choʻli neogen davrida paydo boʻlgan. Foydali qazilmalardan Chodak oltin koni, togʻ kvarsi, sur-ma, mis, neft, gips, ohaktosh va boshqa qurilish materiallari, shifobaxsh mineral suvlar (Chortoqda) topilgan. Chust-Pop yer osti suvining issiqligi 50° (1300 m dan chiqadi). Suv tarkibida yod va brom bor. Chodaksoydan (450 m chuqurlikdan) 23° issiklikdagi vo-dorod-sulfidli suv chiqadi. Chortoq, Shahand, Kosonsoy, Uchqoʻrgʻon suvlari oʻzining minerallanish darajasi va harakteri boʻyicha mashhur Matsesta, Chakrak, Tal suvlaridan qolishmaydi. Yer osti suvlari togʻ, adir, togʻ oldi botiqlarida va yoyilmalarda yirik toshli, shagʻalli va qumli qatlamlarda joylashgan. Sirdaryoga yaqin zonalarda yer osti (sizot) suvlari mavjud. Ikli-mi keskin kontinental. Yozi uzok, issiq, qishi qisqa, nisbatan sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura 13°. Yanvarda temperatura –25° gacha pasayadi, iyunda 35–45° ga yetadi. Vegetatsiya davri 229 kun. Viloyatning turli qismlarida yogʻin miqdori turlicha. Namanganda oʻrtacha yillik yogʻin miq-dori 230 mm, gʻarbida 90–190 mm, sharkiy tumanlarida 300–400 mm, togʻ etaklarida 600 mm. Yogʻinning eng koʻp kismi bahor va kuzda yogʻadi. Daryolari yogʻindan, togʻlardagi qor va muzliklardan suv oladi. Namangan viloyatida 16 dare va soy, koʻplab mavsumiy soylar mavjud. Eng katta daryosi – Sirdaryo. U Norin va Qoradaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin va Sirdaryoga Chatqol togʻlaridan oqib tushadigan Pochchaotasoy, Chortoksoy, Chustsoy, Olmossoy, Chodaksoy, Gʻovasoy, Kosonsoy, Namangansoy kabi sersuv togʻ daryolari kuyiladi. Kosonsoy, Chortoq, Eskiyer suv omborlari, Oxunboboyev, Shimoliy Fargʻona, Katta Namangan kanallari qurilgan. Bahor va yoz boshlarida sodir boʻladigan sel hodi-salaridan saqlanish uchun sel omborlari barpo qilingan. Tuproklari pro-lyuvial, oʻtloq, oʻtloqi-botqoq, och tusli boʻz, ayrim joylarda shoʻrxok, och tusli qoʻngʻir, jigarrang . Adirlar qumtosh, mergel, lyoss va chagʻirtoshlar bilan qoplangan. Bahorda efemer oʻsimliklar oʻsadi, chorva mollari boqiladi. Tekislik qismlarida boʻz, koʻngʻir tuproqlar, qadimdan dehqonchilik qilib kelingnidan tabiiy holati oʻzgargan va unumdorligi oshirilgan. Kosonsoyda tipik va qoramtir boʻz tuproq, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Chust tumanlarida och boʻz tuproq tarqalgan. Tekislik qismining ekin ekilmaydigan yerlarida shoʻra, shuvoq, lola, otquloq, Sirdaryo boʻylarida betaga, astragal va boshqa oʻsadi. Togʻlarda archazorlar, yovvoyi olcha, olma va yongʻoqzorlar uchraydi. Togʻlarning baland qismi subalp oʻtloklari – yozgi yaylovlardan iborat. Namangan viloyatida deyarli oʻrmon yoʻq. Namangan mevali oʻrmon koʻchatzori va Namangan oʻrmon koʻchatzori mavjud. Choʻl va adirlar oʻzlashtirilib yuborilgandan boʻri, tulki, qobon, yumronqoziq kam uchraydi. Togʻlarda togʻ takasi, sugʻur bor. Adirlarda kalamush, dala sichqoni, echkemar, tipratikan, choʻl toshbaqasi, turli xil ilon va kaltakesak koʻp. Qushlardan burgut, kaklik va boshqa bor. Qorabovur, yovvoyi oʻrdak va boshqa ovlanadi. Dare, soy va boshqa suv havzalarida har xil baliq yashaydi, ondatra keng tarqalgan. Pochchaotasoy, Gʻovasoyda qunduz ham uchraydi. Namangan viloyati xududining intensiv oʻzlashtirilishi oqibatida sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, baliklarning koʻp turlari kama-yib bormoqda. +Aholining asosiy qismini oʻzbeklar (87,8%) tashkil etadi, shuningdek, tojik (9,0%), kirgiz (1,0%), rus (0,8%), tatar, ukrain, ozarbayjon, yahudiy, belorus, arman, qozoq va boshqa millat vakillari ham (jami 89 millat) yashaydi. Aholi zichligi oʻrtacha 1 km² ga 266 kishi. Qishloq aholisi 1238,9 ming kishi, shaharliklar 743,8 ming kishi (2002). +Arxeologiyasi. +Olmosning Tarixi milodiy 4-5 asrlarga borib taqaladi. O'sha kezlarda Olmosda 800 atrofidagi qabila yashagan,asosiy mashg'ulotlari dehqonchilik va chorvachilik bo'lgan,aholi o'sha kezlarda Tog' atrofida, soy va buloqlar atrofida yashagan. +Xoʻjaligi. +Namangan viloyati respublika ishlab chiqarish va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Viloyat sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatlari. Namangan viloyatida 170 dan ziyod sanoat korxonalari mavjud. Eng yirik sanoat korxonalaridan – mashinasozlik, avtomobillarni tuzatish, gʻisht, yogʻ-ekstraksiya, paxta tozalash, oziq-ovqat (vino zavodi, pivo kombinati, "Namangan salqin ichimliklari", "Rohat", "Namangankonserva", "Shirinlik", "Kosonsoykonserva" korxonalari), kimyo, "Elektroterm" ishlab chiqarish birlashmasining yetakchi korxonasi, ipak gazlamalar kombinati, badiiy buyumlar fabrikasi va h.k. 3402 kichik, 249 shirkat, 76 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Shular orasida: "Navroʻz" Oʻzbekiston–Kanada, "Shohi Soʻzana", "Nestle-Oʻzbekiston", "Shams LTD", "Hyp", "Ohangar", "Chust pichogʻi", "Namanganshina", "Kosonsoy-Tekmen", "Popfen", "Silk-Road", "Kasmir Deri", "Namanganqogʻoz", "Yanis IV", Oʻzbekistan– Rossiya "Kemtosh", "Shifo" korxonalari, Oʻzbekiston–Xitoy "Channa-Tekstil" qoʻshma korxonasi, Oʻzbekistan–Turkiya "Ko-sonsoytekstil" va boshqa bor. +Qishloq xoʻjaligi. +Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: Donchilik, paxtachilik, sabzavotchilik, bogʻdor-chilik va uzumchilik, goʻsht-sut chorvachiligi, pillachilik. Namangan viloyati mamlakatda yetishtirilayotgan pax-taning 8–9% ini beradi. Gʻallakorlik, polizchilik, tokchilik, sabzavotchilik, ipakchilik va chorvachilik rivojlangan. Tekislikdagi sugʻoriladigan tu-manlarda chorvachilik, asosan, kora-mol, togʻ oldilaridagi tabiiy oʻtloqlarda qoʻy va echki (jumladan, mayin junli) boqiladi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 548,1 ming ga, shundan haydaladigan yerlar 219,8 ming ga, yaylovlar 287,9 ming ga, bogʻ va koʻp yillik daraxtzorlar 31,2 ming ga, tokzorlar 8,7 ming ga ni tashkil qiladi. Don ekinlari 80,4 ming ga, paxta 109,5 ming ga, kartoshka 1,3 ming ga, sabzavot 3,5 ming ga, poliz ekinlari 1 ming ga, ozuka ekinlari 14,4 ming ga maydonni egallaydi, 7760 ga oʻrmonzor, 3 ming ga tutzor bor (2001). Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 4 ming km kollektor drenaj tar-moklari qurilgan. Viloyatning hamma tumanlarida sugʻoriladigan maydonning asosiy qismida paxta va don ekinlari ekiladi. Namangan viloyatida 134 shirkat xoʻjaligi, 94,8 ming dexdon xoʻjaligi, 3,5 ming fermer xoʻjaligi bor. Jamoa va xususiy xoʻjaliklarda 667,1 ming qoramol (shundan 261,4 mingi sigir), 899,3 ming kuy va echki, 5,8 ming ot mavjud, par-randachilik bilan qam shugʻullaniladi. +Namangan viloyatida obikor dehqonchilik ustun turadi. Viloyat hududida koʻplab sugʻorish inshootlari - Shimoliy Fargʻona, Oxunboboyev nomli, Chust, Chortogʻ kanallari, Oʻrtatoʻqay suv ombori(Kosonsoy daryosida) va boshqalar qurilgan. Irrigatsiyaning rivojlanishi obikor yerlarni kengaytirish va melioratsiya holatini yaxshilash imkonini berdi. Barcha ekin maydonlarining 27 foizidan koʻprogʻiga paxta ekiladi. Pop va Chust tumanlaridagi yaylovlarda qoʻy va echki koʻp boqiladiasdsa. Qoramol hamma dehqonchilik tumanlarida boqiladi. Yaylovlar yetishmaganidan koʻpgina xoʻjaliklar mollarni yozda togʻ yaylovlariga haydab boradilar. Pillachilik paxtachilik bilan birga rivojlantirilmoqda. +Transporti. +Transport yoʻlilarning uzunligi 138 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,7 ming km (shu jumladan, qattiqqoplamalisi 1,6 ming km). Trolleybus liniyasi uzunligi 80 km. Namangan bilan Toʻraqoʻrgʻon shaharlari oraligʻida ham trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Andijon–Koʻqon, Namangan–Uchqoʻrgʻon oʻrtasida poyezdlar qatnaydi. Namangan–Toshkent, Namangan–Margʻilon–Fargʻona, Namangan– Andijon, Namangan–Qoʻqon–Samarqand yoʻnalishida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Fargʻona vodiysini respublika poytaxti bilan bogʻlovchi Toshkent–Oʻsh avtomobil yoʻlining Kamchiq dovonida uzunligi 358 va 891 m dan iborat boʻlgan ikkita tonnel qurilib foydalanishga topshirildi. Namangan viloyati havo transportining rivojlanishi 1941 yilda aerodrom qurish bilan boshlandi. 1984 yilda zamonaviy havo laynerlariga xizmat qiluvchi uchish va qoʻnish maydoni ishga tushirildi. Oʻrta Osiyo davlatlaridagi shaharlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg , Yekaterinburg , Ufa, Simferopol, Novosibirsk, Magadan, Norilsk, Yakutsk, Krasnoyarsk, Mirniy kabi shaharlari va Ukraina poytaxti Kiyev shahri bilan muntazam aloqa yoʻlga qoʻyildi. +Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport. +2000/2001 oʻquv yilida viloyatda 671 umumiy taʼlim maktabi (493,4 ming oʻquvchi), 19 ta litsey, 6 maxsus maktab-internat, 2 ta akademik litsey (1350 oʻquvchi), 43 kasb-hunar kolleji (31 mingga yaqin oʻquvchi) faoliyat koʻrsatdi. +Viloyatdagi 3 ta oliy oʻquv yurti (Namangan universiteti, Namangan muxandislikpedagogika va Namangan muhandislikiktisodiyot institutlari)da 11 mingdan ziyod talaba taʼlim oldi (2001). 1999–2001 yillar mobaynida barcha qulayliklarga ega boʻlgan jami 28 kasb-hunar kolleji (18 ming 875 oʻquvchiga moʻljallangan), hamda 2 akademik litsey (1500 oʻrin) bunyod etildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. Viloyat oʻquvchilari Respublika miqyosida oʻtkaziladigan fan olimpiadalarida muntazam qatnashmoqdalar. Xalqaro AKSELS tanlovida gʻolib chiqib xorijiy davlatlarda tahsil olib qaytayotgan oʻquvchilar soni ham ortib bormoqda. AQShning oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan AKSELS tanlovida Namangan viloyatidan 40 oʻquvchi ishtirok etdi. Viloyatda 2 ta (Namangan oʻlkashu-noslik va Pop arxeologik) muzey, 1 markaziy, 409 jamoat kutubxonasi (1 mln. nusxadan ortiq asar), 162 madaniyat uyi, 8 madaniyat va istirohat bogʻi, 5 teatr (shu jumladan, Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri) bor. Viloyat teatr sahnalarida Oʻzbekiston xalq artistlari R. Hamroyev, M. Azizova, S Rahmonov, M. Mansurov, M. Ubaydullayev, X. Oxunova, Oʻ. Nuraliyev, K. Rahimovlar; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar: M. Dadaboyev, A. Raximov, A. Tojiboyeva, M. Isomiddinov, T. Saydullayevlar samarali ijod qildilar (2001 yilda teatr binosi rekonstruksiya qilindi). +Xalq hunarmandchiligi ayniqsa, Namangan va Chuyet shaharlarida qadimdan rivojlangan. Chustda pichoq, idish-tovoq, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqariladi, doʻppidoʻzlik, kashtachilik bilan shugʻullaniladi, xalatlar uchun beqasam va atlas gazlamalar toʻ-qiladi. Chust badiiy buyumlar fabrikasi bor. Sogʻliqni saqlash. Namangan viloyatida 11 650 oʻrinli 115 kasalxona, 250 dan ortiq dorixona, Respublika shoshi-linch tibbiy yordam markazining fi-liali, kuniga 30 ming bemorni qabul qilish quvvatiga ega boʻlgan 256 ambulatoriya-poliklinika muassasasi ishlab turibdi. Namangan viloyatida oʻtgan 10 yil mobaynida 104 qishloq shifokorlik punktlari barpo etildi, 41 qishloq shifokorlik ambulatoriyasi va feldsher-akusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. Shu davrda 1505 oʻrinli kasalxona, bir smenada 43,7 ming bemorni qabul qiluvchi poliklinikalar qurib bit-kazildi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, viloyat koʻp tarmoqli kasalxonasi, viloyat kardiologiya markazi, oʻsma kasalliklar, Namangan shahar onalar va bolalar fizioterapevtik, yuqumli kasalliklar kasalxonalari foydalanishga topshirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Namanganda Semashko nomidagi respublika fizioterapevtik ilmiy tadqiqot instituti, respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamda respublika Salomatlik institutlarining viloyat filiallari, nevrologiya, endokrinologiya va urologiya markazlari faoliyat koʻrsatmoqda. +Viloyatda onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha "Somom avlod" dasturi asosida 2000 yildan boshlab "Delfin", "Viktor" va boshqa zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan "Ona va bola" skrining markazi ishlab turibdi. 6 sanatoriy (jumladan, "Chortoq", "Gulshan", "Kosonsoy"), Koʻksaroy dam olish zonasi mavjud. +Sport. +Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, chim ustida xokkey, mini futbol, qoʻl toʻpi, shaxmat turlari boʻyicha sportchilar mamlakat musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoq-dalar. Namangan viloyatida "Navbahor" ( telegramdagi rasmiy kanali: @MUHLISLAR) markaziy sta-dioni, shuningdek, 28 stadion, "Pahlavon", "Dinamo", "Alpomish", "Sogʻlom avlod" sport majmualari, 22 su-zish havzasi, 54 tennis korti, 1 velotrek, 2 otchopar, 473 sport zali, 305 otish tiri, 571 basketbol, 1754 voleybol, 375 qoʻl toʻpi, 422 kichik va 563 katta futbol maydon va maydonchalari bor. 590 mingdan ziyod kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. Ularning 260 ming nafaridan ortigi oʻsmirlar. Namangan dovrugini oshirgan va anʼanaga aylangan "Universiada-2000" tadbiri katta umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi. Shaxmat, charm toʻp buyicha Osiyo, jahon chempionatlari, saralash musobaqalari, tennischilarning "Buyuk ipak yoʻli", "Satellit", "Fyuchers" kabi turlarining oʻtkazilishi Namanganni dunyoga yana ham kengroq tanitdi. Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi "Navbahor" stadioni, "Doʻstlik" tennis majmuasi, "Yoshlik" suzish havzasi, Namangan shahridagi "Paxlavon", "Alpomish", "Dinamo" sport majmualari, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi "Kurash" majmuasi kabi sport inshootlarida xalqaro mavqedagi sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. Namangan viloyatida 15 xalqaro toifadagi sport ustasi, 900 dan or-tiq sport ustasi, 2400 sport ustaligiga nomzod, 5000 dan ziyod 1-toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 200 dan ortiq sportchisi Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolaridir. Namangan viloyatidan 2000 yilda boks boʻyicha respublika chempioni, stol tennisi, shaxmat va boshqa sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqa sovrindorlari yetishib chiqdi. Namanganda oʻtkazilgan 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida belbogʻli kurashchilarning 5-Xalqaro birinchiligida Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston. Armaniston, Gruziya, Ukraina, Belorussiya, Rossiya, Hindiston va Turkiya sportchilari ishtirok etdi. "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" musobaqalarida oʻquvchitalabalar faolligi tobora oshib bormoqda. 2000 yilgi Universiadada Namangan viloyati sportchilari birinchi oʻrinni olishdi. 2001 yil "Barkamol avlod" musobaqalarida Fargʻonada 2-oʻrinni, 2002 yil Far-gʻonada oʻtkazilgan "Umid nihollari" musobaqalarida faxriy uchinchi urinni egalladi. "Alpomish", "Barchinoy" testlariga 500 mingga yaqin oʻquvchi, 30 mingga yaqin talaba, ishchixizmatchi jalb qilindi. Kattalikda respublikada 2-oʻrinda turgan (36 ming oʻrinlik) "Navbahor" stadioni negizida maxsus futbol maktabi, "Olimpiya zaxiralari" sport maktabida basketbol, voleybol, qoʻl toʻpi boʻyicha sportchilar tayyorlanmoqda. Namanganda "Gulbahor" ayollar futbol jamoasi faoliyati ravnaq topayapti. Toshbulokdik yosh karatechioʻquvchi Doston Turgʻunov AQShda "Atlanta kubogi" sovrini musobaqalarida ishtirok etib, birinchilikni qoʻlga kiritib, oltin medal bilan qaytdi. Stol tennisi boʻyicha Sevara Krdirova 1999 yilda Shvetsiyada oʻtgan jahon yoshlar chem-pionatida jahon chempioni boʻddi. Shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida Olga Son 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni, yozgi biatlondan Mu-habbat Kandakova Yevropa ochiq chempionati gʻolibi, erkin kurash boʻyicha Rustam Mamajonov Osiyo kubogini, shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster Saidali Yoʻldoshev Xitoyda oʻtgan Osiyo chempionati gʻolibligini, boks boʻyicha Toʻlashboy Doniyorov xalqaro musobakalar gʻolibligini, aka-uka Baxtiyor va Shuhrat Bozorovlar kurash boʻyicha Oʻzbekistonning bir necha bor mutlaq gʻolibligini va xalqaro turnirlar gʻoliblari unvonini, aka-uka Joʻra va Mutalli Mamajonovlar karate boʻyicha AQSH va Vengriyada oʻtgan xalqaro turnirlar gʻolibligini qoʻlga kiritdilar. +Adabiyoti. +Namangan qadimdan xalq ogʻzaki ijodining deyarli barcha janrlariga boy oʻlkadir. Shu diyorda yaratilgan va keng tarqalgan ogʻzaki ijod namunalarini xalq qoʻshiqchilari, ertakchilari hozirgi kungacha saqlab kelganlar. Ulardan yozib olingan qoʻshiqlar, termalar, asotirlar, rivoyatlar va ertaklar bir qancha toʻplamlarga kiritilgan. Yangiqoʻrgʻon, Chortoq, Uchqoʻrgʻon, Norin, Namangan va boshqa tumanlarda xalq dostonchilik maktablari davom etgan. Uchqoʻrgʻonlik dostonchilardan 20-asrning 20-yillaridayoq "Yozi bilan Zebo" dostoni yozib olinib, keyinchalik nashr qilingan. +Yozma adabiyot Namanganda koʻhna asrlardan boshlab rivojlanib keldi. Bu oʻlka oʻz ijodiy uslubi, ovozi va soziga ega boʻlgan bir qancha isteʼdod egalarining vatanidir. Qad. Axsikent shahrida 11 – 12-asrlarda soʻz sanʼatining bir qancha yirik namoyandalari kamol top-dilar. Markazi Axsikent boʻlgan Namangan adabiy muhiti shakllanib taraqqiy eta boradi. Abu Rashid-Ahmad Axsikatiy, Abul Vafo Axsikatiylar oʻz davrining yetuk adib va olimlari edi. Yirik isteʼdod egasi Asiriddin Axsikatiy malik ush-shuaro va amiri shuaro unvonlariga sazovor boʻldi. Oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandasi Boborahim Mashrab shu oʻlkada voyaga yetdi. 18-asr oxiri – 19-asr 1-yarmidagi adabiyotning koʻzga koʻringan vakillari malik ush-shuaro Fazliy hamda Nodir, Gʻoziy, Majzub, Munshiy, Muxlis, Maxzun va boshqa oʻzbek adabiyoti xazinasiga salmoqli hissa qoʻshdilar. 19-asrning 2-yarmida Nodim, Shavqiy, Ibrat, Hayrat, Xilvatiy va boshqa shoirlardan iborat ijodkorlar guruhi Namanganda eʼtiborli bir adabiy muhitni vujudga keltirdi. Bu muhitda ijodiy kamolotga erishgan Muhammadsharif Soʻfizoda Oʻzbekiston soʻz sanʼatkorlari orasida birinchi boʻlib xalq shoiri faxriy unvonini oldi. Ishoqxon Ibrat va Muhammadsharif Sufizoda 20-asr boshlarida jadidchilik, milliy uygʻonish harakatining yetuk va-killari sifatida faoliyat kursatdilar. Ular uz sheʼrlarida xalqni gʻaflat va qoloklikdan chiqarish, millat ongini uygotish uchun ilm-maʼrifat zarurligini tashviq qildilar. Shoir Rafiq Moʻmin 20-asr 20-yillar sheʼriyatida erk va haqiqat kuychisi boʻlib tanildi. Benazir isteʼdod egasi Usmon Nosir oʻzbek adabiyotining yirik na-moyandalaridan edi. Zafar Diyor bolalarning sevimli shoiri bulib qoldi. Yuldosh Shamsharov, Parda Tursun oʻzbek nasri taraqqiyotida uz urinlariga ega boʻldilar. Chustiy, Shoʻxiy oʻz sheʼrlari bilan el orasida tanildi. +20-asrning 2-yarmidagi Namangan adabiy muhiti ijodkorlarga boy boʻldi. Jonrid Abdullaxonov, Turgʻun Poʻlat, Nuriddin Boboxoʻjayev, Husniddin Sharipov, Habib Saʼdulla, Dadaxon Nuriy, Ermuhammad Nurmamatov, Abdugʻani Abduvaliyev, Ahmad Tursun, Ziyoviddin Mansurov, Rustamjon Ummatov, Abdulla Jalil, Isoqjon Nishonov va boshqalar turli janrdagi asarlari bilan tanildilar. Shoir Habib Saʼdullaga Oʻzbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berildi. Namangan adabiy muhiti umumoʻzbek adabiyotining ajralmas, tarkibiy qismi sifatida rivoj topmoqda. +Namangan viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalarining (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar) viloyat boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. +Matbuot, radio va televideniyesi. +Namanganda 2 viloyat gazeta ("Namangan haqiqati", "Namanganskaya pravda"), 11 tuman gazeta, shahar gazetalari chiqadi. Viloyatda, shuningdek, tarmoq gazetalari va jurnallar nashr etiladi. +Namangan viloyatida dastlabki radioeshittirishlar 1932 yilda boshlangan. 1990 yildan viloyatda telestudiya tashkil etilib, telekoʻrsatuvlar berila boshladi. 2000 yilda yangi telemarkaz qurilib, foydalanishga topshirildi. Telemarkaz Germaniya "Simens" firmasining zamonaviy televideoapparaturasi bilan jihozlandi. +Meʼmorlik va arxeologik yodgorliklari. Viloyatda 85 arxeologik, 15 ga yaqin meʼmoriy yodgorlik boʻlib, shulardan kds. shahar va istehkomlar qoldiqlari: Axsikent (miloddan avvalgi 3–2-asrlar.), Munchoqtepa (jez davri), Oyritom, Mugʻtepa (antik davr) va boshqa; meʼmoriy yodgorliklardan: Jome masjidi (18-asr), Chodak madrasa-masjidi (18-asr), Shayx Ishoq Eshon (19-asr), Ota Valixon toʻra (20-asr), Haqqulobod (1903) masjidlari, Yusupxon Eshon (18-asr), Mavlono Lutfullo Chustiy (1913) meʼmoriy majmualari, Gʻoyib Nazar (1892), Mulla Qirgʻiz (1911 – 12) madrasalari, Xoʻja Amin (17-asr), Boy Hamadoniy (19-asr), Mavlono Namangoniy (1907) maqbaralari, Yusufboy Hoji uyi (20-asr boshlari) va boshqa mashhur. +Namangan maʼmuriy siyosiy boʻlinishi. +Tumanlar. +! || Tuman nomi || Tuman markazi + +Toshkent viloyati: +Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938 yil 15 yanvda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2,4 mln. kishidan ziyod (2004). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Toshkent shahri. +Tabiati. +Viloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Adelung togʻi (4301 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq–Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren–Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868 yilda Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966 yilda takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda. +Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 1,3°, –1,8°, eng past temperatura –34° (tekislikda), –38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha tempaturasi 26,8°, eng yuqori temperatura 43–47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350–400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo – oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari – Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqa Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor. +Tuproklari: tekislikda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500–600 m balandlikkacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqrrirokda oʻtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200–1400 m balandlikkacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʻshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va boshqa, Sirdaryo toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va boshqa, togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida „Chimyon“, „Burchmulla“, „Bogʻiston“, „Xumson“, „Oqtosh“ kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda „Toshkent mineral suvlari“ balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʻi (maydoni 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya styasi (1956 yildan) faoliyat koʻrsatadi. +Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi ilmfan, gʻunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi. +Hududiy boʻlinishi. +Vohaning iklim sharoiti, sersuvligi, dare boʻyi va togʻ oldi mintaqalarining yovvoyi oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga boyligi kdd. tosh davridayoq odam yashashi uchun qulay imkoniyat yaratgan. Toshkent viloyatining qad. aholisi toʻgʻrisida mil. av. 5–2asrlarga oid Yunon, Xitoy va boshqa Shark, manbalarida baʼzi maʼlumotlar saqlanib qolgan. Oʻlkani arxeologik jihatdan 19-asrda N. I. Veselovskiy, A. A. Divayev, N. P. Ostroumov, Ye. T. Smirnov va boshqa oʻrgandilar. 1920–30 yillarda M. V. Voyevodskiy, G. V. Grigoryev, V. D. Jukov va A. I. Terenojkinlar, 1941 yildan M. Ye. Massoy rahbarligida Oʻrta Osiyo universiteti arxeologiya kafedrasi aʼzolari, 1950 yildan Oʻzbekiston FAning arxeolog olimlari Ya. F. Gʻulomov, Oʻ. Islomov va R. H. Sulaymonovlar viloyat hududida tekshiruv ishlari olib bordilar. 1958 yildan Toshkent viloyatining oʻrta asr shaharlari va qad. konlarini Yu. F. Buryakov, 1966 yildan Toshkent shahrini V. A. Bulatova rahbarligidagi guruh ilmiy ravishda oʻrgangan. +Koʻp yillik tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati arxeologik xaritasiga 760 ta qad. manzilgoh, shahar va qishloq xarobasi, qad. konlar, qabristonlar, mudofaa va irrigatsiya inshootlari tushirildi. Toshkent viloyatida ibtidoiy odamlar krldirgan dastlabki izlar paleolit davriga toʻgʻri keladi. Bu davrga oid odamlar yashagan gorlar va och iq manzilgoxlardan biri Koʻlbuloq makonidir. Koʻlbuloq yaqinidagi Qizilolmasoy va Qoʻshsoydan qad. tosh qurollar yasalgan ustaxona topilgan. Mustye davriga oid manzilgoxlar Obirahmat gʻorildm, Xoʻjakent qishlogʻi yaqinidan, Chirchiq vohasida esa Qoraqamish va Shoʻralisoydan topilgan. Yangi tosh davri (neolit)ga oid ashyo Toshkent shahrining garbida Qoʻshilish degan joydan topilgan. Bu davrda kurollar maydalashgan va soni koʻpaygan. Toshkent viloyatiningjez davri (mil. av. 2ming yillik) topilmalari Andronovo, Tozabogʻyop madaniyatiga oiddir. Tosh va toʻkma tuproqdan qilingan qabriston qoʻrgʻonlar Chirchiq va uning irmoqlari boʻyida, Obirahmat, Burchmulla (qarang Burchmulla xazinasi) qishloqlari, Iskandar shaharchalarida ochilgan. Qabrlardan Andronovo madaniyatiga xos qoʻlda yasalgan sopol idishlar, bilaguzuk, marvarid va marjonlar topilgan. Jez davridan boshlab rangdor va qimmatbaho metallar togʻ yon bagʻridagi konlardan qazib olina boshlagan. Temir davrida viloyat xududida skif qabilalarning sakmassaget ittifoqiga kirgan elatlar yashagan. Ularga tegishli yodgorliklar mil. av. 6–4asrlarga oiddir. Bu davr qabristonlaridan (Burchmulla yaqinida) tirnab bezalgan sopol idishlar, tosh va kumushdan yasalgan zebziynat buyumlari topilgan. Chirchiq vodiysida Burganlisoydan temir davriga oid sopol, metall, toshdan yasalgan uyroʻzgʻor buyumlari, jumladan, choynaksimon tumshukli va quloqli qozonlar va mehnat qurollari topilib oʻrganilgan. Idishlar dumaloqshaklda boʻlib, sirtiga angob boʻyogʻi berilgan. Mil. av. 1 – mil.ning 1-asrlarida Toshkent viloyati hozirgi hududi Qangʻ davlati tarkibiga kirgan. Toshkent viloyati oʻtroq xalklarining madaniyati koʻshni koʻchmanchi chorvador xalklar madaniyati bilan chambarchas aloqada boʻlgan. Koʻchmanchi chorvador xalqlar yodgorliklaridan Qovunchitepa yaxshi oʻrganilgan. Ohangaron daryosining quyi oqimida joylashgan Qanqa (qarang Xarashkat) xarobasi eng qad. shaharlardan biri boʻlgan. Shahar mil. av. 3–2 asrlarda vujudga kelgan. 1-asrga oid shaharlar Sirdaryo vodiysida Banokat, OhangaronOqqoʻrgʻon oraligʻida Kindiktepa va Qovunchitepalar boʻlgan. Bu yerlardan Toshkent hokimligining birinchi tanga pullari topilgan. Bu davrda hamma mayda shahar va qoʻrgʻonlar Shosh (Choch) va Iloq (Eloq)qa birlashgan. 7-asrda qalʼalari va mayda shaharchalari koʻpligi uchun Shoshni ming qalʼali davlat deb taʼriflaganlar. Shulardan biri Toshkentning shimolida (hozirgi shahar hududida) joylashgan Oqtepa qoʻrgʻoni boʻlib, u mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Ilk oʻrta asr shaharlarining arki va shahristoni boʻlgan. +Shaharlarda hukumat uylari, savdo va xunarmandchilik rastalari tartib bilan joylashgan. Ularning maydoni 20 ga dan 65 ga gacha yetadi. Atrofdagi togʻlardan oltin, kumush, mis qazib olish natijasida hunarmandchilik yuksalgan. Kulolchilik va chorvachilik rivojlangan. Shosh va Iloq davlatlari oʻz nomlaridan tanga pullar zarb qilgan. Tangalarning yuz tomoniga vahshiy hayvonning rasmi (silovsin yoki bars), orqa tomoniga panshaxaga oʻxshash tam/a tushirilgan. +Ilk oʻrta asrlarda aholi oʻrtasida otashparastlik keng yoyilgan. Ossuariyga odam suyaklari solib koʻmilgan qabrlar Toʻytepa, Qoraxitoy va Tuyaboʻgʻizdan (qarang Tuyaboʻgʻiztepa) topilgan. Ossuariylar tuxumsimon shaklda boʻlib, qopqogʻiga hayvon suratlari solingan. +9–10-asrlarda Toshkent viloyati Somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda shaharlar har tomonlama rivojlangan. 10-asr arab geograflari Istaxriy, Muqaddasiy va boshqa koʻrsatishicha, Xuroson va Movarounnahrda Shosh viloyati eng koʻp shagʻarli (40 taga yaqin) oʻlka boʻlgan. Eng yirik shaharlardan viloyat poytaxti Binkat, Iloq (Eloq) davlatining poytaxti Tunkat va yirik savdohunarmandchilik markazlari Xarashkat, Shuturkat, Nujkat boʻlgan. +Qadimgi shahar xarobalarida oʻtkazilgan qazilmalar shaharlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va kengayishi har xil tarzda kechganligini koʻrsatadi. Shaharlar poytaxt boʻlgani, karvon yoʻllari ustiga joylashgani, konlardan yaxshi foydalangani va chorvador koʻchmanchi xalqlar bilan aloqada boʻlgani uchun rivojlangan. Shaharlarning maydoni 20 ga dan 200 ga gacha boʻlgan. Toshkent viloyati hududidan oʻtgan 2 mashhur karvon yoʻlining birinchisi Sirdaryo, Binkat, Xarashkat, Xudoykat orqali, ikkinchisi bir oz shim.rokdan Chinozkat, Shuturkat, Dafnigankat, Isfijob orqali oʻtgan. 9–10-asrlarda konchili k ishlari, metall eritish, kulolchilik va toʻqimachilik taraqqiy etgan. 10-asr geograflarining maʼlumotlariga koʻra, Shosh, Ilokdan har xil matolar, gilamlar, teridan ishlangan ashyolar, harbiy qurollar, egarlar, metall buyumlar, chorvachilik mahsulotlari va gʻalla tashqariga chiqarilgan. +Toshkent hunarmandlari tomonidan yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, qurolaslahalar butu n sharqsa shuhrat qozongan. +Toshkent vohasi oʻz tarixida takdirning koʻp sinovlarini, shahar va qishlokdarni vayronaga aylantirgan moʻgʻullar bosqini kabi ogʻir davrlarni boshidan kechirgan. Tarixiy manoalardan maʼlum boʻlishicha, faqat Amir Temur davriga kelib, vohada qaytadan rivojlanish boshlangan. Koʻplab shaharqishloklar yangidan kad rostlab, obod boʻlgan. Viloyat hududidagi mashhur Zangiota majmuasi Amir Temur tomonidan qurildi. Bu yodgorlik majmuining qurib bitkazilishi keyinchalik Mirzo Ulugʻbek tomonidan oxiriga yetkazilgan. +Tarixdan maʼlumki, sohibqiron Amir Temur Toshkent sh. va Toshkent vohasiga koʻp marta tashrif buyurgan. Sirdaryo boʻyidagi moʻgʻullar vayron qilgan Banokat shahrini qayta tiklab uni oʻgʻli Shohrux nomiga Shohruxiya deb atagan. +Aholisi. +Toshkent viloyatidagi aholining zichligi oʻrtacha 1 km² ga 157 kishini tashkil etadi, asosan, oʻzbeklar (60,9 %), shuningdek, rus (8,1 %), qozoq (14,3 %), tatar (2,5 %), tojik (5,0 %), koreys (2,8 %), ukrain va boshqa millat (turk, qirgʻiz, uygʻur, nemis va boshqa jami 80 millat) vakillari yashaydi (2004). Chorvokdan tortib Sirdaryogacha viloyat aholisi zich joylashgan. Ayniqsa, bir qancha yirik shaharlar zanjiridan tashkil topgan Toshkent aglomeratsiyasida aholi juda koʻp. Toshkent viloyatidagi koʻpchilik shaharlar poytaxtni ulkan shoda shaklida oʻrab olgan. +Iqtisodiyoti. +Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iktisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xoʻjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20 %ni, elektr energiyasining 45 %ni, koʻmirning 98 %ni, sementning 43 %ni, poʻlat va metall prokatining 100 %ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʻshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi. Eng muximlari: „Gʻishtchi“ (Angren), „Agat va Farhod“ (Boʻstonliq tumani), „Metallurfemont“ (Bekobod), „Orion“ (Qibray tumani). +Sanoatining yetakchi tarmoklari – energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash. +Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinati ishlab turibdi. +Chirchikdagi „Elektrkimyosanoat“, Olmalikdagi „Ammofos“ va Angrendagi „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va boshqa tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. „Oʻzbekkimyomash“, „Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“, „Transformator“ korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chikariladi. +Viloyatdagi „Toshkenttibtexnika“ (Qibray tumani), „OʻzBMZ“ (Toshkent tumani), „Gidravlika“, „Uskuna quruvchi“ (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, „Angrengazmash“ (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi. +Viloyatda, shuningdek, „Ohangaronsement“, „Santexquyma“, „Ohangaronshifer“, „Ohangaronlinplast“, „Bekobodsemtaʼmir“, „Gʻazalkentoyna“ kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temirbeton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi. +Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat goʻshtsut, yogʻmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va boshqa tarmoklarni oʻz ichiga oladi. +Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va boshqalarga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fabrikalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren shaharlari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp. +Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72 %ni tashkil etadi (2004). +Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda. +Toshkent viloyati 1990-yillargacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Toshkent viloyatida 168 shirkat xoʻjaligi, 8 parrandachilik fabrikasi bor. Chorvachilik goʻshtsutga ixtisoslashgan. +Toshkent viloyatidagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003). +Chirchiq – Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʻrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi. +Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren shaharlari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olma oʻstiriladi. Bogʻlarning asosiy qismi Boʻstonliq, Qibray, Yangiyoʻl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʻli va togʻ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʻy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40 % angor echkilari, qoʻylar esa hisor va jaydari qoʻylardir. +Viloyatda Quyi Chirchiq „Baliqchi“ tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʻl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʻjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va boshqa bor. +Transport. +Toshkent viloyatidagi temir yoʻl uzunligi 354,2 km. Viloyat hududidan Oʻrta Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa shaharlari bilan bogʻlaydigan temir yoʻl liniyasi (shu jumladan, Moskva – Toshkent – Turkmanboshi) oʻtadi. Angren sh. va Chorvoq shaharchasi yoʻnalishidagi temir yoʻl tarmoqlari Toshkentdan boshlanadi. Toshkent atrofidagi temir yo'l elektrlashtirilgan. 2004 yildan boshlab Toshkent – Samarkand yoʻlovchilar tashuvchi elektr poyezdi qatnay boshladi. Viloyatda avtomobil yoʻllarining tarmogʻi zich. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 6,6 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi – 5,9 ming km). Muhim avtomobil yoʻllari: Katta Oʻzbekiston trakti, Toshkent–Andijon–Oʻsh– Qashqar avtomobil yoʻli. +Madaniy maorif, sogʻliqni saqlash va sport. +2003/04 oʻquv yilida viloyatda 897 umumiy taʼlim maktabida 519,8 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi, 2 mehribonlik uyi (264 tarbiyalanuvchi) faoliyat koʻrsatdi. +Viloyatda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yangi taʼlim tizimi shakllanmoqda. 2000 yilda viloyatning 45 nafar oʻquvchisi „Umid“ jamgʻarmasi orqali chet ellardagi nufuzli oliy oʻquv yurtlariga joʻnatildi. 2004 yilda Boʻstonliq tumanidagi 38maktab qoshida AQSH USAJD tashkilotining Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda sport va sogʻlomlashtirishni targʻibot qilish dasturi asosida maktab oʻquvchilari bilan sport haftaligi oʻtkazildi. Toshkent viloyatining barcha shaharlarida hamda Qibray, Piskent tumanlarida „Bogʻchamaktab“ majmualari tashkil etilgan. Bu majmualarda bolalarga chet tili, kompyuter savodxonligini oʻrgatish, alifbosiz oʻqishga eʼtibor berilgan. „Mehr va muruvvat yili“ munosabati bilan Olmaliq shahridagi 80sonli maxsus internat maktabi binosini mukammal taʼmirlash uchun Olmaliq togʻmetallurgiya kombinati tomonidan 350 mln soʻm miqdorida mablagʻ ajratilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 1998–2003 yillarda yangi qurilish va qayta taʼmirlash hisobiga 29 ta kasbhunar kolleji, 4 akademik litsey foydalanishga topshirildi. Toshkent viloyati oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi boshqarmasi tasarrufida 4 akademik litsey va 67 ta kasbhunar kolleji mavjud boʻlib ularda 57,4 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda. 2004 yilda Toʻytepa shahrida ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kolleji foydalanishga topshiriladi. +Akademik litsey va kasbhunar kollejlarini oʻquvlaboratoriya jihozlari va uskunalari bilan taʼminlash, turli mavzularda ilmiyamaliy seminar oʻtkazish loyihalari boʻyicha tanlovlar tashkil qilish borasida Janubiy Koreya, Germaniya davlatlari bilan hamkorlik qilinmoqda. +Oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi tizimi boʻyicha 2003 yilda Amerika hamkorlik tashkiloti (AKSELS) tomonidan „Aʼlo taʼlim uchun mukofot“ dasturi asosida litseylar va kasbxunar kollejlari direktorlari, ingliz tili oʻqituvchilarining taqdimot seminarlari oʻtkazildi. +2004 yilda 757 oʻquvchi oʻqishni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Viloyatda 2 oliy oʻquv yurti (Toshkent agrar unti, Toshkent viloyat pedagogika instituti) bor. Ularda 10,1 ming talaba taʼlim oladi (2004). +Toshkent viloyatida eng yirik i.t. institutlari, bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik, gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik va oʻrmon xoʻjaligi, sugʻorish texnikasi i.t. institutlari, qishloq xoʻjaligi.gini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish Oʻrta Osiyo instituti, Oʻrta Osiyo rangli metallurgiya loyigʻalash, Sholikorlik i.t. instituti va boshqa joylashgan. +Toshkent viloyatida 4 oʻlkashunoslik muzeyi, 501 ommaviy kutubxona (7141,6 ming nusxa asar), 169 klub muassasasi, 35 bolalar musiqa va sanʼat maktabi (6323 oʻquvchi), madaniyat uylari, 746 badiiy havaskorlik jamoalari, 3 madaniyat va istirohat bogʻi bor. Toshkent viloyati va Toshkent shahridan Toʻychi hofiz, Zokirovlar, Rajabovlar sulolalari, akauka Shojalilovlar; Oʻzbekiston xalq hofizlari: Muhammadjon Karimov, Faxriddin Umarov, Ochilxon Otaxonov; Oʻzbekiston xalq artistlari: Turgʻun Alimatov, Orif Alimahsumov, Nuriddin Haydarov, Oʻzbekistonda xizmat I ■ ‘ koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov va boshqa yetishib chiqdilar. Viloyatda xalq hunarmandchiligi rivojlangan. +Sogʻliqni saqlash. Toshkent viloyatida 10361 oʻrinli 96 kasalxona muassasasi, 42 dorixona, viloyat tez tibbiy yordam markazi boʻlimlari, 334 ambulatoriyapoliklinika muassasasi ishlab turibdi. Shulardan 174 qishloq vrachlik punkta, 43 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 11 stomatologiya poliklinikam, talabalar poliklinikasi va 195 feldsherakusherlik punkti va boshqa tibbiyot muassasalari faoliyat koʻrsatadi. +Toshkent viloyatida oʻtgan 1996–2003 yillar mobaynida 174 qishloq vrachlik punktlari barpo etildi, 119 qishlok, shifokorlik ambulatoriyasi va feldsherakusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. 1999– 2003 yillarda viloyatda 150 oʻrinli viloyat klinik shifoxonasi, 170 oʻrinli viloyat tugʻruq majmuasi, 90 oʻrinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 60 oʻrinli narkologiya dispanseri, 120 oʻrinli viloyat ruhiyasab kasalliklari dispanseri, 100 oʻrinli viloyat silga qarshi kurash dispanseri, ayollar reproduktiv salomatligini tiklash markazi, Yuqori Chirchiq tumanida 40 oʻrinli „Nuroniy“ shifoxonasi, Bekobod, Toshkent, Oʻrta Chirchiq, Qibray tumanlarida yangi tugʻruq majmualari ishga tushirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbobuskunalar bilan jihozlandi. Toshkent viloyatidagi barcha tibbiy muassasalarda 5032 dan ziyod vrach, 22106 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Viloyat hududida 95 ta bolalar oromgoxdari, 5 ta dam olish zonalari, 10 sanatoriy, 14 ta sanatoriyprofilaktoriy, 3 dam olish uylari, 7 ta pansionat, 2 bolalar sanatoriysi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent shahridan 90 km shim.sharkda Chatqol togʻ yon bagʻirlarida „Chimyon“ dam olish zonasi joylashgan. +Sport. +Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, mini futbol, qoʻl toʻpi, shaxmat va boshqa boʻyicha sportchilar mamlakat musobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Toshkent viloyatida 49 stadion, sport majmuasi, 16 suzish havzasi, 38 tennis korti, otchopar, velotrek, 624 sport zali, 45 otish tiri, 683 basketbol, 994 voleybol, 359 qoʻl toʻpi, 667 futbol maydoni bor. Bugungi kunda 1701 ta jismoniy tarbiya va jamoalarida 600 mingga yaqin kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. +Oʻtgan davr mobaynida viloyatda oʻnlab jahon, Osiyo, respublika chempionlari yetishib chikdi. D. Mansurov erkin kurash, R. Saidov va I. Alborovlar boks, E. Akbarov, S. Zokirov, A. Bobojonov va M. Kalikulovlar dzyudo, M. Inoyatova stol tennisi, D. Turchin, M. Tarasov, Yu. Borzova. D. Strijkovlar baydarka va kanoe, V. Smirnov yengil atletika, S. Soy suzish boʻyicha Afina 2004 Olimpiadasiga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishdi. Katar davlati poytaxti Doxa shahrida boʻlib oʻtgan stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatida A. Dyugay oltin medalga sazovor boʻddi. 2004 yil may oyida Dogʻistonning Maxachqala shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro turnirida D. Mansurov 1oʻrinni egalladi. Viloyat jamoasi respublika miqyosida uloq, yengil atletika, boks, dzyudo, stol tennisi, qoʻl toʻpi, voleybol va boshqa sport turlari boʻyicha 1 va sovrinli oʻrinlar sohiblari boʻlishdi. +Viloyatda sport turlari orasida futbol tobora ommaviylashmoqda. Futbol boʻyicha mamlakat chempionatining oliy ligasida „Doʻstlik“ (Toshkent viloyati), „Metallurg“ (Bekobod), „Kimyogar“ (Chirchiq), „Semurgʻ“ (Angren) jamoalari viloyat sharafini himoya qilmoqdalar. „Doʻstlik“ komandasi ikki bor mamlakat chempioni va bir marta billur sovrini sohibi boʻldi. +Toshkent viloyatida xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1toifadagi sportchilar tayyorlandi. +Adabiyoti. +Toshkent vohasi Sharq adabiyotining qad. markazlaridan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab yozilgan asarida Mavlono Lutfiyning ona vatani Toshkent boʻlgan, degan fikr ilgari surilgan. 14–16-asrlarda shoir Badriddin Chochiy, mashhur tarixchi, huquqshunos, tarjimon Koʻhakiy, 16-asrda Zayniddin Vosifiy T.da yashab ijod qilganlar. Xoja Ahror taklifi bilan Toshkentda Jomiy ham boʻlgan va ulugʻ mozorotlarni ziyorat qilgan. Toshkentlik tarixchi va geofaf olim Muhammad Solih „Tarixi jadidai Toshkand“ asarini yezdi. Dilkash, Gulshan, Almaiy, Kamiy kabi shoirlar voya ga yetdi. Avloniy, Nozimaxonim, Mirmuxsin Shermuhamedov, Sidqiy Xondayliqiy (Shavkat), Xislat, Miskin, Tavallo kabi isteʼdodlar yetishib chikdi. Shoir Akmal yetuk olim sifatida ham nom chiqargan. Dilafgorning toshbosmada devoni chop qilingan, Elbek turkologtilshunos, tarjimon va jurnalist sifatida ijod qildi. 20-asrning 20–30-yillaridagi Toshkent adabiy hayotida Abdulla Qodiriy, Oybek, Gʻafur Gʻulom. Botu, Ziyo Sayd, Oydin, Zulfiya, Gʻayratiylarning oʻrni katta. Toshkent viloyatida V. Gʻafurov, A. Ubaydullayev, Muzayyana Alaviya, M. Samadov, Usmon Umrzodalar ijod qiddilar. Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfi, yozuvchi H. Sultanov, shoirlar Abdulla Sher, Sh. Salimova, M. Toirov, O. Otaxonovlar Toshkent viloyatida tugʻilib kamol topgan adabiyot namoyandalaridir. Matbuot, radio va televideniyesi. +Toshkent viloyatida 2 ta viloyat („Toshkent haqiqati“, „Tashkentskaya pravda“), 16 tuman, 9 shahar gazeta chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 17 tarmoq, 7 jamoat gazeta va 1 jurnali nashr etiladi. 38 matbaa korxonasi faoliyat koʻrsatadi. +Toshkent viloyatida (Toshkent shahrida) tajriba radioeshittirishlar dastlab 1926 yil boshlangan. 1927 yil 11 fevralda quvvati 2 kVt boʻlgan ommaviy radiostansiya ishga tushirilib, muntazam radioeshittirishlar olib borilgan. 1929 yildan boshlab muntazam radiogazeta eshittirishlari berilgan. 1930 yildan quvvati 20 kVt boʻlgan RV radiostansiyasi ishlay boshlagan. +Respublika miqyosidagi eshittirishlardan tashqari, Toshkent shahar va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirish bosh tahririyati tayyorlagan eshittirishlar beriladi (1971 yildan). Shuningdek, „Oriat Dono“, „Oriat GʻM“ radiostansiyalari faoliyat koʻrsatadi. +Televizion eshittirishlar 1956 yil 5 noyabrdan boshlangan. 1971 yildan rangli televizion koʻrsatuvlar berilmoqda. Toshkent sh. va Toshkent viloyati uchun moʻljallangan koʻrsatuvlar bosh tahririyati „Oʻzbekiston“ axborot dasturi, „Shahar yumushlari“, „Davra suhbati“, „Muloqot“, „Hamshaharlar“, „Shahar portreti“, „Oila“, „Mezon“, „Oltin beshik“, „Bahs“ kabi koʻrsatuv turkumlarini tayyorlaydi. Viloyatda, shuningdek, „Olmaliq–TV“, „Poʻlat“, „Chirchiq–TV“, „Bekobod oynai jahon“, „Orbita TRK“ telestudiyalari ishlab turibdi. +Meʼmoriy yodgorliklari. Viloyat hududida ilk oʻrta asrlarda bunyod etilgan shahar, koʻshk va saroylar xaroba holida tuproq ostida qolib ketgan. Oʻrta asrlarga oid yirik meʼmoriy binolarning aksari kismi Tbshkent shahrida bunyod etilgan. Ulardan 14–19alarda qurilgan maqbara va madrasalarning ayrimlarigina hozirgacha saqlangan. +Zangiota majmuasi Toshkent viloyatidagi eng mashhur, Oʻrta Osiyodagi noyob meʼmoriy yodgorlikdir. Zangiota qishlogʻida joylashgan mazkur yodgorlik 15– 20-asrlar davomida qurilgan. Zangiota maqbarasi, peshtoqli ayvon, ziyoratxona, goʻrxonalardan iborat. Majmua tarkibida Anbar bibi maqbarasi ham bor. +Bekobod tumanida Qizilmozor maqbarasi joylashgan. Toshkent viloyatidagi tuman markazlarida Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga, jumladan Chirchiq shahriga kiraverishda, Boʻzsuv kanali sohilida, Yangiyoʻl shahrida, Parkent shahridagi yodgorliklar oʻrnatilgan. +Tabiati. +Xar bir viloyat, tuman, xar kaysi shahar va kishlok-xammasining uziga xos kiyofasi, fayzu tarovati bor. Shular orasida Toshkent viloyati aloxida ajralib turadi. Toshkent viloyati deganda, inson kuz ungida Chotkrl, Ugam, Kurama, Chimyon kabi purvikrr toglari, serxrsil dalalari, ulkan sanoat korxonalari, zamonaviy shaharlari, fayzli va tarovatli kishlokgshri, sulim bogu poflari bulgan guzal bir voxa namoyon buladi. +Bu tupima ran emas. Yukoridagi fikrlar yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan 1999 yil dekabr oyida viloyat saylovchilari bilan bulgan uchrashuvda bildirilgan. +Prezident Toshkent viloyati xakida suz yuritar ekan, bu voxaning Buyuk ipak yulidagi ilm-fan, xunarmandchilik, madaniyat tarakkiy etgan makonlardan biri bulganligiga aloxida eʼtibor karatdi. +Prezident Toshkent viloyati xakida suz yuritar ekan, bu voxaning Buyuk ipak yulidagi ilm-fan, kunarmandchilik madaniyat tarakkiy etgan makonlardan biri bulganligiga aloxida eʼtibor karatdi. +Darxakikat, Xujakent yakinidagi gordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining koldiklari va koyalardagi suratlar bu voxdtsa ajdodlarimiz juda uzok zamonlardan beri yashab kelganidan dalolat beradi. +Buni bukj alloma Muxammad al-Xorazmiy, mashxur tarixchi at-Tabariy, jugrofiya olimi al-Istaxriy va boshkalar krldirgan muxim maʼlumotlar xam tasdiklaydi. Bu erda yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, kurol-aslaxalar butun Sharkda shuxrat kozongan. Bizgacha etib kelgan „Xudud al-olam“ nomli tarixiy kitobda: „Choch – bu katta viloyat, xalki jangovar va saxiydir. U erda kamon va uk-yoy yasaladi“, – degan suzlar bitilgani x.am buni yakkrl isbotlaydi. +Bu mukaddas zamin uz tarixida takdirning kup-kup sinovlarini, shahar va kishloklarni vaironaga ailantirgan mugullar boskini kabi balo-kazolarni xam boshidan kechirgan. +Zangi OtaTarixiy manbalarning shoxidlik berishicha, fakat sox;ibkiron Amir Temurdavriga kelib, voxdtsa kaytadan rivojlanish boshlangan. Kuplab shahar-kishloklar yangidan kad rostlab, obod bulgan. +Shu maʼnoda viloyat xududidagi mashxur sufiy alloma Oyxuja ibn Toshxuja Zangiota makbarasining bunyod etilishi bilan boglik ibratli tarixiy voqealar teran ramziy maʼnoga ega, desak xech kanday mubolaga bulmaydi. +Maʼlumki, bobomiz Amir Temur xazrat Yassaviyga makbara kurish xarakatini boshlaganida, nima uchundir, ish xadeganda yurishavermagan. Bu xrlning sababini bilolmay, xayron bulib yurganida, u bir kechasi tush kuradi. Tushida nuroniy bir zot Yassaviyga makbara kurishdan avval Zangiotaning kabrini obod kilish lozimligini soxibkiron bobomizga ayon kiladi. +Shunda Amir Temur Zangiota ruxini shod etish uchun maxbara kurishga kirishadi. Bu muxdasham yodgorlik majmuining kurilishi keyinchalik Ulugbek Mirzo tomonidan oxiriga etkaziladi. +Butun islom dunyosida maʼlum va mashxur Zangiota majmuining keyingi yillarda tubdan kayta taʼmirlanib, guzal va obod bir ziyoratgoxga aylantirilgani viloyat axlining savobli ishlaridan biridir. +Yana bir misol. Tarixdan maʼlumki, buyuk soxibkiron Amir Temur mamlakatimiz poytaxtiga, Toshkent viloyatiga juda kup tashrif buyurgan. Chinoz, Okkurgon tumanlarida buyuk zotning muborak izlari krlgan. Xatto Okkurgon tumanida Banikent nomli shaharni kayta tiklab, uni sevimli farzandi Shoxrux nomiga „Shoxruxiya“ deb atagan. +Xozirgi Okkurgon tumanida joylashgan bu azim gusha, jaxrngir bobomiz bunyod etgan shahar – Shoxruxiyada Amir Temur bogi barpo etilgan. +Bu misollar ushbu zaminning nakadar mukaddasligidan dalolat beradi. +Bu mukaddas zaminda muborak izlari kolgan Xoja Axror Valiy, Shayx Umar Bogistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Xrfiz Kuykiy kabi zoti shariflarning xar biri xakida uzok gapirish mumkin +Toshkent viloyati ulkan va noyob saloxiyatga ega. Bu erdagi bexisob imkoniyatlar, rivojlangan kommunikatsiya tarmoklarini olasizmi, shakllangan infratuzilmani olasizmi, suv taʼminoti yoki yuksak malakali kadrlarni olasizmi – ularning barchasi Toshkent viloyatida mavjud. +Bugungi kunimiz va ertangi xayotimizning tarakkiyoti ustida ishlayotgan, ilmu fan va maʼrifat sohasiga uzining munosib xissasini kushayotgan kuplab tashkilotlarning xizmatini aloxida taʼkidlash lozim. +Viloyat xududida birgina kishlok xujaligi muammolari bilan shugullanuvchi undan ortix ilmiy tekshirish instituti, nufuzli tadkikrt markazlari ishlab turibdi. +Bu erda usimliklar genetikasi, sholikorlik kartoshka va sabzavotchilik paxtachilikka ixtisoslashgan bir kator ilmiy tadkikrt institutlari, Shreder nomidagi Uzumchilik va bogdorchilik ilmiy ishlab chikarish birlashmasi, respublikamizning barcha viloyatlariga mutaxassislar tayyorlab berayotgan, mamlakatimizda yagona bulgan Agrar universitet faoliyat kursatmokda. +Shu nuxtai nazardan Toshkent viloyati xalk xujaligi sohasida paydo bulayotgan barcha yangilik va ixtirolarni sinab kuradigan katta bir tajriba maydoni, deb nom olgan bulsa, bu xam tabiiy bir xrldir. +Bunyodkorlik voxasi deb nom olgan viloyatning fayzu tarovati va boshka uziga xos xususiyatlari yana nimada namoyon buladi?! Yaxshisi, shu xakda: +Toshkent viloyati Oz'bekiston Respublikasining shimoliy-shartsida joylashgan. Maydoni 15.3 ming kv.km. Viloyatda 15 ta tuman, 16 ta shahar, 18 ta shahar kurgoni va 146 ta kishlok fukarolari yiginlari mavjud. Mamlakat poytaxti – Toshkent shahri bir vakxning uzida viloyatning maʼmuriy markazi xamdir. +Yirik shaharlari: Angren, Chirchik, Olmalik, Bekobod, Yangiyul va Oxangarondir. +Viloyatda 2,4 mln. kishi istikrmat kiladi va axrli soni jixatidan respublikada uchinchi urinda turadi. Axrli zichligi jixatidan xar bir kv.km.ga 155 kishi tugri keladi.axolining milliy tarkibi: uzbeklar, ruslar, kozoklar, tojiklar, kirgizlar, uygurlar, tatarlar, koreyslar, ukrainlar va boshka 80 ga yakin millat xam da elatlardan iborat. +Viloyatning shimoliy-sharkiy va sharkiy kismini Chotkol, xurama, Pekom va Ugam tizma togpari tashkil kiladi. Xududining katta kismi janub va janubiy garbga tomon Sirdaryoga kiya tushgan togoldi tekisligidan iborat. Viloyat yukrri seysmik zonada joylashgan. Ik/1imi kontinental. 1 xishi nam, nisbatan yumshok Yozi issik, KURUK-Yanvarning urtacha xarorati – 1.3 S dan – 1.8 S gacha, iyulniki 26.8 S. Yiliga tekisliklarga 250 mm, togoldilariga 350–400 mm, togparga 500 mm. yogin tushadi. Kor koplami fakat toglarda turgun. Vegetatsiya davri tekisliklarda kariyb 210 kun. Asosiy daryolari: Sirdaryo (Toshkent viloyatida uzunligi 125 km) va uning irmokgshri, Chirchik; (Pekom bilan birga) xamda Angren xisoblanadi. +Tekislikda buz tuprok, togoldilarida (500–600 m. balandlikkacha) – tipik buztuprok, undan yukorida chimli-kungir, utloki – dasht tuproklar tarkalgan. Dare terassalarining kuyi kismida, shuningdek er osti suvlari er yuzasiga yakin joylarda, dare vodiylarida allyuvial tuprok/iap bor. Tekislik kismi xaydalib, ekin ekiladi. Fakat Sirdaryo soxillarida tukayzorlar bor. Toglarrr 1200–1400 m. balandlikkacha togdashtlari, undan yukrrida archazorlar, 2000 metrdan yukorida subalp va alp utloklari uchraydi. + +Gagra: +Gagra — Gruziyaning Abxaziya Respublikasidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 26,6 ming kishi (1990-yillar urtalari). Dengiz boʻyi iqlimiy va balneologik kurort. Yozi issiq (avg .ning oʻrtacha temperaturasi 23°), qishi yumshoq (yanv.ning Urtacha temperaturasi 6°), yiliga 1400 mm gacha yogʻin tushadi. Aerogeliotalassoterapiya va vodorod sulfidli suv bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. Nafas yoʻllari, qon aylanish organlari, nerv sistemasi davolanadi. Sanatoriylar, dam olish uylari, pansionatlar, turbaza bor. May oyidan okt.gacha dengizda chumilish mumkin. Oziq-ovqat sanoati korxonalari (goʻsht kombinati, sut, vino, baliq zavodlari) va kurortga xizmat qiluvchi korxonalar bor. + +Oʻzbek tili: +Oʻzbek tili (Oʻzbekcha yoki Turkiy Oʻzbekcha) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi. +Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda takomillashtirildi. +Oʻzbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi: +Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan. +XI—XIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lugʻatit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissai Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan. +XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan. +XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi oʻzbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi oʻzbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi. +Oʻzbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi. +Eski oʻzbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi. +Grammatikasi. +Kelishiklar. +Oʻzbek tilida 6 ta kelishik bor. +Leksikasi. +Hozirgi oʻzbek adabiy tilining lugʻat tarkibi asosan, 5 manba negizida tashkil topgan : +Umumturkiy soʻzlar koʻpchilik turkiy tillarda hozir ham ishlatiladigan barcha turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan koʻpgina soʻzlar borki ular azaldan turkiy qabilalar tilida mavjud edi, ular hozir ham ishlatiladi. Masalan: kishi, ot, qoʻl, oyoq… +Oʻzbekcha soʻzlar oʻzbek tili sharoitida, oʻzbek tili yoki boshqa til elementlari yordamida koʻpgina soʻzlar yaratilgan. Masalan: ishxona, soʻroq, ulfatchilik, bogʻdorchilik… +Fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar hozirgi oʻzbek tilida tubandagi kabi soʻzlar bor. Ular dasturxon, chiroq, parda, marvarid, marjon… +Arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar. Arab soʻzlari oʻzbek tiliga VII—VIII asrlardan boshlab kiradi. Bu hol arablarning shu davrda Oʻrta Osiyoni jabt etishlari bilan bogʻliq. Hozirgi oʻzbek tilida arab tilidan kirgan quyidagi kabi soʻzlar mavjud: kasb, mehnat, hayvon, ittifoq, millat… +Arab soʻzlari birinchidan kitob, madrasa, din, davlat tuzimi orqali kirgan. Ikkinchidan Eroni tillar orqali kirgan. Uni masalan arab soʻzlariga tojikcha morfemalar qoʻshib yasalgan. Masalan: darxaqiqat, mansabdor, mulkdor, baquvvat… kabi soʻzlardan bilsa boʻladi. +Rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar. Oʻzbek milliy tilining shakillanishi va rivojlanishida rus millatining tili gʻoyat katta rol oʻynaydi. Rus xalqi bilan oʻzbek xalqi orasidagi yaqin aloqa, ayniqsa ruslarning iqtisodiy va madaniy taʼsiri rus tilidan ruscha va yevropa tillariga oid soʻzlkarning oʻzbek tiliga kirishiga sabab boʻlgan. Rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar: fabrika, gimnaziya, doktor, shapka… +Yozuvi. +Tarixda oʻzbek tilini yozish uchun koʻp alifbolardan qoʻllanilgan. 1928-yilgacha savodli kishilar oʻzbek tilini arab yozuvida yozishgan. 1928-yildan 1940-yilgacha oʻzbek tili lotin yozuvida yozilgan. 1940-yil Iosif Stalinning buyrugʻi bilan majburan kirill yozuviga oʻtilgan. 1992-yilgacha oʻzbek tili shu yozuvda yozilgan. 1993-yil Oʻzbekiston rasman lotin yozuvini yana qaytadan kirgizdi. Hozirda Oʻzbekistonda taʼlim joylarida lotin yozuvidan qoʻllaniladi. Shunday boʻlsa ham yoshi kattalar va Oʻzbekiston tashqarisida yashaydigan oʻzbeklar hali ham kirill yozuvidan qoʻllanishadi. +Arab yozuvi. +Oʻzbekistonda 1929-yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik. +Yanalif. +1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) oʻtilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan. +Kirill yozuvi. +1940-yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929—1940-yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik. +1940-yildan 1991-yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi. +Lotin yozuviga koʻchish. +Lekin, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan. +Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005-yilda tugallanishi koʻzda tutilgan. + +Turk tili: +Turk tili (Turkcha: "Türkçe") — soʻzlashuvchisi eng koʻp bolgan turkiy til. Turk tilida gaplashuvchilar asosan Turkiyada yashashadi. Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Oʻzbekiston ,Olmoniya, Niderlandlar kabi davlatlarida ham turk tilida gaplashuvchilar bor. +Turk tili — turkiy tillarpgm biri. Asosan, Turkiyada, shuningdek, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Kipr oroli, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkiya Respublikasining va Kipr Respublikasining (grek tili bilan birga) rasmiy tili hisoblanadi. Oʻtgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 55 mln. ga yakin (Turkiyaning oʻzida 50 mln. dan ortiq) kishini tashkil etgan. Dialektal jihatdan Turkiyada Sharqdagi, ayniqsa, Anatoliya shim.sharqidagi mintaqa ozarbayjon tiliga oʻxshashlik belgilari bilan ajralib turadi. Anatoliyaning boshka qismi hamda sharqiy frakiya shevalari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi Turk tili lahjalari oʻzaro unchalik farq qilmaydi. +Turk tilining fonetik oʻziga xosliklari: soʻz boshidagi va oʻrtasidagi j undoshining qarindosh turkiy tillardagi boshqa oʻxshash tovushlarga toʻgʻri kelishi, soʻz boshidagi rv, td, kg jarangeizlari va jaranglilarining farqlanishi va singarmonizmning mavjudligi, bir qancha soʻzlarda portlovchi v oʻrniga sirgʻaluvchi v undoshining kelishi; boshqa turkiy tillardagi "vo1" feʼlining "ol" tarzida qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilaridan mis shaklli sifatdoshning qipchoq va boshqa bir qancha turkiy tillardagi gan shaklli sifatdosh bilan vazifadoshligi; dik shaklli qad. harakat nomi va uog shaklli aniq hozirgi zamon feʼlining faol qoʻllanishi va boshqa ni koʻrsatish mumkin. +Adabiy Turk tili hozirgi shaklida 19-asr oʻrtalaridan shakllana boshlaydi. Bu davrda oʻrta asr adabiy tili (eski turk yoki usmonli turk tili) arabcha, forscha elementlarga boy boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridagi islohotlardan soʻng adabiy til umumxalq soʻzlashuv tili bilan yaqinlashdi. Eski Turk tili ning arab yozuvida bitilgan yodgorliklari 13-asrdan boshlab mavjud. Dastlabki yodgorliklarda sharqiy turkiy (qoraxoniyuygʻur) adabiy tilining sezilarli taʼsiri bor. Hozirgi yozuvi 1929 yildan lotin grafikasi asosida. +Grammatikasi. +Kelishiklar. +Turk tilida 5 ta kelishik bor. + +Qoʻqon: +Qoʻqon — Farg‘ona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahar. Soʻx daryosi (tarmogʻi)ning quyi oqimida joylashgan. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 400 000 dan ortiq (2018-yil). Qoʻqon xonligining poytaxti boʻlgan. Viloyatda eng katta shaharlardan biri. U vodiydagi transport qadimiy karvon yo‘llar kesishgan joyda joylashgan. +Tarixi. +Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ortiq degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida "Havokand" (Hoʻkand) shaklida, yaʼni "goʻzal", "yoqimli" yoki "shamol shahri" maʼnosida uchraydi. Keyingi asrlarda "Hoʻqandi latif" degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari "balandlikdagi shahar", "hular shahri" "hu (ku) qabilasi — elati shahri" versiyalari ham bor. Qad. Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi "Guyshan", "Xoʻxan" tarzida ifodalangan. +Qoʻqonning 18-asrgacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qoʻqon podsho Rossiyasi qoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi arxivining koʻp qismi olib ketilgan. Qoʻqon qadimda Hindiston va Xitoyga boriladigan karvon yoʻlida joylashgan. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-asrgacha Qoʻqon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. 1709 yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, 1711 yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. 1732 yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. Norboʻtabiy davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. Olimxon hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qoʻqonning siyosiy mavqei kuchaydi. Umarxon (1810—22) va uning oʻgʻli Muhammad Alixon (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842 yilda Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, Turkiston general-guber-natorligiga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi Yangi Margʻilonga koʻchirilgandan keyin (1877 yil 27 aprel), Fargʻona viloyati uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi. Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871 yilda), Oʻrta Osiyodagi eng sifatli qogʻoz Qoʻqonda ishlab chiqarilgan. Shahar hayotida savdo muhim oʻrin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga boʻlingan. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur boʻlgan paxtachilik sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib shahar va uning atrofida 31 paxta tozalash, 5 yogʻ-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urugʻi zavodlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan. Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Qoʻqonda ham paxta xarid qilish va uni tashish bilan shugʻullanuvchi rus va chet el shirkatlari ("Andreyev shirkati", "Rossiya jamiyati", "Kavkaz va Merkuriy", "Eron savdo-sanoat shirkati", "Sharqiy jamiyat" va boshqalar) tashkil qilingan. 1913 yilda Qoʻqonda 5 mingdan ortiq savdo doʻkoni, 44 karvonsaroy, 20 bozor, 10 bank, kasalxona, tugʻruqxona va 2 dorixona ishlab turgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsatib, ulardan dastlabkisi "Madrasai xishtin" (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani "Soʻfiyon" (1891) madrasasidir. 20-asr boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, temir yoʻl va savdo-tijorat maktablari va boshqa oʻquv mas-kanlari bor edi. 20-asrning boshlarida Qoʻqonda "Sadoi Fargʻona", "Yangi Fargʻona", "Qoʻqon sadosi" gazetalari chop etila boshladi. 1917 yilning kuzida Qoʻqonda "Turkiston muhtoriyati eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu ozodlik harakatining markazi Qoʻqon bolsheviklar tomonidan qonga botirildi (1918 yil fevral). Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha bu qirgʻinda 10 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 1918 yilda Qoʻqonda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. +Ўлкамизнинг шаҳар ва қишлоқларида ХХ аср бошларида аввал “шайтон ўйини”, кейинчалик “ёввойи ўйин” деб ном олган ўйинлар пайдо бўлди. Гарчанд ҳозирги футболга унчалик ўҳшамаса ҳам майдон ва кўчаларни чангитиб ташкил этилан бу ўйин, кенг кулоч ёза бошлаганди. Маҳаллий ёшлар ўша даврларда чор Россиясининг ўлкамизда ҳизмат бурчини ўтаётган ҳарбийлари бўш вақтиларини қандай ўтказишлари билан қизиқар эдилар. Улар кўп вақтларини бу ерлар учун янги бошланган футбол ўйинига бағишлашар эди. Харбий қисмларларга яқин бўлган қишлоқдаги ёш йигитлар “янги” ўйинга катта қизиқиш билдириб, ҳар бир ўйинни завқ билан томоша қилишади. Оҳир оқибат харбийларга тақлид қилиб, ёшлар ўзлари майсали текис майдон топиб, у ерга дарвозалар учун устунлар ўрнатиб, ўзига хос футбол майдони яратишади. Албатда майдон тайёрлаш, чим ёткизиш, устунларни тиклаш қўқонлик йигитлар учун қийин иш эмасди. Энг муҳими футбол ўйнаш учун тўп топиш керак эди. Албатда у вақт дўконларда копток топиш мумкин эмасди, аскарлардан эса фақат катта пулга сотиб олиш мумкин эди. Шундай бўлишига қарамай, удабурон йигитлар, футболга бўлган иштиёқ катталигидан ўзлари копток ясайдилар. Йигитлар орасида турли касбдаги усталар борлиги бу ерда қўл келади. Улардан бири косибликдан хабари борлиги учун, чаримдан тўп тикиб кўради, лекин уни шишириш учун камера топилмайди. Улар тўпнинг ичига турли енгил латта-путталарни жойлаштириб шу тариқа биринчи марта ўзларича тўп ўйнай бошлайдилар. Бироз вакт ўткач бу футболга фидои йигитлар пул бириктириб аскарлардан хақиқий тўпни харид қилиб олишади. +Шу тариқа 1912 йили Ўлкамизда биринчи бўлиб, Қўқон шаҳрида футбол жамоаси тузилади. Жамоа аъзолари олдинига ўзаро ўйнашади, кейинчалик харбийлар билан рақиблик қилишади. Илк учрашвуларда йирик ҳисобда мағлубиятга учраб келган қўқонлик йигитлар, кейинчалик ўзаро ўйинларда дуранг ва ғолиб бўла бўлашади, хатто йирик ҳисобда ҳам ютиққа эришадилар. Албатда бундай муваффақиятларни ривожлантириш учун бошқа кучли жамоалар билан учрашишлари ва ўзларининг кучларини синаб кўришлари лозим эди. Тез орада Фарғона шаҳридаги харбий горнизонинг терма жамоаси билан ўртоқлик учрашуви ўтказган қўқонликлар кичик ҳисобда бўлса ҳам, мағлубиятга учрашадилар. Бу мағлубият қўқонликларнинг ғурурини паймон қилади ва жавоб учрашув – “реванш”, ўйинига тайёралик кўришади. Орадан бир ой ўтиб Қўқондаги ўзларининг майдонда жавоб учрашувини ўтказадилар. Бу ўйинга кўплаб муҳлислар ҳам келишади. Ўйин муросасиз ўтади. Шунга қарамай қўқонлик йигитлар бу ўйинда ғалаба қозонишади. Энди қўқонлик ишқибозлар орасида савдогарлар, бой одамлар пайдо бўлади. Жадидликнинг, ва умуман ўша пайт, ўлкамизнинг маънавий-маданий марказига айланган Қўқон шаҳрида юртимизнинг энг илғор ёшлари йиғилишганди. Футбол эса келажаги катта спорт тури эканлигини тушуниб етган бу марифатпарварлар хар томонлама миллий. ўзбек футбол жамоасини тузишга интилишади. Шу тариқа 1912 йили Қўқон шаҳрида “Музкоманда” (“Мусульмонлар жамоаси”) тузилади. Афсуски, “Музкоманда”нинг илк таркиби маълум эмас, бу хақдаги маълумотлар, хужжатлар сақланиб қолмаган, лекин хақимизнинг орасида афсона ва ривоятларга айланиб қолган футболчилар хақида кўплаб хотиралар гапирилиб келинади. Бу жамоа мамлакитимиз футболини ривожланишида ҳам катта роль ўйнайди. “Музкоманда” Фарғона водийси бўйлаб жуда кўплаб шаҳарлар ва қишлоқларда ўртоқлик учрашувлар ўтказади. Бу ўйинлардан кейин бу ерл +Sovet davrida. +Ikkinchi jahon urushi yillarida mehnatkashlari frontga kiyim-kechak, oziq-ovqat, dori-darmon joʻnatib turdilar. Shahar aholisi front uchun 10,7 mln. soʻm pul jamgʻarib berdi. Qoʻqonlik jangchilardan 2 ming 682 tasi sobiq Sovet Itshfoqining orden va medallari bilan mukofotlandi, 12 tasi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. Qoʻqon Fargʻona viloyatining (Fargʻona shahridan keyin) 2- oʻrindagi sanoat, transport va madaniy markazidir. Shaharda 22 ishlab chiqarish korxonasi mavjud. Shulardan 2 paxta tozalash zavodi, "Ulugʻbek", "Qoʻqonadyol", "Shohi-atlas toʻqish", "Koʻnchi", "Zilol", "Qoʻqonyogʻmoy", "Qoʻqonnon", "Qoʻqongoʻsht", "Qoʻqonspirt", "Mastona" korxonalari, motor taʼmirlash, marmar, mexanika, "Elektromash" z-dlari, mashinasozlik, gʻisht, ishlab chiqarish, superfos-fat, "Qoʻqon" ishlab chiqarish, mebelsozlik, qurilish mahsulotlari korxonalari, ip yigiruv, paypoq-toʻquv, poyab-zal, trikotaj-tikuvchilik f-kalari ishlab turibdi. +Pedagogika instituti (7 mingdan ziyod talaba), 14 kasb-hunar kolleji (jumladan Qodirjon Haydarov nomidagi tasviriy va amaliy sanʼat kolleji. 1997), akademik litseylar, musiqa va sanʼat maktablari, 44 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatadi. 12 kasalxona, 2 dispanser, poliklichikalar, dorixonalar, 2 sanatoriy mavjud. +19 kutubxona, 7 klub muassasasi, 6 ta muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik muzeyi), drama teatri, xalq teatri ishlab turibdi. 4 bolalar sport maktabi, 3 stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Qoʻqon shoir, sanʼatkorlar shahri sifatida tanilgan. Qadimda "Qoʻqon adabiy muhi-ti" mashhur boʻlgan. Shahardan bir qancha adabiyot namoyandalar: Amiriy, Gul-xaniy, Xon, Gʻoziy, Maxmur, Muhyi, Zoriy, Muqimiy, Qoriy, Komiy, Furqat, Haziniy, Nasimiy Hoʻqandiy va boshqa; Hamza, Ibrohim Davron, Ashurali Zohiriy, Mirzoi Hoʻqandiy, Poʻlatjon Qayumiy kabi maʼrifatpar-var ijodkorlar yetishib chiqqan; Nodira, Dilshod, Barno, Anbar otin, Layli xonim, Mahzuna, Mushtariy kabi ayol ijodkorlar ham shu yerda kamol topgan. 20-asr oʻzbek adabiyotiga Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Usmon nosir, Amin Umariy va boshqa ijodkorlar katta hissa qoʻshgan. Qoʻqon tarixiga doir koʻplab tarixiy asarlar mavjud ("Tarixi jahonnoma", "Shohnomai Umarxon". "Muntaxob ug-tavorix", "Ansob us salotin vatavorixul-havokin" va boshqalar). Qoʻqon meʼmorligining shakllanishi 18-asrdan boshlanadi. Shu davrda shaharda madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, koʻprik va boshqa binolar bunyod etildi. Monumental inshootlar Oʻrta Osiyoning qad. shaharlari binolarining tuzilishi taʼsirida qurildi. Qoʻqondagi yirik meʼmoriy yodgorliklardan xapq orasida Madrasai Mir nomi bilan mashhur boʻlgan Norboʻtabiy madrasasitr (1798), undan tashqari Daxmai shohon ansambli (1825), Xudoyorxon oʻrdasi (19-asrning 2-yarmi), Jome masjid (19-asr 1-choragi), Kamol qozi madrasasi (1941) va boshqa ham saqlangan. +Mustaqillik yillari. +Mustaqillik yillarida shaharda yangi binolar qad koʻtardi, obodonlashtirilib, xiyo-bon va bogʻlar, yangi maydonlar barpo etildi, maktab, gimnaziya, litsey, kasb-hunar kollejlari qurildi. 2 telestudiya, ("Muloqot", "Yolqin") ishlaydi, 4 gazeta chop etiladi. + +Vikipediya: +Vikipediya — bu koʻp tillik, erkin, internet ensiklopediya. U koʻngillilar tomonidan ochiq hamkorlik asosida yoziladi va qoʻllab-quvvatlab turiladi. Ushbu loyiha 15-yanvar 2001-yil mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp qaraladigan maʼlumot manbasiga aylandi. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili boʻlimi :en:Special:Statistics ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish "Encyclopædia Britannica" ("Britaniya Ensiklopediyasi")dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi tufayli unga yoʻldosh VikiOmbor, Vikilugʻat, Vikikitob, Vikiversitet, Vikiiqtibos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo boʻlgan. +Vikipediya "noto‘g‘ri maʼlumotlarni ifodalaydi..." deb tanqid qilingan. 2017-yilda Facebook, ushbu ensiklopediyani kitobxonlarga soxta yangiliklarni kashf etishiga yordam beradi deb eʼlon qildi. YouTube esa shu kabi rejani 2018-yilda eʼlon qildi. +Tarixi. +Wikipedia.com va wikipedia.org domenlari 2001-yil 12-yanvarda va 2001-yil 13-yanvarda ro‘yxatga olingan. +Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvarda, Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger „Vikipediya“ soʻzini inglixcha „wiki“ va „encyclopedia“ soʻzlarini birlashtirib oʻylab topgan. „Wiki“ so‘zi aslida Gavayiliklarning soʻzi boʻlib, „tez“ degan maʼnoni bildiradi va koʻpchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati "Britannica" sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosma holida tarqatish bo‘lgan edi. +Oʻzbek tilidagi Vikipediya. +Oʻzbek tilidagi Vikipediyada ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — , ulardan nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qoʻshib hisoblaganda) — . +Oʻzbekcha Vikipediyaning Oʻzbekiston hududida toʻsilishi. +2011-yilning oxirida noʻmalum sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududida oʻzbek Vikipediyasi toʻsib qoʻyildi. Bu oʻzbek Vikipediyasining rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirdi. Bugungi kunda esa Oʻzbekistonda foydalanuvchilar oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini hech bir muammosiz ocha oladilar. +Turli tillardagi nashrlari. +Vikipediya juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi: +Toʻliq roʻyxat . + +Samarqand: +Samarqand — Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925—30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Sdan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qungʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariklaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25,9°, eng yuqori temperatura 40—42°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2°, eng past temperatura —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519,6 ming kishi (2016); 1975 yil 299 ming, 1970 yil 267 ming, 1959 yil 196 ming, 1939 yil 136 ming, 1897 yil 55 ming, 1865 yil 26 ming. S. shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud. +Tarixi. +Nomlanish tarixi. +Tarixiy yozma manbalarda S.ning yoshi qadimiyligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Muhammad an Nasafiy „alQand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Xaydar asSamarqandiy (12-asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Shu bois oʻrta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida „Gʻarbda Rim, Sharqda Samarqand“ deyilgan. Samarqand va Rim insoniyat takdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand saykali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb bexuda aytilmagan. Amir Temur S.ni oʻzgacha mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi. +„S.“ soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soʻzining birinchi qismi, yaʼni „Samar“ soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning ikkinchi qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigʻilish, yigʻin“ soʻzidan kelib chiqqan deb izoxlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. 11-asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, yaʼni „semiz qishloq“ soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar. +Ilk yillari. +S. jahonning eng qad. shaharlaridan biri — 2700 yildan ortiq tarixga ega. S. mil. av. 4-asrdan mil. 6-asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham S. hududida odamlar yashagan (qarang Samarqand makoni). Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (mil. av. 1-asr oxiri — mil. 1-asr) yozishicha, S. qalʼasi devorining aylanasi taxminan 10,5 km boʻlgan. Mil. av. 329 yil makedoniyalik Aleksandr (Iskan dar Maqduniy) qoʻshinlari S.ni vayron qilgan. S. 6-asrda Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. 7-asr boshidan Zarafshon vodiysi S. xrkimlari qoʻl ostiga oʻtgan. Bu davrda S. Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdosotiq qilgan. Kutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qoʻshinlari 712 yilda S.ni egallagan. Qoʻzgʻolon koʻtargan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. Attabariy keltirgan maʼlumotga koʻra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻlganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaxr buyumlar va oltin, kumush bilan bezatilgan sanamlar (xilat ulasnom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. 776—83 yillarda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarilgan (qarang Muqanna qoʻzgʻoloni). Arablarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari 9-asr 20 yillaridan Movarounnaxr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, jumladan, S.ni boshqarish Somoniylar qoʻliga oʻtdi. Oʻsha vaqtdan S. — Somoniylar davlatining poytaxti boʻldi. 887 yildan birinchi marta somoniylar kumush tangalari S.da zarb qilina boshladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga koʻchirilgandan (889) soʻng ham S. Movarounnahrning eng yirik xunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlib qoldi. 11 a.dan S. Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. 11-asrda S.ni Saljuqiylar bosib olgan. 12-asrdan Qoraxitoylarga tobe boʻlgan. 1210 yildan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida. 1212 yil samarqandliklar Xorazmshohga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 1220 yil Chingizxon qoʻshinlari S.ga bostirib kirib, shaharga oʻt qoʻygan va aholining koʻp qismini kirgan, qolganlari shaharni tark etib omon qolgan. Bir necha yildan soʻng S qayta tiklana boshlagan. 13-asrning 2-yarmida S.ga kelgan venetsiyalik sayyoh Marko Polo „Sonmarkon kapa va mashxur shahar“ deb yozgan. Moʻgʻullar hukmronligi davrida S. Chigʻatoy ulusi tarkibida boʻlgan. +Oʻrta asrlardagi tarixi. +14-asr oʻrtalarida Movarounnahrda moʻgullarga qarshi xalqharakatlari boʻlib oʻtdi. Sarbadorlar qoʻztloni natijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati oʻrnatildi. 14-asr oxiri va 15-asrda S.ning iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temur saltanati poytaxti sifatida S. jahonga mashhur boʻldi. Bu davrda S. koʻpgina Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari oʻrnatgan. S.da koʻplab hashamatli meʼmoriy inshootlar qurilgan. Yirik sharqshunos olim V.V.Bartold taʼkidlaganidek, Amir Temurning fikriga koʻra, S jahonning birinchi shahri boʻlishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405) dan soʻng S. taxtini Ulugʻbek egalladi. Ulugʻbek davrida S.da qurilishlar avj oldi. Qoʻshni davlatlar bilan aloqalar kuchaydi. 15-asr oxirida S.ni Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497). 1500 yil Shayboniyxon S.ni deyarli urushsiz bosib oldi. 16-asr oʻrtalarigacha S. Shayboniylar davlatining poytaxti boʻlib turdi. Oʻsha vaqgdan rus bosqiniga qadar (1868) Buxoro xonligi (amirligi) tarkibqda boʻlib keddi. 1723—30 yillarda qozokdar bosqini davrida katta talofat koʻrdi. 1740—47 ylarda Nodirshohga tobe boʻldi. 17-asrning 1-yarmida olchin urugʻidan chiqqan oʻzbek harbiyzamindorlarining yirik vakili Yalangtoʻsh Bahodir S. hokimi boʻlgan. 1758—1868 ylarda esa S. Buxoro amirligiga itoat qilgan. +Yangi davr paytidagi tarixi. +1868 yil 1 mayda S. yaqinidagi Choʻponota tepaligida rus podshosi qoʻshinlari bilan samarqandliklar oʻrtasida qattiqjang boʻldi. S. aholisi shaharni bosqinchilardan mardonavor himoya qildilar. Nihoyat ruslar katta talofatlar berib shaharni 2 mayda egalladilar. Keyinchalik S. va Kattaqoʻrgʻon bekliklari birlashtirilib, Zarafshon okrugi tuzildi. Soʻngra unga Panjakent va Zarafshon vodiysi yuqorisidagi togʻli rayonlar ham qoʻshildi. 1886 yil Zarafshon okrugi S. viloyatiga aylantirildi. S. uning maʼmuriy va savdo markaziga aylandi. Oʻsha vaqtdan boshlab, shaharda yangi tipdagi binolar kurila boshladi, yangi sanoat korxonalari qad koʻtardi. 20-asr boshiga kelib S.dagi korxonalar, temir yoʻl ustaxonalarida ishchilar soni koʻpaydi. 1917 yil 5 dekabrda S.da hokimiyat shoʻrolar qoʻliga oʻtdi. 1918 yil 11 aprelda S.da shoʻrolarning viloyat sʼyezdi boʻlib, sʼyezdda Turkiston Muxtor Respublikasi tuzilishi eʼlon qilindi. 1925—30 yillarda S. Oʻzbekiston poytaxti boʻlib turdi. 1991 yil Oʻzbekiston mustamlakachilik asoratidan qutilib, mustaqillikka erishgach, S. respublikaning yirik madaniy markaziga aylandi. +Yangi davrda Samarqand oʻrganilishi va tadqiqi. +S.ni arxeologik jihatdan oʻrganish ishlari 19-asrning oxirlarida boshlangan edi. 1895 yilda sharqshunos olim V.V.Barsholdshsht tashabbusi bilan tuzilgan „Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi“ aʼzolari S.dagi Afrosiyobni koʻp asrlar xazinasi deb qarab, unda keng koʻlamdagi arxeologik qazishma ishlarini olib bordilar. V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiypar oʻtkazgan arxeologik qazishmalar natijasida turli xildagi qad. buyumlar topilib muzeyga berildi. 1908 yilda V.L.Vyatkin S. chekkasida joylashgan Ulugʻbek rasadxonasining oʻrnini aniqladi va qazish ishlarini oʻtkazdi. Natijada rasadxona harobasi hamda uning yer ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi. Oʻsha davrdan boshlab Oʻrta Osiyo xalqlarining qad. madaniy merosini oʻrganishda dastlabki qadamlar qoʻyildi. 1912—13, 1929—30 yillarda V.L.Vyatkin, 1912 yil M.Ye.Masson Afrosiyobda qazish ishlarini olib bordilar. A.I. Terenojkin 1945—48 yillarda S 2500 yillik tarixga ega deb belgiladi; shahar tarixi davrlashtirildi. +1950 yillardan boshlab Afrosiyobda muntazam arxeologik qazishmalar oʻtkazish, ayniqsa, 1958 yildan V.A. Shishkin rahbarligida, 1966 yildan boshlab esa Ya.Gʻ.Gʻulomov boshchiligida faollashdi. Afrosiyobni oʻrganish ishlari koʻlamini kengaytirish maqsadida, 1966 yilda doimiy harakatdagi Afrosiyob kompleks arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil etildi. 1970 yilda S.da Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining mustaqil Arxeologiya instituti tashkil etilishi S.dagi arxeologik qazishmalarni yanada keng koʻlamda olib borishga imkoniyat yaratdi. Arxeologik qazishmalar natijasida S.ning yoshi aniklandi va 1970 yilda shaharning 2500 yillik yubileyi keng nishonlandi. 1971—77 yillarda Sh. Toshxoʻjayev, 1978—85 yillarda G.V. Shishkina qazishma ishlarini olib bordilar. Mustaqillik yillarida arxeologik qazish va ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida fransiyalik akademik, sharqshunos arxeologlar Pol Bernar va Frans Grene, oʻzbek arxeolog olimlari prof. M. Isomiddinov, A.Anorboyev va tadqiqotchi A. Otaxoʻjayevlar bilan hamkorlikda ishladilar. Natijada, Afrosiyobdagi eng quyi madaniy qatlamlarni oʻrganish jarayonida yer sathidan 10–15 m chuqurlikda mil. av. 9—7-asr oʻrtalariga oid ashyolar topildi. Bular qoʻlda yasab rangli naqsh berilgan sopol idishlarning parchalari va shuningdek, guvaladan tiklangan 7 m qalinlikdagi mudofaa devori qoldiklaridir. Afrosiyobning 19 gektarlik ark qismi devor bilan butunlay oʻrab olingan. Afrosiyobning boshqa joylari ham tekshirib koʻrilganda quyi qatlamlaridan shunga oʻxshash va mil. av. 9—8-asrlarga oid ashyolar topildi. +Afrosiyobdan topilgan ushbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida oʻrganilib, ular mil. av. 8-asrga, aniqrogʻi 2750 yoshga taalluqliligi isbotlandi. +S. bunyod boʻlganidan buyon u Oʻrta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqega ega boʻlib keldi. Shaharning Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi, bu yerda qadimdan hunarmandchilikning shoyi toʻqish, mashhur Samarqand qogʻozi ishlab chiqarish, kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va boshqa turlari hamda savdosotiq ishlarining rivojiga turtki boʻldi. S.da qadimdan ravnaq topgan hunarmandchilik turlari mahallaguzarlarning nomlarida saqlanib qolgan, mas. „Soʻzangaron“ (igna tayyorlovchilar), „Kamongaron“ (oʻqyoy yasovchilar) va boshqa nomlar hozirgi kungacha yetib kelgan. +Samarqand Rossiya imperiyasi tarkibida. +1841—42 yillarda Buxoroga Rossiya elchisi qilib yuborilgan sharqshunos N.V.Xanikovning yozishicha, oʻsha vaqtda S. baland devor bilan oʻralgan boʻlib, uning 6 ta darvozasi: Buxoro, Paykobod, Shohizinda, Qalandarxona, Soʻzangaron, Xoja Ahror boʻlgan. Kechalari shaharga kiribchiqish taqiqlangan. Shahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy maydoni esa 10,4 km²ni tashkil qilgan. Shaharda juda koʻp bogʻ, ariqzovur va hovuzlar, ikkita gʻishtin karvonsaroy va uchta hammom (2 tasi Xoja Axror hammomlari, bittasi Miri hammomi) faoliyat koʻrsatgan. Koʻchalar shaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bogʻlagan. Bibixonim masjidi bilan Chorsu oʻrtasidagi koʻcha ancha serqatnov boʻlgan. Qoʻrgʻon shaharning gʻarbiy qismida boʻlib, uning uz. 3,2 km li tashqi devori va ikkita darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonda hokim saroyi, sipohilar yashaydigan uylar joylashgan. Shahar aholisining soni 25—30 mingga yetgan. +S.ning yevropacha tipdagi qismini qurish ishlari 1871 yilda boshlandi. Oʻsha vaqtda okrug gubernatori general Abramovning buyrugʻiga muvofiq, mahalliy aholining yer uchastkalari musodara kilinib va sotib olinib, ofitserlar hamda amaldorlarga, kichik harbiy lavozimdagi oilali kishilarga, va, mustasno tariqasida, rus savdogarlari hamda meshchanlarga boʻlib berilgan. Kichik lavozimdagi harbiylarga „Soldatskaya slobodka“ deb ataluvchi shimoli-gʻarbiy buluk ajratilgan. Oʻsha davrda Eski va Yangi shahar oʻrtasida xiyobon va bogʻ barpo etildi, harbiy gubernator uyi, kazarmalar, ofitserlar majlis oʻtkazadigan bino quriddi. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Sda bir nechta kayta ishlovchi mayda korxonalar vujudga keldi. Shaharda 34 paxta tozalash, 20 vino, bir necha spirt, pivo zavodlari, tegirmonlar ishlagan. Metallni kayta ishlash zavodida bir qancha presslash, 2 ta yoʻnuvchi, 2 ta vint kesish stanogi boʻlib, choʻyan buyumlar, zanjir, oʻroq, panshaxa, ketmon, bolta kabi buyumlar ishlab chikarilgan. S. — aholisining soni va sanoatining koʻlami boʻyicha Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinlardan birida. 1930 yil larda pillakashlik va shoyi toʻqish fabikalari, meva konserva zavodi, choy qadoqlash fabrikasi qurildi. 1940—70 yillarda S.da „Krasniy dvigatel“, „Kinap“, tamakifermentatsiya zavodlari, yigiruv fabrikasi, superfosfat zavodi, poyabzal va tikuvchilik fabikalari, uysozlik kombinati, chinni zavodi va boshqa korxonalar qurib ishga tushirildi. +Shahar shoʻro paytida. +Shoʻro davrida shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi obod qilindi, aholisi ham koʻchib keluvchilar hisobiga ortib bordi. Eski shahar qismi esa oʻz holicha tashlab qoʻyildi, koʻp meʼmoriy yodgorliklar qarovsiz qolib, haroba holiga kelib qoldi. +Samarqand mustaqillikdan keyin. +Sanoat va ishlab chiqarish. +Mustaqillik yillarida S.da sanoat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylashtirildi. Aksariyat yirik, oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Koʻplab qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi S.da joylashgan. Bular „SamKochAvto“ (avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqariladi), „Alpomish“ (traktorlar, gilzaporshenlar), „Tajribamexanika“ (parmalash uskunalari), „Kinap“ (kinoapparatura), avtomobillar uchun elektrotexnika asbobuskunalari zavodlari, uyroʻzgʻor sovitkichlari korxonasi, superfosfat, ammofos oʻgʻitlari, sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan superfosfat zavodi, liftsozlik, marmar taxtalar, gʻisht, asfaltbeton zavodlaridir. +Shahardagi yengil sanoat korxonalaridan pillakashlik, shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal fabikalari, chinni zavodi faoliyat koʻrsatadi. Oziqovqat sanoatida: universitetegirmon, makaron, choy qadoqdash, sutmoy, mevakonserva, vino, pivo, spirtaraq va alkogolem ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud. +Samarqand viloyatida mustaqillik yillarida qurilgan qoʻshma korxonalarning asosiy qismi S.da joylashgan. Bular: Oʻzbekiston—Turkiya „SamKochAvto“, Oʻzbekistan—Amerika—Angliya „UzBAT“, Oʻzbekiston—Chexiya „Praga“ (mineral suv qadoklash), Oʻzbekiston—Latviya „Bravosut“ qoʻshma korxonalari va boshqa Shahar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksari qismi chet ellarga eksport qilinmoqda. Shaharda minglab kichik va oʻrta biznes subʼyektlari, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor. S.da 25 dan ortiq yoʻnalishda avtobuslar qatnaydi. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shahar Toshkent xalqaro aeroporti avialiniyalari orqali Respublika viloyatlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. 2003 yil 30 dekabrdan yoʻlovchilar tashuvchi Toshkent — Samarqand elektr poyezdi ishga tushirildi. +Turizm va tadqiqotlar. +S. qadimiy tarixi va meʼmoriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori bilan 1982 yilda S.ning Afrosiyob shahristoni, oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar va 19—20-asrlarda qurilgan „Yangi shahar“dagi binolar, tarix va oʻlkashunoslik muzeylari asosida „Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi“ tuzildi. Oʻsha yilda shaharning tarixiy kismini muhofazalash chegaralari belgilandi. +S.ning meʼmoriy-tarixiy yodgorliklari 2001 yilda YUNESKOning Finlyandiyada oʻtkazilgan 25sessiyasida Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi. +S.da 73 ta yirik tarixiy meʼmoriy yodgorlik: Registon ansambli, Shohi Zinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boshqa saqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan S.da Abu Mansur alMoturidiy asSamarqandiy dafn etilgan Chokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga maqbara qurildi, kabriston obod etildi, Burhoniddin Margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi (Samarqand shahridagi Chokardiza kabristoniga dafn etilgan). S.ning markaziy maydoniga Amir Temur haykali oʻrnatildi. Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina), Italiya (Rim) yodgorliklari kabi oʻzining goʻzalligi bilan eʼtiborni oʻziga tortadi. S.ga har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyoxlar kelib ketadilar. Mehmon va sayyoxlarga xizmat koʻrsatuvchi: „Afrosiyob“, „Samarqand“, „Zarafshon“, „Bogishamol“, „Markaziy“, „Prezident otel“ kabi mehmonxonalar qurilgan. Sayyoxlarga „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasining Samarqand boʻlimi xodimlari xizmat koʻrsatadilar. +Taʼlim. +Samarqandda 7 ta oliy ta'lim muassasasi bor. +S.dagi oliy oʻquv yurtlari (unt, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, iktisodiyot va servis, meʼmorlikqurilish va chet tillar institutlari)da 19,1 ming talaba oʻqiydi. 2002/ 2003 oʻkuv yilida shahardagi 36 ta oʻrta maxsus bilim yurti, kollej, akademik litsey va internat maktablarida 25,7 ming, 67 umumiy taʼlim maktabida 76,7 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. +Shahar respublikaning yirik fan markazlaridan biri. S.da pedagogika akademiyasi asosida tashkil topgan SamDU katta mavqega ega. Qorakoʻlchilik, Isayev nomidagi parazitologiya va gelmintologiya (1925), Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik, arxeologiya ilmiy tadqiqot institutlari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand boʻlimi turli yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. +S.da 4 ommaviy kutubxona, 2 ta kinoteatr, Samarqand badiiy muzeyqoʻriqxonasi, 3 teatr (Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati oʻzbek davlat musikali drama teatri, A.P.Chexov nomidagi rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri), shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. „Samarqand“ gaz. chiqadi. Shaharda 1566 oʻrinli 11 kasalxona, 348 statsionarda 1561 malakali vrachlar xizmat koʻrsatadilar. Choʻponota tepaligi yonida dam olish uyi, Markaziy, Soʻgʻdiyona madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar „Afsona“ akvaparki, koʻplab stadion, tennis kortlari, „Delfin“ suzish majmui bor. +S. zaminida mashhur donishmandlar, allomalar voyaga yetgan, jumladan, Ulugʻbek S.da munajjimlar maktabiga asos soldi, Madrasa va rasadxonalar qurdi. Uning atrofida butun bir ilmiy maskan — Ulugʻbek akademiyasi tarkib topdi. Bu akademiyada Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ulugʻbek akademiyasida amalga oshirilgan ishlar jahon fan olamida tan olindi. +16—17-asrlarda S.da Miram Chalabiy, Mullo Abdulali Nazmuddin ibn Muhammad ibn Husayn Birichandiy, Amir Akbar Samarqandiy, Doʻstiy Samarqandiy, Koshifiy Samarqandiy, Mir Jaloliddin Xorazmiy, Mavlono Abdulxayr Samarqandiy va sh.k. koʻplab fan va madaniyatning mashhur namoyandalari ijod etganlar. +S. shahrida hozirgi kunda xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivalining S.da oʻtkazilishi muhim ahamiyatga egadir. +Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos oʻrni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirishga qoʻshgan buyuk hissasining eʼtirofi sifatida S. „Amir Temur“ ordeni bilan mukofotlandi (1996 yil 28 avgust). Ordenni 1996 yil 18 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I.A. Karimov topshirdi. +Manbalar va ad.: Samarqand tarixi, T., 1—2 j., 1971; Samarqand (prof. Z.M.Akramov tahriri ostida), T., 1961; Samarqand shahri toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar, S, 2002; Umnyakov I. I., Aleskerov Yu. N., Samarqand (spravochnikyoʻlkoʻrsatkich), T., 1968; Pugachenkova G. A., Ochiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Zohidov P., Samarqand meʼmorlik maktabi (19—20asr boshlari), T., 1965; Bartold V. V., Istoriya Samarqanda pri Timuridax. Soch., tom 6, M, 1966; Pugachenkova G. A., Rempel L.I., Vidayushiyesya pamyatniki arxitekturi Oʻzbekistana, T., 1959; Yakubovskiy A. Yu., Iz istorii arxeologicheskogo izucheniya Samarqanda, Samarqand, 1927; Shishkin V.A. Kalai Afrasiyab, sb. „Afrasiyab“, vip. № 1, T., 1969; Shishkin V.A., Afrasiyab — sokrovishnitsa drevney kulturi, T., 1966. +Ahmadali Asqarov, Toshpoʻlat Jumaboyev, Orzimurod Rahmatullayev. +Samarqand shahri (Toshkentdan 354 km uzoqlikda) eramizdan avvalgi VII asrda tashkil topgan. U oʻzining deyarli 3 ming yillik tarixiy yodgorliklariga ega va Temuriylar sulolasi boshqaruvi davriga tegishli arxitektura yodgorliklari qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya va Rimdagi arxitektura durdonalari singari katta ahamiyatga egadir. +Tarixiy obidalari. +Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri boʻlib, jahon madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qoʻshgan shahardir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati rahbarligida mustaqillik yillari Samarqand shahridagi arxitektura yodgorliklarini tiklash va taʼmirlash, ayniqsa, eski shahar qismini qayta qurish va taʼmirlash, obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi. Temuriylar sulolasi yaratgan arxitektura yodgorliklari Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya kabi davlatlarda yaratilgan arxitektura obidalaridan aslo qolishmaydi. +Mustaqillik yillarida qaytadan barpo etilgan al Buxoriy, Motrudiy va boshqa tarixiy majmualar tahsinga sazovordir. Samarqand qadimiy Rim bilan tengdoshdir. Uning tarixiy madaniyatining quyi qatlamlari eramizdan avvalgi I ming yilliklarga borib taqaladi. U qadimgi va hozirgi jumboqli Sugʻd davlatining poytaxti Maroqand shahri qoldiqlari bilan tillashadi. Samarqand shahridagi Afrosiyob juda koʻp qonli voqealarni boshidan kechirgan. +XIII asr boshlarida moʻgʻul bosqinchilari Oʻrta Osiyoning tinch hayotiga tajovuz soldi, ular juda koʻplab shaharlarni, sanʼat yodgorliklari va madaniy boyliklarini vayron etdilar. Chingizxon qoʻshinlari tomonidan Afrosiyob yer yuzidan yoʻq qilindi. Uylar va saroylar yondirildi, necha asrlab suv berib turgan suv quvurlari barbod etildi, gullab-yashnab turgan bogʻlar kultepalarga aylantirildi. Biroq shahar oʻlmadi, aksincha, XIV-XV asrga kelib yanada gullab-yashnadi. Bu kunlar buyuk sarkarda Amir Temurning Samarqand shahrini oʻz saltanatining markaziga aylantirishga qaror qilgan davrlarga toʻgʻri keldi. Amir Temur saroyida boʻlgan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻz bitiklarida Samarqand haqida quyidagilarni yozadi: +Temur oʻz yurti poytaxtini dunyodagi eng katta va koʻrkam shaharlar qatoriga qoʻshishni istardi. Shu boisdan Samarqand shahri atrofidagi qishloqlar Bogʻdod, Damashq, Qohira kabi buyuk shaharlar nomini oldiki, Temur oʻz poytaxti oldida bu shaharlar bir qishloqchalik boʻlishini istardi. Samarqand shahrini 13 ta katta bogʻ yashtanib turardi, ularning eng kattasi shu darajada keng ediki, tarixning shohidlik berishicha, bir kuni shu bogʻda adashib qolgan otni bir oy izlashgan ekan. +Afrosiyob Samarqand shahrining qadimiy qoldiqlari, uzoq asrlar davomida 10-15 metr chuqurlikda koʻmilib ketgan arxeologik qazilmalari bilan mashhur, qadimiy aholisi VI-VIII asrlarda hozirgi Samarqand shahri yaqinidagi tepaliklarda, taxminan 2 kv km maydonda yashagan. Samarqand shahri yodgorliklari oʻzining buyukligi bilan odamlarni qoyil qoldirgan. Uning binolari devorlaridagi zangori naqshlari, arxitektura shakllari, turli koʻrinishlardagi geometrik shakllari bilan kishini hayratga soladi. Bular Registon, Shohi Zinda, Goʻri Amir maqbaralari ansambllaridir. +Samarqand atrofidagi Afrosiyob tepaliklari boʻylab Shohi Zinda meʼmorchilik ansamblining 11 ta maqbaralari joylashgan. Bu koʻchalarni qurishni hech kim rejalashtirmagan, ular oʻz-oʻzidan yuz yillar davomida barpo etilgan. Shohi Zinda soʻzi „Tirik shoh“ maʼnosini anglatib, uning madaniyati bu yurtlarga islom kirib kelgunicha gullab-yashnagan. Afrosiyob gullab-yashnagan davrlarda uning shuhrati shu darajada yuqori ediki, oʻsha davrdagi islom peshvolari u bilan kurashishga hayiqishgan. +Uning shuhrati toʻgʻrisida afsonalar yaratilgan, ulardan biri Muhammad Qosim ibn Abbos paygʻambarning amakivachchasi ekanligi haqidagi afsonadir. „Bibixonim“ nomidagi goʻzal maschid eski shaharga kirish darvozasi oldidagi maydonda joylashgan. U toʻrtta inshootdan iborat boʻlib, bular kirish galeriyasi, asosiy maschid va ikkita kichik maschidlar, ular bir-biri bilan aylanma gumbazli va uch qatorli tosh devorlar orqali bogʻlangan. +Aytishlaricha, Amir Temurning uzoq mamlakatlarga qilgan safarlaridan birida uning eng suyukli xotini Saroymulkxonim, xalq ichida uni Bibixonim deb ham ataydilar, mamlakatdagi eng mashhur bashoratchilarni yigʻib, yulduzlar bashorat qilgan vaqtda ushbu maschidni qurishni boshlagan ekan. Bibixonimning chiroyiga oshiq boʻlib qolgan va sevgi yoʻlida devona boʻlib oʻz jonini fido qilgan yosh meʼmor maschidni qurilishi tugash arafasida ishni paysalga sola boshlagan, chunki maschid qurulishining tugashi uning uchun Bibixonim ruhsoridan ayrilishi edi. Ana shunday kunlarning birida shaharga Amur Temurning chopari keladi va uning shaharga qaytayotgani haqidagi habarni aytadi. Bibixonim machit qurilishini tezroq tugatishni talab qiladi. Meʼmor qurulishni tezroq tugatish uchun bitta shart qoʻyadi, u ham boʻlsa Bibixonimning bitta boʻsasi edi. +Nima qilish kerak? Bibixonim rozi boʻlishdan boshqa chora topmaydi. U yuziga yostiq qoʻyib, yostiq ustidan boʻsaga rozi boʻladi. Lekin yosh meʼmorning boʻsasi shu darajada kuchli va issiq ediki, u yostiq ustidan ham oʻtib sohibjamolning yuzida iz qoldiradi. Amir Temur shaharga kirib kelib maschidni zavq bilan tomosha qiladi. U xotini bilan koʻrishayotganda uning yuzidan harir pardani oladi va uning yuzidagi izni koʻradi. Bundan tutoqib ketgan Amir Temur gunohkorni topishni soʻraydi. Hamma yosh meʼmorni qidirishga tushadi, lekin u oʻzini mudhish jazo, oʻlim kutayotganligini bilib, minoraning eng baland nuqtasiga chiqadi va oldindan tayyorlab qoʻyilgan qanotlarni taqib, Mashharga uchib ketadi… Samarqand maqbaralari ichida eng mashhuri Goʻri Amirdir. +Bu maqbara Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sultonga atalgan edi, lekin hozirgi kunda bu yerga Amir Temur, uning oʻgʻillari va boshqa nabiralari, oʻrta asrlarning ulugʻ olimi Ulugʻbek dafn etilgan, bu maqbara temuriylar maqbarasiga aylangan. Eski Samarqandning markazi Registon sanaladi. Bu yerga shaharning hamma tomonidan koʻchalar keladi. Eski davrlarda maydondan katta kanal oʻtgan va u juda koʻp qum uyumlarini oqizib kelgan. Shu sababli bu maydon Registon nomini olganki, maʼnosi „qumli joy“ yoki „qumli maydon“ maʼnosini anglatadi. Registon XV asrgacha katta savdo markazi boʻlgan. +Ulugʻbek Samarqandni boshqargan 1409-1447 yillarda maydon harbiy koʻriklar, qoʻshinlarni koʻrikdan oʻtkazish, farmonlar oʻqib eshittiriladigan joyga aylangan. Hozirgi kunda Registon maydonini uchta madrasa: Sherdor, Tillakori (XVII asrda qurilgan) va Ulugʻbek (XV asrda qurilgan) madrasalari bezab turibdi. Ulugʻbek madrasasi olimning koʻrsatmasi bilan 1420 yilda qurilishi boshlangan. Toʻrt burchakli va toʻrt minorali bu madrasaning ichida toʻrtburchak hovlisi bor va hovliga qaratib toʻrt tomondan hujralar qurilgan. Ulugʻbek madrasasi oʻzining boy meʼmoriy terma naqshlari, geometrik tuzilishi va osmon aks etib turgan maydoni bilan fan va madaniyatning buyuk asari sifatida saqlanmoqda. +Ulugʻbek zamonida Samarqand Oʻrta Osiyoning bilim oʻchogʻiga aylandi. Oʻsha davrlarda bu yerga dunyoning eng taniqli matematiklari, astronomlari, tarixchi olimlari yigʻilishgan. Ulugʻbek zamonasida tanlab jalb qilingan olimu-fuzalolar, uning observatoriyasida xizmat qilgan olimlar fanning ajoyib siru-asrorlaridan voqif boʻldilar. Butun jahonning savdogarlari, shoiru-ulamolari va olimlari „Jahonning qimmatli durdonasi“ atalmish Samarqandga intilganlar. Samarqandning koʻp asrlik tarixi Roʻdakiy, Bobur, Jomiy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Muqimiy, Furqat, Qozizoda Rumiy kabi fan va sanʼatning ulugʻ mutafakkirlari bilan chambarchas bogʻliqdir. +Samarqand — afsonaviy shahar, har bir joy, koʻchalar, havzalari oʻz tarixiga ega. Afrasiyobning shimoliy sharqidagi tepaliklarda Amir Temurning nabirasi Ulugʻbekning osmon jismlari va yulduzlarini oʻrganish boʻyicha qurgan rasadxonasining bir qismi saqlanib qolgan. Rasadxona binosi 1449-yilda buzib tashlangan, hozirgi kunda tashrif buyuruvchilar rasadxonaning yer osti qisminigina koʻrishlari mumkin. Samarqandda tarixiy obidalardan tashqari koʻpgina dam olish maskanlari ham mavjud. Taxtaqorachi dovoni yaqinidagi Omonqutan maskanida hozirgacha Samarqand shahri toʻgʻrisidagi qiziq-qiziq afsonalarni eshitish mumkin. Bundan tashqari ushbu viloytda neandertallar lageri qoldiqlari topilgan. +Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi. +Samarqand shahrining umumiy maydoni — 120 km². Shahar hududi Samarqand tumani bilan oʻralgan. Samarqand ushbu tuman hududiga kirmaydi va viloyatga boʻysunuvchi shahar va Samarqand viloyati maʼmuriy markazi maqomiga ega. +Hozirgi payta Samarqand shahri ichki maʼmuriy-hududiy boʻlinuvga ega emas (mahallalarni hisobga olmaganda). Shahar hududini maʼmuriy tumanlarga boʻlish, ilk bor 1939-yilda amalga oshirilgan edi. Oʻsha yilning 10-fevral kuni Samarqand shahri hududi uch maʼmuriy tumanga: Bogʻi-Shamol (), Jeleznodorojniy () va Siyob () tumanlariga boʻlindi. Bogʻi-Shamol tumani shaharning markaziy qismini, Jeleznodorojniy tumani shaharning gʻarbiy qismini, Siyob tumani esa shaharning sharqiy qismini, Samarqandning tarixiy markazini egallar edi. 1950-yillarda ushbu tumanlar bekor qilindi. 1976-yilda ushbu tumanlar qaytadan tashkil etildi. Qayta tashkil etilgan tumanlarning faqat bittasining nomi oʻzgartirildi: Bogʻi-Shamol tumani — Bogʻishamol tumaniga. 1990-yillarda Jeleznodorojniy tumanining nomi Temiryoʻl tumaniga oʻzgartirildi. 2003-yilning oxirida Samarqand shahrining barcha uch tumani bekor qilishi haqida qaror qabul qilindi va 2004-yilning 1-yanvarida ushbu tumanlar bekor qilindi. +Aholisi. +2015-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Samarqand shahri aholisining umumiy soni 504,4 ming kishini tashkil etadi. +Samarqand shahri aholisining asosiy qismini oʻzbeklar va tojiklar tashkil etadi. Shaharda shuningdek juda koʻp ruslar, forslar, armanlar, tatarlar, koreyslar, ozarbayjonlar, ukrainlar, yahudiylar, polyaklar. +Transport. +Havo transporti. +Samarqand shahrining shimoliy qismida xalqaro aeroport mavjud. Samarqand Xalqaro aeroporti yirikligi boʻyicha Oʻzbekistonning ikkinchi aeroportidir (Toshkent xalqaro aeroportidan keyin). Aeroportdan mamlakatimizning Toshkent, Buxoro, Urganch, Nukus, Fargʻona shaharlariga, chet el mamlakatlari shaharlaridan Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Ukrainaning Kiyev shaharlariga parvozlar amalga oshiriladi. +Temir yoʻl transporti. +Samarqand shahrida Oʻzbekistonning eng yirik temir yoʻl stansiyalaridan biri joylashgan. — Samarqand vokzali +Shahar ichki transporti. +1924-yilning noyabr oyidan 1930-yilga qadar Samarqand shahrida bugʻli tramvay harakatlanar edi. 1947-yilning may oyida shaharda elektrli tramvay liniyasi ochildi. Ushbu tramvay liniyasi 1973-yilning avgust oyigacha shahar aholisi va mehmonlariga xizmat qildi. 1957-yilda Samarqandda trolleybus liniyalari ochildi. Trolleybus qatnoviga 2005-yilda barham berildi. SSSR paytida shaharda shuningdek avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi. +Hozirgi paytda Samarqand shahrida jamoat transportidan avtobuslar, marshrutli taksilar, davlat va xususiy taksi xizmatlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. 2016 yilning oxirida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan S.da yangitdan tramvay liniyalari qurilishi boshlandi. Shaharda metropoliten qurish rejalari mavjud. + +Yevropa: +Yevropa, Yer sharining shimoliy yarimshari va qisman sharqiy yarimsharida joylashgan qitʼadir. Shimolda Shimoliy Muz okeani, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Osiyo va janubda Oʻrta dengizi bilan chegaradosh. Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismini oʻz ichiga oladi. +Yevropaning maydoni 10,1 million km2, shundan 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shimolda Nordkin burni, janubda Marroki burni, gʻarbda Roka burni, sharqda Qutbiy Ural togʻining sharqiy etagi. Yevropa hududining 25%'ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Qrim yarim orollari hisoblanadi. Yevropaga qarashli orol va arxipelaglardan eng yiriklari Yangi Yer, Frans-Iosif Yeri, Shpitsbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya va Krit'dir. Yevropa qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi 38 ming km. Qirgʻoqlari kuchli emirilgan, dengiz va qoʻltiqlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan. +Tabiati. +Relefi ningaksari qismi pasttekislik va qirlardan, 1/5 qismi togʻlardan iborat. Yevropa oʻrtacha (300 m chamasi) va maksimal (4807 m, Alp togʻlaridagi Monblan choʻqqisi) balandligi jihatdan boshqa qitʼalardan (Avstraliya bundan mustasno) keyinda turadi. Baʼzi rayonlari (Kaspiy boʻyi pasttekisligi — 28 m, Shimoliy va Boltiq dengizlari sohili) dengiz sathidan pastligi Yevropa relefi tektonik tuzilishi va tarkib topishi tarixi jixdtidan xilma-xil. Yevropaning sharqiy qismini Sharqiy Yevropa tekisligi egallaydi. Uning yuzasi toʻlqinsimon, tepalik koʻp, oʻrtacha balandligi 170 metr. Baʼzi joylari 200 m va undan ham balandroq boʻlib, quyidagi qirlar bor: Valroka burni — Yevropaning gʻarbiy eng chekka nuqtasi. Oʻrta Rus, Volga boʻyi, Dnepr boʻyi, Volin, Podolsk va boshqalar. Sharqiy Yevropa tekisligi asta-sekin Oʻrta Yevropa tekisligiga oʻtib boradi. Gʻarbiy Yevropaning katta qismi togʻlardan iborat. Janubda yosh burmali togʻlar koʻtarilib turadi, bular — Pirenei, Alp, Apennin, Karpat, Stara-Planina togʻlari, Dinara yassitogʻpigi. Yevropaning oʻrta qismi qadimgi togʻlar — Se- venna, Yura, Gars, Shvarsvald, Sudet va b.lardan iborat. Qad. togʻlarga yana Grampian, Pennin, Skandinaviya togʻlari va Uralni kiritadilar. Yevropa relefining taraqqiyotida pleystotsen muz bosishlarining roli katta. Koʻp joylarda muzlik izlari hozirgacha saqlangan. Muzlikning asosiy markazi — Skandinaviya, kichikroq markazlari — Britaniya orollari, Alp va Karpat togʻlari boʻlgan. Muz qalinligi 2,0—2,5 km ga etgan. +Geologik tuzilishi. +Yevropa hududi geologik tuzilishi jihatidan toʻrt qismga boʻlinadi: Sharqiy Yevropa platformasi; kaledon burmalanishi tuzilmalari; gersin burmalanishi tuzilmalari (Angliya janubi, Fransiya, Ispaniyaning bir qismi, Polsha va Chexiya massivi) va Janubiy Yevropadagi Alp burmalanishi tuzilmalari. Sharqiy Yevropa platformasini kembriygacha paydo boʻlgan kristalli burmalangan fundament tashkil qiladi. Bu fundament Boltiq qalqoni (Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya janubi, Kareliya, Kola yarim oroli), Ukraina qalqoni (Dneprning oʻng sohili, Azov buyi, Voronej tepaliklari) va Timan kryajida er yuzasiga chiqqan, boshqa joylarda chuqur joylashgan boʻlib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan krplangan. Kaspiy boʻyi (8—10 km), Dnepr-Donesk (4—5 km), Moskva (2—3 km), Polsha-Litva va Pechora botiqlarini juda qalin togʻ jinslari qatlami qoplab yotadi. Silur davrining oxirida hosil bulgan kaledon burmalanishi strukturalari (Skandinaviya, Buyuk Britaniya va Irlandiya togʻlari) kembriygacha hosil bulgan kristalli slaneslar, kembriy, ordovik va silur davrlariga mansub choʻkindi va vulqon jinslaridan tarkib topgan. Gersin burmalanishi strukturalari paleozoy erasining oxirida hosil boʻlib, kembriydan oldingi va paleozoy erasida vujudga kelgan choʻkindi, vulqon va otqindi jinslardan iborat. Unga Angliya janubi, Ispaniyaning gʻarbi, Portugaliya, Bretan yarim oroli, Markaziy Fransiya massivi, Vogeza, Shvarsvald, Ardenna, Slanesli Reyn, Gars togʻlari, Ural va Novaya Zemlyadagi burmalangan yotqiziqlar kiradi. Alp burmalanishi strukturalari tokembriy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralariga mansub choʻkindi va otqindi jinslardan tarkib topgan. Ularga Qrim, Stara-Planina, Karpat, Alp, Apennin, Korsika, Sardiniya, Pireney, Iberiya va Bet togʻlari kiradi. Neogen boshida koʻtarilgan togʻ tizmalari etagida Akvitaniya, Shveysariya-Bavariya, Karpat oldi va Kavkaz oldi botiqlari, Vena, Vengriya botiqlari kabi toglararo botiqlar paydo boʻlgan hamda ular neogen-toʻrtlamchi davrlar yotqiziqlari bilan toʻlgan. Neogen yotkiziqdari mavjud Qora va Oʻrta dengizlar botiklari kaynozoy erasida hosil boʻlgan. Neogenda chuqur siniklar paydo boʻlishi bilan Karpat togʻlarida, Reyn daryosi buyida va b. joylarda vulqonlar otilgan. Keyingi davrda vulqon otilishi Italiyada (Vezuviy, Etna va boshqalar) davom etmoqda. Togʻ tizmalarining koʻtarilishi va pastliklarning choʻkishi Yer poʻstining eng yangi harakatlaridan dalolat beradi. +Foydali qazilmalari. +Yevropada neft va gaz konlari paleozoy va mezozoy yotkiziqlari orasidan Alp togʻlari etagi va tog oraligʻidagi bukilmalarda (Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Italiya va boshqalari) neft neogen yotkiziqlari orasidan topilgan. Toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmirning katta konlari (Don, Lvov-Volin, Moskva yoni, Pechora havzalari, Polsha, GFR, Belgiya, Buyuk Britaniya) bor. Temir va marganes rudalari, boksit, rangli metallardan mis, nikel, kobalt, qoʻrgʻoshin, kumush konlari asosan gersinid mintakasida mavjud, kaliy va tosh tuzlari Ukraina, Belorussiya, Kaspiy boʻyi va Ural oldida hamda perm yotkiziklari orasida uchraydi. Apatit-nefelin rudalarining yirik konlari Kola yarim orolida, katta tuz konlari Daniya, GFR va Polsha hududlarida topilgan. +Iqlimi. +Yevropaning aksariyat kismi oʻrtacha kengliklarda joylashgan. Yevropada arktika, subarktika, muʼtadil va subtropik mintakalar ikdim tiplari bor. Yevropaning arktika mintakasidagi orollarida iqlim sovuq, qish uzoq, yoz qiska (iyulning oʻrtacha haroratii 5°C dan past). Subarktika mintaqasida (Islandiya, Fennoskandiya, Shimoliy va Sharqiy Yevropa tekisligida) yoz uzoqroq va iliqroq, iyulda oʻrtacha harorat 10—12°C. Qish gʻarbiy rayonlarda yumshoq, sharqda sovuq; yogʻin 400—1000 mm, bugʻlanish yogʻinga nisbatan kam. Moʻtadil mintaqaning (Yevropaning Oʻrta dengiz buyi va Qrimning janubidan boshqa qismi) shimolda iqlim sovuq, janubda iliq, gʻarbida dengiz iqlimi, sharqida esa moʻtadil kontinental, qish sovuq, yoz shimolda salqin, markazida iliq, janubda issiq. Subtropik mintakada iqlim Oʻrta dengiz tipli, qish iliq, seryomgʻir (yanvarning oʻrtacha harorati 4— 12°), yoz issiq va quruq. Qishda eng past oylik tralar Yevropaning shimoli-sharqida Pechora daryosi xavzasida boʻladi (bu yerda eng past harorat — 52°C qayd qilingan). Umuman qish Sharqiy Yevropada sovuq. Sharqiy Yevropaning janubda qor bir oy, shimolda 7—9 oy erimaydi. Iyulda oʻrtacha harorat Yevropada Oʻrta dengiz atrofida (28—30°) va Kaspiy dengizi buyida (24—26°) eng yuqori, Arktika orollarida eng past (2— 4°C) boʻladi. Eng yuqori harorat (48°C) Pirenei yarim orolining janubida kuzatilgan. Yevropada yillik yogʻin miqdori gʻarbdan sharqqa tomon kamayib boradi. Atlantika okeaniga yaqin rayonlarda yiliga 1000— 2000 mm yogʻin yogʻadi. Sharqiy Yevropada yillik yogʻin miqdori 300—500 mm, Kaspiy dengizi boʻyida 200 mm va undan kam, Arktika orollarida 300—400 mm. Yevropaning katta qismida yillik yogʻin miqdori bugʻlanishga nisbatan koʻproq. +Ichki suvlari. +Ichki suvlari Okib turadigan suvning hajmi (2850 km3) jihatidan Yevropa Yer yuzida Janubiy Amerikadan keyin 2-oʻrinda. Yevropada suv oqimi gʻarbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon kamayib boradi. Yevropaning katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlari havzasiga, oz qismi Shimoliy Muz okeani va ichki kavza — Kaspiy dengiziga mansub. +Yirik daryolari. +Sharqiy Yevropa tekisliklarida joylashgan. Volga daryosi uzunligi (3530 km), havzasining maydoni (1360 ming km2) va oʻrtacha yillik suv sarfi (8000 m/ sek) boʻyicha 1-oʻrinda. Boshqa daryolari: Ural, Dnepr, Don, Pechora, Dnestr, Shimoliy Dvina. Gʻarbiy Yevropadagi eng katta daryolar: Dunay (uzunligi 2850 km, havzasining maydoni 817 ming km2), Reyn, Elba, Visla, Luara, Taxo, Odra. Daryolar Sharqiy Yevropa tekisliklarida kordan, qisman yomgʻirdan, Oʻrta Yevropa tekisliklarida, asosan, yomgʻirdan, Alp togʻlarida kor, yomgʻir, qisman muzliklarning erishidan, Oʻrta dengiz boʻyidagi karst relefli rayonlarda grunt suvlaridan toʻyinadi. Yevropa daryolariga oqimni tartibga solib turuvchi koʻplab suv omborlari va boshqa suv inshootlari qurilgan, ularning koʻpchiligi oʻzaro va koʻllar bilan kanallar orqali bogʻlangan, natijada ularning transport ahamiyati ortgan. +Koʻllar. +Yevropada notekis taqsimlangan. Ular asosan, toʻrtlamchi davrda muzlik bosgan erlarda joylashgan. Tekisliklardagi koʻllar: Ladoga, Onega, Venern, Balaton, Vettern, Melaren, Imandra; togʻ etagida joylashgan koʻllar: Jeneva, Lago-Majore, Komo, Garda va boshqa Baland togʻ tepalarida „alp“ koʻllari, Apennin yarim oroli va Islandiyada vulqon koʻllari bor. Koʻllarning suvi chuchuk. Janubi-sharqdagi arid rayonlarda koʻl suvi shoʻr va juda minerallashgan (Elton, Bosqunchoq). Yevropaning Osiyo bilan chegarasida dunyodagi eng katta koʻl — Kaspiy dengizi joylashgan. Yevropaning shimoliy va shimoli-sharqida botqoqlik koʻp. +Muzliklari. +Yevropadagi muzliklarning umumiy maydoni 118 ming km2 dan ziyod. Eng yirik muzliklari Shpitsbergen (58 ming km2), Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri, Islandiyada va Skandinaviya togʻlarida. Muzliklarning qalinligi 400 — 600 m, ayrim joylarda 1000 m gacha. Alp togʻlari, Uralning shimoliy, Pirenei, Serra-Nevada togʻlarida ham muzliklar bor. Tuproqlari oʻz xususiyatiga koʻra 4 mintaqa (arktika, boreal, subboreal va subtropik) zonalariga boʻlingan. Boreal va subboreal mintaqa tuproqlari katta maydonni egallagan. Tuproqlarining zonallik strukturasi va tiplariga koʻra Gʻarbiy Yevropaning okean iqlimli rayonlari Sharqiy Yevropaning kontinental iqlimli rayonlaridan farq qiladi. Arktika mintaqasida arktika va tundra tuproqlari shakllangan. Boreal mintaqada podzollashgan, sur tusli oʻrmon, chimli torfsimon tuproqlar tarqalgan. Bu zonada introzonal tuproqlardan allyuvial, chimli-karbonatli, torfli botqoq tuproqlari va boshqalari bor. Togʻli rayonlarda togʻtundra, chimli-podzollashgan, sur tusli oʻrmon tuproqlari uchraydi. Subboreal mintaqaning moʻtadil kontinental rayonlarida qora va kashtan, qoʻngʻir chala chul tuproqlari, okean iqlimli rayonlarda qoʻngʻir oʻrmon, chimli-karbonatli, togʻlarda podzollashgan, togʻ-oʻtloq tuproqlari tarqalgan. Subtropik mintaqada qoʻngʻir, qizil, sariq, boʻz-qoʻngʻir, Oʻrta dengiz atrofidagi togʻlarda togʻ qoʻngʻir va jigarrang tuproqlar bor. Qora, qoʻngʻir va sur tusli oʻrmon hamda jigarrang tuproqli yerlardan dehqonchilikda koʻproq foydalaniladi.„ +Oʻsimliklari. +Floristik tarkibiga koʻra Yevropa oʻsimliklari Golarktika oblastita kiradi. Yevropa florasida Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerika oʻsimliklariga xos oila, turkum va turlar koʻp, endemiklar esa kam. Yevropada quyidagi oʻsimlik tiplari mavjud: tundra, boreal yoki tayga, dasht, choʻl, subtropik oʻsimliklari. Oʻrmon oʻsimliklari eng katta maydonni egallagan, tundra va choʻl oʻsimliklari u qadar koʻp emas. Yevropa hududida tabiiy landshaftlar deyarli qolmagan, ular oʻrnini oʻzgartirilgan madaniy landshaftlar egallagan. Tundra va togʻlarning landshafti va faunasi kam oʻzgargan. Oʻrta va Janubiy Yevropada keng bargli oʻrmonlar koʻplab qirqib yuborilgan. Tundrada yoʻsin va lishaynik, oʻt, butalar, janubida daraxtlar oʻsadi. Tayga oʻsimliklari keng maydonda tarqalgan, janubiy chegarasi 57— 58°C sh. k.dan oʻtadi. Tayga zonasida igna bargli oʻrmonlar, oʻtloqlar, botqoqliklar bor. Keng bargli va igna bargli aralash oʻrmonlar taygadan janubda joylashgan va Skandinaviya janubdan Uralgacha choʻzilgan. Keng bargli urmonlarning janubiy chegarasi Gʻarbiy Yevropada 40°C sh. k.dan, Sharqiy Yevropada 53—54°C sh. k.dan oʻtgan. Togʻ oraligʻidagi tekisliklar (Chexiya tekisligi, Oʻrta Du-nay tekisligi)da oʻtloqli dashtlar bor. Togʻ yon bagʻrilari (pastdan yuqoriga) keng bargli, igna bargli, subalp butazorlari, alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Oʻtloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Keng bargli oʻrmonlardan janubda oʻrmonli dasht va dasht zonasi boʻlib, bu yerlar asosiy dehqonchilik rayoni. Tabiiy oʻsimliklar faqat qoʻriqxonalardagina yaxshi saqlanib qolgan. Chala choʻl va choʻl zonalaridan qoʻy boqiladigan yaylov sifatida foydalaniladi. Yevropaning subtropik rayonlaridagi tekislik va togʻ etaklarida doim yashil kserofil oʻrmon va butazorlar bor. Oʻrta dengiz atrofidagi oʻrmonlar kesilib, oʻrni ekinzor, tokzor va sitrus oʻsimliklar plantatsiyalariga aylantirilgan. +Hayvonot dunyosi Golarktika zooge-ografik oblastiga mansub. Hayvon turlari geografik zonalar boʻyicha, asosan oʻsimlik tiplarining joylashishiga muvofiq tarqalgan. Tundrada iqlim sovuqligidan hayvon turi kam. Mayda kemiruvchilar, shimol bugʻusi, qutb tulkisi, boʻri, tyulen, har xil qushlar yashaydi. Shpitsbergenda mushkli qoʻchqorbuqa iqlimlashtirilgan. Tayga hayvon turiga boy. Sut emizuvchilardan qoʻngʻir ayiq, boʻri, tulki, sobol, tiyin va boshqa, turli qush, hasharot koʻp. Aralash va keng bargli urmonlarda yovvoyi mushuk, asl bugʻu, toʻngʻiz, los va boshqa; qoʻriqxonalarda zubr yashaydi. Kushlardan kakku, bulbul, boyoʻgʻli va boshqa bor. Oʻrmon hayvonlari, ayniqsa yirik sut emizuvchilar juda kamayib ketgan. Sharqiy Yevropaning dasht va chala choʻl rayonlari uchun kemiruvchilardan yumronqoziq, quyon, koʻshoyoq, suv kalamushi va boshqa xos. Kaspiy dengizi boʻyida saygʻoq, qarsoq tulki, qumsichqon; qushlardan burgut, bedana va boshqa koʻproq uchraydi. Oʻrta dengiz atrofida togʻ hayvonlari yashaydi. U erda sudraluvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar koʻp. Sut emizuvchilardan bezoar va alp echkilari, yovvoyi qoʻy, jayra, Gibraltarda magot maymuni; qushlardan chumchuq, zagʻizgʻon, qaldirgʻoch; sudraluvchilardan kaltakesak, gekkon, ilonlar, toshbaqa; suvda yashovchilardan - baqa, qurbaqa, salamandra, triton bor. +Geografik tadqiqotlar tarixi. +Yevropa qitʼasining ayrim qismlarini kashf etishni kritliklar boshlab berishgan. Ular mil. av. 16-asrdan oldinroq Kiklada arxipelagini egalladilar. Peloponnes yarim orolda yashovchi axeylar mil. av. 15–13-asrlarda Pind va Olimp togʻlarini, Xalqidiya yarim oroli, Shimoliy Sporada, Lemnos va Ioni orollarini kashf qildilar. Mil. av. 9-asrda finikiyalik dengizchilar Apennin yarim oroli, Malta, Sitsiliya, Sardiniya, Balear orollari, Pirenei yarim oroli sohillariga suzib boradilar. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalariga kelganda yunonlar Janubiy Yevropa sohillarini kashf etib boʻldilar. Mil. av. 320-yilgacha yunonistonlik Pifey Yevropaning gʻarbiy sohillarini Biskay qoʻltigʻidan Shimoliy dengizgacha oʻrgandi. Mil. av. 4-asrgacha yunonlar Bolqon va Apennin togʻlari orqali oʻtib, Sharqiy Alp togʻlarigacha borganlar. Mil. av. 58—51 yillarda Yuliy Tsezar legionlari Fransiyaning koʻp daryolari va Buyuk Britaniyaning Temza daryosigacha boʻlgan joylarni oʻrgandilar. Mil. av. 35 — mil. 9-yilda Oktavian Avgust sarkardalari Markaziy Yevropaga bostirib kirib, Reyn, Dunay vodiylari, Friz orollari bilan tanishdilar. 43—84 yillarda rimliklar Uels yarim oroli, Men va Anglsi orollari, Pennin togʻlarigacha bordilar. 8-asrda irlandlar Farer orollari va Islandiyaga birinchi boʻlib bordilar. 9-asrda bu orollarni normannlar egalladilar. Ular Skandinaviya va Kola yarim orollarini shimoldan aylanib, Oq dengizgacha yetib bordilar. Boltiq dengizining Botnik, Riga, Fin qoʻltiqlarida suzib, barcha yirik orollarni, Neman va Gʻarbiy Dvina daryolari etaklarini kashf etdilar. 8—9-asrlarda arablar butun Janubiy Yevropa, 711—718 yillarda oʻzlari bosib olgan Pirenei yarim oroli bilan janubi-sharq va sharqda Emba va Yoyiq (Ural) daryolari hamda Volga boʻyining unga Kama daryosi quyilishigacha boʻlgan joylarini oʻrgandilar. Sharqiy Yevropaning qolgan hamma rayonlari va butun Shimoliy Yevropani Boltiq, dengizi qoʻltiqlari va Oq dengizdan Uralgacha ruslar tadqiq qildi. 15—16-asrlarda rus dengizchi sayyohdari Shimoliy Yevropaning butun qirgʻoqlari boʻylab suzib, Kanin yarim oroli, Kolguev, Vaygach, Novaya Zemlya va Shpitsbergen orollarini oʻrgandilar. 16-asr 2-yarmida rus er oʻlchovchilari Sharqiy Yevropadagi daryo, yirik koʻllar, orol hamda yarim orollarni tadqiq qilib, xaritaga tushirdilar. 18-asrda rus sayyohlari Ural togʻlari, Yalpi Sirt, Kaspiy boʻyi pasttekisligi, Kumamanich botigʻi, Valday kirlari va boshqa joylarni oʻrgandilar. Janubiy Yevropa dengizlari sohili va Atlantika okeani sohilini 13—15-asrlarda, asosan Italiya dengizchilari batafsil tadqiq kilib xaritaga tushirdilar. 18-asr oxirlarida fransuz, italyan, polyak va boshqa olimlar Apennin, Alp, Karpat, Pireney, Dinara togʻlari, Markaziy Fransiya massivini oʻrganishni davom ettirdilar. 19-asrda geolog va geograflar Alp va Fennoskandiya togʻlarining tuzilishini, Buyuk Britaniya orolning relef xususiyatlarini aniqladilar. +Aholisi. +Aholisi 2000-yilga kelib 725,5 million kishiga etdi. Antropologik tarkibi. Yevropaning deyarli barcha aholisi katta yevropoid irqiga mansub boʻlib, bir necha kichik irqlarga boʻlinadi. Skandinaviya mamlakatlari, Birlashgan Qirollik, Irlandiya, Islandiya, Niderlandiya, Estoniya va Latviya hududlarida atlantika-boltiq irqiga mansub aholi yashaydi. Yevropaning markaziy viloyatlari va uning sharqiy qismida oʻrta evropa irqiga mansub turli xalqlar bor. Adriatika dengizi sharqidagi mamlakatlarda, Gretsiya shimoli, Bolgariya, Avstriya janubi va Italiya shimoli (Tirol), Qora dengizning shimoliy, gʻarbi va sharqida istiqomat qiluvchi aholi bolqon-kavkaz iqkiga kiradi. Ispaniya, Italiyaning katta qismi, Fransiya, Gresiya janubi, Oʻrta dengiz orollarida hind-oʻrta dengiz irqiga, Litva, qisman Latviya va Shimoliy Yevropaning Rossiya qismida oq dengiz-boltiq irqiga mansub xalqlar yashaydi. Yevropaning Ural va Volga havzalari va boshqa hududlarda turli irqqa mansub xalqlar bor. +Etnik tarkibi. +Yevropa xalqlari tillarining koʻpchiligi hind-evropa tillari oilasiga mansub. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropada slavyanlar guruhiga mansub xalqlar joylashgan. ruslar, ukrainlar, beloruslar — sharqiy slavyanlar; polyaklar, chexlar, slovaklar — gʻarbiy slavyanlar; bolgarlar, makedonlar, serblar va chernogorlar janubiy slavyanlarni tashkil etadi. Shimoliy va Markaziy Yevropada olmon tillirida soʻzlashuvchi xalqlar — olmonlar, avstriyaliklar, shveysariyaliklar, lyuksemburglar, gollandlar, flamandlar, inglizlar, shotlandlar, danlar, shvedlar, norveglar, islandlar va boshqalar yashaydi, Janubi-Gʻarbiy Yevropa aholisi roman tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — italyanlar, fransuzlar, ispanlar, portugallar, ruminlar, moldavanlar va boshqalardan iborat. Janubi-Sharqiy Yevropadagi hind-oriylar guruhiga mansub loʻlilarning koʻpchiligi va barcha mamlakatlarda istiqomat qiluvchi deyarli hamma yaxudiylar (rasmiy tili — idish, ivrit tili) mahalliy tilda soʻzlashadi. Grek tili va albanlar tili hind-evropa tillarining alohida guruhiga kiradi. Yevropa aholisining salmoqli qismini ural-oltoy xalqlari tillarida soʻzlashuvchilar tashkil etadi. Finlar, estonlar, karellar, mordvalar, marilar, udmurtlar, vengerlar va boshqa ugorfin tillarida, chuvashlar, tatarlar, boshkirdlar, gagauzlar va boshqa turkiy tillarda gaplashadi. Yevropada xristian dini, asosan ikki oqim (pravoslavie va katolitsizm)ga boʻlinadi; shuningdek, 16—17-asrlardagi reformasiya davrida katolik cherkovidan ajralib chiqqan protestantizm va boshqa diniy oqimlar bor. Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa xalqlarida pravoslavie, Janubi-Gʻarbiy Yevropa aholisi oʻrtasida katolitsizm keng yoyilgan. Yevropadagi turkiy xalqlar, albanlar, loʻlilarning koʻpchiligi, shuningdek, bosniylar va bolgarlarning bir qismi Islom diniga, yahudiylar hinduizmga eʼtiqod qiladi. +Siyosiy boʻlinishi. +Yevropaning hozirgi siyosiy xaritasi 1990-yillardagi siyosiy oʻzgarishlardan soʻng yangilandi. Bir qancha davlatlar, jumladan shoʻrolar ittifoqining barham topishi, Yugoslaviyaning parchalanishi, Chexoslovakiyaning Chexiya va Slovakiyaga boʻlinishi natijasida bir qancha yangi davlatlar vujudga keldi, GDR va GFR birlashdi. +Havolalar. +Tarixiy xaritalar + +Litva: +Litva (Lituania, Litovia, Litova, Litva, Lithuania, (litovski) Lietuva) — Sharqiy Yevropada, Boltik, dengizi boʻyida joylashgan davlat. Maydoni 65,2 ming km². Aholisi 2,986 ming kishi (2012). Poytaxti — Vilnyus shahri. Maʼmuriy jihatdan 44 tuman (rajonas)ra boʻlinadi. +Geografiya. +Litva Yevropada joylashgan boʻlib, Boltiq dengizi, Latviya, Polsha, Rossiya, Belarus bilan chegaradoshdir. +Davlat tuzumi. +Litva — mustaqil demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 yilda qabul qilingan (1996 yilda oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2003 yildan Rolandas Paskas). U umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Konun chiqaruvchi oliy organi — seym (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. +Tabiati. +Litva hududi Sharqiy Yevropa tekisligida, Boltiq dengizining janubi-sharqiy sohillarida, Nyamunas (Neman) daryosining oʻrta va quyi oqimi havzalarida joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik va kirlardan iborat. Markazida Oʻrta Litva pasttekisligi joylashgan. Sharqi va janubida Boltiq qator tepalari boʻlib, Litva qududida Z qirga boʻlinadi: Aukshtayts, Dzuk va Suduv. Dengiz sohilida qum tepa va plyajlar koʻp. Litvada neft, ohaktosh, dolomit, shisha qumlari, gil, torf, bur, gips, kahrabo va shifobaxsh buloklar (Druskininkay, Palanga, Birshtonas, Likenay) bor. Buloklar atrofida kurortlar barpo etilgan. +Litvada dengiz iqlimi kontinental iqlim bilan almashinib turadi. Kontinentallik gʻarbdan sharqqa orta boradi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3° dan — 6° gacha. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 16,5°— 17,6°. Oʻrtacha yillik yogʻin 750 mm. Daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub. +Eng yirik daryosi — Nyamunas. Kaunas shahridan quyilish joyigacha kema katnaydi. Asosiy irmoqyaari: Nyaris, Nyavejis, Dubisa va boshqa Ular bahorda sersuv. 3000 ga yaqin koʻl bor, eng kattasi — Drisvyati. Koʻllar baliqchilik va suv parrandachiligida foydalaniladi. Tup-roqlari podzol, chimli-podzol, podzol-botqoq, chimli-karbonatli, botqoq, podzollashgan-borli, allyuvial tuproqlar. +Litva hududining 25% (1,6 mln. ga) oʻrmon. Igna barglilar — 65%, keng barglilar — 35%. Qaragʻayzorlar, qoraqaragʻayzorlar bor. Hududining 17% yaylov va oʻtloq; 7% ga yaqini botqoqlik. +Hayvonot dunyosida sut emizuvchilardan malla tovushqon, tulki, boʻri, los, asl va xoldor bugʻular, toʻngʻiz, norka, silovsin, suvsar, suv qunduzi va boshqa yashaydi. Daryo va koʻllarda baliq turi koʻp. Qoʻriqxonalari: Juvintas va Chyapkyalyu. Litva milliy bogʻi bor. +Aholisi. +Aholisining 81% litvalar, shuningdek, ruslar, polyaklar, beloruslar ham yashaydi. Rasmiy til — litva tili. Dindorlarning aksariyati — katolik. Shahar aholisi 68,5%. Yirik shaharlari: Vilnyus, Kaunas, Klaypeda, Shyaulay. +Tarixi. +Litva hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar bu yerda odam tosh asridan yashab kelayotganini koʻrsatadi. Aholi oʻsha davrda urugʻ jamoalari tarzida yashagan, temirchilik, ovchilik va balikqchilik bilan shutullangan. Mil. boshlarida yirik kabila va kabila uyushmalari (jemaytlar, yatvyaglar va boshqalar) ajralib chiqa boshladi. 5—6-asrlarda jamoalar yemirilib, sinfiy tabaqalanish boshlandi. 9— 10-asrlardan xunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari avj oldi. 10—12-asrlarda Litva hududida Deltuva, Karshuva, Letuva va boshqa knyazliklar paydo boʻldi. 1240 yilda Buyuk Litva knyazligi vujudga keldi. 13-asrdan L.ga ne-mis ritsarlarining bosqinchilik yurishlari boshlandi. 200 yil davomida Litva bilan nemis ritsarlari oʻrtasida harbiy toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1236 yil nemis ritsarlari Saule yonida magʻlubiyatga uchradi. 1260 yil Litva qoʻshinlari nemis salibchilari ustidan Durbe koʻli yaqinida boʻlib oʻtgan jangda gʻalaba qozonib, Livon hamda Tevton ordenlarining bosqinchilik yurishlarini vaqtincha toʻxtatdi. 13-asr oʻrtalarida rus yerlarining feodal tarqoqligidan foydalanib, Litva knyazlari belorus, ukrain, rus yerlarini qoʻshib oldi. Gedi-min, Olgerd va Keystut knyazliklari davrida Buyuk Litva knyazligi ancha kengaydi. 14-asr oʻrtalarida Minsk, Sharqiy Volin, Podolye, Kiyev L.ga koʻshildi. Knyaz Vitovt Dnepr va Dnestr oraligʻidagi Qora dengizgacha boʻlgan yerlarni qoʻshib oldi. Bu davrga kelib Litva Sharqiy Yevropada eng yirik davlatga aylandi. 1340—1410 yillarda Tevton va Livon ordenlari yana hujumga oʻtdi, Sterva daryosi (1348) va Kaunas (1362) yonida yirik janglar boʻldi. 1401—09 yillarda salibchilarga karshi jemaytlar qoʻzgʻo-lon koʻtardi. Ichki va tashqi kurash sha-roitida Litva Polsha bilan Krevo ittifoqini tuzdi (1386). 1410 yil 15 iyulda Litva va Polsha qoʻshinlari Gryunvald jangida (1410) Tevton ordeni ustidan gʻa-laba qozondi. 1435 yil Sventa yaqinida magʻlubiyatga uchragan Livon ordeni ham oʻz bosqinchilik yurishlarini toʻxtatdi. +14-asr 2-yarmidan shaharlarda xunarmandchilik, keramika, oyna ishlab chiqarish, zargarlik rivoj topdi. Kaunas, Trakay va boshqa shaharlarda qasrlar qurildi. 15-asr oʻrtalarida Buyuk knyazlar kengashi asta-sekin Panlar radasiga aylandi. 16-asrdan Panlar radasi va seym davlat hokimiyatining asosiy organlari boʻlib qoldi. +1558 yil Rossiya bilan Livoniya urushi boshlandi. Bu urush Litva uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Litva hukmron doiralari Rossiyaga qarshi urushda yordam olish niyatida Polsha bilan yaqin aloqa oʻrnatdi. 1569 yil Lyublin ittifoqi tuzilib, Polsha bilan Litva Rech Pospolita davlatiga birlashdi. +1654—67 yillari rus qoʻshinlari Litvaning sharqiy qismini, 1655 yil Vilnyus va Kaunas shaharlarini bosib oldi. 1667 yil Smolensk yaqinida Rech Pospolita va Rossiya oʻrtasida Andrusov sulhi imzolandi (Belorussiya yerlari va Ukrainaning Dnepr daryosi oʻng qirgʻoq tomonidagi yerlar Litva tarkibida qoldi). Shimoliy urush (1700—21) yillarida Rech Pospolita Rossiyaning it-tifoqsoshi boʻldi. 17—18-asrlarda Rech Pospolita siyosiy inqirozga uchradi va 1772,1793, 1795 yillarda Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi. Litva Rossiyaga qoʻshildi. 19-asr 2-yarmida podsho hukumati Litvada millatchilik siyosatini kuchaytirdi. Oʻlkada milliy ozodlik harakati boshlandi. 1888 yil Vilnyusda Litva kasaba uyushma harakatiga asos solgan Oʻzaro yordam kassasi va Litva sotsial-demokratiyasi tashkil topdi.l-jahon urushi yillarida Litva xududi harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 1915 yil kuzida Litva hududini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1918 yil 16 fevralda Litva davlatining mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918 yil dekabrda Litva hududining katta qismida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi va 1919 yil fevralda Litva-Belorussiya shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1919 yil avgustda nemis qoʻshinlarining hujumidan soʻng Qizil Armiya boʻlin-malari Litvadan chiqib ketishga majbur boʻldilar. 1920 yil Litva bilan RSFSR oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, shoʻro hukumati Litva mustaqilligini tan oldi. 1940 yil iyunda Litva hududiga shoʻro qoʻshinlari kiritildi. 1940 yil iyulda Xalq Seymiga saylovlar boʻlib oʻtdi. 1940 yil 21 iyulda Litva shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1941 yilda L.ni nemis-fashist qoʻshinlari bosib oldi, 1944 yil iyul —1945 yil yanvarda shoʻro armiyasi tomonidan ozod qilindi. 1990 yil 11 martda respublika Oliy Kengashi Litva davlatini qayta tiklash haqidagi hujjatni qabul qildi va mamlakat Litva Respublikasi deb atala boshladi. 1990 yil mayda Litva Oliy Kengashi L.ning davlat mustaqilligi haqidagi deklaratsiyami qabul qildi. Litva 1991 yildan BMT aʼzosi. 1992 yil 5 avgustda OʻzR bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 16 fevral — Litva davlati kayta tiklangan kun (1918). +Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Litva demokratik partiyasi, 1989 yilda tuzilgan, 1902—20 yillarda shu nomda faoliyat koʻrsatgan partiyaning vorisi; Litva sotsial-demokratik partiyasi, 2001 yilda asos solingan; Vatan ittifoqi, 1993 yilda tuzilgan; Markaz ittifoqi, 1992 yilda tuzilgan; Litva xristian demokratik partiyasi, 1990 yilda asos solingan; Litva erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990 yilda tuzilgan. +Xoʻjaligi. +Litva — industrial-agrar mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoatning ulushi — 51,2%, qishloq xoʻjaligining ulushi — 24,7%, qurilishning ulushi — 9,8%, transportning ulushi — 3,6%, boshqa tarmoqlarning ulushi - 10,1%. +Sanoatning asosiy tarmoqlari — mashinasozlik va metall ishlash, yogʻochsozlik, kimyo va neft kimyosi sanoati, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, toʻqimachilik va oziq-ovqat, neftni qayta ishlash sanoati. Energetika xoʻjaligida gidroenergiya va torf ikkilamchi ahamiyatga ega. Litva issiklik elektr stansiyasi va Vilnyus issiklik elektr markazi keltirilgan gaz, mazut, koʻmir bilan ishlaydi. Kaunas GES, Ignalina AES bor. Litvada yiliga 18,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi xrsil qilinadi. Vilnyus, Rokishkis, Radvilish-kisda qishloq xoʻjaligi mashinalari, Kapsukasda oziq-ovqat korxonalari uchun asbob-uskunalar, Shyaulyayda velosiped, moped dvigatellari, Panevejisda avto-kompressorlar ishlab chikariladi. Kedaynyayda kimyo kombinati (sulfat kislota va superfosfat), Ionavada azotli oʻgʻit zavodi, Kaunasda sunʼiy tola zavodi, Vilnyusda plastmassa buyumlar zavodi, Plungeda sunʼiy charm zavodi bor. +Mahalliy xom ashyo asosida yuqori sifatli sement, gʻisht, ohak, yirik silikat bloklar, drenaj quvurlari, cherepitsa, shifer, yigʻma temir-beton va beton konstruksiyalar hamda detallar tayyorlanadi. Panevejisda yirik oyna zavodi deraza oynasi va oyna bloklari ishlab chikaradi. Ionava, Klaypeda, Kaunas, Shyaulyay, Vilnyus shaharlarida mebel kombinatlari bor. Qogʻoz sanoatining asosiy markazlari — Kaunas, Grigishkes. Kaunasdagi qogʻoz fabikasi yuqori sifatli qogʻoz, Klaypeda, Grigishkes, Pabra-dada karton, Klaypedada sellyuloza va faner, Kaunasda gugurt, Klaypeda, Vilnyus, Grigishkes, Kazlu-Rudada yogʻoch plitalar ishlab chiqariladi. +Yengil sanoatda toʻqimachilik va trikotaj, tikuvchilik, poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Yengil sanoatning yirik markazlari: Kaunas, Vilnyus, Shyaulyay va Klaypeda. Utenada trikotaj fabrikasi va Alitusda ip gazlama kombinati mavjud. Badiiy hunarmandchilik (kahrabo, keramika va boshqalardan buyum yasash) rivojlangan. +Goʻsht, sut, baliq sanoati L. oziqovqat sanoati mahsulotining 3/4 semiki beradi. Klaypeda — baliq ovlash va balik, sanoati markazi. Baliq Boltik, Barens dengizlaridan va Atlantika okeanidan ovlanadi. Qand-shakar, un, konditer, spirt-araq, pivo sanoati hamda meva va sabzavotni qayta ishlash, oʻsimlik moyi olish rivojlangan. +Qishloq xoʻjaligi. +Litvada iqtisodiy faol aholining 35% ga yaqini qishloq xoʻjaligida band Litvaga yarokli yerlar 3,4 mln.ga. Gʻalla, kartoshka, sabzavot, yem-xashak, suli, zigʻir, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi. Asalarichilik, darrandachilik (qora tulki va norka), baliqchilik rivojlangan. +Transportining asosiy turlari — temir yoʻl va avtomobil transporti. Litva uz. 3 ming km. Avtomobil yoʻllari uz. 44,5 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 80%. 1986 yildan Klaypeda — Mukran (Germaniya) solda kechuv yoʻli ishlay boshladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 374 ming t dedveyt (1992). Asosiy dengiz porti — Klaypeda, daryo porti — Kaunas. Vilnyus aeroporti xorijiy mamlakatlarning 65 shahari bilan bogʻlangan. +Litva chetga mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, xom ashyo oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Germaniya, Polsha, Belorussiya, Latviya, Estoniya va Skandinaviya mam-lakatlari. Pul birligi — lit. +Tibbiy xizmati. +Tibbiyot mutaxassislari Kaunas tibbiyot institutida, Vilnyus universitetining tibbiyot fakultetida va 6 tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. Druskininkay, Birshtonas, Likenay, Palanga, Neringa va boshqa balneologiya kurortlari mashhur. +Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. +Litvada oʻrta umumiy taʼlim deyarli toʻla amalga oshirilgan. 12 oliy oʻquv yurti bor. Eng yiriklari: Vilnyus universiteti, Vilnyus ped. universiteti, Vitautas Magnus universiteti, Vilnyus texnika universiteti, Kaunas texnologiya universiteti, Kaunas tibbiyot akademiyasi, Klaypeda universiteti. Qishloq xoʻjaligi akademiyasi, Litva fanlar akademiyasi bor. Litva davlat kutubxonasi, Fanlar akademiyasi kutubxonasi, klub muassasalari, muzeylar va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalar mavjud. +Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. +Litvada bir necha gaz. va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Letuvoye aydas" ("Litva aks sadosi", litva tilidagi kundalik gazeta, 1917 yildan), "Letuvos ritas" ("Litva tonggi", litva va rus tilidagi kundalik gazeta, 1919 yildan), "Gimtine" ("Ona diyor", litva tilidagi oylik jurnal, 1989 yildan), "Atgimimas" ("Uygʻonish", litva tilidagi haftanoma, 1988 yildan), "Bichyuliste" ("Doʻstlik", litva tilidagi haftalik gazeta, 1990 yildan). ELTA telegraf axborot agentligi 1995 yildan aksiyadorlik jamiyati, 1920 yilda asos solingan; Litvada radioeshittirish 1926 yildan, telekoʻrsatuv 1957 yildan ishlaydi. Litva radio va televideniyesi 1940 yil Vilnyus shahrida tashkil etilgan. +Adabiyoti. +Litva xalqi oʻz qarashlari va orzu-umidlarini boy ogʻzaki ijodiyotida — qoʻshiqdar, ertaklar, afsonalar, maqolalarda ifoda etgan. Kds. yozma yodgorliklari 14—16-asrlarda (yilnomalar, huquq mavzuidagi va tarbiyaviy asarlar) yaratilgan. 16—17-asrlarda, asosan, diniy adabiyotlar nashr qilingan (M. Dauksha, Y. Bretkunas va boshqalar)- 17— 18-asrlarda litva tilida epigrammalar, dostonlar, sheʼriy maktublar yuzaga keldi (A. Shimelpenigis, K. Milkus va boshqalar). 19-asr 1-yarmida Litva adabiyoti rivojiga shiorlar D. Poshka ("Jemaytiya va Litva mujigi"), A. Baranauskas ("Anikshchyay qaragʻayzori"), yozuvchi M. Valanchyus ("Palangalik Yuze") kabilar munosib hissa qoʻshdilar. 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida adabiyotda turli janrlar yuzaga keldi. V. Kudirka, P. Vaychaytis, Mayronis (I. Machyulis taxallusi), G. PyatkyavichayteBite va boshqa ijod qila boshladi. Litva adabiyotida tanqidiy realizmning shakllanishi yozuvchi Yu. Jemaytening ijodi bilan bogʻliq ("Kelin", "Pyatras Kurmyalis"). Realist yozuvchilardan V. Kreve, Vayjgantas va boshqa ijodida romantik anʼanalar namoyon boʻldi. 40—60-yillarda P. Svirka, Y. Shimkus, S. Neris kabi yozuvchilar yetishib chiqdi. +Ikkinchi jahon urushi yillarida E. Mejelaytis, V. Reymeris va boshqa yosh shoirlar voyaga yetdi. Urushdan keyingi yillarda Stuoga, Simonaytite, Y. Avijyus va Y. Gribas kabi yozuvchilar samarali ijod qildilar, 50—70-yillarda yaratilgan Ye. Simonaytitening "Vilyuye Karalyus", A. Belyauskausning "Kaunas romani", Y. Avijyusning "Yoʻqotilgan boshpana" romanlari, E. Mejelaytisning "Inson" sheʼriy toʻplami, Yu. Marsinkyavichyusning "Qon va kul", "Devor" dostonlari, Yu. Grushasning "Gerkus Mantas" dramasi Litva adabiyotining yutugʻi boʻldi. +1957—68 yillarda "Litva adabiyoti tarixi"ning 4 jildligi eʼlon qilindi. K. Ambrasas, A. Buchis, L. Gineytis kabi adabiyotshunoslar Litva adabiyotining dolzarb muammolari ustida tadqiqot olib bordilar. Keyingi yillarda G. Korsakene, Y. Doviday-tis, A. Baltakis, Yu. Vaychyunayte, P. Shirvis, S. Ged, Yu. Grushas, K. Say va boshqa yozuvchilarning asarlari shuhrat qozondi. +Oʻzbek va Litva xalqlari oʻrtasidagi adabiy aloqalar rivojlangan. Litva adabiyotining eng yaxshi namunalaridan M.Slutskisning "Jasorat" romani, E.Mejelaytisning "Inson" sheʼriy toʻplami, K.Donyalaytisning "Yil fasllari" dostoni va boshqa asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Oʻzbek adiblaridan Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon", Oybekning "Navoiy", Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Abdulla Qahhorning "Sinchalak", Asqad Muxtorning "Chinor" romani va boshqa asarlar litva tiliga tarjima qilingan. +Meʼmorligi. +Litva hududida miloddan avvalgi 4— 2-ming yilliklarga mansub turar joy qoldiqlari topilgan. Ular aylana, oval shaklida qurilgan. 5—8-asrlarda atroflari chuqur qilib, yogʻochlar bilan oʻralgan qarorgoxlar, 9—12-asrlarda yogʻoch qoʻrgʻonlar vujudga kelgan. 14-asrda muhim joylarda mudofaa inshootlari qurilgan, qoʻrgʻonlar qurilishida minoralarga ahamiyat berilgan. 15-asrdan boshlab Litvada shaharlar qurilishi tez oʻsdi (koʻpincha, uylar ikki qavatli qilib, birinchi qavatda savdo doʻkonlari, ikkinchi qavatda esa turar joylar qurilgan). 16-asrdan Uygʻonish davri madaniyati taʼsiri kuchaydi. 17—18-asrlarda barokko uslubida serhasham katolik cherkovlar, saroylar qurildi. 18-asrning oxiri va 19-asrning 1-yarmida klassitsizm tamoyillari yoyildi (Vilnyusdagi katta butxona, hozirgi rasmlar galereyasi, shahar ratushasi, hozirgi Badiiy muzey). 19-asrning 2-yarmida va 20-asr boshlarida Litva meʼmorligida oʻtmishdagi uslublarga taqlid kuchaydi, 20—30-yillarda xalq sanʼati va neoklassika anʼanalari taʼsirida binolar qurildi (Kaunasdagi bank, meʼmor M. Songayla). Ikkinchi jahon urushidan key-in shaharlar bosh reja asosida qayta tiklandi, yangi shaharlar vujudga keldi, yirik panelli uylar qurilishi avj oldi. Binolarning old tomonlarini bezatishda yogʻoch, keramika, vitraj, metalldan foydalanishga eʼtibor berildi ("Nyaringa" mehmonxonasi va qahvaxonasi, meʼmorlar A. va V. Nasvitislar va boshqalar). Litvalik meʼmorlar loyihasi asosida Toshkent (Chilonzor)da ham bir necha uy qurilgan. +Tasviriy sanʼati. +Litva hududida neolit davriga mansub odamlar va hayvonlarning juda sodda kahrabo, yogʻoch haykalchalari, keramika idishlari topilgan. 9—12-asrlarda metallni badiiy ishlash rivoj togan (qurol, zargarlik buyumlari). 16—17-asrlarda portretlar koʻp yaratilgan. Kitob nashr qilishning yoʻlga qoʻyilishi bilan ksilografiya rivojlangan. 17—18-asrlarda saroy va cherkovlarni bezashda haykaltaroshlik va rassomlik sanʼatidan keng foydalanilgan. 19-asrda yangi davr milliy sanʼati shakllandi. 20-asr boshlarida milliy rassomlik shakllanishiga Adabiy-badiiy jamiyat faoliyati taʼsir oʻtkazdi. Haykaltaroshlardan Yu. Zikaras va P. Rimsha realistik anʼanalarni davom ettirishdi. Rassom M. Chyurlenis ijodida adabiy folklor fantastikasi simvolika bilan hamohang boʻlib ketgan. Zamonaviy rassomlar orasida A. Savitskas, S. Veyverite, Y. Shvajas, V. Yurkunas va boshqa ajralib turadi. Kahraboga sayqal berish, yogʻochsozlik, qoʻlda toʻqish sanʼati rivoj topgan. +Musiqasi. +Adabiy folklori laparlar, asosan, ishqiy qoʻshiq (dayna)larga boy. Koʻpchilik boʻlib aytiladigan qad. qoʻshiqlar sutartine deb ataladi. Xalq raqslari turli shakllar yasab, mayin tushiladi. Musiqa asboblari orasida torli sozlardan kankles, puflama so-zlardan ragas (burgʻu), daudite (uzun truba), skuduchay, lumzdyalis (fleyta turlari), urib chalinadigan sozlardan skrabalay va boshqa keng tarqalgan. Professional musiqa 14-asrdan rivojlandi. 16-asrdan cherkov xor musiqa maktablari vujudga keldi, zodagonlarning saroylarida kapella, opera va balet truppalari tashil etildi. 18-asrda Vilnyus teatrida Gʻarbiy Yevropa kompozitorlarining opera va baletlari sahnalashtirildi. 1803 yilda Vilnyus universitetida musiqa kafedrasi ochildi. 1906 yilda "Vilnyaus kankles" jamiyatining kuchi bilan birinchi milliy opera (M. Petrauskas, "Birute") sahnaga qoʻyildi. M. Chyurlenis ilk milliy simfonik va kamer musiqa asarlarini yaratdi. 1920 yilda Kaunasda opera teatri, 1921 yilda balet studiyasi, 1933 yilda konservatoriya ochildi. 1940 yilda Vilnyusda filarmoniya, xalq ijodiyoti uyi, musiqa bilim yurti tashkil etildi. 1948 yilda opera va balet teatri Kaunasdan Vilnyusga koʻchirildi. Keyingi yillarda mahalliy mualliflarning "Marite" operasi, "Dengiz sohilida" baleti, "Oltin dengiz" operettasi tomoshabinlarga taqdim etildi. Simfoniya va kamer janrlari rivoj topdi. Kompozitorlardan A. Rachyunas, Yu. Yuzelyunas, A. Belazaras, V. Yugova, B. Dvarionas va boshqa barakali ijod qildi. Vilnyus konservatoriyasi, ped. institutining musiqa boʻlimi, Shyaulyay ped. institutining musiqa fakulteti, 5 musiqa bi-lim yurti, musiqa va xoreografiya maktablari musiqadan taʼlim beradi. Dirijyorlardan — B. Dvarionas, I. Shvya-das, S. Sondyaskis, xonandalardan — K. Petrauskas, Y. Stasyunas, V. Noreyka va boshqa mashhur. +Teatr. +Teatr sanʼati unsurlari litva xalq hangomalari va turli marosimlarida koʻp uchraydi. 16—18-asrlarda maktab teatrlari faoliyat koʻrsatgan. 1785 yilda Vilnyusda tuzilgan professional truppa Litvada birinchi xalq teatriga asos boʻldi. 1905—07 yillarda va undan keyin Vilnyus, Kaunas, Shyaulyay va boshqa shaharlarda havaskorlik teatrlari, drama toʻgaraklari tashkil topdi. 1919—40 yillarda Kaunas teatr hayotining markazi boʻldi. Bu yerda Milliy teatr (1919 va 1923—25), "Vilkolakis" satira teatri (1919—25) faoliyat koʻrsatib, K. Glinskiye, Yu. Vay-chkus, A. Sutkus kabi rejissyorlar samarali ijod qilib, muvaffaqiyatga erishdilar. +Keyingi yillarda Vilnyus davlat teatri va boshqa bir kator teatrlarda ja-hon va litva dramaturgiyasining eng yaxshi asarlari sahnaga qoʻyildi (Yu. Marsinkyavichyusning "Qon va kul", Yu. Grushasning "Gerkus Mantas" va boshqalar). Sahna sanʼati rivojiga B. Dauguvetis, Yu. Siparis, D. Banionis, B. Babkauskas, S. Yukna va boshqa aktyor hamda rejissyorlar katta hissa qoʻshdilar. +Vilnyus drama teatri, Yoshlar teatri, Kaunas drama teatri, Shyaulyay, Panevejis, Klaypeda teatrlari, Vilnyus va Kaunasda qoʻgʻirchoq teatrlari bor. Aktyor va rejissyorlar Vilnyus kon-servatoriyasida tayyorlanadi. +Kinosi. +Dastlabki "Nyamunas oldida" filmi 1909 yilda yaratilgan (operator va rejissyor V. Staryavichyus). 1940 yilda Kaunasda hujjatli va xronikal filmlar studiyasi tashkil qilindi. 50-yillarning oʻrtalarida studiya bazasi kengaytirilib, badiiy filmlar ham ishlab chiqarila boshladi. V. Jalakyavichyus, V. Mikalauskas (rejissyorlar), I. Gritsyus (operator) va boshqa Litva kino sanʼatida muhim rol oʻynay boshladilar. Rejissyor va ssenariychi V. Jalakyavichyusning "Bir kun voqeasi", "Hech kim oʻlishni istamas edi", rejissyor R. Vabalasning "Tungi odamlar", "Osmonga narvon", A. Jebryunasning "Qizaloq va aks sado", "Goʻzal" filmlari Litva kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. Litvada huj-jatli kino sanʼati rivoji V. Staro-shas, Litva Tautrimas. Litva Matsulevichyuslarning "Oʻz Vatanida", "Polshada 10 kun", "Nyaringa" va boshqa kino ocherklari bilan bogʻliq. + +Vladivostok: +Vladivostok — Rossiya Federatsiyasidagi shahari, Primore oʻlkasining markazi (1888 yildan). Sibir temir yo'l magistralining oxirgi punkti. Tinch okean sohilidagi yirik port. Yirik aeroport bor. Zolotoy Rog buxtasi atrofida va Amur qoʻltigʻining sharqiy sohili boʻylab amfiteatr shaklida joylashgan. Axoliyey 648 ming kishidan ziyod (1999). Vladivostok 1860 yilda bunyod etilgan. 1862 yildan port, 1880 yildan shahar. Vladivostokda kema tuzatish korxonalari bor, baliq konserva zavodlari uchun texnologik liniyalar, kon-shaxta asbobuskunalari, konveyerlar, nasoslar, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalaridan baliq, goʻsht kombinatlari, sut zavodlari, konditer fabrikasi, qurilish materiallari sanoati korxonalaridan temir-beton konstruksiyalari va yirik panelli uysozlik zavodlari mavjud. Uzoq Sharqsa kit, krab, yovvoyi hayvonlarni ovlash va refrijerator floti bazasi. +Vladivostokda 8 oliy oʻquv yurti, 13 maxsus oʻrta oʻquv yurti, Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq boʻlimi, 3 teatr, filarmoniya, 3 muzey va suratlar galereyasi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan dengiz vokzali (1965), mehmonxona (1965), Madaniyat uyi (1967), keng formata i kinoteatr (1969) mavjud. + +Rus tili: +Rus tili — rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, soʻng Rossiya Federatsiyasi va MDHda millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi. Ukrain va belorus tillari bilan birgalikda hindevropa tillari oilasiga kiruvchi slavyan tillarining sharqiy guruhini tashkil etadi. Oʻtgan asrning 80-yillaridagi maʼlumotlarga koʻra, Rus tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 mln. kishidan, jumladan, hozirgi Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida 185 mln. kishidan iborat. Bundan tashqari, mazkur hududlardagi 60 mln.dan ortiq kishi Rus tilida erkin soʻzlasha oladi. +Rus tili juda uzoq va murakkab rivojlanish tarixiga ega. Eng qadimgi rus adabiy tili Kiyev Rusida shakllangan boʻlib, u 14-asrgacha sharqiy slavyanlar uchun umumiy til hisoblangan. 14—15-asrlarda qadimgi Rus tili 3 tilga — velikorus (rus), ukrain va belorus tillariga boʻlinib ketadi. Shu davrdan boshlab Rus tili boshqacha aytganda, velikorus tili markazi Moskva boʻlgan Rus davlati hududida rivojlana boshlaydi. +Rus tili lahja va shevalari 2 ga: shimoliy velikorus ("o" lovchi) va janubiy velikorus ("a" lovchi) guruhlariga boʻlinadi; oʻrta rus shevalari mazkur har ikkala guruh xususiyatlarini oʻzida aks ettiradi. 16—17-asrlarda shimoliy va janubiy lahjalar chegarasida boʻlgan Moskvada oʻziga xos koyne (umumiy laxja) shakllanib, u namunali tilga aylanadi. +Qadimgi Rus tili xususiyatlarini saklab qolgan adabiy til bilan soʻzlashuv tili oʻrtasida sezilarli tafovutlar paydo boʻlib, 17-asrdan boshlab rus millati va rus milliy tili shakllana boshlaydi. 17-asr oxiri —18-asr boshidagi adabiy til boy va ifodali, koʻplab gʻarbiy yevropa oʻzlashmalariga ega esada, barqaror boʻlmagan. Uni tartibga solish va barqarorlashtirishda M. V. Lomonosovning xizmatlari katta boʻlgan. 19-asr boshlarida adabiy tilning xalqchilligi bosh muammo hisoblanib, bu muammoning yechimida I. A. Krilov, A.S. Griboyedov, ayniqsa, A. S. Pushkin ijodi alohida oʻrin tutadi. Ayni Pushkin ijodida umummilliy rus adabiy tilining shakllanishi yakun topadi. Pushkinning buyuk xizmati shundaki, uning ijodida adabiy Rus tilining umummilliy meʼyorlari ishlab chiqilgan va mustahkamlangan hamda bu meʼyorlar Pushkinning zamondoshlari va undan keyingi avlod tomonidan qabul qilingan. +Adabiy tilning boyishiga 19—20-asrlardagi rus adabiyotining mumtoz vakillari ulkan hissa qoʻshdilar; 19 a.ning 2-yarmidan boshlab uning rivojlanishiga yozuvchilar bilan bir qatorda jamoat arboblari, fan va madaniyat namoyandalari ham katta taʼsir koʻrsatib kelmokdalar. Oktabr toʻntarishidan soʻng oʻzgacha ijtimoiy tuzum hamda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli Rus tilida, ayniqsa, uning leksikasida sezilarli oʻzgarishlar paydo boʻddi, adabiy tilning umumiy demokratlashuvi kuchaydi. +Rus tili flektivsintetik tillardan boʻlib, unda 3 ta grammatik jins turkumsi, otlarning 3 xil turlanishi, feʼllarning 2 xil tuslanishi mavjud; koʻmakchilar predlog koʻrinishida, yaʼni oʻzi bogʻlanadigan soʻzlar oldidan joylashadi. +Hozirgi rus alifbosi Kirill yozuvi (kirillitsa)ga asoslangan (qarang Rus alifbosi). Unda bitilgan eng qad. yodgorliklar 11-asrga taalluklidir. +20-asr oʻrtalaridan boshlab butun jahonda Rus tilini oʻrganish keng tarqaladi. Rus tili dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatda oʻqitiladi. 1967 yilda Rus tili va adabiyoti oʻqituvchilarining xalqaro assotsiatsiyasi, 1973 yilda A. S. Pushkin nomidagi Rus tili instituti tashkil etilgan. Shoʻro davrida Oʻzbekistonda va MDHning bir qancha mamlakatlarida Rus tilini oʻqitishoʻrgatishga alohida eʼtibor berilgan, hatto bu jarayon majburiy asosda olib borilgan. Hozirgi paytda ham respublikamizda Rus tilini oʻrgatish, avvalgiday majburiy boʻlmasada, oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. +Adabiyot. +Abduvahob Madvaliyev. +Rus tili ("русский язык") — bir til sharqiy Yevropada. Slavyan tillari oilasiga kiradi. +Havolalar. +giramatika + +Tojik tili: +Tojik tili — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining janubi-gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Shimoliy Afgʻonistonda, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. Tojik tilida jami 10 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 4 mln.dan, Oʻzbekistonda 1 mln.dan ortiq, Afgʻonistonda 4 mln.ga yaqin) kishi soʻzlashadi (2001). Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor. +Adabiy Tojik tili qad. forstojik tili (9— 15-asrlar)ga — fors, tojik va dari tillarida soʻzlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib takaladi. 20-asrda adabiy tilning soʻzlashuv tili bilan yaqinlashuvi natijasida unda, ayniqsa, leksikada, jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi. +Tojik tilidagi ilk yozma yodgorliklar 9-asrga mansub. Tojikiston Respublikasidagi Tojik tilida 1929 yil gacha arab, 1940 yilgacha lotin, 1940 yildan rus grafikasi asosidagi yozuvdan foydalaniladi. +Tojik tili () Tojikiston, O‘zbekiston, Eronning shimoliy-sharqiy qismi, Afg‘onistonning shimoliy qismi, Turkmanistonning janubiy qismi hamda Xitoyning shimoliy qismida yashaydigan aholining so‘zlashuv tili hisoblanib, dunyoda 6 milliondan ziyod kishi bu tilda gaplashadi. Tojik tili eroniy tillarining pahlaviy tili oqibatida vujudga kelgan. Milodiy 8-9 asrlarda Yaqin Sharq va O‘rta Osiyoda fan va madaniyat tili darajasiga ko‘tarilib, forsii dariy sifatida davlat tili maqomiga erishgan. 9-15 asrlarda she‘riyat tili sifatida nash‘unamo qilib nodir asarlar yaratildi. Misol sifatida bir "Layli va Majnun" dostonining o‘zi 88 shoir tomonidan turlicha talqinda yozildi. Rudakiy, Abu Ali ibn Sino, Firdasiy, Xayyom, Rumiy, Saʼdiy, Hofiz, Jomiy, Bedil dek allomalar ushbu tilda ijod qilishdi. +O‘zbekistonda bu til asosan Samarqand va Buxoro, qisman esa Andijon, Namangan, Fargʻona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va juda kam miqdorda Sirdaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlarida yashovchi aholining so‘zlashuv tili hisoblanib, O‘zbek tilidan keyin ikkinchi tarqalgan til sifatida eʼtirof etiladi. + +Turkiya: +Turkiya (turkcha. Türkiye), Turkiya Respublikasi (turkcha. Türkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning gʻarbiy qismi va Yevropaning janubiy Turkiyaning poytaxti - Anqara shahri. Davlat tili - Turk tili. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni (2019) — 83.154.997. Pul birligi — lira. Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat. +Davlat tuzumi. +Turkiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1982 yilda qabul qilingan (bir necha marta tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Axmet Nejdet Sezer), u Buyuk Millat Majlisi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi oliy parlament — Turkiya Buyuk Millat Majlisi. Oliy ijroiya hokimiyati xukumat boʻlib, uni Bosh vazir (Bosh boqon) boshqaradi. Bosh vazirni prezident deputatlar orasidan tayinlaydi. +1919–1939 yillarda turkiyasharqiy qismida joylashgan davlat. Hududining 97% Kichik Osiyo yarim orol (Anadolu)da, 3% Yevropa (Sharqiy Frakiya)da. Shimolidan Qora dengiz, gʻarbdan Egey dengizi, janubdan Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Egey dengizidagi bir qancha orol ham Turkiyaga qarashli. Maydoni 814578 km². Aholisi 75,63 mln. kishi (2012). Poytaxti — Anqara shahri Maʼmuriy jihatdan 81 el (viloyat)ga, ellar elchalarga boʻlinadi. +Tabiati. +Turkiya tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. Barish Oʻzbek Relyefining aksari togʻ va yassitogʻlik; shimoliy va janubiy sohillarga parallel ravishda yastangan togʻ tizmalari orasida keng va ochiq tekislik, qir, koʻl, plato va daryolar mavjud. Shimolida Qora dengiz sohiliga yondosh ravishda Shimoliy Anadolu yassitogʻlari, janubda Toros togʻlari, Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutogʻ, Istranja va Tekirtogʻlar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin togʻlari, Oʻrta Anadoluda Qiziltogʻ, Raman va Soʻf togʻlari, Sharqiy Anadoluda Agʻri togʻlari (bu togʻda Turkiyaning eng baland nuqtasi boʻlgan Buyuk Agʻri choʻqqisi — 5137 m) qad koʻtargan. Turkiya hududi seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. Turkiya yer ostida xromit, borat, boksit, volfram, simob, surma, mis, toshkoʻmir, neft, marganets, temir va boshqa bor. Iqlimi subtropik, gʻarbiy va janubiy sohillari iliq, yogʻin koʻp, ichki mintaqada yoz issiq va quruq, qish sovuq, qor koʻp yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi pasttekisliklarda 5—10° dan ichki yassitogʻliklarda —15° gacha, sharqdagi togʻliklarda —35° gacha sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi dengiz sohillarida 22—32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yogʻin oʻrtacha 1000–3000 mm. Yirik koʻllari: Van, Tuz, Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprogʻi ichki yassitogʻliklardagi choʻllarda asosan boʻz va och qoʻngʻir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa shoʻrxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya togʻlarida doim yashil va igna bargli oʻrmonlar, togʻlarning baland qismida all oʻtloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli oʻtlar oʻsadigan chala choʻldan iborat. Togʻlarda yovvoyi qoʻyechkilar, toʻngʻiz, boʻri, chiyaboʻri, ayiq va boshqalarlar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq koʻp. Turkiyada 12 milliy bogʻ bor. Yiriklari: Olimpos Beydaglari, Munzur Vodiysi, Kyopryulyu Kanon. +Aholisining 90% — turklar. Kurd, arab, uzbek, adigey, ubix, chechen, osetin, lezgin, yunon, arman, laz, gurj, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — turk tili. Shahar Aholisi 69%. Yirik shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Koʻniya, Bursa, Gʻoziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna. +Tarixi. +Hozirgi Turkiya hududida juda qadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlatlar boʻlgan. Anadolu Xett qirolligi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont qirolligi, Pergam, Qad. Rim, Vizantiya tarkibida boʻlgan. Turkiy elatlar bu hududga 11-asrdan koʻchib kela boshlagan. Oʻgʻuzturkman qabilalarining yoʻlboshchilari boʻlgan Toʻgʻrulbek va Chagʻribek boshchiligida Saljuqiylar davlatita asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071 yilda Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan soʻng, Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1072—92) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning oʻlimidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo boʻldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol oʻynadi. 1243 yilgi Koʻsatogʻ jangi oqibatida moʻgʻullar bu davlatga barham berib, oʻlkani istilo qildilar. 13-asrning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-asrning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ni egallab (1453 yil 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Sulton Salim I Ya vuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-asrdan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari Turkiyaga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683 yilda Vena shahri yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va Olmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684 yilda Turkiyaga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686 yildan Rossiya) "Muqaddas ittifoq" tuzdilar. Ittifoqchilar Turkiyaga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq Turkiya 1711 yilda Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay janubiga chekinishga, shimolda Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. 18-asrda yanada koʻproq talofotlar berildi. +1768—74 yillardagi Rossiya–Turkiya urushidan keyin Turkiya Qora dengiz va Bolqon yarim oroldagi mavqeini boy berdi. 1774 yilgi KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq Qrim xonligi Turkiyadan ajratib olinib, mustaqil deb eʼlon kilindi. Biroq 1783 yil Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—91 yillardagi urushda Turkiya yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. Turkiya Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga oʻtganligini tan olishga majbur boʻldi. +Sultan Salim III (1789 – 1807 yillarda imperiyani boshqargan) davlat tashkilotlarini zamonaviylashtirish, eng avvalo, harbiy islohotlar oʻtkazish harakatini boshladi. Yangi Nizom ("Nizomi jadid") deb nomlangan bu islohotlar natijasida boshqaruv, moliya, savdo, qishloq xoʻjaligi., ilmfan va boshqa sohalarda yangiliklar joriy etishga kirishildi. Biroq islohotlarga jaholatparast ulamolar, armiyadagi nufuzini yoʻqotishdan qoʻrqqan yanicharlar va boshqa qarshilik koʻrsatib, 1807 yil 15 mayda koʻtarilgan isyon natijasida Sulton Salim III ni taxtdan agʻdarib tashladilar. Taxtga chiqqan Mustafo IVning faoliyati "Nizomi jadid" tufayli qoʻlga kiritilgan yutuqlarni yoʻq qilishga qaratildi. Biroq islohotchilar oʻz tarafdorini koʻpaytirishga muvaffaq boʻldilar va 1808 yil 28 iyulda Sulton Mahmud II ni taxtga oʻtqazdilar. Mahmud II yanicharlarni yoʻq qildi va armiyani qayta tashkil etdi, boshqaruv, moliya, huquq va boshqa sohalarda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Biroq uning islohotlari Usmoniylar imperiyasi inqirozini toʻxtata olmadi. Yunoniston va Serbiyada qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. Bu orada Rossiya Turkiya oʻrtasida 1806— 12 yillarda boʻlib oʻtgan urush oqibatida Rossiya sarhadlari Prut daryosigacha kengaydi. 1828—29 yilgi urushda ham Rossiya gʻolib chikdi va Turkiya Yunonistonga muxtoriyat maqomini berishga majbur boʻddi. Turkiyaning Yevropa kapitaliga iktisodiy karamligi ortdi. Qaramlikdan qutulish uchun Turkiya hukmron sinfi 1839 yil yangidan islohot (tanzimat) oʻtkazib, turk ziyolilarining shakllanishiga imkon yaratdi. 1853—56 yillarda Rossiyaga qarshi olib borilgan Kroʻm urushida Turkiya galaba qozondi. Rossiya 1856 yil 30 martda Parij sulh shartnomasini imzolashga majbur boʻldi. Ushbu shartnomaga koʻra, Dunay daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun ochiq, betaraf deb eʼlon qilindi, "Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi" tan olindi. +Bu davrda Turkiyada Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqish kuchaydi, banklar ochildi, sanoat rivojlana boshladi. Taraqqiyparvar ziyoli, jurnalist, yozuvchi, maʼmur va boshqa yetishib chikdi. Sulton Abdulaziz saltanati davri (1861—76)da Tanzimat harakati qiyinchilik bilan boʻlsada, davom ettirildi. Bu davrda Usmoniylar davlati bironbir xalqaro urushda katnashmadi. Biroq imperiyaning Bolqon yarim oroldagi qududlarida isyonlar yuz berdi. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvolini yaxshilash, konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatish gʻoyasi tarafdori boʻlgan Yosh usmoniylar harakati kengaydi. Bu davrga kelib kitob, jurnali va gazetalar chop etila boshlandi. Sulton Abdulhamid II (1876—1908 yillarda boshkargan) taxtga chiqqan yili ilk Asosiy Qonun eʼlon qilindi (1876 yil 23 dekabr). Sulton hukumatni tanqid ostiga olgan parlamentni 1879 yil fevral.da tarqatib yubordi, yosh usmoniylarning koʻpchiligini taʼqib ostiga oldi. 1877—78 yillardagi Rossiya–Turkiya urushida Turkiyaning yengilishi bilan Bolqon yarim orolda Turkiya hukmronligi tugatildi. 1881 yil Fransiya Tunisni, 1882 yilda Buyuk Britaniya Misrni bosib oldi. Mamlakatda yosh turklar harakati tobora kuchaydi, ular tomonidan tuzilgan yashirin "Ittihod va taraqqiy" tashkilotining kuchli taʼsiri ostida Sulton 1908 yil 23 iyulda yana konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatishini eʼlon qilishga majbur boʻldi. 1914 yildan butun hokimiyat yosh turklarning yoʻlboshchilari boʻlgan Mehmet Talʼat posho (1874— 1921), Ahmad Jamol posho (1872— 1922) va xarbiy nozir Anvar posho (1881 — 1922) qoʻliga oʻtdi. Birinchi jahon urushida Usmoniylar davlati Olmoniya tomonida turib urushdi. 1918 yil 30 oktabrda Turkiya Antanta davlatlariga taslim boʻldi. Antanta davlatlari Turkiyani ishgʻol qildilar. Turk xalqi orasida milliy ozodlik harakati boshlandi. Turkiyada Ozodlik urushi (Kurtulish savashi) deb atalgan bu umummilliy harakatga Mustafo Kamol posho (Otaturk) boshchilik qildi. Ozodlik urushi avj oldi. 1921 yilgi Inoʻnoʻ va Saqariya janglari natijasida Yunoniston qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozonildi. 1922 yil 9 sentabrda Izmir ozod qilindi. 1922 yil 1 noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) sultonlikni bekor qilish va xalifalikni saltanatdan ajratish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Lozanna sulh shartnomasi (1923 yil 24 iyul) ga muvofiq, Turkiyaning chegaralari belgilandi, Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligi eʼtirof etildi. 1923 yil 29 oktabrda Turkiya respublika deb eʼlon etiddi. 1924 yil 3 martda esa xalifalik bekor qilindi. 1924—34 yillarda davlat qurilishi, huquqiy munosabatlar, madaniyat va turmushga oid qator islohotlar oʻtkazildi, jumladan, Konstitutsiya qabul qilindi, arab alifbosidan lotin alifbosiga oʻtildi. Eng avvalo, davlat va din birbiridan ajratiddi, maktab va taʼlimtarbiya ishlari davlat ixtiyoriga olindi, shariat sudlari bekor qilinib, yangi sud tizimi shakllantirildi, qonunlar yangidan ishlab chiqildi, ayollarga saylov huquqi berildi. Iktisodiyot sohasida ham oʻzgartirishlar amalga oshirildi. +Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida Turkiya Fransiya va Angliya bilan shartnoma tuzib, iqtisodiy yordam olishga muvaffaq boʻldi. U Sovet Ittifoqining Turkiyaga qarshi hujum qilish xavfini oldini olib, 1941 yil 25 martda SSSR bilan shartnoma imzoladi. Olmoniya bilan ham u Sovet Ittifoqiga hujum qilishidan bir necha kun oldin xuddi shunday shartnoma tuzildi. 1945 yil fevralralda Turkiya AQSH, Angliya va SSSRga qoʻshilib, Olmoniya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 yil 5 martda Turkiya San-Fransisko konferensiyasiga taklif etildi va BMT ni barpo etgan aʼzolar qatoridan joy oldi. +Turkiya 1952 yil NATO ga aʼzo boʻldi. Bu davrda Turkiya Koreya urushida ishtirok etdi. 1954 yildan keyin iqtisodiy ahvol ogʻirlashib, inflyatsiya kuchaydi, talabalar namoyishlari boʻlib oʻtdi, tanglik ortdi. Vaziyatdan xavfsiragan harbiylar 1960 yil 27 mayda davlat toʻntarishi qildi. 1961 yil 9 iyulda demokratik erkinliklarni koʻzda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1965 yilgi saylov natijasida Sulaymon Demirel hokimiyat tepasiga keldi. 1971 yildan koalitsion hukumatlar davri boshlandi, hukumatlar ketma-ket almashinib turdi. Mamlakatda iqtisodiy tanglik, oziq-ovqat, yonilgʻi tanqisligi roʻy berdi, terror avj oldi. Bu vaziyatda general Kenan Evren boshchiligidagi harbiylar 1980 yil 12 sentabrda hokimiyatni egallab, TBMM va hukumatni tarqatib yubordi, qamal holati eʼlon qildi, partiya rahbarlarini nazorat ostiga oldi. 1982 yil 7 noyabrdagi referendum natijasida yangi Konstitutsiya qabul qilindi, Kenan Evren prezident boʻldi. 1983 yil 24 apreldan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Oʻsha davrdan siyosiy faoliyatini boshlagan Turgʻut Oʻzal Ona vatan partiyasini tuzdi. Bu partiya 1983 yil 24 noyabrdagi saylovda muvaffaqiyat qozonib, hokimiyat tepasiga keldi. Turgʻut Oʻzal qatʼiy islohotlar oʻtkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yoʻliga olib chiqdi. Eksport va import erkinlashtirildi, eksportni ragʻbatlantiruvchi ochiq iqtisodiy siyosat olib borildi. Natijada ishlab chiqarish. eksportga yoʻnaltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va Turkiya iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm misli koʻrilmagan darajada taraqqiy topdi. Turgʻut Oʻzal 1989 yil 9 noyabrda prezident etib saylandi. 1991 yil Sovet Ittifoqi tugatilgandan soʻng Kavkaz va Oʻrta Osiyoda tashkil topgan mustaqil davlatlar bilan yaqin va doʻstona munosabatlar oʻrnatildi. Turgʻut Oʻzal vafoti (1993)dan soʻng Sulaymon Demirel prezident etib saylandi. Turkiya Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan va 1992 yil 4 martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami —29 oktabr — Respublika kuni (1923). +Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. +Adolat va rivojlanish partiyasi, 2001 yil tuzilgan; Ona vatan partiyasi, 1983 yil tashkil etilgan; Jumhuriyat xalq partiyasi, 1923 yil asos solingan; Toʻgʻri yoʻl partiyasi, 1983 yil tuzilgan; Milliyotchi harakat partiyasi, 1983 yil kayta tashkil etilgan; Demokratik soʻl partiya, 1985 yil asos solingan; Demokratik partiya, 1994 yil tuzilgan; Buyuk Birlik partiyasi, 1993 yil asos solingan; Demokratik Turkiya partiyasi, 1997 yil tashkil etilgan. Turkiya Ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi ("TurkIsh"), 1952 yil tashkil etilgan; Turkiya Inqilobiy ishchilar kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1967 yil "Tur.kIsh"dan baʼzi uyushmalarning ajralishi natijasida tuzilgan; Turkiya Haq ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi ("HaqIsh"), 1976 yil barpo etilgan. +Xoʻjaligi. +Turkiya — industrialagrar mamlakat. 1980 yil iqtisodiyotda tub burilishni koʻzda tutgan keng qamrovli dastur joriy etila boshlandi. Eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida markazdan boshqaruv oʻrniga bozor mexanizmiga oʻtildi. Soliq masalasida bir qancha qulayliklar yaratildi, sarmoya jamgʻarmalari tez surʼatlar bilan koʻpaydi, chet el sarmoyasi erkin kelishiga qulay imkoniyat yaratiddi. Chet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etishni tezlashtirish uchun 1985 yilda "Erkin mintaqalar qonuni" kuchga kirdi. Bunday mintaqalar 1987 yilda atigi 2 ta (Mersin va Antaliya) boʻlgan boʻlsa, 2002 yilga kelib ularning soni 21 ga yetdi. Ana shular natijasida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,7%, qishloq xoʻjaligi. niki 14,4%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 56,9% boʻddi. +Sanoati. +Turkiya xromit ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda yetakchi (toʻrtinchi) oʻrinda turadi (40 mln. tonnalik xromit zaxirasi bor). Shuningdek, gaz, neft, toshkoʻmir, temir, marganets, mis va boshqa rangli metallar qazib olinadi. Sanoat korxonalari asosan mamlakatning gʻarbiy va markaziy qismida joylashgan. Keyingi yillarda mamlakat sharqiy qismini rivojlantirish uchun choratadbirlar koʻrildi. Turkiya sanoatida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, toʻqimachilik, koʻnchilik mahsulotlari, qurilish materiallari, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish. yetakchi oʻrin tutadi. Avtomobil sanoatidagi 15 firma 2001 yil 270685 yengil avtomobil va yuk mashinasi ishlab chiqardi. Keyingi davrda Turkiyada elektronika sanoati jadal rivojlandi. Kimyo sanoatida 970 fabrika faoliyat koʻrsatadi. Turkiya toʻqimachilik sanoati mollari eksportida dunyoda 15, tayyor kiyim eksportida esa 7oʻrinda turadi. Turkiyada elektr energiya ishlab chiqarish.da anʼanaviy oʻtin, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, gidro va issiqlik energiyasi singari manbalardan tashqari quyosh va shamol energiyasidan ham foydalaniladi. Yiliga oʻrtacha 125 mlrd. kVtsoat elektr energiya xrsil qilinadi. +Qishloq xoʻjaligi. +Turkiya hududining 16% ni oʻtloq, 26% ni oʻrmonlar tashkil etadi, 35% da, yaʼni jami hududning 1/3 qismida dehqonchilik qilinadi. Turkiyada gʻalla, paxta, tamaki, qand lavlagi, zigʻir, kanop va boshqalarlar yetishtiriladi. Turkiya yongʻoq (funduk), anjir va oʻrik yetishtirishda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bugʻdoy va paxta yetishtirishda esa 7oʻrinda turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda sugʻorma dehqonchilikka eʼtibor kuchaydi. 2000 yil chorvachilikda 11 mln. qoramol, 28,4 mln. qoʻyechki, 250 mln. tovuq boʻlgan. Baliq ovlanadi. +Transporti. +Avtomobil yoʻllari uz. 63167 km, temir yoʻl uzunligi 10940 km. Mamlakat ichkarisida yoʻlovchilarning 95% avtomobil transportida, mamlakat tashqarisiga yoʻlovchilar, asosan, havo yoʻllari, yuklar esa, asosan, dengiz yoʻli orqali tashiladi. Turkiya dengiz savdo floti 3157 kemadan iborat boʻlib, u eksport yuklarning 72%, import yuklarning 95% ni tashiydi. Asosiy portlari: Istanbul, Mersin, Izmir, Trabzon, Iskandarun, Samsun. Ankara, Istanbul, Izmir shahrilarida xalqaro aeroportlar bor. Bosfor boʻgʻozi ustiga osma koʻprik qurilgan. Turkiyaning eng muhim neft quvuri tarmogʻi yiliga 70,9 mln. tonna Iroq neftini Jeyxan dengiz terminaliga yetkazib beradi. +Tashqi savdosi. +Turkiya chetga qora va rangli metall rudalari, poʻlat, gazlama, hoʻl meva, tamaki, charm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va roʻzgʻor buyumlar chiqaradi, chetdan neft, mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. Turkiyada turizm rivojlangan. 2002 yil Turkiyani 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad 10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi. +Tibbiy xizmati. +Turkiyada oʻrtacha umr 69 yoshni tashkil etadi. 1989—2002 yillarda kasalxonalardagi oʻrinlar soni 133 mingdan 178315 ga, kasalxonalar soni 1156 taga yetdi. Vrach, hamshira va farmatsevtlar soni yildanyilga koʻpaymoqda. 1995 yildan beri oʻtkazilayotgan islohotlar natijasida oila vrachi modeliga oʻtish, Turkiya sogʻliqni saqlash xizmatini Yevropa darajasiga olib chiqish moʻljallangan. +Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. +Turkiyada bepul majburiy oʻrta taʼlim joriy qilingan. Milliy taʼlim tizimi 3 qism (asosiy taʼlim, yordamchi taʼlim—kurslar va ochiq, yaʼni sirtqi taʼlim)dan iborat. Asosiy taʼlim maktabgacha tarbiya, boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim muassasalarini oʻz ichiga oladi. Yordamchi taʼlim oʻquv yurtlaridan tashqarida tashkil etiladigan kurslar faoliyatini qamrab oladi. 2002/03 oʻquv yili asosiy taʼlim tizimida 52692 taʼlimtarbiya muassasasi ishladi, jumladan maktabgacha taʼlim muassasalarida 320 ming bola tarbiyalandi, boshlangʻich maktablarda 10,3 mln., oʻrta maktablarda 3 mln. oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 1,7 mln. talaba taʼlim oldi, Yordamchi, yaʼni keng xalk, taʼlimi tizimida 3 mln. kishi mashgʻul boʻldi. +Boshlangʻich taʼlim (6—14 yoshdagi bolalar uchun) 8 yil Oʻrta taʼlim kamida 3 yillik boʻlib, oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim, kasbhunar va texnika taʼlimi berishga moʻljallangan. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar xususiy tarbiya tizimida oʻqiydilar. 2002/03 oʻquv yili bu tizimdagi 325 maktabda 19,4 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2002/03 oʻquv yili Turkiya oliy taʼlim tizimidagi 76 universitet, yuzlab int, konservatoriya, kasb oliy oʻquv yurtlarida 1 mln. 894 mingdan ziyod talaba oʻqidi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Yirik untlari: Istanbul universiteti (1453), Anqara universiteti (1946), Oʻrta Sharq texnika universiteti (1956), Egey universiteti, Otaturk universiteti, Qora dengiz texnika universiteti, Bosfor universiteti, tibbiy mutaxassislar tayyorlanadigan Hojitepa universiteti. +Madaniyat vazirligi tizimida 1440 kutubxona va 92 muzey bor. Yirik kutubxonalar: Anqaradagi milliy kutubxona, Ankara va Istanbul untlari kutubxonalari, Anqaradagi TBMM kutubxonasi. Yirik muzeylar: Turk osori atiqa (arxeologiya va etn.) muzeyi (1923), Istanbuddagi Toʻpqopi saroyi (1927), Etn. muzeyi (1930), Ayo Sofiya ibodatxonasi muzeyi (1934). +Turkiyada ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiklashtirish uchun Ilm va Texnologiya oliy jamiyati tuzilgan. 1993 yil Fanlar akademiyasi va Turk Patent instituti barpo etildi. Standartlar (1960), Marmar dengizini ilmiy va texnologik tadqiq etish (1972) ilmiy tadqiqot institutlari, kimyo, biol., elektroradiografiya, mikrobiol., veterinariya, geol., tarix, tilshunoslik, iqtisodiyot, falsafa jamiyatlari bor. +Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. +2003 yil Turkiyada 3450 gazeta, jurnali va boshqa matbuot nashrlari chop etildi. Eng yirik kundalik gaz.lari: "Hurriyat" (1948 yildan), "Milliyot" (1950 yildan), "Saboh" (1985 yildan), "Jumhuriyat" (1923 yildan), "Yangi nayel" (1970 yildan). Eng yirik jurnalilari: haftanomalar — "Ekonomist", "Aktual", "Oto xabar", "Tempo", "Nuqta"; oynomalar — "Soʻfra", "Kosmopoliten": "Turkiya", "Kapital", "PC Magazin" va boshqa Anadolu agentligi (AA) Turkiyaning yetakchi axborot agentligi; 1920 yil tashkil topgan. Bir necha xususiy agentlik ham bor. Turkiya Radio va telekoʻrsatuv jamiyati 1964 yil 1 mayda tashkil etilgan. Radioeshittirishlar 1927 yildan, telekoʻrsatuvlar 1968 yildan boshlangan. Mamlakatda 36 milliy, 103 mintaqaviy va 951 mahalliy radiostya, 16 xalqaro, 15 mintaqaviy va 227 mahalliy telemarkaz faoliyat koʻrsatadi. +Adabiyoti. +Turkiya ogʻzaki ijodiga xos boʻlgan qahramonlik dostonlari, jumladan, "Oʻgʻuznoma" turkumida dunyoning yaratilishi va odamning paydo boʻlishi haqidagi islomgacha boʻlgan afsonalar bayon etilgan. Tarixiy qahramonlik dostonlaridan "Erganakon", Koʻroʻgʻli (Goʻroʻgli) turkumi va Dada Qoʻrkut kitobi mashhur. Anadoluda turk tilida yaratilgan dastlabki yozma asarlar tasavvuf mazmunida boʻlib, 13-asr oʻrtalariga mansub. Saroy adabiyeti vakillari aruz vaznida ijod qilganlar. Oʻsha davr anʼanasiga koʻra, koʻpchilik shoirlar oʻz asarlarini fors tilida yozganlar. Bu davr ijodkorlari orasida Jaloliddin Rumiy, Yunus Emra, Hoji Bektoshi Valiy ijodi ayniqsa ajralib turadi. Turk tilida birincha marta Oshiq Posho (1271 — 1332) tasavvufona ruxda sheʼr va dostonlar bitdi. Uning 12 ming baytlik "Gʻaribnoma" dostoni va "Faqirnoma", "Vasfi hol" asarlari bor. 14-asrda Dehxrniy, Qozi Burhoniddin, Nasimiy va Ahmadiy kabi shoirlar ijod qiddi. 15-asrdan turk sheʼriyati rivojlana boshladi. Bu taraqqiyot 17-asrgacha davom etdi. Hamdi Chalabiy (1449—1503) turk tilida "Xamsa" yaratdi. Axmad Doiy, Fuzuliy, Xayoliy, Zotiy, Boqiy, Umar Nafiy, Nadim kabi shoirlar yetishib chikdi. 18-asrdan saroy adabiyeti xalqqa yaqinlashdi. Shoirlarning kupi oddiy xalqqa soddaroq uslubda, ziyolilar uchun jimjimador va murakkab uslubda asarlar bitdilar. Oshiq Poshshozoda, Oshiq Chalabiy, Avliyo Chalabiy, Nayma, Qoʻchibey va Marjimak Ahmad oʻz davrining yetuk adiblaridir. 19-asrda Gʻarb adabiyeti taʼsirida yangi adabiyot shakllana boshladi, ilk roman, pyesa, tadqiqot ishlari paydo boʻddi. Tanzimatdavri yozuvchilari adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Ibrohim Shinosiy (1826—71), Nomiq Kamol(1840— 88), Shamsiddin Sami (1850—1904), Rejaizoda Mahmud Akram va boshqa yangi realistik adabiyot asoschilari boʻldilar. Turk romanchiligi asoschisi Xolid Ziyo Ushoqligilning "Moviy va Qora", "Taqiklangan ishq" romanlari, Mehmet Raufning "Sentyabr" nomli ilk psixologik romani dunyo yuzini koʻrdi. +Birinchi jahon urushidan soʻng Yoqub Qadri Qorausmonoʻgʻli, Xolida Edip, Rashod Nuri Guntekin va Rafiq Xolid Qaray, Turkiya madhiyasi muallifi Mehmet Akif Ersoʻy, Najib Fozil Qisakurak singari yozuvchilar shuxrat qozondi. Nozim Hikmat Ran sarbast usulda sheʼrlar bitib, yangi oqimga asos soldi. 1940-yillarda Sabohiddin Ali, Said Foyiq Abasiyonik asarlarida jamiyat muammolarining shaxs ichki dunyosiga taʼsirini yoritishga harakat qilinganini koʻrish mumkin. Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" (1940) va "Moʻyna poʻstinli Madonna" romanlarida madaniy oʻzgarishlarning jamiyat turli toifalariga koʻrsatgan taʼsiri psixologik taxlil qilingan. Tariq Bugʻro, Oʻqtoy Aqbal, Javod Shokir Qabaogʻochli, Xaldun Taner, Javdat Qudrat va Samim Xoʻjakoʻz kabi yozuvchilar ham realistik yoʻldan bordilar. +Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlgan asarlarning koʻpida qishloq hayoti muammolari tilga olindi. Bu adabiyotga qishloqdan chiqqan bir guruh yozuvchilarning kirib kelishi bilan izoxlanadi. Yashar Kamolning "Inja Mamad" romanida qishloq axli tortayotgan mashaqqatlar tasvirlangan boʻlsa, Aziz Nesin asarlarida kundalik turmushda uchraydigan illat va nuqsonlar hajv qilindi. 1960-yillarda Yavuz Byulent Bakilar, Usmon Atilla, Ayxan I nal va boshqa shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular ijodida insonning oʻz vijdoni, jamiyat oldidagi masʼuliyati kabi mavzular yoritildi. Bu davrda ijod qilgan Suot Darvishning "Fosforli Javriya" romani mashhur boʻldi. Bu asar asosida kinofilm ham yaratildi. 70-yillarda adabiyotga kirib kelgan Chetik Altan, Pinar Kur, Tomris Uyar, Aila Qutli va boshqa ijodida psixologik taxlil chuqurlashganligi koʻrinadi. +1980-yillardagi jamiyatda siyosatdan begonasirash kayfiyatlari kuchayishi adabiyotga ham taʼsir oʻtkazdi. Bu davrda Oʻrxon Pamuq asarlari etibor qozondi. Soʻnggi yillarda Nadim Gursel, Murodxon Mungan, Parixon Mayden va Elif Shafaq oldingi safda turib ijod qilmoqdalar. Turkyozuvchilaridan Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi", Yashar Kamolning "Inja Mamad", Suot Darvishning "Fosforli Javriya" romanlari, Aziz Nesin hikoyalari, Nozim Hikmat sheʼrlari, Yavuz Bahodiroʻgʻlining "Xorazm oʻt ichida" va "Alvido, Xorazm" tarixiy romanlari, Najib Fozil Qisakurak sheʼrlari va boshqa koʻplab asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. +Meʼmorligi. +Turkiya hududida mil. av. va milodning ilk davrlariga taallukli meʼmoriy yodgorliklar koʻp (qarang Sofiya ibodatxonasi). Yunoniston, Vizantiya, Arab mamlakatlari, Oʻrta Osiyo davlatlarining meʼmoriy tajribalarini ijodiy oʻzlashtirgan saljuqiylar va usmoniylar imperiyalari meʼmorlari muhtasham, goʻzal binolar kurdilar. 12—19-asrlarda imperiyaning turli shaharlarida hashamatli saroy, masjid, Madrasa, maqbara, gumbazli hammom, goʻzal favvoralar (mas., Istanbuldagi Sulton Ahmad favvorasi) bunyod etilgan. 15—16-asrlarda meʼmor Xoja Sinon (1490 — 1588) yangi kompozitsiyalar yaratib, hayratga sazovor 400 dan ziyod bino barpo etdi. Istanbuldagi Sulaymoniya mayejidi, Ahmadiya mayejidi, Salimiya mayejidi ular orasida eng mashhurlaridandir. Usmoniylar imperiyasining inqirozi davri meʼmorligi mahobatliligi bilan ajralib turadi. 20-asrning 20-yillari oxiridan shahar qurilishini rejali tarzda olib borishga kirishildi, ayrim shaharlar (Ankara va boshqa shaharlar)ning bosh rejasi tasdiqlandi. 30-yillardan zamonaviy binolar qurish uchun xorijdan meʼmorlar jalb qilindi. Keyinchalik xalqaro tajribani milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirishga erishgan milliy kadrlar yetishdi. Mahalliy qurilish mahsulotlari industriyasi rivojlandi. Bu davrda tanikli meʼmorlardan Sedat Haqqi Eldan yaratgan imoratlarning loyihalari oʻziga xos meʼmoriy yechimi bilan ajralib turadi. Keyingi davrda butun jahonda ommalashayotgan meʼmoriy uslublar Turkiyaga ham kirib keldi. Ammo bu yerda uyjoylarni namunaviy loyihalari ommalashmadi. Katta shaharlarda mahobatli osmonoʻpar binolar qurishga, meʼmorlikda turlituman uslub va yoʻnalishlarni joriy etishga kirishildi. Jumladan, Anqaradagi Kamol Otaturk makbarasi (maʼmorlari E. Onat, O. Arda), Turkiya tarix jamiyati binosi (meʼmori T. Jonsevar), "Stad" mehmonxonasi (meʼmori M. Xepgyuler), "Odeon" konsert zali, Xalk, banki, Istanbuldagi "Xilton" meqmonxonasi (meʼmori Sedat Haqqi Eldan), Izmirdagi osmonoʻpar binolar barpo etildi. Bahruz Chiniji, Chingiz Bektosh, Doʻgʻon Pekali, Affon Yatman va Shavki Vanli kabi meʼmorlar mashhurdir. +Tasviriy sanʼati. +Turkiya hududida Qad. Sharq, Ellin, Rim, Vizantiya sanʼati yodgorliklari saklanib qolgan. Tasviriy sanʼat oʻrta asrlarda miniatyura janrida rivoj topdi. 16-asrda bu sanʼat gullab yashnadi. Badiiy toʻqish, gilamdoʻzlik, kandakorlik, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. 17—18-asrlarda dastgoh rangtasviri yuzaga keldi. Zamonaviy tasviriy sanʼat 19-asrdan boshlab shakllandi. 1910-yillarda bir guruh rassomlar — Ibrohim Challi, Hikmat Oʻnat, Nomiq Ismoil, Avni Lifij, Fayxaman Duran Yevropada taʼlim oldilar hamda impressionizm va simvolizm yoʻnalishida asarlar yaratdilar. 1929 yil rassomlarning "Mustaqillar" nomli jamiyati, 1933 yil "D guruhi" tuzildi. Rangtasvirchilar Zaki Faiq, Izer, Nurullan Berk, Elif Nasi, Kemal Tollu, Abidin Dino va haykaltarosh Zuxtu Muridogʻli impressionizm yoʻnalishini tark etgan holda, yangi yoʻnalishni yaratdilar. Yangi usul anʼanaviy madaniyatning muhim elementlarini 20-asr Yevropa sanʼatining gʻoyalari bilan uygunlashtirishdan iborat edi. 1936 yil Istanbuldagi "Sanoyi nafisa maktabi" "Nafis sanʼatlar akademiyasi"ga aylantirildi. Turkiya rassomlik sanʼatida turli oqim va yoʻnalishlar rivojlangan. 1949—50 yillarda "Yangi guruh" deb nomlangan ijodiy guruh tashkil qilindi. Bu guruh "D guruhi"dan keyin eng mahoratli guruhga aylandi. Bu guruh rassomlari yangi usul va yangi texnik vositalar bilan eksperimentlar oʻtkazdi. Guruh aʼzolari 1955 yilgacha ijtimoiy hayot mavzularida ijod qildilar. +1950-yillarda Turkiya sanʼatida dastlabki abstrakt rassomlar ijod kila boshladi. Ular qatorida Adnan Koker, Lutfu Gunay, Semey Arel, Sabri Berkel kabi rassomlar boʻlgan. Murod Morova, Zohid Buyukishlayen, Ismat Doʻgʻon kabilar hozirgi davrning tanikli rassomlari hisoblanadi. Yangi asarlar 1977 yildan buyen har yili Istanbulda boʻlib oʻtadigan "Yangi tendensiyalar" deb nomlangan Sanʼat festivalida namoyish etiladi. Monumental haykaltaroshlik, grafika ham rivojlangan. Abstraksionizm yoʻnalishida Quzgun Ajar xalqaro tanlovlarda sovrinlar olishga sazovor boʻldi. Dastlabki haykaltaroshlik sohasidagi taʼlim chet el rassomlari tomonidan va chet el badiiy taʼlim institutlarida amalga oshirilgan. 1937 yilda olmon haykaltaroshi Rudolf Belling Turkiya Davlat Badiiy akademiyasining haykaltaroshlik boʻlimini boshqargan, koʻp shogird tayyorlagan. U Istanbuldagi aksariyat mahobatli monumentlar muallifi. Haykaltaroshlik koʻrgazmalarining eng kattasi R. Belling boshchiligida Istanbul Texnika universitetida oʻtkazilgan. +20-asrning 2yarmida R. Bellingning shogirdlaridan Haqqi Atamulu, Yavuz Gorey, Komil Soʻnad, Ilxan Koʻman, Husayin Gezer va Turgut Pura abstraksionizm yoʻnalishida asarlar yaratishdi. Farid Oʻzshen, Salim Bugay, Merich Xizal, Ramzi Savash, Ayub Oʻz, Yunus Toʻnqush kabi haykaltaroshlar ham xalqaro koʻrgazmalarda qatnashib, Turkiya sanʼatini dunyoga tanitayotgan ijodkorlardir. Amaliy bezak sanʼati sohasida kulolchilik, gilamdoʻzlik, zargarlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik gʻoyat rivojlangan. +Musiqasi. +Anadoluda saljuqiylar davridan boshlab hozirgi davrga qadar turk musiqasi turli yoʻnalishlarda rivojlangan. Turk anʼanaviy musiqasi 2 qatlamga — xalq va professional musiqa turlariga ajratiladi. Xalq musiqasida turkular (barmoq vaznidagi sheʼrlarga asoslangan xalq qoʻshiqlari), shuningdek, turli mavzudagi laparlar keng oʻrin tutadi. Ularning kuylariga asosiy pogʻonalardan yuqori va pastga siljishlar, ritmikaga — sinkopalar xosdir. Xalq qoʻshiq kuylari "uzun kuy" va "qisqa kuy" shaklida boʻladi. Keng diapazonli va erkin ritmga asoslangan uzun kuyli qoʻshiklar asosan sevgi (bozlaq) va motam (agʻit) mavzularida boʻladi. Aniq oʻlchovli va qisqa hajmli ohang tuzilmalariga rioya qilingan qoʻshiqlar asosan oʻyin, raqs va aytishuv (mone)larda namoyon boʻladi. Turli (marosim, mehnat, raqs) cholgʻu kuylar bogʻlama, kval (nay turlari), surnay, zambir (koʻshnayga oʻxshagan), torli kamoncha va soz, urma dovul, daf, darbuka kabi cholgʻularda ijro etiladi. Turk mumtoz musiqasi 15-asrdan Anadoluda ijod eta boshlagan oshiqlar faoliyati bilan bogliq. Ular turk baxshi (oʻzon) anʼanalarini davom ettirib, turli terma va qoʻshiklarini soz, bogʻlama, qoʻbiz joʻrligida badiha shaklida ijro etgan. Ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasida maqamlar asosiy oʻrin tutadi. Shuningdek, turkum shakliga ega fasl (vokalcholgʻu asar) janri keng tarqalgan. Sozlardan nay, tambur, ud, qonun keng qoʻllaniladi. Diniy musiqa janrlaridan ilohiya, sharqiya, mavlaviya kabi aytim shakllari mavjud. Bastakorlardan Marokiy, Ismoildada afandi, Hofiz Poʻst, Sulton Salim III (Usmoniylar hukmdori), Kvntemir oʻgʻli va boshqa mashhur. +Koʻp ovozli kompozitorlik musiqa Turkiyada respublika barpo etilgandan keyin qaror topdi. Koʻp ovozli musiqaning xalq musiqasiga, milliy ohanglarga asoslanishi borasida koʻp izlanishlar olib borgan Ahmad Adnan Saygun musiqani jahon miqyosida tanitishda katta xizmat qildi. Kompozitorlik musiqaning keng yoyilishida "Prezident simfonik orkestri"ning roli katta. Bu orkestr AQSH, Yevropa va Janubiy Koreyada konsertlar bergan. Istanbul, Izmir, Antaliya va Chukurova davlat simfonik orkestrlari ham faoliyat yuritadi. Ulardan tashqari Bilkent simfonik orkestri, Borusan Istanbul filarmoniyasi orkestri, Oqbank orkestri singari xususiy jamoalar bor. Xalq musiqasi yoʻlida ijod qilayotgan Narimon Oltintogʻ Tufakchi, Ahmad Gʻozi Oyxon, Musa Eroʻgʻli, Belqis Oqqala xalq oʻrtasida mashhur. 1960-yillardan rok musiqa yoʻnalishlariga qiziqish paydo boʻldi. Hozirgi paytda popmusiqasida Ibrohim Tatlisas, Sezan Aqsu, Nilufar, Teoman, jazda Karam Goʻrsev, Ilxan Ershaxin, Nukhet Ruajan kabi sanʼatkorlar mashhur. Bastakor, musiqachilar Istanbul (1923), Anqara (1936), Izmir (1951) konservatoriyalarida tayyorlanadi. Ankara operetta teatri (1928), Opera teatri (1950) va Istanbul opera teatri (1960)ning ochilishi musiqa sanʼati rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. 1948 yilda Istanbulda ochilgan akademik balet maktabi (1950 yildan Anqarada) milliy kadrlar tayyorlaydi. Davlat opera va balet bosh direksiyasi tomonidan 1998 yildan buyen har yili xalqaro festivallar, Istanbulda xalkaro musika festivallari oʻtkazib kelinadi. +Teatri. +Turkiyada teatr sanʼati uzoqtarixga ega. Xalq ijodining anʼanaviy shakllari — qoʻgʻirchoq va chodirxayol teatri (qoragoʻz), maydonchalarda namoyish etiladigan oʻrta oʻyin tomoshalari professional turk teatrining tamali boʻldi. Tanzimat davrida garb modelidagi teatr faoliyat boshladi. Bu davrda turk yozuvchilari ham pyesalar yozishga kirishdilar. Ibrohim Shinosiyning "Shoirning uylanishi" nomli komediyasi turk teatri uchun burilish nuqtasi boʻldi. 1908 yildan soʻng professional va havaskorlik teatrlari tashkil qilina boshladi. Istanbul, Izmir, Bursa, Adana va Ankara shlarida teatr binolari kurildi. 1914 yil Istanbulda "Dorulbadiyai usmoniya" nomli teatr ochildi. U turk teatr sanʼatining rivojiga katta turtki berdi. 1927 yildan bu teatrga rahbar boʻlgan Muhsin Ertugʻrul birinchi bolalar teatrini ham tuzdi. 1949 yil barpo etilgan Davlat teatrining Anqara, Istanbul, Izmir va Bursa sh.larida 18 ta doimiy sahnasi mavjud boʻlib, yiliga 100 ga yaqin asarni sahnalashtiradi. "Kichik sahna" nomli ilk xususiy teatr 1951 yilda ochilgan. Undan keyin Chiyir sahna, Choʻntak teatri, Muammar Qoracha teatri, Istanbul operettasi singari xususiy teatrlar ish boshladi. 1982 yildan Istanbulda Hodi Chaman Yeditepa oʻyinchilari, Enis Fosforoʻgʻli teatri, Xoʻdri Maydon madaniyat markazi, Anqarada Anqara Sanʼat teatri faoliyat koʻrsatadi. +Kinosi. +1914 yil operator Fuad Uzqinay "Ayastefonosdagi rus obidasinig yiqilishi" nomli ilk hujjatli filmni suratga olgan. 1917 yil Sedad Simavi suratga olgan "Panja" filmi birinchi badiiy film hisoblanadi. 1919 yil Kamol va Shokir Sedanlar "Kamolfilm" kino studiyasini tashkil etdilar, 1922 yildan shu kinostudiyada rejissyorlik qila boshlagan Muhsin Ertugʻrul "Olovli koʻylak" (1923), "Anqara pochtasi" (1929), "Istanbul koʻchalarida" (1931), "Bir millat uygʻonmoqda" (1932), "Fojiali yoʻl" (1933), "Tosh parchasi" (1939) filmlarini suratga oldi. 1950 yildan kino sanʼati rivojlana boshladi. 1956 yil "Gilamchi" nomi bilan 1turk rangli filmi yaratildi. 1960 yil 60 kinofilm suratga olindi. Undan keyingi davrda turk kinosi yanada jonlandi. Metin Erksan, Xolid Rafigʻ, Ertem Goʻrech, Lutfi Umar Akad, Atif Yilmaz, Usmon Sedan, Duygu Sayiroʻgʻli, Nevzat Pesen va Mamduh Un kabi rejissyorlar ijtimoiy muammolarni, insonning oʻz qadrqimmati, shaʼni uchun kurashi mavzuini yoritdilar. Metin Erksanning qishloq hayoti muammolarini yoritgan "Suvsiz yoz" (1964) filmi Berlin xalqaro kinofestivalida bosh sovringa sazovor boʻldi. 1970—75 yillarda 1383 badiiy film suratga olindi. 1970-yillarda yetishgan Yilmaz Gyuney, Surayyo Duru, Zaki Oʻktan, Sharif Gyoren va boshqa rejissyorlar davrning siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolarini aks ettirgan kinofilmlar yaratdilar. Y. Gyuneyning "Ota" (1972), "Betoqatlik" (1975) filmlari eʼtibor qozondi. Turkon Shoʻray kabi taniqli artistlar xalkaro mukofotlar sohibi boʻldilar. Rejissyor Y. Gyuneyning "Poda" filmi (1978) Lokarnodagi, rejissyor O. Kovurning "Yusuf va Kenan" filmi (1980) Milandagi, rejissyorlar Sh. Gyoren va Y. Gyuneyning "Yoʻl" filmi (1981) Kanndagi kinofestivallarda bosh sovringa ega boʻldi. 20-asrning 90-yillari turk kinosining sifat jihatidan eng muvaffaqiyatli davri hisoblanadi. Bu davrda kino sanʼatidan taʼlim beruvchi oliy oʻquv yurtlarining koʻpayishi, mohir rejissyor va kinoartistlarining yetishib chiqishi, kinotelekoʻrsatuv raqobatining jadallashuvi va xalkaro maydonda erishilgan muvaffaqiyatlar Turkiya kinosini rivojlantirgan omillar boʻldi. Turkiyada 650 kinoteatr mavjud (2003). Anqara, Istanbul, Izmirda xalqaro kinofestivallar, xalqaro Uzoq Sharq filmlari, Yevropa filmlari, Adanada Oltin koʻsak madaniyat va sanʼat festivallari, shuningdek, 1998 yildan buyen har yili Anqarada "Uchar supurgi" ayollar filmlari festivali ham oʻtkazib kelinadi. "Uchar supurgi" festivalida ayol rejissyor, artist, kinochilar ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishadi. +Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari. +Turkiya Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, 1992 y aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993 yil yanvarda esa Oʻzbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi. +Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1991 yil dekabr, 1994 yil iyun va 1997 yil noyabrda rasmiy tashrif bilan Turkiyada boʻldi. 1998 yil oktabrda Turkiya Respublikasining 75 yilligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, Turkiya Prezidentlari Turkiya Oʻzal, S. Demirel va boshqa davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasida "Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida"gi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sogʻliqni saklash, transport, sayyoxlik, madaniyat va boshqa sohalarda 78 hujjat imzolandi. +Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000 yil sentabrda Turkiya Prezidenti A. Sezer bilan BMTning "Ming yillik" sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003 yilda Turkiya Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002 yil Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003 yilda 2002 yilga nisbatan 41,3% oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida Turkiyaning ulushi 4% ni tashkil etadi. Turkiya Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan "KosonsoyTekmen" qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda Turkiyaning "AySel", "Ulus inshaat", "Oʻqan xolding", "Emesam" firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida Turkiya sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi 100% turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida "SamKochavto" (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), "Papfen" (paxta tolasidan ip yigirish), "Koxis" (savdovositachilik faoliyati, "MetroMarket" supermarketa), "SharqMir LTD" (chakana savdo), "Mejik Plast" (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa "Beta Algoritm" (choy qadoklash), "Dilek Interprayzis", "Aylin gida sanai va anonim shirkati" (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70% ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25% dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Turkiyada oʻzbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi. +Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun Turkiya 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991 yil 19 dekabr), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993 yil 22 iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995 yil 9 iyul) asosida rivojlanib bormoqda. +1993 yil Turkiyada Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 yil oktabrda 48 kishidan iborat turkiyalik sanʼatkorlar guruxi "Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari" doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarkand shahrilarida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent universiteti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda "Uzbekistan— Turkiya" doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda. +Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan Turkiyaning fan va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi sohalarda Turkiya ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda. +Boboxon Muhammad Sharif. + +Andijon viloyati: +Andijon viloyati – Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Aholisi 2196,0 ming kishi (2000). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000). Markazi – Andijon shahri. +Tabiati. +Andijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relyefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400–500 m), sharqi (Andijon shahridan sharda) Fargʻona va Olay tizmalarining tarmoqlaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli zilzilalar bulib turadi (qarang Andijon zilzilasi). Ixdimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tkzmalari Fargʻona vodiysini sovuq xavoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, kishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi –3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 – 250 mm yogʻin tushadi. Av. Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlarlagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi – Qoradaryo (Sirdaryo irmoqlaridan biri). Uning irmoqlari – Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va boshqa Av. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproklari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanaln. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor. +Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar tashkil etadi. Qirgʻizlar, Tojiklar, Uygʻurlar, Ruslar, Koreyslar, Qangli VA boshqalar ham bor. Rossiya Qoʻqon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqa kuchib kelgan. 1 km² ga oʻrtacha 517 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi: oʻzbeklar – 86,8 %, qirgʻizlar 3,8 %, tatarlar 3,1 %, Qanglilar 2 % ,ruslar 2 %. Shaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000). +Xoʻjaligi. +Andijon viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrin tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6 % neftini, 8,3 % paxtasini, 8,7 % paxta tolasini, 8,7 % oʻsimlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, qishloq xoʻjaligi xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoklari, shuningdek aholiga isteʼmol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etildi. Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. soʻmdan ziyod kredit berilib, 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi (2000). 1995-2000 yillar mobaynida viloyat iktisodiyotida 23,5 mlrd. soʻm chet el sarmoyasi kiritildi. +Sanoati. +Viloyatda foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik shundayligicha xom ashyo sifatida metropoliyam joʻnatilar edi. 1907-yil yarim hunarmandchilikka asoslangan yogʻ zavodi qurildi. Dastlab bu zavod bir kecha-kunduzda 50 t chigitni qayta ishlab, 8 t ga yaqin yogʻ chiqarar edi. 1954 yilda zavod yogʻ-moy kombinatiga aylantirildi. 1960–70 yillarda Andijon shahrida „Elektrodvigatel“, „Elektroapparat“ kabi yirik korxonalar, Marhamatda esa „Elektrotexnika“ zavodi qurildi. 1941-yil Andijon shahrida motorsozlik zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik yillarida viloyat industriyasi oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, tubdan rivojlanmoqda. Mavjud korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, mulkchilikning oʻzgacha shakliga kirib bormoqda. Xususan aksariyat yirik va oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Viloyatda mulkchilikning barcha turiga oid 160 sanoat korxonasi bor (2000). Bulardan yiriklari: Bobur nomidagi ip-gazlama ishlab chiqarish aksiyadorlik jamiyati (Andijon shahrida; tumanlarda boʻlimlari bor), „Andijon agrofirmasi“ aksiyadorlikjamiyati, Andijon avtomobil oʻrindiqlari zavodi, Andijon biokimyo zavodi, Andijon irrigatsiya mashinasozlik zavodi, Andijon „Semurgʻ“ trikotaj aksiyadorlik birlashmasi, Andijon don mahsulotlari" aksiyadorlik jamiyati, „Andijonkabel aksiyadorlik jamiyati“, Chinobod paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati. 1991–2000 yillar davomida Andijon viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar bunyod qilindi. Viloyatda 79 qoʻshma korxona, 8447 kichik va xususiy korxona mavjud. Viloyatdagi qoʻshma korxonalar butun viloyat yalpi sanoat mahsulotining 53 %dan koʻprogʻini ishlab chiqarmokda (2000). Oʻrta Osiyoda yagona avtomobilsozlik korxonasi – Oʻzbek-Janubiy Koreya „OʻzDEU avto“ kompaniyasi Asaka shahrida joylashgan. Italiyaning „Aka-uka Federichi“ aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Asakada barpo etilgan Oʻzbek-Italiya „FAM“ qoʻshma korxonasi soatiga turiga qarab 1–1,5 t makaron ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shahrixon tumanidagi Segazaqum qishlogʻida kalava ip tayyorlaydigan va kelgusida undan gazlama toʻqiydigan „ANTEKS“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati korxonasi barpo etildi va irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlgan tarmoklar, paxtani qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil (ip-gazlama, paypoq fabrikalari va boshqalar), oziq-ovqat sanoati eng rivojlangan tarmoklardir. Viloyat mamlakatda neft va gaz qazib chiqarishda salmoqli oʻrin tutadi. Oʻnga yaqin neft va neft-gaz konlari (Andijon neft koni, „Xoʻjaobod“, „Boʻston“, „Janubiy Olamushuk“, „Xartum“, „Polvontosh“, „Xoʻjausmon“ va boshqalar) ishlab turibdi. Xoʻjaobod – Andijon – Asaka gaz quvuri bor. +Andijon viloyatida dastlabki paxta tozalash zavodlari Andijon shahrida 1911 yilda, Asakada 1912 yilda, Shahrixonda 1915 yilda qurilgan. Sanoatning bu turi paxta yetishtirishga qarab tez rivojlandi. 1924 yil paxta zavodlarida 25 ming t xom ashyo qayta ishlangan edi. 1999 yilda mavjud 13 ta paxta qayta ishlash korxonalarida 325 ming tdan ziyod paxta qayta ishlandi. Viloyatda yetishtirilayotgan pilla, jun, teri umuman qayta ishlanmasdan, lanib, 1999-yil oktabr ida ishga tushirildi). Baliqchi tumani notoʻqima matolar ishlab chiqarish yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Oʻzbek – Amerika qoʻshma korxonasi ham oʻz mahsulotlari bilan chet elda eʼtibor qozongan korxonalardandir. Qoʻshma korxona zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlandi. Kalava ip va xom gazlama tayyorlanadigan mazkur korxonada 1300dan ortiq ishchi ishlaydi (2000). Shuningdek, viloyatda rivojlangan mamlakatlarning sarmoyalari jalb qilingan „Andijon-Praga“, „Andijon durdonasi“, „Navigul“, „Oʻz-Koromko“, Oʻzbek-Rus-Britaniya „Mask“, „Al-Osiyo“ qoʻshma korxonalari va Oʻzbek-Amerika qoʻshma korxonasi filiali bor. +Qishloq xoʻjaligi. +Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – paxtachilikdir. Paxtaning yalpi hosili va hosildorligi jihatidan Andijon viloyati mamlakatda oldingi oʻrinlarda turadi. Ayniqsa mustaqillikdan keyin paxtakorga erkinlik berilgach, paxtachilikda tub oʻzgarishlar sodir boʻldi. 1997 yildan chigitni keng maydonlarda plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi (mazkur texnologiyani qoʻllashda viloyat hokimi, Oʻzbekiston Qahramoni Qobiljon Obidov katta jonbozlik koʻrsatdi). Paxta, gʻalla almashlab ekilishi yoʻlga qoʻyildi. Faqat mineral oʻgʻitlarga qarab qolmasdan mahalliy oʻgʻitlardan ham foydalanildi. Xususan gidroliz zavodining chiqindilaridan kompost tayyorlab, tuproq unumdorligini oshirishga ahamiyat berildi; ekin qator oralariga ammiak suvi oqizish oʻzlashtirildi. Gʻoʻza navlarini tuproq va iqlim sharoitiga koʻra tanlashga eʼtibor berildi. Har yili katta maydonlarda paxtaning „Oqdaryo“, „Armugʻon“, „Fargʻona-5“ singari istiqbolli navlari sinab koʻrildi va muntazam yangilanib borildi. Keyingi yillarda sinovdan oʻtib, ertapishar, tolasi pishiq, chigiti toʻla, kasalliklarga chidamliligiga ishonch hosil qilingan „Okdaryo“ navi koʻproq ekildi. Natijada mamlakatning boshqa viloyatlariga qaraganda gʻoʻza Andijon viloyatida barvaqt yetilmoqda. Sentabr oyiga qadar hosilning asosiy qismi yigʻib olinmoqda va yuqori navlarga oʻtkazilmoqda. 2000 yilda Oltinkoʻl tumanidagi „Ittifoq“ jamoa xoʻjaligida gektaridan oʻrtacha 45,7 s, Asaka tumanidagi „Yangi hayot“ jamoa xoʻjaligida 48,4 s atrofida hosil olindi. Shahrixon tumanidagi Gʻ. Joʻrayev nomidagi jamoa xoʻjaligining fermeri N. Toshmatov 60 sdan xirmon uydi.Andijon viloyatida 2000 yilda sentabr oyidayoq 305 ming tdan ziyod paxta tayyorlanib, shartnoma rejasi mamlakatda birinchi boʻlib bajarildi. +Gʻallachilikda ham „Andijon maktabi“ yaratildi. Don 3 barobar koʻpayib, hosildorlik 1,2 marta oshdi. 2000-yilda gʻalla hosildorligi moʻljaldagi 70,8 sdan oshib ketdi. Marhamat tumanining Ulugʻtogʻ adirlarida Oxunboboyev nomidagi jamoa xoʻjaligining ijarachisi Muhammadsharif Toshpoʻlatov 67 s dan, Baliqchidagi Xayrixon Ergasheva nomidagi shirkat xoʻjaligida ijarachilardan Erkinboy Shukurov, Alijon Komilov, Turobjon Hakimov 85 sdan don olishdi. +Shahrixon tumanidagi „Oltin vodiy“ jamoa xoʻjaligi gʻallachilik brigadasi boshligʻi Oʻzbekiston Qahramoni Sodiqjon Abdurasulov uzoq yillar davomida donchilikda va paxtachilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. U Andijon viloyatida boshqa mintaqalardan keltirilgan yangi bugʻdoy navlarini sinash va ulardan moʻl hosil olish boʻyicha tajriba maktabi yaratdi. 2000 yil hosili uchun viloyatda 74 ming ga maydonga elita va superelita urugʻlari ekildi. Kuzgi bugʻdoyning istiqbolli „Andijon–1“, „Andijon–2“, „Chillaki“ navlari sinab koʻrilib, ularning parvarish tartibi aniqlab chiqildi.Keyingi yillarda boshqa viloyatlarda ham andijonliklar yaratgan yangi navlar keng ekilmoqda. 2000 yilda davlatga 250 ming t ga yaqin gʻalla topshirildi. Uning 150 ming t sidan ziyodini sara urugʻlik tashkil etadi. Gʻallachilik 1999 yilda Andijon viloyatiga 9,3 mlrd. soʻmdan ortiq daromad keltirdi. (1994 yil yanvarda bosh Asaka avtomobil zavodidan chiqqan yangi avtomobillar. +Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Asaka avtomobil zavodila, 1996 yil 19 iyul. Qishloq xoʻjalikda, shuningdek bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, don va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Bogʻdorchilikda Andijon viloyati anor, anjir, bodom, behi, nok, shaftoli, olma, uzum yetishtirish bilan ayniqsa mashhur. Viloyatda aholi soni koʻpligi sababli adirlarda bogʻlar yaratishga katta ahamiyat berilgan. Shunday bogʻlardan eng mashhuri „Sohibkor“ meva-tokchilik ishlab chiqarish shirkatlar uyushmasi bogʻidir. Mazkur bogʻ 1981 yilda, Asaka tumanidagi Fayziobod qishlogʻidan 3–4 km narida Asaka adirlarining suvsiz qovjirab yotgan yerlari bagʻrida pastdan quvur orqali suv chiqaribyara-tilgan. Bogʻning barpo etilishi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi Tilavoldi Yoqubov nomi bilan bogʻliq. Andijon viloyati bogʻlarida mevali daraxtlardan tashqari toknint Andijon kora uzu mi navi keng ekiladi. +Qishloq xujalikda foydaniladigan yerlar maydoni tomorqa yerlarini qoʻshgan holda 256,7 ming ga. Qishloq xujalik ekinlari ekiladigan jami yerlari 257,6 ming ga, shu jumladan haydaladigan yer 200,9 ming ga, yaylovlar 21,7 ming ga (2000). Barcha ekin maydoni 202,5 ming ga, shu jumladan don ekinlari 82,5 ming ga, paxta ekiladigan yer PO ming ga, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari 4,9 ming ga, ozuqa ekinlari 16,1 ming ga, 3500 ga oʻrmonzor bor (2000). Grechixa va soya ham yetishtirilmoqda. Umuman viloyatda mirishkor dehqon yil davomida 2–3 martadan hosil olmokla. +Andijon viloyatida Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona, Janubiy Fargʻona, Katta Andijon, Savay, Andijonsoy, Shah-rixonsoy va boshqa kanallar bor. Adir zonalaridagi dalalarga suv nasos stansiyalari yordamida chiqariladi. Qoradaryoda Andijon suv ombori barpo qilingan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 7,8 ming km kollektor-drenaj tarmokdari qurilgan. Viloyatning hamma tumanlaridagi sugʻoriladigan maydonning asosiy qismida paxta va don ekiladi. Andijon viloyatida 13 jamoa xoʻjaligi, 6 davlat xoʻjaligi, 13 xoʻjaliklararo korxona, 133 shirkat xoʻjaligi, 36 boshqa xoʻjalik, 2724 fermer xoʻjaligi mavjud. Jamoa xoʻjaliklarida chorvachilik asosan sut yetishtirishga ixtisoslashgan, togʻ oldi va togʻli tumanlarda qoʻychilik rivojlangan. 95 ming qoramol, 56 ming sigir, 65 ming qoʻy va echki, 190,2 ming parranda bor (2000). +Transporti. +Temir yoʻl transporti viloyatda asosiy transport turlaridan biri. Uning uz. 2459 km (2000). Viloyatda dastlabki temir yoʻl 19-asr oxirlarida qurilib, keyinchalik undan tarmoqlar davom ettirilgan. Urushdan oldin Asaka – Shahrixon (1931), Uchqoʻrgʻon – Toshkoʻmir (1935) va boshqa temir yoʻllar qurildi. Barcha avtomobil yoʻllarining 6,2 ming km qismi qattiq qoplamali (2000). Havo yoʻllari Andijon shahrini Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa shaharlar, shuningdek Kavkaz, Qrim bilan bogʻlaydi. Andijon shahri koʻchalarida, shuningdek Andijon shahridan Kuyganyor shaharchasiga trolleybus qatnaydi. +Madaniy-maorif va sogʻliqni saqlash. +1999/2000 oʻquv yilida viloyatda 738 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 510 mingdan ziyod oʻquvchi, 24 gimnaziyada 7538 ming oʻquvchi, 32 akademik litseyda 5862 oʻquvchi, 28 musiqa va 62 sport maktabida 30940 oʻquvchi taʼlim oldi. +Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti bor: Andijon Mashinasozlik instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon qishloq-xoʻjalik instituti, Andijon Davlat universiteti. Andijon oliy oʻquv yurtlarida 10,8 ming talaba taʼlim oldi (2000). 1999 yil oktabrda Kuyganyor shaharchasida (Andijon tumani) Oʻzbekiston Respublika Andijon viloyati va suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xujalik ilmiy ishlab chiqarish markazining Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. Institutning asosiy vazifasi mamlakatda sugʻoriladigan yerlarda dehqonchilik sharoitiga moslashgan yangi don navlarini yaratish, tumanlashgan va istiqbolli gʻalla va dukkakli oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqarishdan iborat.Viloyat shahar va tumanlarida 1998– 2000 yillarda 19 kollej va akademik litseylar binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Viloyatda 20 kasb-hunar kollejida 22389 oʻquvchi, 28 akademik litseyda 15928 oʻquvchi oʻqiydi. Andijon shahridagi va Oqoltin tumanidagi maishiy xizmat kasb-hunar kollejlari, Andijon tumanining Oqyor qishlogʻidagi sanoat kasb-hunar kolleji (mazkur kollejga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ikki marta tashrif buyurdi) eng namunali oʻquv dargohlaridir. Viloyatda 4 muzey (Andijon viloyat adabiyot va sanʼat muzeyi, Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Bobur uy muzeyi, Choʻlpon uy muzeyi), 508 ommaviy kutubxona (8150,4 ming nusxa asar), 183 klub, 37 madaniyat uyi, 966 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Andijon shahridagi Bobur nomidagi viloyat kutubxonasida (1967 yil ishga tushgan) 2000 urnnli qiroatxona mavjud (2000). Andijon viloyatida 3 ta teatr bor. Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri Oʻzbekistondagi toʻngʻich teatrlardan biri boʻlib, unga 1919 yil noyabrda Hamza asos solgan (qarang Andijon teatri). Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri 1990-yil 1-dekabrda „Istiqbol“ teatr studiyasi asosida tashkil etilgan (qarang Andijon bolalar va yoshishr teatri). Andijon viloyat „Lola“ Qoʻgʻirchoq teatri 1968-yil aprelda Respublika davlat qoʻgʻirchoq teatri qoshidagi studiya bitiruvchilari asosida tashkil boʻlgan Andijon viloyatidan Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Soyib Xoʻjayev, Abbos Bakirov, Gʻanijon Toshmatov, Muzaffar Muhamedov kabi yirik sanʼatkorlar; Fattohxon Mamadaliyev, aka-uka Ismoiljon va Isroilon Vahobovlar kabi xalq hofizlari; Habiba Oxunova, Sherali Joʻrayev, Turgʻun Xontoʻrayev, Hoshimjon Olimjonov kabi Oʻzbekiston xalq artistlari, Toshkanboy Egamberdiyev (Asakadan) boshliqdorbozlar sulolasi yetishib mashhuru maʼlum boʻlishgan. Andijon viloyatida 5 madaniyat va istirohat bogʻi, koʻplab koʻkalamzor xiyobonlar bor. Ayniqsa Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi (1934 yil tashkil etilgan) mashhurdir. 1997–2000 yillarda bogʻ butunlay qayta qurilib, nihoyatda kurkamlashtirildi. Ramziy burgut ostidagi qahvaxonaga uygʻunlashtirilib qurilgan „Amfiteatr“ (2000) bayram tantanalari va boshqa tomoshalar oʻtkaziladigan maskanga aylangan. Andijon shahrining janubi-sharqida – Bogʻishamolda 300 ga maydonni egallagan Bobur nomidagi milliy bogʻ (Bogʻi Bobur), Andijon shahrining markaziy qismida Choʻlpon bogʻi tashkil etildi. Andijon viloyatida ziyoratgoh joylar koʻp. Sultonobod, Xonobod, Andijon dengizi kabi joylar chet ellik sayyoxlarda katta taassurot qoldiradi. Xoʻjaobod tumanida Bobur qadamjolaridan biri – Lotkontepada ajoyib ziyoratgoh barpo etildi. Bu ziyoratgoh Shirmonbuloq, Chilustun togʻlari bilan tutashib ketgan. Asaka, Shahrixon, Poytugʻ, Qoʻrgʻontepa shaharlari xalq hunarmandchiligi badiiy buyumlari tayyorlash bilan mashhur. Viloyatda 14,1 ming oʻrinli (10 ming kishiga 64 oʻrin) 70 kasalxona muassasasi, 6233 vrach, shu jumladan 317 stomatolog (10 ming kishiga 28,7 vrach), 22 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim, 5 sanatoriy bor (2000). Andijon shahrida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining boʻlimi ishga tushirildi (2000). +Sport. +Andijon viloyatida sportchilari sportning 37 turi boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etadi (2000). Chavandozlik, chim ustida xokkey, yengil atletika, futbol, tennis, sport gimnastikasi, boks va boshqa Chim ustida xokkey boʻyicha „Andijanka“ ayollar jamoasi Yevropa chempionlari kubogi sohibi. 1996 yildan „Andijanka“ ayollar futbol jamoasiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy M.D. Kim rahbarligida „Andijanka“ 1998, 1999 yillarda Oʻrta Osiyo mamlakatlari ayollar futbol jamoalari musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib, kubok hamda chempionlikni qoʻlga kiritdi. Andijonda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Yevropa chempioni, jahon kubogi gʻolibi, jahon rekordchisi yengil atletikachi Svetlana Oʻlmasova va uning jamoadosh dugonasi Zamira Zaytseva, boks boʻyicha Yevropa chempioni Feliks Pak, sambo boʻyicha Yevropa chemponi Mels An kabi mashhur sportchilar tarbiyalanganlar. Baydarkachi Tatyana Levina respublika terma jamoasi tarkibida keyingi oʻn yillar davomida yetakchilikni qoʻldan bermay kelmoqda (2000). Olimpiada oʻyinlarida sobiq Ittifoq terma jamoalari tarkibida andijonlik sportchilar muntazam ishtirok etganlar. Ular orasida Seul Olimpiadasining ogʻir atletika boʻyicha kumush medali sovrindori Noil Muxammadiyorov, chim ustida xokkey boʻyicha – Igor Davidov, Moskva Olimpiadasining chim ustida xokkey boʻyicha bronza medali sovrindorlari – Laylo Ahmedova, Nelya Gorbatkova, Alina Xam, Valentina Zazdravnix kabil ar bor. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Andijon viloyati sportchilariga ham xalqaro musobaqalarda qatnashishga keng yoʻl ochildi. 2000-yilda Sidney (Avstraliya)da oʻtkazilgan 27-olimpiada oʻyinlarida mamlakat boʻyicha yagona oltin medalni andijonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayev oldi; bokschi Sergey Mixaylov bronzamedali sohibi boʻldi. Bokschilardan Oʻtkirbek Haydarov, Ruslan Chagayevlar jahon chempionlaridir. Andijon shahri Respublika olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurtining boks boʻyicha murabbiylari M.G. Qoʻchqorov, A.A. Razmaxov „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi“ unvoniga sazovor boʻlishgan. Andijondan mohir sportchilarni tayyorlashda sport murabbiysi V.A. Zolotaryovning katta xizmati bor. Andijon shahrida zamonaviy sport inshootlari qurilgan: turli darajadagi xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan tennis korti majmui (1998 yilda ishga tushgan; oʻn ming tomoshabinga moʻljallangan), „Navroʻz“ futbol stadioni, „Yambol“ sport majmui, chim ustida xokkey boʻyicha „Xalqaro doʻstlik“ stadioni, shaxmat-shashka klubi, gimnastika majmui, suzish havzalari va boshqa Andijon tennis inshootida har yili professional tennischilarning xalqaro turnirlari muntazam oʻtkazib kelinadi. 1996 yil oʻtkazilgan „Chellenjer“ turnirida jahondagi 26 davlatdan vakillar ishtirok etdi. 1997– 1998, 1999-yillari oʻtkazilgan xalqaro „Satellit“ va „Istiqbol“ turnirlarida ham 20 ga yaqin davlatlardan vakillar qatnashdi. Bu xalqaro turnirlardagi katta raketka ustalarining oʻyinlari andijonlik yosh oʻquvchi-tennischilar uchun katta mahorat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda. Tennis klubida 150 ga yaqin yoshlar muntazam shugʻullanib keladi, ularga 5 murabbiy saboq beryapti (2000). Oʻquvchilar orasida respublika musobaqalari sovrindorlari bor. Andijon viloyati „Navroʻz“ futbol komandasi mamlakat milliy futbol chempionatida ishtirok etib keladi. +Viloyatda 70 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ishlaydi; ularda 32 ming oʻquvchi turli sport turlari bilan shugʻullanadi. Andijon shahrida olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurti va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari yuqori malakali sportchilar tayyorlaydi. +Adabiyoti. +Andijon olamshumul shuhrat egasi Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegimlar yurti. 20-asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulhamid Choʻlpon Andijonda tavallud topgan. Bu yerda Zokirjon Habibiy, Oraziy, Vosit Saʼdulla, Xoshimjon Razzoqov, Sayfiy, Anisiy, Azimiy, Boqir kabi oʻnlab gʻazalnavislar yashab ijod etdilar. Shu zaminda shakllanib obroʻ eʼtibor qozongan Sobir Abdulla, Sulton Joʻra, Komil Yashin, Toʻxtasin Jalolov, Sayda Zunnunovalar oʻzbek adabiyoti rivojida alohida oʻrin va mavqega egadirlar. 20-asrning soʻnggi oʻn yilliklarida sheʼriyatda Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻlan Nizom, Respublikada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Olimjon Xoldor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Tursunoy Sodiqova va Xoldorjon Quronboyev, isteʼdodli shoirlar – Fozil Emin, Halima Qoraboyeva, Ismoil Toʻlak, Xanifa Solihova, Abduhalil Qoraboyev, Shukur Qurbon, Usmonxon Shukurov, Farid Usmon, Zamira Roʻziyeva, Qobil Mirzo, Munavvara Tillaboyeva, Xurshida, Nabi Jaloliddin; nasrda Xabibullo, Qamchibek Kenja, Sotvoldi Rajabov, Ubaydulla Sodiqov, Odiljon Olimov, Omina Tojiboyeva; dramaturgiyada Rahbar Fayziboyeva, Zahriddin Muhitdinov, Nazirjon Rahimov, Ziyo Najmiy; bolalar adabiyetida Muqimjon Niyozov, Odil Abdurahmonlarning nomlari keng tanilgan. Nusrat Abdusalomov, Habib Siddiq, Najmiddin Ikromov, Rafiq Muxtor, Dilmurod Shokirov, Xamidullo Yusupov, Muborak Qosimova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Andijon viloyat boʻlimining bosh binosi. +Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi boʻlimi binosi kabi bir necha oʻnlab shoir va adiblar oʻz asarlarida mustaqillik davri hayotinm aks ettirmoqdalar. Andijon viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi. +Matbuoti, radio va televideniyesi. +Andijon viloyatida 2 viloyat gazeta („Andijonnoma“, „.Andijanskaya pravda“), 14 tuman gazeta, 3 shahar gazeta („Asaka oqshomi“, 1995; „Xonobod ovozi“, 1992; „Qorasuv tonga“, 1992) chiqadi. Viloyatda, shuningdek 14 tarmoq gazeta, 2 jurnal („Limfa“ ilmiy ishlab chiqarish majmuasining „Limfalogaya“ jurnal, 1991-yildan 3 oyda bir marta rus tilida chiqadi; Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining „Taʼlim ravnaqi“ oylik jurnal, 1999) nashr etiladi. Andijon viloyatida dastlabki radio eshittirishlari 1927-yildan boshlangan. Shundan buyon viloyat radiosi oʻzining mazmunli eshittirishlari bilan viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻz oʻrni va ovoziga ega boʻlib kelmoqda. 1963 yilda Andijon viloyatlararo telestudiya tashkil etilib telekoʻrsatuvlar bera boshladi (mazkur studiya bir yilcha faoliyat koʻrsatib keyinroq texnik imkoniyatlar boʻlmaganligi tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgan). Respublikamiz mustaqillikka erishgach, Andijonda 1991-yil 25-oktabrda viloyat televideniyesi tashkil etilib, uning birinchi koʻrsatuvlari efirga uzatildi. Bir oylik koʻrsatuvlar vaqti 45 soatdan ortadi. Andijon viloyati radiosi oyiga 36 soatlik hajmda eshittirishlar beradi (2000). Bundan tashqari Andijon viloyatida 1997-yil 23-iyundan „Andijon“ yoshlar teleradiokompaniyasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati vodiy aholisiga telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar olib boradi. Teleradiokompaniya „Tasvir“ nomi bilan gazeta nashr etadi; 1998-yilning oktabrdan uning „Vodiy sadosi“ radiosi faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda, shuningdek „Taraqqiyot“ (1995 yildan) nodavlat telekanal i koʻrsatuvlar olib boradi. +Meʼmoriy yodgorliklari. +Qadimda va oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Andijon shahrida 19-asr oxirida qurilgan jome masjidi majmuasi saqlangan. Tarkibida masjid, minora va Madrasa bor. Jome masjidi Fargʻona vodiysida eng mahobatli binodir (qarang Andijon jome masjidi majmuasi). Shahrixonda oʻtgan asrda bino qilingan bir qancha mahalla masjidlari va madrasalari saqlangan. Shundan biri 19-asr boshida qurilgan Ponsod masjididir. Masjidning bezak qismlarini fargʻonalik ustalar ishlagan. Shahrixonda 1872 yil qurilgan Gumbaz madrasasi saqlangan. Andijon shahrida 20-asr boshida qurilgan 2 qavatli Axmadbekhoji uyi ham milliy meʼmorlik namunalaridan biri (qarang Ahmadbekhoji mehmonxonasi). Hozirgi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Ahmadbekhoji bogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Boyning bogʻidagi shiypon binosi ham saqlanib qolgan. Paxtaobod shahrida 20-asr boshida qurilgan Otaqoʻzi madra-sasi yodgorligi ham diqqatga sazovor. Uning 5 minorasi bor. orasidagi Andijon viloyatining tabiiy va iqtisoodiy rangli xaritasiga q. Abdugʻulom Sultonov, Sobirjon Shokarimov, Shuhratjon Karimov. + +Buxoro viloyati: +Buxoro viloyati — O‘zbekiston respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum cho‘lida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi (2001). Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorako‘l, Qorovulbozor, G‘ijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Buxoro shahar aholisining etnik tarkibi asosan Uzbek, Rus, Fors (Eroniylar), Turkman, tojik, Ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi.Markazi-Buxoro +Tabiati. +Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga ko‘ra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oralig‘ida Oyoqog‘itma botig‘i joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi relyef ko‘rinishlarini ajratish mumkin: +Tog‘lar asosan silur, devon, toshko‘mir, bo‘r, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar to‘rtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida o‘zgargan. Foydali qazilmalardan Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uchqirda gaz, Kemachi, Zikri, O‘rtabuloqda neftgaz hamda grafit konlari, ohaktosh, bentonit (gilmoya), granit konlari topilgan. Buxoro viloyatida juda ko‘p mineral suv zaxiralari aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jing‘ildi,Oyoqog‘itma botig‘i atroflaridan topilgan suvlardan xo‘jalikda qisman foydalaniladi. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli shahri atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq, iyulning o‘rtacha harorati 28-32°, qumliklarda 60-70° gacha ko‘tariladi. yanvarning o‘rtacha harorati 0° dan −2° gacha yiliga 90-150 mm yog‘in tushadi. Asosan bahor va qishda yog‘adi. Vegetatsiya davri 220 kun. Buxoro viloyatining asosiy suv manbai — AmuBuxoro mashina kanali. Quyimozor, To‘dakul, Sho‘rkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizko‘l, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi ko‘llar mavjud. Buxoro viloyati bo‘yicha obikor yerlarning 94,4 % turli darajada sho‘rlangan. Cho‘l zonasida kam chirindili qo‘ng‘ir tusli sur, qumli ishgandan so‘ng, oziq-ovqat sanoatida tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. +Sanoati. +Korxonalar ilg‘or texnologiya bilan jihozlandi. Yangi qadoqlash liniyalari, Buxoro, G‘ijduvon, Qorako‘l, Vobkent shaharlarida Germaniya texnologiyasiga asoslangan non sexlari ishga tushirildi. „Buxoroteks“ aksiyadorlik jamiyatining filiallari G‘ijduvon, Vobkent, Qorako‘l va Olotda ishlab turibdi. Buxoro pillakashlik fabrikasi va uning filiallarida pilla qayta ishlanmoqda. Buxoro trikotaj kiyimlar fabrikasida erkaklar, ayollar va bolalarning ustki va ichki kiyimlari ishlab chiqariladi. Buxoro tikuvchilik fabrikasi, Buxoro va G‘ijduvon poyabzal fabrikasi, Shofirkonda Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan „Vardanzi“ tikuvchilik qo‘shma korxonasi, „Qorako‘l“ aksiyadorlik jamiyati qoshida Yunoniston bilan hamkorlikda „Omega-Sitora“ qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Mahalliy sanoat korxonalaridan Buxoro „Zardo‘z“ aksiyadorlik jamiyati, G‘ijduvon kulolchilik sexi, G‘ijduvon va Shofirkondagi gilam to‘qish fabrikalari, Kogon paxta titish fabrikasi, Romitan to‘qimachilik fabrikasi, tikuvchilik, badiiy kashtachilik, misgarlik, zargarlik, kosibchilik va 20 dan ortiq g‘isht zavodlari ishlab turibdi. Paxta tayyorlash punktlari, quritish, tozalash sexlari, paxta tozalash zavodlari bor. Paxta tolasi yangi uskuna va texnologiyalar asosida jahon andozalariga muvofiq ishlab chiqarilmoqda. Buxoro uysozlik kombinati, Kogon ohak zavodi, Quyimozor va Kogon yig‘ma temirbeton buyumlari zavodlari, Italiya bilan hamkorlikda qurilgan koshinlar ishlab chiqariladigan „Minokor“ zavodi, Buxoro temirbeton zavodi bor. Gazavtomatika ishlab chiqarish birlashmasida qurilish materiallari ishlab chiqariladi.Qishloq xo‘jaligi. Buxoro viloyati iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi (paxtachilik, g‘allachilik, mevachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik) tashkil etadi. Viloyat dehqonchiligida sug‘oriladigan yerlar (tomorqa yerlar bilan birga) 273,7 ming ga, partov yerlar 14,2 ming ga, cho‘l yaylovlari 2764, 6 ming ga, Paxta 129 ming ga, makkajo‘xori 857 ga, donli ekinlar 81,2 ming ga, sholi 200 ga, pomidor 2741 ga, sabzavot-poliz ekinlari 9,3 ming ga, lavlagi 116 ga, kartoshka 2967 ga, yemxashak ekinlari 15,9 ming ga, shu jumladan beda 7,1 ming ga, bog‘lar 18,2 ming ga, tutzorlar 5,9 ming ga, Buxoro viloyati da 236 shirkat uyushmasi va jamoa xo‘jaligi, 4162 fermer xo‘jaligi, 41 xo‘jaliklararo korxona, 5 parrandachilik fabrikasi mavjud (2001), Chorvachilik Buxoro viloyatining rivojlangan tarmog‘i bo‘lib, qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik va parrandachilik rivojlangan. Ayniqsa, Buxoro qorako‘llari mashhur. Buxoro viloyatining barcha tizimdagi xo‘jaliklarida 428 ming qoramol, shundan 184,7 ming sigir, 750 ming qo‘y, 64 ming echki, 3 ming yilqi, 2,8 ming tuya, 771 ming parranda mavjud (2001). Viloyatda ipak qurti ham boqiladi. 10 ta o‘rmonchilik xo‘jaligi bo‘lib, asosiy o‘simliklari saksovul, cherkez, qandim. Qorako‘l o‘rmon xo‘jaligida esa dorivor o‘simliklar ham yetishtiriladi.Transporti. Buxoro viloyatidan magistral temir yoʻli o‘tgan. Eng katta temir yoʻl stansiyasi — Kogon. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining umumiy uz. 9820 km, shu jumladan qattiq qoplamali yo‘llar 4655 km (2000). Asosiy avtomobil yo‘llari: Buxoro-Toshkent, Buxoro-Urganch-Nukus, Buxoro-Turkmanobod (Chorjo‘y) va Buxoro-Termiz yo‘nalishlari. Aeroport bor. +Taʼlim, madaniyat, sport. +Taʼlim. +2000/01 o‘quv yilida viloyatda 528 umumiy taʼlim maktabi bo‘lib, 325,2 ming o‘quvchi, 25 gimnaziyada 5700 o‘quvchi taʼlim oldi. 1998-2001-yillarda 14 kasbhunar kolleji va 5 akademik litsey qurib topshirildi. 14 kasbhunar kollejida 2400 o‘quvchi o‘qiydi. 2001-2003-yillarda viloyatdagi mavjud 10 texnikum va 24 hunartexnika bilim yurtlari kasbhunar kollejlari va akademik litseylarga aylantiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12 iyun qarori). Viloyatda 3 oliy o‘quv yurti bor: Buxoro universiteti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyam instituti, Buxoro tibbiyot instituti. Ularda 9800 talaba taʼlim oladi (2001). Buxoro shahrida O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Buxoro filiali (1928-94-yillarda Buxoro paxtachilik tajriba stansiyasi) faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyatda Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzeyqo‘riqxonasi (uning 6 filiali bor), 450 ommaviy kutubxona, 148 klub, 210 madaniyat uyi, 7 madaniyat va istirohat bog‘i, 15 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasi (1921) respublikadagi nufuzli kutubxonalardan sanalib, unda noyob qo‘lyozmalar mavjud. Buxoro viloyatida 2 ta teatr bor. Sadriddin Ayniy nomidagi musiqali drama va komediya teatri to‘ng‘ich oʻzbek professional teatrlardan biri. 1921-yil xavaskorlar guruhi asosida tashkil qilingan. Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri 1982-yil tashkil qilingan. Buxoro viloyatidan Olim Xo‘jayev, Hikmat Latipov, Saʼdixon Tabibullayev, Lutfulla Nazrullayev, Nazokat Neʼmatova, Aminjon Akobirov, Razzoq Hamroyev kabi yirik sanʼatkorlar; Domla Halim Ibodov, Ota Jalol Nosirov, Ota G‘iyos Abdug‘aniyev, Levina Hofiz, Sattor Yarashev, O‘lmas Rasulov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Mustafo Bafoyev singari xalq hofizlari va kompozitorlari. Maryam Yoqubova, Tesha Mo‘minov, Baxtiyor Ixtiyorov, Ahmadjon Shukurov singari xalq artistlari yetishib chiqqan. +Sog‘liqni saqlash. +Viloyatda 6700 o‘rinli kasalxonada 4343 vrach va 16100 o‘rta tibbiy xodim ishlab turibdi. 22 ayollar konsultatsiyasi, 281 qishloq vrachlik punkti, 68 feldsherakusherlik punkti, 28 qishloq uchastka kasalxonasi bor. 17 poliklinikada jarrohlik markazlari, 9 ambulatoriyada ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Viloyatda 3 sanatoriy, jumladan Sitorai Moxi Xosa sanatoriysi mavjud. Buxoro shahridan 25 km narida To‘dako‘l dam olish maskani joylashgan. 2001-yilgacha o‘z kasbi bo‘yicha xususiy ish faoliyati yuritish uchun viloyatda 150 mutaxassisga litsenziya berildi. +Sport. +Buxoro viloyati sportchilarisportning ko‘plab turlari bo‘yicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, chim ustida xokkey, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Buxoro viloyatida shakllangan va o‘z tarixiy ildiziga ega buxorocha kurash bugungi kunda o‘zbekcha kurash sifatida jahon sport olamida o‘ziga xos o‘rin egalladi. Buxorodan sambo bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbonov, 2 marta jahon chempioni Shuhrat Xo‘jayev, jahon chempionlari Shuhrat Ochilov, Botir Turdiyev, Ra uf Boltayev, Botir Xujayev, kurash bo‘yicha 1-jahon chempionlari Akobir Qurbonov, Kamol Murodov, 1Osiyo chempioni Farhod Turayev, Shuhrat Saʼdiyev (yunonrum kurashi), Narimon Otayev (boks) kabi mashhur sportchilar yetishib chiqqan. „Sitora“ ayollar jamoasi chim ustida xokkey bo‘yicha Osiyo chempionlari kubogi sohibidir (2000). O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sport turlari Buxoro shahri va viloyatida ommalashdi. Zamonaviy sport inshootlaridan „Buxoro“ futbol klubining 25000 tomoshabinga mo‘ljallangan „Buxoro“ stadioni, „Semurg‘“ suv havzasi, „Olimpiya“ sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar o‘tkaziladigan „Xumo“ tennis korti mavjud. Buxoro viloyatida 44 bolalar va o‘smirlar sport maktabida 27 mingdan ziyod o‘quvchi taʼlim oladi (2001). +Adabiyot. +Buxoro qadimdan shoir va ulamolar to‘plangan eng yirik shaharlardan biridir. Unga „Qubbat ulislom“, „Buxoroyi tarif“ unvonlari berilgan. Buxoroda „malik ulkalom“ Abu Abdulloh Jaʼfar Rudakiy yashab, ijod qildi. Narshaxiyshtt „Buxoro tarixi“ asarida go‘zal sheʼriy parchalar mavjud. Balʼamiy Tabariyning „Taʼrix…“ asarini Buxoroda fors tilida qaytadan yozgan. Ibn Sino buyuk qomusiy olim bo‘lish bilan birga arab va forstojik tillarida shsʼriy asarlar yozgan. Buxorolik Daqiqiy Abu Mansur Muhammad Firdavsiyning ustozi bo‘lib, „Shohnoma“ dostonini dastlab u yoza boshlagan. Abu Mansur Saolibiy „Yatimat ud-dahr“ tazkirasida 10-asrda poytaxt Buxoroda yashab arab tilida ijod qilgan 25 shoir haqida qimmatli maʼlumotlar keltiradi. Uning yozishicha, „Buxoro Somoniylar hukmronligi davrida shonshuhrat makoni, saltanat kaʼbasi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o‘z davrining fozil kishilari yig‘ilgan joy edi“. Avfiy Buxoriy adib, tarjimon va tazkiranavis olim edi. U Turon adabiyotida tazkiranavislik janriga asos solgan. Sharofiddin Buxoriy (13-14-asrlar) mashhur „Chor kitob“ni tuzgan shofirkonlik ulug‘ mutasavvuf shoirdir. Temuriylar sulolasi davrida Buxoroda Nosir Buxoriy, Ismat Buxoriy (1365-1426), Burunduq Buxoriy, Tohir Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Sayfiy Buxoriy (15-asr) kabi shoirlar yashab, devon tuzishgan. Ismat Buxoriy oʻzbek, fors va arab tillarida sheʼr yozish anʼanasini Buxoroda boshlab berdi. „Ibrohim Adham“ dostonini o‘zbekchada bitdi. U temuriy shahzoda Xalil Sultonning murabbiysi edi. Muhammad Solih Muhammad Shayboniyxonta bag‘ishlangan o‘zbekcha „Shayboniynoma“ dostonini yezdi. Shayboniylar sulolasining vakillari bo‘lgan Buxoro xonlari Muhammad Shayboniyxon „Shayboniy“, Ubaydullaxon ibn Mahmud Sulton „Ubaydiy“, Abdul laxon II „Xon“ ta xalluslari bilan sheʼr va dostonlar yozishdi, devon tuzishdi. Xususan, Ubaydullaxonning ijodi sermahsul bo‘lib, u oʻzbek, fors, arab tillarida lirik g‘azallar, masnaviy yo‘lida so‘fiyona mazmun bilan sug‘orilgan risolalar yozgan.Hasanxo‘ja Nisoriy „Muzakkiri ahbob“ tazkirasida 16-asrda faqat Buxoroning o‘zida yashab, ijod qilgan 110 nafar shoir va tarixchilarning nomlarini keltiradi. Ular orasida Mavlono Abdurahmon Mushfiqiy, Mavlono Majlisiy, Fazlulloh ibn Ro‘zbehon Isfahoniy („Mehmonnomayi Buxoro“ tarixiy asari va o‘zbekcha sheʼrlari bor), Mavlono Naxliy (1549-1636; u Hofiz Tanish Buxoriy bo‘lib, „Abdullanoma“ — „Sharafnomai shohiy“ tarixiy asarining muallifidir), Mavlono Xoja Muhammad Sadr (Afzaliy), Mavlono Foniy, Mavlono Qabuliy Buxoriy, Devona Husomiy (Husomiy Qorako‘liy; 1442-1505), Sayd Podshohxo‘ja bin Abdulvahhobxo‘ja (Xoja), Mavlono Kasiriy, Mavlono Afsariy, Sayfiy Aruziy, Saqqo Buxoriy kabi mashhur shoirlar bor. Turdi Farog‘iy, Buxoriy Naxliy, Shavkat Buxoriy (17-asr), Mulham Buxoriy, Voras, Saidkamol Fitrat (17-18-asrlar), Imlo Buxoriy, Abdullatif Kirom Buxoriy (18-asr) ashtarxoniylar davridagi eng taniqli shoirlar edi. Buxoro viloyati da mashhur shoir Sayido Nasafiy (17-asr) yashab ijod qildi. Yirik faylasuf olim Muhammad Sharif Buxoriy (vafoti 1697) „Favoidi Hoqoniyya“ (1643), Muhammad Yusuf Munshiy „Tarixi Muqimxoniy“, Mir Muhammad Amir Buxoriy „Ubaydullanoma“, Muhammad Amin ibn Muhammad Zamon Buxoriy „Muhit attavorix“ tarixiy asarlarini yozishdi. Mir Muhammad Amin Buxoriy Subxonqulixon (hukmronligi 1681 — 1702) va Ubaydullaxon II ibn Subxonqulixon (hukmronligi 1702-1711) saroyida bosh munshiylik lavozimida xizmat qildi. Buxoro xoni Subxonqulixon „Nishoniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yezdi. Muhammad Vafoyi Karminagiy (1685-1769) „Tuhfat ulXoniy“ („Xon tuhfasi“) kitobining muallifidir. Shoir, tarixchi va munajjim Abdurahmon Toleʼ (18-asr) „Tarixi Abulfayzxon“ asarini yaratdi. Muhammad Sharif Buxoro amirligi tarixiga oid „Toj uttavorix“ (1800) asarini yezdi. Buxoroda mang‘itlar sulolasi davrida Mirzo Sodiq Munshiy, Mirzo Ato, Muhammad Nishotiy, Mujrim Obid, So‘fixo‘ja So‘fiy, Bebok, Vozeh, Savdo (1824-73), Muztarib, Iso Maxdum Buxoriy (1827-88), Muhammad Siddiq Hayrat (1876-1902), Abdurahmon Tamkin (1851-1915), Mirzo Hayit Sahbo, Ahmad Donish, Yaʼqub ibn Doniyol Buxoriy (17711831), Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif (18-19-asrlar), Muhammad Olim Buxoriy (19-asr), Mirzo Abdulazim Somiy Bo‘stoniy kabi shoir va tarixchilar ijod qilishgan. Sadr Ziyo — Sharifjon Maxdum (1867-1932), Mirzo Sirojiddin Hakim (18771912), Mulla Ikrom (Ikromcha domla) ham ularning munosib izdoshlari edi. Buxorolik Afzali Pirmastiy (vafoti 1915) „Afzal uttazkor“ (1904) tazkirasida 19-asr oxiri — 20-asr boshida Buxoroda yashab o‘tgan 135 ijodkor haqida maʼlumot beradi. Jadid adabiyotining tamal toshini qo‘yganlar safida buxorolik Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy bor. Abdulvohid Burhonov „Munzim“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.20-asrda Buxoroda o‘ziga xos adabiy muhit shakllandi. Sulton Jo‘ra (1910- 43), Muhammadjon Rahimiy (1901-67), Jalol Ikromiy, Toshpo‘lat Hamid (1927-84), Saʼdulla Karomatov, Nemat Aminov, Jamol Kamol, Omon Muxtor, Oydin Hojiyeva, Toshpo‘lat Ahmad kabi shoir va adiblar sho‘rolar rejimi davrida ham badiiy jihatdan pishiqasarlaryaratshddi. Bugungi o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida Gulchehra Jo‘rayeva, Usmon Qo‘chqor, Sadriddin Salimov, Tilak Jo‘ra, Norto‘xta Qilich, Safar Barnoyev, Yusuf Jumayev, Halima Ahmedova, Ahad Hasan, Vafo Fayzullo, Sulaymon Rahmon, Chorshaʼm Ro‘zi kabi shoir va yozuvchilarning o‘ziga xos hissasi bor. Mustaqillik davrida buxorolik ijodkorlar o‘z salaflarining anʼanalariga sodiq qolgan holda o‘zbek, tojik, rus tillarida samarali ijod qilishmoqdasrBuxoro viloyatida O‘zbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar) ning viloyat sho‘’balari faoliyat ko‘rsatmoqdasr. +Matbuoti, radnoeshittnrnshn va televvsheniyesi. +Buxoro viloyati da 2 viloyat gaz. („Buxoronoma“, „Buharskiy vestnik“), 11 tuman gaz., 2 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek 9 tarmoq gazetasi nashr etiladi. Buxoro viloyati da dastlabki radio eshittirishlari 1922-yildan boshlagan. O‘sha davrdan radio ijtimoiysiyosiy hayotga doyr mazmunli eshittirishlari bilan eʼtibor qozonmoqdasr Buxoro viloyati radiosi oyiga 30 soatlik hajmda eshittirishlar beradi (2001).1924-yilda Turkistondagi dastlabki kino tashkiloti Buxoroda tuzildi (qarang „Buxkino“). 1993 ylan Buxoro viloyati televideniyesi faoliyat ko‘rsatmoqdasr Studiya uchun maxsus bino kurilgan. Bir oylik ko‘rsatuvlar vaqgi 30 soatdan ortadi. Buxoroda „Istiqlol“ xususiy televideniyesi tashkil ztilgan (1995). Buxoro viloyati G‘ijduvon shla „Ark“ xususiy televideniyesi ham bor. Meʼmoriy yodgorliklari. Buxoro viloyati kddimiy davr, ilk va o‘rta asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklarga juda boy. Hozirgi vaqtda Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqo‘rikxonasi hisobida 997 tarixiy yodgorliklar mavjud. Turondagi eng qad. yodgorliklardan biri sanalgan Buxoro hukmdorlarining qarorgohi — Buxoro arki (miloddan avvalgi 1-asr) bugungi kungacha saqlangan.Shahar yonidagi Fathobodda Sayfiddin Boharziy makbarasi (13-asr), Bayonkulixon makbarasi (14-asr), Buxoro tumanidagi Sumiton qishlog‘ida Chorbakr ansambli (16-asr), Hazrat bobo masjidi (18-asr), amirning yozgi qarorgohi — Sitorai Mohi Xosa saroyi (19-20-asrlar), Vobkent tumanida Vobkent minorasi (12-asr), Chashmai Ayyub hazirasi (1208), Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi (13-asr), Abdurahmon Vali maqbarasi (14-asr), Vobkent hammomi (16-17-asrlar), Toshmasjid (16-17-asrlar), So‘fidehqon xonaqosi (17-18-asrlar), Jondor tumanida Varaxsha shahar harobalari (7-asr), Mahmud Torobiy dahmasi (13-asr), Qizbibi majmuasi (15-asr), Kogon tumanidagi Qasri Orifonda Hazrat Bahouddin majmuasi, Abdulazizxon honaqosi va Dahmai Shohon (14-16-asrlar), Hazrat Mir Kulol maqbarasi (14-asr), Kogon shahrida Temiryo‘lchilar (sobiq Amir) saroyi (19-20-asrlar), Peshku tumanida Xo‘jam Bandi Kushod va Xo‘jam Sayd Po‘lat maqbaralari (18-19-asrlar), Romitan tumanida Xoja Ali Rometaniy — Xojai Azizon va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (14-asr), Mulla Mir Hakim xonaqosi, Shofirkon tumanida Vardonze shahar yodgorligi (6-7-asrlar), Hazor Hyp daxmasi (8-asr), Xoja Orif Revgariy — Mohitobon maqbarasi (13-asr), Qorovulbozor tumanida Bo‘zachi va Qorovulbozor sardobalari (17-asr), Qorako‘l tumanida Poykend shahar harobalari (8-asr). Shoburxon ota maqbarasi va masjidi, G‘ijduvon tumanida Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy — Xojai Jahon (12-asr) masjidi va maqbarasi, Ulug‘bek madrasasi (15-asr), Toshmasjid va Dehqonbobo xonaqosi (15-16-asrlar), Xoja Soktare masjidi (17-asr), Chorsu masjidi (18- 19-asrlar) kabi noyob meʼmoriy obidalar saqlangan. Shuningdek, Buxoro vohasida Raboti Malik karvonsaroyi va Malik sardobasi (11-asr), Karmana shahrida Mirsaid Bahrom maqbarasi (10-11-asrlar), Qosim shayx xonaqosi (16-asr) mavjud.Bu tarixiy yodgorliklarda Sharq meʼmorlik anʼanalari o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. O‘zbek xalqi tomonidan ikki ming yil mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy isteʼdodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvchilik kudratidan dalolat beradi. + +Jizzax viloyati: +Jizzax viloyati – Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 yil 28 dekabrda tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubisharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 21,2 ming km. Aholisi 1 382,10 ming kishi (2020). Jizzax viloyatida 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Sharof Rashidov, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol), 7 shahar (Gagarin, Dashtobod, Doʻstlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, Gʻallaorol), 8 shaharcha (Boʻston, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Oʻsmat, Uchquloch, Yangiqishloq, Qoʻytosh), 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2001). Markazi — Jizzax shahri (Jizzax viloyati tumanlari haqida tegishli maqolalarga q.) +Tabiati. +Relyefi togʻlik, qir va tekisliklardan iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shim., shimoli-gʻarbi va sharqiy qismi (Mirzachoʻl va Qizilqum choʻlining janubi-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi –G dan —4° gacha, iyulniki 28°. Togʻ oldilarida iqlim choʻl va dashtlarga nisbatan yumshoq. Yillik yogʻin viloyat janubida 400–500 mm, shimolida 250– 300 mm. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Yillik quyoshli kunlar 2800—3000 soat. Eng yirik daryolari — Sangzor, Zominsuv. Togʻlardan oqib tushuvchi soy koʻp. Ekinlarni sugʻorish uchun Tuyatortar kanali, 1- va 2-Janubiy Mirzachoʻl kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001 yilda Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarkoʻl va Tuzkon koʻllaridan baliqchilikda foydalaniladi. Togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yongʻoq, naʼmatak, zira, rovoch, zirk kabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bogʻi, Zomin va Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan. +Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi. +Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram, qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor. +Aholisi 1 km ga 46,9 kishi toʻgʻri keladi (2001). Aholining koʻpchiligi oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va b. Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi. Shaharliklar 30%, qishloq aholisi 70% ni tashkil etadi. +Xoʻjaligi. +Jizzax viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida salmoqli oʻrin tutadi. Xususan, paxta, gʻalla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilikni rivojlantirishga eʼtibor berilmoqda. Qurilish materiallari, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmogʻi oshdi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Faoliyat koʻrsatayotgan 9400 ga yaqin xoʻjalik subʼyektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xoʻjaliklaridir. +Sanoati. +Hozirgi Jizzax viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi bu xududda savdo madaniyatining tez rivojlanishiga taʼsir etdi. Ilk oʻrta asrlarda jahon bozorida Jizzaxda jun va teridan tayyorlangan mahsulotlarga talab katta boʻlgan. 8—9-asrlarda kulollik, zargarlik, aravasozlik kabi mahallalarining mavjudligi milliy hunarmandchilikning oʻsha davrlarda rivojlanganligidan darak beradi. +Viloyatdagi ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarini hududiy jihatdan Jizzax, Gʻalla-orol, Dashtobod, Doʻstlik shaharlaridagi sanoat tarmoqlariga ajratish mumkin. Bular foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik va irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlgan tarmoqlar, paxtani qayta ishlash, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil sanoat (ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj fabrikalari), oziq-ovqat sanoatidir. Viloyatda qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarning salmogʻi sezilarli. Shulardan Dashtobod qurilish materiallari, Zomin oniks, Baxmal marmar, gʻisht zavodlari, Dashtobod, Doʻstlik un kombinatlari, Jizzax mebel fabrikasi ishlab turibdi. Jizzax viloyatida konchilik tarmogʻi ham rivojlangan. Marjon buloq oltin koni, Qoʻytoshdagi ohak, vollastonit, volfram, Koʻtarmada ohak, Uchqulochda qoʻrgʻoshin konlari faoliyat koʻrsatmoqda. 1991 — 2001 yillar davomida Jizzax viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Viloyatda qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar mavjud. Qoʻshma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining salmogʻi tobora ortib bormoqda. "Jibri" (Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya) qoʻshma korxonasi yiliga 50 ming t chigitni qayta ishlab oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaradi, "Kumush tola" (Oʻzbekiston—Tojikiston) qoʻshma korxonasi yiliga 80 t dan ziyod ipak tolasini tayyorlaydi, "Paxta interneyshnl" (Oʻzbekiston—Suriya) qoʻshma korxonasi yiliga 10 ming t lintdan sellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega, "Baxmalsharob" (Oʻzbekiston—Polsha) qoʻshma korxonasida mineral suvi qadoqlanadi. Shuningdek, paxta tolasidan eshilgan ip tayyorlovchi "Irjartekstil" (Oʻzbekiston—Pokiston), yogʻ-moy va sovun ishlab chiqaruvchi "Madina" (Oʻzbekiston—Xitoy), "Jizzax—Telekom" (Oʻzbekiston —Indoneziya), Qoʻytosh shaharchasida "Vollastonit" ishlab chiqarish sexi (Oʻzbekiston—Rossiya), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Vostok LTD", "Belogorsk" qoʻshma korxonalarining hissasi sezilarlidir. Yiliga 1 mln. dona akkumulyator tayyorlovchi "Oʻzeksayd" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi (2002). "Zilolateks" aksiyadorlik jamiyatida 250 t nitron matosi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. +Qishloq xoʻjaligi. +Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Paxta ekini maydoni viloyatdagi sugʻoriladigan yer maydonining asosiy qismi (110 ming ga)ni tashkil etadi. Viloyatning 12 tumanidan 10 tasida paxta ekiladi. 1994 yildan Jizzax viloyatida gʻalla ekiladigan maydon keskin oshirildi. 2000 yilda 317,7 ming t gʻalla tayyorlandi. Gʻallachilikni rivojlantirish uchun tabiiy sharoitlar va boshqalar imkoniyatlar mavjud, Viloyat qishloq xoʻjaligida pillachilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Joylarda yiliga 440—480 t pilla yetishtirish imkonini beradigan tabiiy resurslar yaratildi. +Qishloq xoʻjaligida kartoshka, poliz, sabzavot, uzum, hoʻl meva yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Bir yilda 25—30 ming t kartoshka yetishtiriladi. Poliz va sabzavotdan yiliga oʻrtacha 70 ming t dan hosil olinadi. +Jizzax viloyatida 9,4 ming ga dan ortiq, maydon mevali bogʻ (olma, behi, shaftoli, oʻrik, olcha, gilos, anor), 7,9 ming ga tokzor, 2,4 ming ga tutzor, 410 ga koʻchatzor. 78,7 ming ga yer qoʻriqxonaga aylantirilgan. +Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 1241,4 ming ga, shu jumladan haydaladigan yerlar 478,5 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 266 ming ga, lalmi yerlar 212,5 ming ga, yaylovlar 850 ming ga, pichanzorlar 12,5 ming ga, koʻp yillik daraxtzorlar 21,5 ming ga. +Don ekinlari 212 ming ga, paxta ekiladigan maydon 110,8 ming ga, sabzavotpoliz ekinlari 10 ming ga, ozuqa ekinlari 12,5 ming ga, 165 ming ga oʻrmonzor bor. (2001). +Jizzax viloyatida jamoa, davlat, shirkat va fermer xoʻjaliklari mavjud. Fermer xoʻjaliklarining salmogʻi ortib bormoqda. Viloyat qishloq xoʻjaligida chorvachilik aloxida oʻrin tutadi. Barcha xoʻjaliklarda 280 mingdan ziyod qoramol, 800 mingdan koʻproq qoʻy va echki, qariyb 15 ming ot, 410 mingga yaqin parranda boqiladi (2000). +Transporti. +Temir yo'l viloyatda asosiy transport turlaridan. Umumiy uz. 217 km (2001). Avtomobil yoʻllari ham salmoqli oʻrin tutadi. Havo yoʻllari Jizzax shahrini Toshkent va boshqalar viloyat markazlari, shuningdek, Kavkaz, Qrim bilan bogʻlaydi. Jizzax sh. koʻchalarida trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. +Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sporti. +2000/01 oʻquv yilida viloyatda 530 umumiy taʼlim maktabida 253 ming oʻquvchi oʻqidi. Gimnaziyalar, 2 akademik litseyda 647 oʻquvchi taʼlim oladi (2002). Musiqa va sport maktablari, gimnaziyalar faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyatda 2 oliy oʻquv yurti bor: Jizzax pedagogika instituti va Jizzax politexnika instituti. +Oʻzbekiston gʻallachilik ilmiy tadqiqot Jizzax viloyati, onalik va bolalikni muxofaza qilish ilmiy markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyat shahar va tumanlarida 1998—2001 yillarda 7 kollej va 2 akademik litsey binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. 32 kasb-hunar kollejida 17293 oʻquvchi taʼlim oladi. Akademik litseylarda tayyorlov, asosan, 4 yoʻnalishda olib borilayotgan boʻlsa, kasb-hunar kollejlarida 33 mutaxassislik boʻyicha oʻqitiladi (2002). +Viloyatda 5 muzey (Jizzax viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Sharof Rashidov muzeyi, Zomin tarixi muzeyi, Hamid Olimjon muzeyi, Mehnat Qahramoni X. Nosirov muzeyi), 289 jamoat kutubxonasi (8 mln. nusxadan ortiq asar), 126 klub, 12 tuman markaziy, 73 qishloq va shahar madaniyat uylari, 77 badiiy havaskorlik, 54 folklor-etnografik jamoalar, 12 maqomchilar guruhi, 60 xoreografik rake dastalari, vokal va estrada guruhlari faoliyat koʻrsatadi. +Jizzax viloyatida 3 teatr: Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, Gagarin sh.da qozoq milliy teatri bor. +Viloyatda 1996 yilda tashkil etilgan "Oʻzbeknavo" gastrol konsert birlashmasi boʻlimining yosh iqtidorli sanʼatkorlaridan L. Moskalyova, F. Ibragimova, G. Sultonova, O. Malikovlar "Oʻzbekiston —Vatanim manim", "Yangi taronalar", "Sado—99" koʻrik tanlovlarining gʻolibi boʻlishdi. +Jizzax viloyatida 5 madaniyat va istirohat bogʻi, 2 bolalar bogʻi, "Sangzor koʻli" istirohat bogʻi, H. Olimjon nomidagi shoirlar bogʻi, "Oʻrda" oromgohi, Jizzax, Zomin, Gʻallaorol, Paxtakor shaharlarida Xotira bogʻlari, "Maʼnaviyat va maʼrifat", "Salomatlik va goʻzallik", mahalla va yoshlar markazlari, "Istiqlol" yoshlar forumi, Baxt uylari bor. Viloyatda Parpiota, Navkatota, Avliyoota Malikajdarota, Saʼd ibn Vaqqos, Sayfinota, Savrikota, Qavsota ziyoratgohlari, Temur darvoza, Xuttot, Quyosh taqvimi obidalari, qad. Jizzax, Hoshim qoʻrgʻon, Abdullaxon qoʻrgʻoni, Koʻkrabot, Sabat kabi arxeologik yodgorliklar mavjud. +Jizzax viloyatida 67 kasalxona, 47 ta hududiy va 13 markaziy kasalxona, 1 davolash markazi, 16 maxsus dispanser, 2,3 ming vrach, shu jumladan stomatologlar, 9,9 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim bor. Viloyat tez yordam markazi, onalar va bolalarni muhofaza qilish ilmiy markazi, markaziy bolalar shifoxonasi, viloyat tugʻruqxonasi, reabilitatsiya markazi, oʻsmirlar dispanseri kabi muassasalar tashkil etildi, 34 ta xususiy shifoxona, 170 dorixona, 7 ta fitobar ishlab turibdi. Sanatoriy bor (2002). +Jizzax viloyatida sportning kurash, boks, moto poyga, yengil atletika, karate kabi turlarida respublika va xalqaro musobaqalar oʻtkazish odatga aylandi. 2001 yilda Jizzaxda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi oʻquv yurtlari talabalarining "Barkamol avlod" sport oʻyinlari oʻtkazildi. Sportning 8 turi boʻyicha 2000 ga yaqin sportchi yoshlar Jizzax sh., Paxtakor, Gʻallaorol, Baxmal tumanlaridagi stadion va sport zallarida bellashdilar. +Viloyatda jami 28 stadion, 2 ta suv sporti saroyi, 18 tennis korti, 136 sport zali mavjud. Jizzax sh.da Olimpiya zaxiralari kolleji ishga tushirildi. Kollejda umumiy maydon 9 ga (72x102 m yopiq sport maneji) sport majmuida bir vaqtda 11 turdagi sport mashgʻulotlari olib boriladi. Kollej 4 tennis korti, 1 suzish havzasi, 200 oʻrinli yotoqxonaga ega. Shuningdek, 2 futbol maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat yosh sportchilari orasida boks boʻyicha Osiyo chempioni Lazizbek Zo-kirov, bir necha yillardan buyon shaxmat boʻyicha xalqaro musobaqalar sovrindori, respublika chempioni, oʻquvchi Yulduz Hamroqulovalar bor. +Adabiyoti. +Jizzax viloyati qadimdan ilm-fan va ijodkorlar oʻsib ulgʻaygan yurt. Bu zaminda oʻrta acrlarda shayx Abulhasan Harakoniy (950—1034), shayx Aba Ali Fayumardiy (1084), Abu Tala ibn Nasr ibn Jundabek al-Usrushoniy, Poyanda Zaminiy, Soki Zaminiy kabi islom maʼrifati va fiqh ilmiga ulkan hissa qoʻshgan allomalar yashab oʻtgan. Keyinroq 19—20-asrlarda Maxmur Koriziy, Ubaydulloh Alamkash, Narzullo Narziy, Inomxon Maxjur singari ijodkorlar boy adabiy meros qoldirgan. 20-asr oʻzbek adabiyoti rivojida Jizzaxda tugʻilib oʻsgan Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Nazir Safarov, Shukur Saʼdulla, Sarvar Azimov kabi adiblarning munosib hissasi bor. 20-asrning oxirlarida Jizzaxdan Keldi Qodir, Jonibek Quvnoq, Ergash Muhammad, Saʼdulla Hakim, Rustam Gʻaniyev, Asror Moʻminov, Oqiljon Husanov, Sharofat Botirova, Ibrohim Donish, Sayyora Toʻychiyeva, Venera Ibrohimova, Sattor Qoraboyev, Meli Normatov, Farogʻat Kamolova kabi ijodkorlar oʻz mahoratlari bilan adabiy jamoatchilikka tanildi. Gulchehra Shahobiddin qizi, Shahlo Ahrorovalar sheʼriyati, qoʻshiqchilik mahorati bilan ajralib turdi. +Matbuoti, radio va televideniyesi. +Jizzax viloyatida 2 viloyat gazeta ("Jizzax haqiqati", "Djizakskaya pravda"), tuman va shahar gazetalari chiqadi. Viloyatda, shuningdek, tarmoq gaz.lari, jurnallar ham nashr etiladi. +Viloyat radiosi oʻz eshittirishlari bilan viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻz oʻrni va mavqeiga ega. 1990 yilda Jizzax viloyati televideniyesi tashkil etilib, uning birinchi koʻrsatuvlari efirga uzatildi. Jizzax sh.da "Baxtiyor — Shahboz" firmasining telestudiyasi koʻrsatuvlar olib boradi. Viloyat teleradiokompaniyasi haftasiga 4 soat, Jizzax shahri televideniyesi 7 soat hajmdagi eshittirish va koʻrsatuvlar olib boradi. Jizzax sh.da kabelli televideniye ham ishlayapti. Teletomoshabinlar respublika televideniyesi va Rossiyaning ORT, RTR kanallarini tomosha qilishlari uchun imkoniyatlar mavjud. +Meʼmoriy va tarixiy yodgorliklari. +Qad. va oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Oʻrta asrlarga oid koʻpgina qalʼaqoʻrgʻon va karvonsaroylar tepa va qoʻrgʻon (Koʻltepa, Oqtepa, Rabot, Qoʻrgʻontepa, Xonimqoʻrgʻon, Kaliyatepa) kabi nomlar bilan ataladi. Bularning soni 100 dan ortiq. Jizzax va Gʻallaorol tumanlari hududidagi Takalisoydagi qoyatoshlarda ibtidoiy chorvachilik, ovchilik davriga oid mingdan ortiq rasm, Baxmal, Gʻallaorol, Jizzax tumanlarida juda koʻp yer osti yoʻllari saqlangan. 1956 yilda Baxmal tumani hududidan Budda ibodatxonasi qoldigʻi topilgan. Parpiota, Malik Girkushoq, Avliyoi Serob, Nuriddin masjidlarining qoldiqlari saqlangan. Forish tumanida qad. "Band" toʻgʻoni qoldigʻi hozir ham mavjud. Jizzax tumanida Uzunota qabri bor. Bu yerda sohibqiron Amir Temur 1404 y.dekabrning soʻnggi kunida bir kecha tunagan. Jizzax ruslar tomonidan bosib olingandan soʻng rus harbiy ish boshchilari nazoratida mahalliy aholi kuchi bilan barpo etilgan bir qancha imoratlar (uyezd hokimi binosi, rus askarlari qarorgohi, qamoqxona, cherkov) saqlanib qolgan. +Viloyat 1973-yil 29-dekabrida tashkil topgan. Respublikaning markaziy qismida joylashgan. Shimolda Qozogʻiston, janubda Tojikiston, gʻarbda Samarqand va sharqda Sirdaryo viloyatlari bilan chegaralanadi. Maydoni 20,5 ming kvadrat kilometrga teng boʻlib, respublika maydonining 4,5 foiziga teng. Tabiiy-geografik jihatdan viloyatning janub tomonlarida Turkiston togʻ tizmasining gʻarbiy tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbiy qismida Nurota togʻ tizmasi tarmogʻi mavjud. Viloyat aholisi 1166,7 ming(2011)dan ortiq boʻlib, uning taxminan uchdan ikki qismi qishloq aholisi hisoblanadi. Jizzax viloyati hududida aholining oʻrtacha zichligi 57 kishi. +Viloyat tarkibiga 12 tuman kiradi: Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Gʻallaorol, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Forish va Yangiobod. +Viloyatda 7 shahar mavjud, markazi Jizzax shahri. +Viloyatda 3 ta oliy oʻquv yurti, 31 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari bor. +Jizzax shahrining Qipchoq maxxalasida Juda katta zavod bulib Oxak ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi va bu zavod Toshkent Sirdaryo Samarqandni taminlab beradi.Yana bir malumot Qipchoq maxallasida Butun Oʻzbekistonga malum bulgan uzining Somsasi bilan xam mashgʻul Va Qipchoq maxallasida Shodmanov Yuldash ota Qabristoni xam mavjud. + +Navoiy viloyati: +Navoiy viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982 yil 20 aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988 yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogʻiston, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, jan.dan Qashqadaryo, janubi-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 111,0 ming km². Aholisi 802,3 ming kishiga yaqin (2003). Navoiy viloyati tarkibida 8 qishlok tumani (Konimex, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduk, Xatirchi, Qiziltepa, 5 shahar (Zarafshon, Qiziltepa, Navoiy, Nurota, Uchquduq), 8 shaharcha (Konimex, Langar, Malikrabot, Muruntov, Tinchlik, Shalqar, Yangirabot, Gʻozgʻon) va 53 qishlok fukarolari yigʻini bor (2003). Markazi — Navoiy shahri Tabiati. Navoiy viloyatining hududi tabiiy sharoitiga koʻra, 3 qismga boʻlinadi: viloyatning shimoli-gʻarbiy qismini Qizilqum choʻli egallagan — bu yerda berk botiqlar (Karaqota, Moʻlali, Mingbulok), eol qumli tekisliklar va qoldik togʻlar (Ovminzatogʻ, Yetimtogʻ, Boʻkantov, Tomditov va h.k.) bor; janubi-sharqiy qismini Nurota togʻ tizmalarining gʻarbiy qismi past va oʻrtacha balandliklardagi togʻlar (Qoratogʻ, Oktogʻ va boshqalar) hamda togʻlararo botiqlar (Nurota botigʻi va boshqalar) egallagan; Zarafshon daryosi vohasining oʻrta qismida viloyatning paxtachilik zonasi oʻrnashgan. Navoiy viloyatidagi togʻlar, asosan, silur, devon, toshkoʻmir, bur, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davrdagi kompleks tabiiy omillar taʼsirida oʻzgargan. Muruntovda oltin, Ovminzatogʻ shimolida grafit topilgan. Viloyatda volfram, fosforitlar, kvars qumi, sement, ohaktoshning zaxiralari mavjud. Navoiy viloyatida mineral shifobaxsh, shoʻr va yer osti chuqur suv zaxiralari aniqlangan. Chunonchi, Tomdibulok, Qaraqota, Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda keng foydalanilmoqda. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli zilzila zonasiga kiradi. Qizilkum choʻli tufayli iqlimi keskin kontinental choʻl iqlimi: yozi uzoq, quruq. issik, iyulda oʻrtacha temperatura 27,2—29,6°, kumda oftobda temperatura 60—70° gacha koʻtariladi. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 1,9° dan —0,6° gacha. Choʻl va yaylovlarda, vohalarda iqlim oʻrtacha. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Yillik yogʻin 125–282 mm. Vegetatsiya davri 177—212 kun. Navoiy viloyatining asosiy suv manbai — Zarafshon daryosi. Zarafshondan Konimex kanali chikarilgan. Navoiy viloyatini suv bilan taʼminlashda Quyimozor, Toʻdakoʻl suv omborlari, Konimex kanalining ahamiyati katta. Viloyatning shim. va gʻarbiy katta qismi koʻchma qum barxanlari, unda-bunda uchraydigan gilli choʻllardan iborat. Astragal, shuvok, shoʻra, isirik, qamish, zarpechak, saksovul, yulgʻun, va boshqa choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Choʻl tuproqlarida chirindi kam, ohak, gips, eruvchi tuzlar koʻp. Choʻl oʻsimliklari, ayniqsa, shoʻra, shuvoq kabilar qorakoʻl qoʻylari va boshqa mollar uchun ozuqa boʻladi. Bukantovda va Mingbuloq botigʻida qobon, boʻri, chiyaboʻri, tulki, uzun dumli mushuk, choʻl mushugi, boshqa yerlarda malla yumronqoziq, kalamush, sichqon, sugʻur, sassiqkoʻzan, jayron, kaltakesak, turli xil ilonlar, toshbaqa, qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgʻovullar, qargʻa, hakka, musicha, chumchuq uchraydi. +Qizilqum choʻlida pastak koʻhna togʻlar, Mingbuloq botigʻi, shuningdek, Qaraqota havzasi, shoʻrxok tekisliklar va pastliklar, qator qum tepalari alohida manzara kashf etgan. Yaylovlarda chorva boqiladi. Saksovul, qandim, cherkez, singren, oqpechak, selin, efemer va shoʻralar chorva mollari uchun ozuqa. +Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar (63,3%) tashkil etadi. Shuningdek, rus (13,5%), qozoq (11,5%), tatar (2,6%), ukrain (1,4%), qoraqalpoq (1,4%), tojik (1,3%), ozarbayjon (0,9%), belorus (0,2%) va boshqa millat vakillari yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 7 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar — 319,7 ming kishiga yaqin, qishloq aholisi — 482,6 ming kishidan ziyod (2003). +Xoʻjaligi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari energetika, konchilik (oltin va boshqa metallar qazib olish), metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalaridan iborat. Yirik korxonalari: Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasi, "Qizilqumsement", "Elektrkimyo", "Nurotamarmar" korxonalari, mahalliy sanoat konserni. Toʻkma kon chiqindilaridan oltin ajratib oluvchi "Zarafshon-Nyumont" oʻzbek-amerika qoʻshma korxonasi samarali faoliyat koʻrsatyapti. Ulardan tashqari "Agama", "Zerispark", "Bentonit" va boshqa qoʻshma korxonalar ishlab turibdi. Jami 20 dan ortiq qoʻshma korxona bor. 730 ga yaqin kichik korxona, 30 shirkat korxonasi, 10 mingdan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatmoqda. Kichik korxonalardan "Ittifoq", "Navoiy" (qurilish materiallari ishlab chiqaradi), "Edem" korxonalarining hissasi salmoqlidir. +Eksport qilinadigan mahsulotlarning aksari qismini paxta tolasi, ammiak selitrasi, kimyoviy tola, sulfat, ammoniy, ortoaminofenol tashkil qiladi. Chetdan xalq isteʼmoli mollari, kalsiy karbid, kaustik soda, tiomochevina, tikuv uskunalari, tibbiy texnika, yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar va ularga ehtiyot qismlar, xoʻjalik uskunalari keltiriladi. +Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik; shuningdek, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, pillachilik, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligi koʻp tarmokli. 228 ming donadan ziyod qorakoʻl terisi tayyorlanadi (2003). Navoiy viloyati qorakoʻl teri tayyorlash boʻyicha respublikada 1-oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 9266,2 ming ga, haydaladigan yer maydoni 111,1 ming ga, yaylovlar 9137,5 ming ga (2003). Barcha ekin maydoni 112,6 ming ga, shu jumladan, paxta 39,4 ming ga, don ekinlari 42,0 ming ga, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari 1,4 ming ga yerga ekiladi. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 2,6 ming km kollektor drenaj tarmoqlari, 138 zax qochirish qudugʻi qurilgan. Navoiy viloyatida dehqonchilik maydonlari AmuBuxoro mashina kanali Navoiy, Oʻrtachoʻl, Amu, Sumbul, Mayna tarmoklari hamda Zarafshon daryosidan suv oladigan Toss, Shovot, Chovli, Oʻng va Chap qirgʻoq, Navkar, Konimex kanallari orqali suv bilan taʼminlanadi. 32 yirik suv chiqarish elektr nasos stansiyalari ishlab turibdi. Navoiy viloyatida 75 shirkat, 4 ming fermer xoʻjaliklari mavjud. +Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 200,0 ming qoramol (shu jumladan, 96,4 ming sigir), 1458 ming qoʻy va echki, 723 ming parranda bor (2003). +Hududiy boʻlinishi. +Transporti. Transport yoʻlilarninguzunligi — 390,7 km, avtomobil yoʻllarniki— 4,1 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 3,3 ming km). Toshkent— Buxoro — Turkmanobod, ToshkentUchquduq — Nukus yoʻnalishlaridagi temir yoʻl liniyalari viloyat hududidan oʻtadi. Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida zamonaviy aeroportlar bor. Havo yoʻllari Navoiy shahrini Toshkent orkali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan bogʻlaydi. +Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport. 2002/2003 oʻquv yilida viloyatda 376 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 201,3 ming oʻquvchi, 5 gimnaziyada 6,4 mingga yaqin oʻquvchi, 2 akademik litseyda 1040 oʻquvchi, 11 musiqa va 19 sport maktabida 16795 oʻquvchi taʼlim oldi. Navoiy viloyatida 2 oliy oʻquv yurti (Navoiy davlat ped. instituta, Navoiy davlat konchilik instituti) bor. Bu oliy oʻquv yurtlarida 7,7 ming talaba taʼlim oladi (2003). Viloyat shahar va tumanlarida 1998—2003 yillarda 18 kollej va akademik litseylar binolari ishga tushirildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. Viloyatda 23 kasb-hunar kollejida 16,03 ming talaba oʻqiydi. +Navoiy oʻlkashunoslik muzeyi, uning Qosim Shayx majmuasi filiali va viloyatdagi 7 ta boʻlimi, 253 jamoat kutubxonasi (1893 ming nusxa asar), 105 dan ziyod klub, 7 madaniyat saroyi, 429 badiiy xavaskorlik jamoalari bor. Navoiy viloyatida Yosh tomoshabinlar teatri faoliyat koʻrsatadi. +Viloyatda 5 madaniyat va istirohat bogʻi, koʻplab favvorali koʻkalamzor xiyobonlar mavjud. Zarafshon va Navoiy shaharlarida mehnatkashlarning xordiq chiqarishi uchun sunʼiy koʻllar barpo qilingan. Bir qancha tumanlarda bogʻlar yaratilgan. Xalq hunarmandchiligi ham rivojlangan. +Sogʻliqni saqlash. Navoiy viloyatida 3223 oʻrinli (10 ming kishiga 45,3 oʻrin), 40 kasalxona muassasasi, 1567 vrach, 7,013 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlab turibdi. 85 ayollar konsultatsiyasi, 93 qishloq vrachlik punkta, 116 feldsher-akusherlik punkti, 16 qishloq uchastka kasalxonasi bor. 18 poliklinika, 3 ambulatoriyada ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Viloyatda 4 profilaktoriy faoliyat koʻrsatadi. +Sport. Navoiy viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha nufuzli musobaqalarda ishtirok etmoqdalar (kurash, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Viloyatdan sportning suzish, nafis gimnastika, ogʻir atletika, armestling, pauerlifting turlari boʻyicha mamlakat va Osiyo chempionlari yetishib chiqqan. Markaziy stadion, tumanlarda 13 stadion, 14 suzish havzasi, sport majmui, 190 sport zallari, 1287 sport maydonchalari, 18 tennis korti mavjud. Navoiy viloyatida 19 bolalar va oʻsmirlar maktabida 15 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oladi, sport seksiyalariga 68 mingga yaqin yoshlar jalb etilgan (2003). +Adabiyoti. Navoiy zaminida qad.dan mashhur allomalar, shoir va faylasuflar, adib va muxaddislar, moqir xattot va tarjimonlar yashab oʻtgan. Karminiy taxallusi bilan ijod qilgan bir necha oʻnlab ijodkorlarning nomlari maʼlum. Shulardan Abu Abdulloh Muhammad ibn Zavʼ al Karminiy, Abu Hamid Ahmad ibn Lays al Karminiy (996 yilv.e.), Al Muntasir ibn Muhammad al Karminiy va boshqa Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Zavʼ al-Karminiy Qurʼonga tafsir bitishi bilan birga arab, fors sheʼriyati nazariyasini ishlab chiqqan, ilk marta arab, fors, turk maqollarini qiyosiy oʻrgangan. Najmiddin Abulvafo al-Boʻzjandiy (9asr), Zabeho as-Samarqandiy (16-asr) Karmanada tugʻilib boshqa shaharlarda ijod etganlar. Shuningdek, shoirlar Shayx Pahlavon Muhammad Gʻolib (18-asr), Mavlono Dilkash Tanburiy (19—20-asr boshlari), Shayx Koʻriy Muhammad Hasan (1823 — 1921) va boshqa shu yurt farzandlaridir. 20-asrda Navoiy viloyatidan chiqqan ijodkorlar Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari adabiy muhitida shakllandilar. Karmanalik shoir Saʼdulla Mahmudovning ilk kitobi 1939 yilda nashr etilgan. Shundan keyin Dushan Fayziy, Toshpoʻlat Hamid, Yodgor Baxshi, Raybulla Salomov, keyinchalik Oydin Hojiyeva, Sulaymon Rahmon, Gʻaffor Hotamov, Hosiyat Bobomurodova, Odil Hotamov, Amir Poʻlkan oʻgʻli, Ashurali Joʻrayev, Marusa Hosilova, Nazira Yoʻldoshevalar adabiyot maydoniga kirib kelishdi. Faylasuf olim Naim Gʻoyibov Ahmad Donish merosidan "Navodir al-vaqoyeʼ"dan lavhalar tarjima qildi. 1990-yillar boshlaridan Aziz Saidov, Halima Ahmedova, Faxriddin Nizomov, Vafo Fayzullayev, Barno Eshpoʻlatov, Bektemir Pirnafasov, Surayyo Zoirova, Farhod Arziyev singari yosh shoirlar faol ijod qilmoqdalar. Ayni paytda qozoq va tojik tilida yozayotgan ijodkorlar safiga rus tilida asarlar yaratayotgan yosh adiblar ham qoʻshildi. Ibodulla Jahongirov ozarbayjon yozuvchisi Anorning "Oq koʻrfaz" qissasini tarjima qildi. +Navoiy viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda. +Matbuoti, radio va te-levideniyesi. Navoiy viloyatida 2 gaz. ("Doʻstlik bayrogʻi", "Znamya drujbi"), 9 tuman gaz., 1 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 22 tarmoq va tijorat gaz., 2 jurnal nashr etiladi. +Navoiy viloyatida dastlabki radio-eshittirishlar 1982 yilda boshlangan. 1982 yildan viloyatda telestudiya tashkil etilib telekoʻrsatuvlar berila boshladi. Viloyatda shuningdek, "Qizilqum" (2002 yildan) nodavlat telekanali koʻrsatuvlar olib boradi. +Meʼmoriy yodgorliklar. N.vda kad. davr, ilk va oʻrta asrlarda qurilgan 10 dan ziyod meʼmoriy yodgorliklar bor. Shulardan qad. Karmanadagi Mirsaid Bahrom maqbarasi (11-asr), Qosim Shayx meʼmoriy majmuasi (16-asr), Katta Gumbaz masjidi (17—18-asrlar), Qiziltepa tumani Vangʻozi qishlogʻidagi Toshmachit (16— 19-asrlar), Nurota tumanidagi Abdullaxon bandi (16-asr), Buxoro — Navoiy yoʻlidagi Raboti Malik karvonsaroy va sardobasi (11-asr) mashhur. Viloyatda 30 ga yaqin arxeologiya yodgorliklari mavjud. Ayniqsa, Navbahor tumani Uchtut qishlogʻidagi shaxta (neolit davri), Nurota tumani hududidagi Qoratogʻda oʻyib yozilgan qoyatosh yozuvlari (miloddan avvalgi 3-asr) va boshqa tarixchilar diqqatidadir. +Qahramon Rajabov, Zulxumor Abdiyeva, Barno Eshpoʻlatov +Navoiy viloyati - Oʻzbekiston Respublikasining eng yosh viloyati hisoblanadi. U dastlab, 1982-yil 20-aprelda Qizilqum sahrosining maʼlum bir qismini oʻzlashtirish va u yerdagi tabiat boyliklardan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilgan edi. +Geografik joylashuvi. +Navoiy viloyati Oʻzbekiston Respublikasi hududining oʻrta qismida joylashgan boʻlib, Qizilqum sahrosining kattagina qismini egallaydi. Uning maydoni 110,8 ming km² ga teng, bu jihatdan u eng katta viloyat hisoblanadi. Navoiy viloyati gʻarbda Qoraqalpogʻiston, shimolda Qozogʻiston, sharqda Jizzax, janubda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bilan chegaralanadi. +Aholisi. +Navoiy viloyati aholisi 818,9 ming kishiga yaqinlashmoqda. Shundan koʻrinib turibdiki, bu koʻrsatkich boʻyicha, Navoiy viloyati respublikada 11-oʻrinni egallaydi, aholining zichligiga koʻra esa, viloyatlar orasida oxirgi oʻrinda, har bir km2 maydonga atigi yetti kishi toʻgʻri keladi, xolos. +Tumanlar va Shaharlar. +Navoiy viloyati hududi yetti qishloq tumanlariga boʻlingan. Bular quydagilar: Karmana, Konimex, Navbahor, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa. Viloyatda oltita shahar mavjud: Navoiy, Uchquduq, Qiziltepa, Nurota, Zarafshon va Yangirobod. Uning maʼmuriy markazi Navoiy shahridir. +Iqtisodiyoti. +Navoiy viloyati ahamiyatli tabiiy resurslarga, shu jumladan, tabiiy gaz, neft, rangli metall va qurlishi uchun xom-ashyo materiallariga boy hisoblanadi. Viloyat iqtisodiyotining asosiy tarkibi yirik konchilik, metallurgiya va kimyoviy majmualardan iborat. Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilardan biridir. Viloyatda, shuningdek, sement zavodi, kimyo majmui va bir qator yirik sanoat zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda. +Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari bu paxta va qorakoʻl qoʻy mahsulotlaridir. Agar kerakli sugʻorish manbalari topilib yoʻlga qoʻyilsa, unda viloyat hududidagi yerlarning 90%ida unumdorlik salohiyati mavjud boʻladi. +Havolalar. +• Rasmiy Vebsayt +• Region.uz-Navoiy +• Navoiy Viloyat Kutubxonasi +• Navoiy viloyati sayti + +Qashqadaryo viloyati: +Qashqadaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay togʻ sistemasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3225, 8 ming kishi (3-o'rin) (2020). Tarkibida 13 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Yangi Mirishkor,Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005). +Tabiati. +Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga q; mas, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalar. Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga olgan; shim., sharq va jansharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma togʻlari bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155–160 kun), issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°–29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura –20°. Yiliga tekisliklarda 290–300 mm, adirlarda 520–550 mm, togʻlarda 550–650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda garmsel esadi. Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2–6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290–300 kungacha. Asosiy daryosi – Qashqadaryo. Uning irmoqlari – Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi. Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob – Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oʻrmon mavjud. Oʻrmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Togʻlarda naʼmatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar oʻsadi. +Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zogʻorabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor togʻoʻrmon va Kitob davlat geologiya qoʻriqxonalari joylashgan; Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi. +Viloyat Qashqadaryo havzasida va Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Viloyat hududi gʻarbdan sharqqa tomon 300-400 metrgacha koʻtarilib boradi. Viloyatning sharqiy qismi Kitob-Qamashi togʻ etaklaridan iborat boʻlib, u yerlarning balandligi 450-500 dan 900-950 metrgacha boradi. Viloyat doirasidagi togʻlarning asosiy qismi uning shimoli-sharqiy qismini egallagan. Bu yerdagi togʻlarning eng baland nuqtalari 4000 metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 km, aholisi 2.442,2 mingdan ortiq (2006). Aholining qariyb 3/4 qismi qishloqlarda istiqomat qiladi. +Aholisi. +Aholisi, asosan, oʻzbeklar (91,2%), shuningdek, tojik, turkman, rus, qozoq, ukrain, ozarbayjon, koreys, qirgʻiz, turk, ukrain, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 83,7 kishi. Shahar aholisi 587,5 ming kishi, qishloq aholisi 1790,7 ming kishi (2005). +20-asr boshlarigacha hozirgi Qashqadaryo viloyati hududida yashagan aholining koʻpchiligi orasida urugʻqabilalarga boʻlinish saqlanib kelgan. Mas, Qarshi shahri va uning atroflarida mangʻit, saroy, qavchin, qatagʻon, kutchi, qipchoqlar, xtoy, qirq va boshqalar urugʻlar, Shahrisabz va uning atroflarida kenagas, saroy, qutchi, turk, qatagʻon, qalmoq, qangʻli, chuyut, qiyot, qoʻngʻirot, mojor, mangʻit, mitan, moʻgʻul, nayman, sayot urugʻlari, Gʻuzor va uning atroflarida qavchin, kerayit, qoʻngʻirot, mangʻit va boshqalar urugʻlar yashagan. Ular dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanishgan. +Xoʻjaligi va iqtisodiyoti. +Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilgʻi resurslarini qazib olish boʻyicha Oʻzbekistonda muhim oʻrin egallaydi. Viloyat respublikada qazib olinadigan tabiiy gazning 88%, neftning 92%, kondensatning 99,6%, oltingugurtning 100% ni beradi. +Qashqadaryo respublikada eng koʻp don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir. Oʻzbekistonda tayyorlanadigan yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 10,2%,shu jumladan, paxtaning 11,8%, gʻallaning 12%, qorakoʻl terining 19% viloyat hissasiga toʻgʻri keladi. Tabiiy gaz, kondensat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanmoqda. Viloyatda 1,1 ming kichik korxona, 40,6 ming mikrofirma bor. Bular sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar korxonalardan iborat. +Sanoatining yetakchi tarmoqlari: – tabiiy gaz va neft qazib olish, gazni qayta ishlash, paxta tozalash, yogʻ ekstraksiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ip yigiruv, tikuvchilik, oziqovqat va boshqalar Eng yirik korxonalari: Muborak neftgaz unitar korxonasi, Shoʻrtan gaz unitar korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Qarshi, Koson yogʻekstraksiya, Shahrisabz konserva zdlari, Shahrisabz pillakashlik, Qarshi tikuvchilik fabrikalari, Qashqadaryo marmar aksiyadorlik jamiyati va boshqalar 49 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi, shulardan: Oʻzbekiston – Turkiya "Kashteks" toʻqimachilik, "Oqsaroy toʻqimachilik LTD" qoʻshma korxonalari ishlamoqda. +Viloyat hududidagi dastlabki sanoat korxonasi – Shahrisabz paxta tozalash zavodi 1916 yilda qurilgan. Undan keyingi davrda viloyatda, asosan, paxta tozalash zdlari, tikuvchilik fabrikalari qurildi. 1971 yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik yillarida Shahrisabz, Yakkabogʻ un ktlari, Tallimarjon issikdik elektr stansiyasi, 2001 yil oxirida Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilib ishga tushirildi. Qashqadaryo viloyati da gaz (propan), jun, paxta tolasi, momiq, polietilen, tomat pastasi, turli xil plitalar ishlab chiqariladi. +Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: gʻallachilik, paxtachilik, kartoshkachilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik. Bogʻdorchilik, tokchilik, ipakchilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik rivojlangan. Muborak, Mirishkor, Nishon, Gʻuzor tumanlarida qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan yirik naslchilik xoʻjaliklari mavjud. Asalarichilikka ham katta eʼtibor berilgan. +Qashqadaryo viloyatida 667,6 ming ga ekin maydoni mavjud boʻlib, shundan 418,7 ming gektari sugʻoriladi. 173,8 ming ga yerga paxta, 205 ming ga yerga don, 3,2 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 0,5 ming ga yerga kartoshka, 38,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 32,8 ming ga yer koʻp yillik daraxtzorlar, shundan 13,2 ming ga yer mevazor, 9,2 ming ga yer tutzor, 10,4 ming ga yer tokzorlar bilan band, 1451 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 13815 km uzunlikda kollektordrenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatda sugʻoriladigan dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida sugʻorish kanallari (Qarshi, Sandal va boshqalar) va suv omborlari (Tallimarjon, Chimqoʻrgʻon, Hisorak, Qizilsuv vaʼb.) barpo etilgan. Sugʻorishni tashkil etish uchun 6 ta yirik nasos stansiyasi qurilgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Qarshi choʻlida 250 ming ga yer oʻzlashtirilgan. +Viloyatda 68 shirkat, 17,6 ming dehqon, 17,2 ming fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Qashqadaryo viloyati shirkat, fermer va shaxsiy xoʻjaliklarida 654,7 ming qoramol (shu jumladan, 276,8 ming sigir), 2,2 mln. qoʻy va echki, 1,3 mln. parranda, 17,3 ming yilqi boqiladi (2005). 1996–2005 yillar viloyatdan B.Roʻziyev, Q.Moʻminov, Gʻ. Rahmonov, M.Saidovlar "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor boʻldilar. +Transporti. +Viloyatdagi temir yoʻl uzunligi 401 km. Asosiy temir yoʻl magistrallari Kogon – Qarshi – Dushanba, Qarshi – Kitob, Qarshi– Samarqand. Yangi qurilayotgan Toshgʻuzor – Boysun–Qumqoʻrgʻon (umumiy uz. 223 km) temir yo'lning 106,2 km qismi Qashqadaryo viloyati hududidan oʻtadi. 2004 yil oktyabrgacha ushbu yoʻlning 112 km dan ziyod Toshgʻuzor – Dehqonobod va Qumqoʻrgʻon – Boysun qismlari foydalanishga topshirildi. Viloyatda jami 13,9 ming km uzunlikda avtomobil yoʻllari mavjud. Shundan umumiy foydalanilayotgan yoʻllar uz. 3,4 ming km, xoʻjaliklar hisobidagi yoʻllar uz. 10,5 ming km. Qashqadaryo viloyati hududidan respublika ahamiyatiga ega boʻlgan Qarshi – Amudaryo (Turkmaniston), Katta Uzbekiston trakti (Toshkent – Termiz), Qarshi – Buxoro, Qarshi – Samarqand avtomobil yoʻllari oʻtadi. Qarshidan Toshkent, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Denov va boshqalar shaharlarga avtobuslar qatnaydi. Qarshi aeroportidan Qarshi – Moskva, Qarshi – Toshkent, Qarshi – Andijon va boshqalar yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. +Madaniy maorif, sogʻliqni saqlash va sport. +Qashqadaryo vohasi oʻzining madaniy tarixi bilan mashhur. 1990-yillargacha Qashqadaryo hududida paleolit (tosh asri) davrida odamzodning yashaganligi haqida ashyoviy dalillar kam edi. Faqatgina Tanxozdaryo vodiysidan topilgan chaqmoqtoshdan yasalgan ayrim buyumlar, Taxtaqoracha dovonida Takalisoy boʻyidagi gʻordan arxeolog D.N.Lev tomonidan mustye davriga oid bir nechta tosh buyum topilganligi Qashqadaryo vodiysida tosh davri odamlari yashaganligidan dalolat berar edi. +1990-yillarda arxeologlardan R. X. Sulaymonov, A.S. Saʼdullayevlar yuqori Qashqadaryodagi Oyoqchisoy, Quruqsoy vodiylarini oʻrganib paleolit davriga oid ashyoviy dalillarni topdilar. Siylontoshda tosh asrining soʻnggi davriga oid topilmalar aniqlandi. +Тarixi. +Vohada miloddan avvalgi 10–8-asrlar, jez va temir asrlarga oid Sangirtepa, Yerqoʻrgʻon yodgorliklari topiddi. Miloddan avvalgi 7–6-asrlarda Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi koʻplab aholi istiqomat qilgan. Kesh, Naxshab shahrilari paydo boʻlib rivojlangan. qadimiy Baqtriya davlati tarkibiga Qashqadaryo vohasining bir qismi ham kirgan. +Miloddan avvalgi 329 yilda Aleksandr Makedoniyalik qoʻshinlari Navtaka (Qashqadaryo) viloyatini bosib olgan. Qashqadaryo bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan Spitamen qoʻzgʻolonining markazlaridan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 3–2-asrlarda Qashqadaryo vohasi Salavkiylar, undan keyin Yunon Baqgriya davlati tarkibiga kirdi. 468 yilda kushonlar avlodidan boʻlgan koʻchmanchi chorvador toxarlar Kidar rahbarligida sharqdan Amudaryo havzasiga kirib kelib Naxshabni oʻzlariga vaqtincha qarorgoh qilib turdilar. +Qashqadaryoda 7–8-asrlarda iqtisodiy hayot rivojlangan. Bir necha yillar davomida Sugʻd Kesh podsholari tomonidan idora qilingan. Kesh podshosi Shasheppi (Shishpar) davrida zarb qilingan tanga pulda "Ixshid Shishpar" degan yozuv boʻlgan. Arablar qoʻshini 700 yilda ilk bor Qashqadaryoga bostirib kelib, Naxshab va Kesh shahrilarini va ular atrofidagi qishloqlarni qoʻlga kiritdilar. Qutayba ibn Muslim 710 yilda Kesh va Naxshabni qayta fath etdi. Ammo, Qarshi, Kesh va Naxshab (Nasaf)da yana arablarga qarshi norozilik harakatlari boshlanadi. Kesh asosiy markazlaridan boʻlgan Muqanna qoʻzgʻoloni butun Movarounnahrga tarqaldi. 9– 10-asrlarda Qashqadaryoda iqtisodiyijtimoiy hayot, fan va madaniyat yana rivojlandi. Kesh "Qubbat ulilm val adab" nomiga sazovor boʻddi. +Moʻgʻul bosqinchilari 1220 yil yozida Qashqadaryoga bostirib kelib Naxshab, Kesh, Gʻuzor shahrilari va qishloqlarini vayron qildilar. Moʻgʻullar oʻtroqlikka oʻtgandan soʻnggina (14-asrda) Kepakxon (1318–26) qurdirgan saroy yaqinida yangi shahar – Qarshi shahri ga asos solindi. 14–15-asrlarda Temur va Ulugʻbek davrlarida Shahrisabzt bir qancha monumental binolar – saroy, masjid va maqbaralar va boshqalar qurildi. Shahrisabz vohaning yetakchi shahriga aylandi. Ashtarxoniylar davrida Qarshi, Shahrisabzda Buxoro xonligidan mustaqil boʻlish harakati kuchaydi. Mangʻitiylar davrida Qarshi taxt vorisi hokim boʻladigan viloyatga aylandi. +Qashqadaryo viloyati qoʻxna tarixi, qadimiy madaniyat yodgorliklari bilan mashhur. Viloyatdan buyuk olimlar, adib va shoirlar, mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar yetishib chiqqan. +Qashqadaryo viloyati da 2004/05 oʻquv yilida 1094 umumiy taʼlim maktabi, shu jumladan 34 ixtisoslashgan, 4 maxsus maktab, 3 gimnaziya va boshqalarda 620 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. Viloyatda 62 kasb-hunar kolleji (49 ming talaba), 4 akademik litsey (2 ming oʻquvchi), 18 bolalar musiqa maktabi (1,7 ming oʻquvchi), 3 mehribonlik uyi, 2 oliy oʻquv yurti (Qarshi unti, Qarshi muhandislikiqtisodiyot instituti; 10,4 mingga yaqin talaba) bor. Qashqadaryo oʻlkashunoslik muzeyi (Qarshi shahri), Amir Temur muzeyi (Shahrisabz shahri da), viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, "Eski masjid", "Muloqot" teatr studiyalari, "Oʻzbekraqs", "Oʻzbeknavo"ning viloyat boʻlimlari, ashula va raqs direksiyasi faoliyat koʻrsatadi. 464 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3930 ming nusxa), 148 klub muassasasi, 6 madaniyat va istirohat bogʻi bor. 16 ashula va raqs xalq ansambli, 2 folklor etnografik xalq ansambli, 373 badiy havaskorlik jamoa va boshqalar madaniy muassasalar ishlab turibdi. +Qashqadaryo viloyati da Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari: Rahimjon Komiljonov, Sadriddin Salimov, Isoq Toʻrayev; Oʻzbekiston xalq hofizi Oʻlmas Saidjonov; Oʻzbekiston xalq baxshilari: Shomurod baxshi Togʻayev, Qahhor baxshi Rahimov; Oʻzbekiston xalq artistlari: Farogʻat Rahmatova, Ikroma Boltayeva, Zamira Suyunova, Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Husan Amirqulov, Muhtarama Nosirova; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar: Tojiddin Murodov, Oygul Xalilova, Bahriddin Rahmonov, Zebo Tursunovalar voyaga yetganlar. +Qashqadaryo vohasi oʻtmishda 300 ga yaqin nasafiylar va oʻnlab keshiylarga vatan boʻlgan yurtdir. Viloyatda 1996 yilda Amir Temurning 660 yilligi, 2003 yilda Shahrisabz shahrining 2700 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Qashqadaryo viloyati da Respublika "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasiga qarashli boʻlimlar, bir necha mehmonxona mavjud. 2004 yilda viloyat hududiga 31 mingdan ziyod turist kelib ketdi. +1927 yil 17 fevraldan 1938 yil 15 yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida. +1938 yil 15 yanvarda Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi. +1943 yil 20 yanvarda qayta tashkil etildi. +1960 yil 25 yanvarda Surxondaryo viloyatiga qoʻshildi. +1964 yil 7 fevraldan yangidan tashkil etildi. +Sogʻliqni saqlash. +Viloyatda94 kasalxona (12,1 ming oʻrin), 395 vrachlik ambulatoriyapoliklinika muassasasi, ambulatoriya va boshqalar tibbiy muassasalar, 221 bolalar poliklinikasi va xonalari, 199 qishloq va shahar vrachlik punkti, 368 feldsherakusherlik punkti, 27 qishloq uchastka kasalxonasi, 90 qishloq vrachlik ambulatoriyasi mavjud. Ushbu tibbiy muassasalarda 53,6 mingga yaqin vrach (har 10 ming kishiga 21,9 vrach), 23,6 mingga yaqin oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. +Davlat dasturiga asosan, viloyatdp Davlat tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi boʻlimi (220 oʻrin) va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari (410 oʻrin) tashkil etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan. Tibbiyot sohasida xususiy, yakka tartibda va boshqalar nodavlat sektorlarida 131 tibbiy muassasa faoliyat koʻrsatadi. +Qashqadaryo viloyatida 3 sanatoriy ishlab turibdi. +Sport. +Qashqadaryo viloyati sportchilari sportning koʻp turlari (kurash, dzyudo, karate, futbol, boks, shaxmat, tennis va boshqalar) boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Farhod Xoʻjanov, Zokir Sharipov, Shavkat Joʻrayev, Erkin Xoliqovlar dzyudo boʻyicha; Bahrom Avezov kurash boʻyicha (Buxarestda va Antaliyada jahon chempioni); akauka Isom va Furqat Kenjayevlar yunonrum kurashi boʻyicha jahon chempionati bronza medali; Alisher Muxtorov dzyudo boʻyicha, Sofiya Kaspulatova karate boʻyicha (3 marta) Osiyo chempioni unvonlariga sazovor boʻldilar. Shaxmatchilardan Anvar Rajabov Yalta, Fransiya, Ispaniya, Sarvinoz Ergasheva (6 marta respublika chempioni) Fransiyadagi jahon chempionatlarida qatnashdilar. Viloyatning "Nasaf", "Mashʼal", "Shoʻrtan" jamoalari futbol boʻyicha Oʻzbekistonning oliy ligasida ishtirok etmoqda. Xotin-qizlarning "Sevinch" futbol jamoasi 2004 yilda oʻtkazilgan respublika birinchi chempionatining gʻolibi boʻldi. Viloyatda 21 stadion, tennis kortlari, sport zallari, 8 suzish havzasi va boshqalar sport inshootlari mavjud. 26 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. 689 ming kishi (shu jumladan, qishloq joylarida 614 ming kishi) doimiy ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. +Adabiyoti. +Qashqadaryo vohasida qadimiy dan mashhur allomalar, shoir va faylasuflar, yozuvchi va muhaddislar, mohir xattot va tarjimonlar yashab oʻtgan. 9-asr boshlarida Nasaf va Keshda hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablari vujudga kelgan. 10-asr da Ahmad ibn Muhammad atTadyoniy, Hammod ibn Shokir anNasafiy, Abdulmuʼmin ibn Xalaf anNasafiy, alLays ibn Nasr alKojariy, 11-asrda Abdulaziz ibn Muhammad anNaxshabiy, Muhammad ibn Ahmad alalHasan ibn Ali alHammodiy anNaxshabiy kabi olimlar islom olamida shuhrat topganlar. +Keyingi davrlarda ham bu ilmiy anʼanalar muvaffaqiyat bilan davom ettirilgan. Aziziddin Nasafiy asarlari dunyo xalqlarining koʻp tillariga tarjima qilingan. "Nasafiy" taxallusli bir necha oʻnlab ijodkorlarning nomlari maʼlum. Bulardan: Moturidiya kalom maktabining atoqli namoyandalaridan biri Abul Muʼin anNasafiydir. Uning "Bahr alkalom fi ilm alkalom ("Kalom ilmi boʻyicha soʻzlar dengizi") asari kalom ilmi boʻyicha almoturidiya maktabining asosiy manbalaridan biri hisoblangan. +Hadisshunos va hanafiy mazhabining taniqli fiqhshunosi Abul Hasan alBazdaviy anNasafiyning musulmon qonunchiligi asoslari haqidagi "Usuli Bazdaviy" kitobi Sharqda keng tarqalgan, unga koʻplab sharhlar bitilgan. Shu sababli "Faqihu Movarounnahr" va "Us toz alaimma" ("Imomlarning ustozi") unvonlariga sazovor boʻlgan. Fiqhshunos Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy 100 dan ortiq asar yozgan. Shuningdek, Abul Barakot gnNasafiy, Abu alMutiʼ Nasafiy, Hakim Soʻzaniy, Abu Turob Naxshabiy, Saido Nasafiy, Nurmuhammad Nasafiy, Shamsiddin Soʻzaniy, Muayiddin Nasafiy, Shahobiddin Ahmad Nasafiy, Sharafiddin Xusom, Abul Barakot anNasafiy, Hofiziddin Nasafiy, Xoja Abulbaraka (Firoqiy), Ayub Shahrisabziy, Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy va boshqalar bir qancha nasafiylar yashab, ijod etganlar. +Nasaf va Kesh allomalari arab (9– 10-asrlar), fors (9–11-asrlar) tillarida ijod qilganlar. 15-asrdan turkiy tilda asarlar yoza boshlaganlar. Temuriy shahzodalar ijod ahlini oʻz ona tillarida yozishga daʼvat etganlar, oʻzlari ham turkiy tilda asarlar bitganlar. Alisher Navoiyning "Muhokamat ullugʻatayn" asari ana shu ijtimoiy talab zaminida yaratilgan. Ammo, amalda arab va fors tillari ham qoʻllanavergan. +Amir Temur va temuriy shahzodalar saltanati davrida Qashqadaryoda ilmfan, madaniyat va sanʼat rivojlangan. Ushbu vohadan chiqqan koʻpgina yozuvchi va ulamolar turli yillarda poytaxt boʻlgan Buxoro va Samarqandda, ayrimlari esa Hindiston, arab davlatlarida yashab ijod etganlar. Moʻgʻullar istilosi davrida ziyolilarning kattagina qismi Hindistondan boshpana topgan. +Abu Saʼd Abdulkarim asSamʼoniyning (1113–67) "Kitob alAnsob" ("Nisbalar kitobi") asarida 8–12-asrlarda yashab oʻtgan 180 yaqin nasaflik olim va shoirning nomlari qayd etilgan. Nasaf tarixi va adabiyoti bilan bogʻliq bir qancha asarlar, xususan, Abul Horis Asad ibn Hamduvayh alVarsiniy anNasafiyning (928 yil v. e.) "Kitob mufoxarot ahl Nasaf va Kash" ("Nasaf va Kesh ahlining iftixorlari haqidagi kitob"), Abu Saʼd Abdurahmon ibn Muhammad alAstrobodiy alIdrisiyning (milodiy 1015 yil v. e.) "Tarixi Nasaf", Abul Abbos alMustagʻfiriy Nasafiyning (961 – 1041, 2 jildli) mufassal "Nasaf va Kesh tarixi" asarlari bizgacha yetib kelmagan. +20-asrning 2-yarmi Qashqadaryo adabiy muhitining koʻtarilishi va yangi ijodkorlar bilan boyish davri boʻldi: Gulshaniy, Togʻay shoir, Shomurod baxshi, Suvon Soqi, Samar Nur, Azim (baxshi) Xoʻjayev, Qodir (baxshi) Rahimov, Abdulla Oripov, Ikrom Otamurodov, Jumaniyoz Jabborov, Normurod Narzullayev, Ismoil Toʻxtamishev, Xosiyat Lutfullayeva, Muhammad Ochil, Jumaqul Qurbon, Normurod Norqobil, Poyon Ravshanov, Ubaydulla Uvatov, Yusuf Berdiyev kabi shoir, yozuvchi va olimlarning ilmiy va badiiy asarlari adabiyot taraqqiyotiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. 90-yillar boshlarida Nazar Eshonqul, Chori Avaz, Amir Xudoyberdi, Zebo Mirzayeva, Habib Abdunazar, Luqmon Boʻrixon, Salim Ashur, Amirqul Karim, Gʻulom Mirzo va boshqalar shoir va yozuvchilar faol ijod qildilar. Mustaqillik yillarida Qashqadaryo vohasida adabiy hayot yanada rivojlandi. Bu davrda erishilgan yutuqlar sifatida Poyon Ravshanovning qadimiy Naxshab va Keshning tarixiga oid 4 jiddli saylanmasi, Abdulla Oripovning "Adolat koʻzgusi", "Koʻztumor", Normurod Narzullayevning "Alyor", Ikrom Otamurodning "Tavr", Amir Xudoyberdining "Yettinchi malak", Habib Abdunazarning "Anjir guli" kabi asarlarini koʻrsatib oʻtish lozim. +Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar) ning viloyat shoʻʼbalari faoliyat koʻrsatadi. +Matbuoti, radioeshittirishi va televideniyesi. +Qashqadaryo viloyati da 33 gazeta, shu jumladan, 2 viloyat gazeta (1935 yildan "Qashqadaryo haqiqati", 2005 yildan "Qashqadaryo", adadi 5 ming; 1943 yildan "Kashkadarinskaya pravda", 2005 yildan "Novosti Kashkadari", adadi 1,5 ming), shahar ("Nasaf"), 13 tuman gazetalari, 16 tarmoq, 1 xususiy gazeta, shuningdek, "Nasaf ziyosi" jurnali (Qarshi davlat universiteti muassisligida) nashr etiladi. +Viloyatda birinchi radioeshittirishlar 1945 yil dekabrdan boshlangan. Viloyat radiosi va "Oltin voha" GʻM radiostansiyasi eshittirishlar olib boradi. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik, "Oltin voha" GʻM radiostansiyasi haftada 112 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Qashqadaryo viloyati da 2 davlat (viloyat va Shahrisabz shahar televideniyesi), 3 nodavlat (Qarshi jamoatchilik, Muborak "Yangi asr", Qashqadaryo kabelli) televideniyelari mavjud. 1994 yil 24 avgustdan faoliyat koʻrsatayotgan Qashqadaryo viloyati televideniyesining haftalik koʻrsatuvlari 11 soatni tashkil etadi. Shuningdek, Qarshi jamoatchilik televideniyesining 1 haftalik koʻrsatuvlari 42 soat, "Yangi asr" telestudiyasining 1 haftalik koʻrsatuvlari 21 soat, Shahrisabz televideniyesining 1 haftalik koʻrsatuvlari 24 soat, Qashqadaryo kabelli televideniyesining 1 haftalik koʻrsatuvlari 63 soatni tashkil etadi. +Meʼmoriy yodgorliklari. Viloyatdagi tarixiy yodgorliklardan 602 tasi arxeologiya, 192 tasi meʼmoriy va shaharsozlik yodgorliklaridir, shuningdek, monumental sanʼat yodgorliklari ham bor. Viloyatdagi mashhur obidalar Shahrisabz shahrida joylashgan. Mirzo Ulugʻbekning 600 yilligi, Amir Temurning 660 yilligi, Shahrisabz shahrining 2700 yilligi munosabati bilan Shahrisabzda obidalarni taʼmirlash ishlari keng koʻlamda olib borildi. Oqsaroy meʼmoriy majmuasi konservatsiya qilindi, markaziy maydonda Amir Temurga haykal oʻrnatildi. Dor uttilovat, Dor ussiyodat majmuasidagi Jahongir (Hazrati Imom) maqbarasi (1379–80 yillar), Oqsaroy majmuasi (1380–1404 yillar), Ulugʻbek madrasasi (Gumbazi Sayidon, 1437 yil), Kitob tumanidagi Xoja Ilimkon xonaqosi (15–16 asrlar), Lan#ar qishlogʻidagi Langarota (Katta Langar) masjidi (15-asr oxiri – 16-asrlar), Langarota maqbarasi (16-asrning 1-yarmi), Fudino qishlogʻidagi Xusamota ansambli (11 – 19-asrlar), Qarshi shahrida Mahalla masjidi (19-asr) va boshqalar saqlangan. Qarshi shahrining 2700 yilligi munosabati bilan Qarshi shahridagi Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va boshqalar madrasa va masjid binolari taʼmirlanmoqda. + +Samarqand viloyati: +Samarqand viloyati +Samarqand viloyati respublikada birinchi tashkil boʻlgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash. +Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan. +Aholi soni—2016 yil 1 yanvar holatidagi doimiy +aholi soni 3 million 590 ming +kishi (o‘rtacha aholi 3mln 596,6 kishi).Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi. +Viloyat hududi 16,8 ming km² Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha Qoraqolpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 2 ta, bular (Samarqand va Kattaqoʻrgʻon. +Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924–1930-yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan. + +Sirdaryo viloyati: +Sirdaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 5,3 ming km. Aholisi 667.748 kishi (2003). Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, maye. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston shahri. +Tabiati. +Relyefi, asosan, toʻlqinsimon tekislik boʻlib, janubidan shim.gʻarbga pasayib boradi. Mirzachoʻl dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Bal. shimubida 230 m, markaziy qismida 400–450 m, jan. va jan.gʻarbda 600–650 m. Sharqida keng Sirdaryo vodiysi joylashgan. Mezozoy va kaynozoy davrida, asosan, choʻkindi jinslarning qalin qatlami bilan qoplangan. Shoʻroʻzak, Mirzarabot, Sardoba kabi botiqlar mavjud. Tekislik qismi daryolar oqizib keltirgan yotqiziklardan hosil boʻlgan, baʼzi joylarini koʻl, botqoq va shoʻrxok yerlar egallagan. Sirdaryo viloyatida yangi kanallar, zovurlar qazilib, choʻl oʻzlashtirildi va ekin maydonlarga aylantirildi. Tekislik qismida irrigatsiya inshootlari qurilib, paxtazor, bogʻ va tokzorlar barpo qilindi. Adirlar lalmikor yerlar va yaylovlardan iborat. +Ob-havosi keskin oʻzgaruvchan va quruq. Yillik oʻrtacha temperaturasi 14°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida —6°, janubida —2°. Qishda havo tez soviydi va tra —30° gacha (Gulistonda —35°) pasayadi. Baʼzan, qish oʻrtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Kech koʻklamda va erta kuzda ham kora sovuq tushib oʻsimlikning oʻsish davrini qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27—29°. Yozda tra 32—45° gacha koʻtariladi. Koʻpincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va oʻsimliklar rivojlanishiga yomon taʼsir qiladi. Vegetatsiya davri 218 kun. Yillik yogin 180–220 mm, asosan, qishda yogʻadi. Yozda kuchli bugʻlanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarning (Sharof Rashidov, Oqoltin, Guliston tumanlari) tuprogʻini shoʻr bosadi. Noyabrdan martgacha teztez esib turadigan "Bekobod shamoli" tezligi 20–25 m/sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.)ga yetadi. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chikayotgan gʻoʻzalarni baʼzan nobud qiladi. Keyingi yillarda ixota daraxtzorlari barpo qilindi. Tuproqlari, asosan, och tusli kuchsiz joylashgan boʻz tuproq boʻlib, kam va oʻrtacha shoʻrlangan, mexanik tartibiga koʻra, qumoq va soz tuproqlardir. Tekisliklarda shoʻrxok va shoʻrxoksimon tuproq uchraydi. Yer osti suvining chuq. 5–6 m. Shoʻroʻzak massivida, hali oʻzlashtirilmagan pastqam joylarda shoʻrxoklar keng tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlarning 32% shoʻrlangan, 25% kuchsiz shoʻrlangan, 16% shoʻrxoklardan iborat. Oʻsimliklardan lolaqizgʻaldoq, boychechak, chuchmoma, qoqi yalpiz, ismaloq, yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, tuyatovon, quyonsuyak. juzgʻun, qovul, oqquray, qiltiq, karrak, rang, iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, qushqoʻnmas, naʼmatak, mingboshi, chitir, gʻumay, pechak, saksovul, har xil butalar, jiyda, doʻlana, tol, terak, qayragʻoch, oq akatsiya, zarang, shumtol va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: jayra, tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon, jayran, nutriya, ondatra, koʻrsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt; qushlardan xoʻjasavdogar, moyqut, bulduruq va boshqa bor. +Tarixi. +Qadimgi Sirdaryo tarixi haqida maʼlumot beruvchi muhim yozma manba qad. yunon tarixchisi Arrianning "Iskandarning harbiy yurishlari" asaridir. Bu asarda Sirdaryo "Tanais", "Yaksart" nomi bilan yuritiladi. +Mil. av. 3—2-asrlarda Oʻrta Osiyoning shimoliy rayonnlarida 5 ta mayda davlatlardan iborat Qangʻyuy davlati ittifoqi yuzaga keladi. Uning tarkibiga hozirgi Sirdaryo viloyati hududlari ham kirgan. Ushbu davrda koʻchmanchi aholining viloyat hududiga kelib oʻrnashishi yer tanqisligini yuzaga keltiradi. Natijada hozirgi Xovos tumanining gʻarbiy qismlari ham aholi tomonidan oʻzlashtiriladi. Shoʻrbuloqsoyning quyi qismida Eski Xovos yodgorligi, Shirinsoyning quyi qismida Munchoqtepa yodgorligi qad koʻtaradi. +Sirdaryo viloyati hududi ilk bor alohida oʻlka— Ustrushona sifatida Beyshi, Suyshi va Tanshu kabi Xitoy yilnomalarida tilga olinadi. Undan oldingi manbalarda Sharqiy Sao (suvi yoʻq) deb yuritiladi. Uning bunday nomlanishi hududda qoʻshni Choch va Sugʻddan farqli ravishda daryolarning koʻp boʻlmaganligi bilan izoxlanadi. Nisbatan oʻlkaning toʻlaroq nomlanishi Tanshu yilnomalarida ("Shuaydushana", "Suydushana" nomlari bilan) berilgan. Tan imperatorlari saroyida oʻlka nomi, shuningdek, Layviy (magʻrurligini sezgan holda boʻysunmoq) deb ham yuritilgan. Viloyat qad. aholisining tili sugʻd tiliga oʻxshash tilda soʻzlashuvchi Sirdaryo va Amudaryo oraligʻida yashagan aholi tiliga yaqin boʻlgan. Xan davri yozma manbalarida Dovon (Fargʻona)dan to Ansi (Baqtriya)gacha boʻlgan hudud aholisi turli shevalarda gaplashsalarda, birbiriga yaqin tidda gaplashganlar va oʻzaro birbirini tushunganlar deyiladi. +Mil. 6-asrda Turk xoqonligi davrida mahalliy aholining turk qabilalari bilan munosabatlari rivojlanadi. Qudaandachilik munosabatlari oʻrnatiladi. Ustrushona afshini Xasan ibn Haydar turk lashkarboshisining qiziga uylangan. 8-asrga oid Xitoy yozma manbasi Syuandzanda yozilishicha, oʻlka "Sutulisen" deb nomlanadi. Shuningdek, unda shim.gʻarbda katta choʻl (Mirzachoʻl) joylashganligi, oʻlka hukmdori Bosi togʻi (Turkiston togʻ tizmasi)ning shim. yon bagʻrida yashaganligi haqida maʼlumotlar bor. Oʻlkada zarb qilingan 6—8-asrlarga oid tangalar Ustrushonaning ilk hukmdorlari Chirdmish, Satagari, Raxang haqida maʼlumot beradi. +Hokimiyat shu davrda otadan bolaga oʻtgan. 8-asr boshida Ustrushonaga arablar bostirib kirgan. Ustrushona arab va Tan sulolasi oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. 749 yilda xitoyliklar yurish qilgan boʻlsa, 751 yilda Ustrushonani arablar bosib olgan. Fakatgina 9-asr boshlaridan Haydar ibn Qavus arab xalifasi xizmatiga kiradi. +893 yilda afshinlar sulolasi agʻdarib tashlanib Ustrushona Somoniylar davlati tarkibiga kiritshshi. Oʻrta asrlardagi Ustrushona haqida birmuncha toʻliq maʼlumotlar arab yozma manbalarida mavjud. Ularda aytilishicha, oʻlka hududi Xoʻjanddan Samarqandgacha, Sirdaryo daryosi va Mirzachoʻldan to Hisor tizma togʻlarigacha boʻlgan. Istaxriy (10-asr) maʼlumotiga koʻra, Ustrushonaning koʻpgina qismini togʻlar egallagan boʻlib, unda "kemalar suzishi mumkin boʻlgan daryo ham, koʻl ham yoʻq". Havkalga binoan, Movarounnaxrning boshqa viloyatlari qatori Ustrushona ham qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ajralib turardi. Bu mahsulotlar viloyat tashqarisiga, jumladan, Xoʻjandga chiqarilgan. Ayrim shaharlarda bozorlar boʻlgan. Ustrushonaliklarning fahri Mink va Marsmandada ishlab chiqarilgan temir qurollar boʻlib, ular Xurosonda ishlatilgan va Iroqqacha shu qurolyarogʻ bilan qurollanganlar. Ustrushona poytaxti Bunjikat sh. boʻlgan. Oʻrta Osiyodagi boshqa davlatlar qatori Ustrushona ham keyingi hayotida qoraxoniylar, moʻgʻullar, temuriylar, shayboniylar va boshqa davlatlari tarkibidagi tarixiy davrlarni boshidan kechirgan. +Qadimgi viloyat axoliyey, asosan, soy va chashmalar boʻylarida vohavoha boʻlib hayot kechirishgan. Viloyat hududida Xoʻjamushkentsoy, Shoʻrbuloqsoy, Mugʻolsoy, Tagobsoy, Sarmichsoy singari suv manbalari boʻlgan. Suv balansining buzilishi manzilgohlarning yoʻq boʻlib ketishiga yoki boshqa joyga koʻchib oʻtilishiga olib kelgan. +Sirdaryo viloyatida qadimgi kanallarning izlari, sardobalar mavjud. 70 km uzunlikdagi Oʻrinboyoʻgʻiz, Iskandarariq, Buxoroariq juda qad. kanallardir. 15-asrda Shohrux va Ulugʻbek Sirdaryodan Mirzachoʻlga kanal orqali suv chiqartirgan. Keyinchalik Mirzachoʻlning janubi-sharqida Boʻzariq, Sirdaryoning oʻng tomonida Dalvarzinariq barpo etilgan. Qiyot koʻli yonida Sirdaryodan suv oladigan mayda ariqlar boʻlgan. 1872 yilda Bekobod yonida Kaufman kanali (13 km), 1878—82 yillarda Toʻngʻizariq (6 km) qazildi. 1883—85 yillarda Iskandarariq va Buxoroariq qayta kavlandi. 1891—95 yillarda Farhod togʻi yonida maxsus toʻgʻon (Shohtoʻgʻon) qurildi. 1896 yilda hozirgi Doʻstlik kanali qazilib Mirzachoʻlning ichkarisiga suv yuborildi. 1897 yilda Mirzachoʻlda birinchi marta 6 ga yerga paxta ekildi. 1899 yilda 8 ming ga, 1907 yilda 9,09 ming ga, 1910 yilda 12,2 ming ga, 1915 yilda 34,5 ming ga yer sugʻorilib, 19 ming ga yerga paxta ekildi. 1926 yilda 180 km ariq va kanallar qazildi, sugʻoriladigan maydonlar 53 ming gektarga yetdi, 1927 yilda 60 ming ga (shundan paxta 27 ming ga), 1929 yilda 68 ming ga, 1934 yilda 134 ming ga, 1938 yilda 154 ming ga (shundan paxta 40 ming ga) yer sugʻorildi. 1942 yilda 180 ming ga yer (shundan 70 ming ga yer paxta) sugʻorildi. 1943—48 yillarda Farhod GES, bosh toʻgʻon Doʻstlik kanaliga tutashtirildi. Boyovut kanali va Farxrd suv ombori qurildi. Natijada Mirzachoʻlning jan. qismi va Dalvarzin choʻlini sugʻorish masalasi hal qilindi. 1956—59 yillarda Qayroqqum suv ombori va GES (quvvati 126 ming kVt) qurildi. 1956 yillarda sugʻoriladigan yerlar maydoni 280 ming gektar yerga yetdi. 1960 yilda Janubi Mirzachoʻl kanali (uz. 128 km) qazildi. 1958 yilda shoʻr suvlarni oqizish uchun 90 km uzunlikdagi Markaziy Mirzachoʻl kollektori qurilib, Boyovut va Yettisoy kollektorlariga qoʻshildi. Viloyat qududidan Sirdaryo oqib oʻtadi. +Aholisi. +Sirdaryo viloyatida, asosan, oʻzbeklar (60%), shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa 70 dan ortiq millat vakillari yashaydi. 1 km² ga 126 kishi toʻgʻri keladi (2003). Qishloq aholisi 455,9 ming kishi, shahar aholisi 211,9 ming kishi. +Xoʻjaligi. +Sirdaryo viloyati respublikaning yirik paxtachilik bazalaridan biri. Viloyat xoʻjaliklari, asosan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati paxtani va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan. +Sanoati. +20-asr boshlarida viloyatda bir necha mayda korxona bor edi. 1970 yillarda 8 paxta tozalash zavodi, 29 paxta qabul qilish punkti boʻlgan. Paxta zavodlaridan chiqqan paxta tolasi Bolgariya, Polsha, Kuba, Chexoslovakiya, Turkiya, Afrika mamlakatlariga joʻnatilgan. +Sirdaryo viloyatidagi 10774 ta korxonadan 10129 tasi kichik va oʻrta biznes korxonasi, shundan 8557 tasi mikrokorxona va 1282 tasi kichik va 290 tasi oʻrta korxonalardir. +Viloyatda xorijiy investitsiya ishtirokida 39 ta korxona faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 35 tasi qoʻshma korxonadir. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekistan — Rossiya hamkorligidagi "Turkiston S" (konditer mahsulotlar ishlab chiqaradi), Oʻzbekiston — Chexiya "Lechiva" farmsanoat qoʻshma korxonasi (tibbiy spirt, doridarmon tayyorlaydi), chet el parrandachilik firmasi, Oʻzbekiston — Avstriya "Sirdaryo", "Lolamodel" (trikotaj buyumlar ishlab chiqaradi), "Sarbonteks" (tibbiy bint, doka, jarroxlik salfetkalari), Oʻzbekiston — Eron "Sayxun PAYA" (tomat pastasi ishlab chikariladi), Oʻzbekiston — Xitoy "Paxtakor LTD" (issiqxona),Oʻzbek — Arab "Ok,oltin PMB" (paxta tolasi ishlab chiqaradi) va boshqa korxonalar, ayniqsa, samarali faoliyat koʻrsatmoqda. 9 paxta tozalash zavodi, Sirdaryo issiklik elektr stansiyasi, Farhod GES, "Momiq", "Zilola", "Shuxrat", "Gulistonnon", "Xovosdon", "Oq oltindon" aksiyadorlik jamiyatlari, "Sayxunsut" xususiy korxonasi, "Bunyod" korxonasi (temirbeton buyumlar ishlab chiqaradi) va boshqa ishlab turibdi. +Qishloq xoʻjaligi. +Paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, mevachilik, sabzavotpolizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sirdaryo viloyatida 30 shirkat va 6170 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi (2004). Viloyatning jami ekin maydonlari 245,0 ming ga, shundan 115,3 ming ga yerga paxta, 86,3 ming ga yerga gʻalla, 6,0 ming ga yerga sholi, 1,9 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 450 ga yerga kartoshka, 19,5 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1233 ga bogʻ va tokzor bilan band. Shuningdek, sugʻoriladigan yerlarga beda, noʻxat, mosh, kunjut, tariq, loviya, kungabokar va boshqa ekiladi. Guliston va Xovos tumanlari sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan asosiy joylardir. Viloyatda yetishtiriladigan qovun, tarvuz, piyoz Ural, Sibir va Uzok, Sharqdagi shaharlarga ham joʻnatiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Sirdaryo viloyatidagi jami jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 181,1 ming krramol (shundan 75,9 ming sigir), 120,5 ming qoʻy va echki, 376,3 ming parranda, 6,1 ming ot boqiladi (2004). Viloyatda 2 ta baliqchilik xoʻjaligi mavjud. +Transporti. +Viloyat hududidagi temir yo'l uzunligi 172 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzun. 1,6 ming km. Sirdaryo viloyati hududidan Toshkent—Kitob, Toshkent — Nukus, Toshkent — Buxoro, Toshkent — Termiz, Toshkent — Samarqand, Toshkent — Andijon, Toshkent — Xovos poyezdlari oʻtadi. Toshkent — Samarqand, Toshkent — Guliston elektr poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Katta Oʻzbekiston trakti ham viloyat hududidan oʻtgan. Sirdaryo viloyati orqali Toshkentdan Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Kitob, Shahrisabz, Urganch, Nukusga katnaydigan avtobuslar oʻtadi. Bundam tashkari, viloyat markazi bilan tuman markazlari oʻrtasida hamda Guliston va Yangiyerdan Toshkentga avtobuslar katnaydi. +Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport. +Sirdaryoda 1914 yilda bitta, 1916 yilda 13 ta rus-tuzem maktabi faoliyat koʻrsatdi. 1917—23 yillarda maktablar soni 52 ta, oʻquvchilar soni 2030 ga yetdi. +2003/2004 oʻquv yilida Sirdaryo viloyatida 308 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 156 ming oʻquvchi, shu jumladan, 14 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 3659 oʻquvchi taʼlimtarbiya oldi. Viloyatdagi 14 musika va sanʼat maktabida 1300 oʻquvchi, 22 sport maktabida 11 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. +Xalq taʼlimi tizimida xalqaro hamkorlik borasida ham maʼlum ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Mirzaobod tumanidagi 21maktab YUNESKO maktabi Kengashiga aʼzo, YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda viloyatda 5 ta xonadonbogʻcha tashkil etilgan. +2003 yilning sentyabr oyida "Ozodlikni qoʻllab-quvvatlash" (AKSELS) Dasturi boʻyicha Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan koʻriktanlovda viloyatning 110 iqtidorli maktab oʻquvchilari ishtirok etib, 1turdan 43 nafari muvaffaqiyatli oʻtdilar. +Viloyat shahar va tumanlarida 1998— 2003 yillarda 22 kasb-hunar kolleji va akademik litseylari binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. 2004 yilda Sirdaryo viloyatidagi 22 kasb-hunar kollejida 12483 oʻquvchi, 2 akademik litseyda 1186 oʻquvchi taʼlim oladi. Guliston universiteti mavjud. +Sirdaryo viloyatida 1 muzey (Guliston shahridagi "Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi muzeyi"), 198 jamoat kutubxonasi (1659,8 ming nusxa asar), 103 klub va madaniyat uyi, 1 teatr (qarang Sirdaryo teatri), viloyat rasmlar galereyasi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar viloyat markazi, Guliston sanʼat bilim yurti, 2 ta madaniyat va istirohat bogʻi, "Oʻzbeknavo", "Oʻzbekraqs" viloyat boʻlimlari bor, "Sirdaryo navolari" ashula va raqs ansambli, 9 ta xalq havaskorligi jamoalari respublika va viloyat ommaviymadaniy tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar. +Sirdaryo viloyatidan Shafoat Rahmatullayeva kabi Oʻzbekiston xalq artistlari, A. Gʻofurov, Gʻ. Hamidullayev, M. Nurmatov, R. Hasanov, T. Qosimova, A. Yusuvaliyev, A. Abdullayev, O. Abdullayeva, A. Xoliqov, R. Karimov, Sh. Jumayev kabi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar yetishib chiqqan. +Sogʻliqni saqlash. +Viloyatda 4,1 ming oʻrinli (10 ming kishiga 63,2 oʻrin) 32 kasalxona, 10 tugʻruqxona, 131 ambulatoriya, poliklinika, 130 qishloq vrachlik punkti, 108 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 1522 vrach, 7616 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (2004). Guliston shahrida respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi ishlab turibdi. Uning 9 ta tumanda boʻlimlari tashkil etilgan. +Sport. +Sirdaryo viloyati sportchilari sportning 33 turi boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Shulardan kikboksing, kurash, belbogʻli kurash, boks, akademik eshkak eshish, armrestling, taekvondo, yengil atletika, shaxmat, shashka, karate, velosport va boshqa turlari boʻyicha har xil turdagi medal sovrindorlari boʻlishdi. +Viloyat sportchilari vakillari Respublika terma jamoalarining 19 tasida ishtirok etmoqdalar. Sirdaryo viloyati sportchilari 2003 yilda jahon, xalqaro va Osiyo musobaqalarida qatnashib sovrinli oʻrinlarni egallashdi. Jumladan, kikboksing boʻyicha Gretsiyada oʻtkazilgan jahon chempionatida Jahongir Koʻchmurodov, Alisher Abdullayevlar oltin medallar, Sobir Qodirov bronza medali, Rossiyada armrestling boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida Farid Usmanov kumush medal, shashka boʻyicha Hindistonda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Alisher Ortiqov kumush medal, boks boʻyicha Italiyadagi jahon chempionatida Sherzod Abdurahmonov kumush hamda Boku shahridagi xalqaro turnirda bronza medal sovrindorlari boʻlishdi. Italiyada akademik eshkak eshish boʻyicha xalqaro turnirda Sergey Tyan, Yuriy Shaxsuvaryan, Sergey Yaqubov va Vitaliy Silayevlar bronza medallarini, Rossiyadagi xalqaro shaxmat turnirida Sobir Umarov 1-oʻrinni, Angliyadagi kurash boʻyicha "Islom Karimov" xalqaro turnirida Alisher Boʻronov 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. 2003 yilda viloyat sportchilari 6 ta jahon, 16 ta xalqaro, 40 ta dan ortiq respublika musobaqalarida qatnashib, munosib oʻrinlarni egallashdi. Viloyatda tennis boʻyicha xalqaro "Fyuchers" turnirini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Sirdaryo viloyatida sportning texnik turlari (karting) boʻyicha Respublika chempionatlari oʻtkazilib kelinmoqda. +Viloyatda 22 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Ularda 11 mingga yaqin oʻquvchi sportning har xil turlari bilan shugʻullanadi. Guliston shahrida viloyag sport qoʻmitasiga qarashli Olimpiya oʻrinbosarlari bolalar va oʻsmirlar maxsus sport maktabi ishlab turibdi. +Sirdaryo viloyatida sportchilar va aholi ixtiyorida 1493 sport inshootlari (shu jumladan, "Alpomish" sport majmui, "Boks" saroyi, "Yoshlar sport markazi", tennis kortlar va boshqalar), 1230 sport maydonchasi, 11 suzish havzasi, 12 stadion bor. Viloyatda barcha turdagi sport tashkilotlari sport seksiyalarida 181,3 mingdan ziyod bola shugʻullanib kelmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish boʻyicha umumiy taʼlim maktablari, kollej va litseylar boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqildi, tegishli choratadbirlar belgilandi. Taʼlim muassasalarini, sport maktablarini malakali kadrlar bilan taʼminlashda Guliston davlat universitetida ochilgan boshlangʻich taʼlim va sporttarbiyaviy ishlar, jismoniytarbiya va jismoniy madaniyat yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi boʻlimning muayyan oʻrni bor. +Adabiyoti. +Sirdaryo viloyati adabiy muhitining yuksalishida "Sirdaryo haqiqati" gazetaning tashkil etilishi (1963) munosabati bilan bu yerga yuborilgan bir guruh yozuvchi va jurnalistlarning taʼsiri katta boʻldi. +Sirdaryo adabiyoti respublika adabiyotining tarkibiy qismi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyatda "Ziyo" nashriyoti tashkil etilgan. Mustaqillik yillarida oʻnlab yosh, iqtidorli shoirlar oʻz ijodi bilan viloyat sheʼriyat muxlislarga tanilib kelmoqda. +Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymon oʻzining 20 dan ortiq sheʼriy toʻplamlari va dostonlari bilan oʻzbek adabiyotiga qissa qoʻshgan. Uning "Istar koʻngil", "Hamqishlokdarim", "Qorasoch" va boshqa kitoblari adabiyot muxlislarining mulkiga aylangan. +Shoira Halima Xudoyberdiyeva poeziyasining mavzui vatan, dala, bobodehqon, ayol, muhabbat, mangulikdir. "Oʻzimizning bogʻlar", "Ona, seni sharaflayman", "Qalbingga chorlaysan" turkum sheʼrlari, "Oq olmalar", "Chaman" va boshqa sheʼriy toʻplamlarida insonning ruhiy dunyosi aks etgan. +Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Hamroqul Rizo (Rizoqulov) Sirdaryoning meqnatkash kishilari matonatini kuylab adabiyotga kirib kelgan. Uning "Sirdaryo qasidasi", "Choʻl qaldirgʻochi", "Umid karvonlari" sheʼriy toʻplamlari, "Oʻgʻirlangan bolalik", "Oyning oʻn beshi yorugʻ" qissalari oʻz muxlislarini topgan. +Shoira Hayotxon Ortiqboyeva, hajvchi adib Joʻra Umarqulov, va boshqa ijodkorlar Sirdaryo vohasining mustaqillik yillaridagi kamolotini, sirdaryoliklarning ijodiy mehnatini oʻz asarlarida aks ettirmoqdalar. +Adabiyotshunos Anqaboy Quljonov, Ravshanbek Maxmudov, Umrzoq Oʻljaboyev kabi olimlarning bir qancha asarlari nashr etilgan. +Sirdaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi. +Matbuoti, radio va televideniyesi. +Sirdaryo viloyatida 2 viloyat gazeta ("Sirdaryo haqiqati", "Sirdarinskaya pravda"), 9 tuman gazeta, 5 shahar gazeta. ("Guliston yangiliklari", 1989; "Gulistanskiye novosti", 1989; "Yangiyer tongi", 1967; "Shirin Sadosi", 1995; "Baxtnoma", 1996 yildan) chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 14 tarmoq, 1 xususiy gazeta. ("Yogʻdu plyus", 1994 yildan chiqadi), 1 jurnal ("Universitet axborotnomasi", 2001 yildan chiqadi) nashr etiladi. +Sirdaryo viloyatida dastlabki radioeshittirishlar 1963 yildan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 21 soat 20 min. hajmida eshittirishlar beradi. Shuningdek, Oʻzbekiston radiosining birinchi "Oʻzbekistan" kanalida radioeshittirishlar retranslyasiya qilinadi. +1996 yilda viloyat telestudiyasi tashkil etilib, telekoʻrsatuvlar bera boshladi. Sirdaryo viloyatida, shuningdek, "Aloqa A.K." tijorat televideniyesi (2001 yildan), "Shodlik R" xususiy firmasiga qarashli "Kometa" kabelli telestudiyasi (2003 yildan) faoliyat koʻrsatadi. +Meʼmoriy yodgorliklardan viloyat hududida Sharof Rashidov tumanidagi Sardoba (16-asr)saqlanib qolgan (Sardobaaagch rasmga q.)640—641betlar orasidagi Sirdaryo viloyatining tabiiy va iqtisodiy ran pli haritasiga q. + +Surxondaryo viloyati: +Surxondaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 yil 29 iyundan Surxondaryo okrugi boʻlgan). 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964 yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubisharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib o'tuvchi "Surxon" (fors-tojik: "qizil" ) daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2612,4 ming kishi (2019-yil, 1-oktyabr holatiga ko‘ra). Tarkibida 13 tuman (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Kumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 114 ta shaharcha, 865 ta qishloq aholi punktlari mavjud (2019). Markazi — Termiz shahri. +Tabiati. +Surxondaryo viloyati relyefi tog va tekisliklardan iborat, shim.dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdankoʻp daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib oʻtadigan tekislik shimoliy, gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ) bilan oʻralgan. +Yana bir koʻzga koʻringan joylaridan biri Angor tumanidagi Qoraqir qishlogʻidir. Qishloq oʻz polvonlari hamda sabzavotchilik, mevachilik hamda chorvachilikda eng ilgʻor xisoblanadi. Qishloq hamda mahallaning gullab-yashnashiga ulkan xissa qoʻshgan mahalla oqsoqoli Chorshanbiyev Begʻam bobo tumanining koʻzga koʻringan jonkuyarlaridan biridir. +Togʻlar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa toʻrtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi togʻlar koʻtarilib, botik, choʻkib bormoqda. Togʻlar bilan tekislik orasida adir va togʻ oldi zonasi joylashgan. Togʻlar shim. sovuq havo oqimlarini toʻsib turishi natijasida subtropik oʻsimliklar oʻstirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Togʻ zonasi va adirlarda, asosan, galla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300–500 m boʻlgan SurxonSherobod tekisligida paxta ekiladi, bogʻ tokzorlar barpo qilingan. Janubiy qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo boʻyi tekisliklari), toshkoʻmir (Shargʻun, Hisor, Boysun, Koʻhitang togʻlarining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xoʻjaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq koʻp. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16°—18°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°.—32°, yanvarniki 2,8°—3,6°. Oʻzbekistonda eng issiq temperatura ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq boʻlgan). Baʼzi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. 10° dan yuqori trali kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar yetishtirishga imkon beradi. Viloyat togʻlar orasidagi berk botikda joylashganidan bu yerda yogʻin kam. Viloyatning jan. tekisliklarida yiliga 130– 140 mm, Hisor togʻlari yon bagʻirlarida 445–625 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. Gʻarbiy, janubi-gʻarbiy va shimoli-sharqiy shamollar koʻp esadi. Viloyatning janubi-sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlari. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shim. qismi, togʻ va tog oldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi, janubidagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957—58 yillarda Uchqizil, 1959— 62 yillarda Janubiy Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqoʻrgʻon gidrotuguni qurildi. Hazorbogʻ, Daytoʻlak, Qumqoʻrgʻon, Zang kanallari, Sherobod, AmuZang mashina sugʻorish kanallari barpo etildi. Tuprogʻi tekisliklarda taqirsimon va shoʻrxok och boʻz tuproklar, togʻ yon bagʻrida turli xil boʻz tuprokdar. Oʻsimliklar dunyosi ham tabiiy sharoiti bilan bogʻliq. Janubidagi ekin ekilmaydigan qumloq joylarda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, savagʻich, qiyoq, qamish; adir va togʻlarning pastki yon bagʻirlarida bir yillik efemerlar (lolaqizgʻaldoq, nixatak); 1200–2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongoq, olma, zarang oʻrmonlari uchraydi. Bobotogʻ tizmasi yon bagʻirlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan. Baland togʻ zonasi subalp va alp oʻtloklari bilan band. Hayvonot dunyosi ancha boy: buri, tulki, chiyaboʻri, ayiq, jayran, qobon, yovvoyi echki, arhar, toʻqaylarda bugʻu, toʻqay mushugi, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, gekkon kaltakesagi, koʻzoynakli ilon (kobra), oʻq ilon, jayra, qushlardan ular (togʻ kurkasi), qirgʻovul, mayna, qaldirgʻoch, gʻoz, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq koʻp. +Surxondaryo viloyati hududida Surxon davlat qoʻriqxonasi joylashgan. +Hududiy boʻlinishi. +Aholisi, asosan, oʻzbeklar (78%), shuningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi (2004). Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 130,0 kishi. Shahar aholisi 923,4 ming kishi, qishloq aholisi 1689,0 ming kishi (2019). +Xoʻjaligi. +Yaqin oʻtmishda viloyat iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi. yetakchi mavqeda edi. Keyingi davrda yangi tarmoqlar vujudga keldi. Viloyatning tabiiy geografik oʻrni qulay, mehnat resurslari ham yetarli. +Sanoat ishlab chiqarish. (yengil va oziq ovqat sanoati), qishloq xoʻjaligi. (paxta va bugʻdoy yetishtirish, qoramolchilik va qoʻychilik), transport (ayniqsa, temir yo'l va avtomobil transporti) salmoqli oʻrin tutadi.. +Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Yirik sanoat korxonalari: "Jarqoʻrgʻonneft" boshqarmasi, Sherobod keramika badiiy buyumlar, Denov yogʻekstraksiya, Sariosiyo tosh saralash zavodlari, Shoʻrchi un kombinati, Jarqoʻrgʻon yigiruvtoʻquv, Termiz tikuvchilik f-kalari, Shargʻun koʻmir, Xoʻjaikon tuz konlari korxonalari va boshqa Surxondaryo viloyatida 40 ga yaqin qoʻshma, 4000 dan ziyod kichik va xususiy korxona ishlab turibdi. Jumladan, Afgʻoniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq isteʼmoli mollari ishlab chikariladigan "Namaf" va "Afroʻz", "Surxonteks" va boshqa qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Hindiston — Termiz "Farmed" qoʻshma korxonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya— Termiz "Poʻlat" qoʻshma korxonasida milliy gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Tumanlarda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korxonalar, sexlar tashkil etilmoqda. +Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, limonchilik. Togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa) bilan shugʻullaniladi. Oʻzbekistonda eng koʻp ingichka tolali paxta Surxondaryo viloyatida tayyorlanadi. Viloyatning togʻoldi tumanlarida bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qoʻy (qorakoʻl va hisor qoʻylari), echki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon moʻyna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan "Surxon suri" qorakoʻl terisi yetishtiriladi. +Dehqonchilikda foydalanadigan yerlar maydoni 284,3 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 271,6 ming ga, shu jumladan, 120,8 ming ga yerga paxta, 129,7 ming ga yerga don ekinlari, 9,1 ming ga yerga sabzavot, 1,8 ming ga yerga poliz, 5,5 ming ga yerga kartoshka, 16,2 ming ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 33,5 ming ga yer koʻp yillik daraxtzorlar, 12,7 ming ga yer mevazor, 5,2 ming ga yer tutzor, 15,1 ming ga yer tokzorlar bilan band. 854,2 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektordrenaj tarmoklari qurilgan. Viloyatda 151 shirkat, 4715 fermer xoʻjaliklari bor. Viloyat jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 487,2 ming qoramol (shu jumladan, 227,7 ming sigir), 1042,0 ming qoʻy va echki, 1052,5 ming parranda, 12,2 ming ot boqiladi (2004). +Transporti. +Viloyatda temir yo'l transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki temir yo' 1915 yilda (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻldi. 1925 yilda 248 km li Termiz—Dushanba temir yo'lni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bogʻladi. 1971 yilga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning jan. tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz—Qoʻrgʻontepa — Yavan temir yo'ini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻlning qurilishi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton temir yo' koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba temir yo'llari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar kdtnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Konibodom, Qoʻrgʻontepa — Konibodom, Koʻlob — Astraxon yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi temir yoʻllarning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yoʻlining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyatidagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli —Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afgʻoniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — Gʻuzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yoʻnalishlari shular jumlasidan. +Surxondaryo viloyatida respublikada yagona boʻlgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ashxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. +Madaniyat va maorif, sogʻliqni saqlash va sport. +Surxondaryo vodiysi ilk ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida taʼriflanadi. Boysun tizmalaridan oʻrta paleolit davriga (mil. av. 100— 40 ming y.liklarga) oid ibtidoiy odam manzillarining qoldiklari topilgan. +Surxondaryo togʻlarida tosh davrining soʻnggi bosqichi—yuqori paleolitga (mil. av. 40—12 ming yilliklar) doir topilma ham kup. Shulardan biri Teshiktosh unguridan qazib olingan 8—9 yashar bola suyaklaridir (antropolog M.M. Gerasimov tomonidan qiyofasi tiklangan). Ushbu topilma "neandertal odam" nomi bilan mashhur boʻlib Oʻzbekistonning, umuman, Oʻrta Osiyoning hozirgi zamon odami (kromanon) shakllangan mintaqaga taallukli ekanini isbotlashga dalil boʻldi. Vohada qad. madaniyatga mansub Ayritom, Dalvarzintepa, Xolchayon, undan keyingi davrlarga oid Sopomitepa, Mirshodi, Moʻlali, Kampirtepa, Jarqoʻrgʻon, Bolaliktepa va boshqa arxeologik yodgorliklar topilib oʻrganildi. +Koʻhitang togʻlarida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari mezolit yoki neolit davriga tegishli. Zarautsoydagi gʻor shiftlari va devorlarida oxra boʻyogʻi yordamida rayem chizilgan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi buqalarni sehrjodu yoʻli bilan ovlash manzarasini aks ettiradi. +Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida hozirgi Oʻzbekiston jan.ga Amudaryo soʻl sohilidan kelgan qabilalar Koʻhitang va Boysun togʻoldi xududlarini oʻzlash.tirib Sopollitepa, Jarqoʻton, Moʻlalitepa aholi manzilgoxlariga asos soldilar. +Mil. av. 329—327 yillarda viloyat hududi makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olingan. Keyinchalik Salavkiylar davlati tarkybiga kirgan. +Oʻrta asrlarda Buyuk ipak yulinang bir tarmogi Surxondaryo (Termiz) orqali oʻtgan. +Kushon podsholigi hududiga kirgan Dalvarzintepa va Xolchayonda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar, Eski Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari shaharlarning naqadar rivojlanganligini koʻrsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligi.ning taraqqiy topishi, tovarpul munosabatlarining rivojlanishi, meʼmorchilik, monumental haykaltaroshlik, rassomlik va boshqa sanʼatlarning yuksalishi kuzatiladi. +Surxondaryo viloyatining hozirgi qududi, 3—4-asrlarda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, eftaliylar davlati, 5—8-asrlarda Tohariston tarkibida, keyin Turk hoqonligi qoʻl ostida boʻldi. +667 yilda arablar dastlab Chagoniyon va Termizga hujum qilib bu shaharlarni faqat 8-asrning 2-yarmidagina toʻliq bosib olishga erishdilar. Oʻzbekiston janubidagi yerlar Pa.gacha Chagoniyon davlati qoʻlida boʻlgan. 11-asrda Chagoniyon va Termizni egallash uchun Gʻaznaviylar va Qoraxoniylar oʻzaro kurashadilar. Termiz Gʻaznaviylar davlatiga qoʻshib olinadi, soʻngra Xorazmshoxlar davlati tarkibida boʻladi. 1220 yilda moʻgʻullar bosib oldi. 1370 yildan Amir Temur saltanati tarkybiga kirdi. Surxondaryo koʻhna tarixi, qad. madaniyati, yodgorliklari bilan mashhur. +Surxon vodiysidagi olimlarning koʻpchiligi "Termiziy" taxallusi bilan nom chiqarganlar. Ular, tarix, geog ., falsafa, huquqshunoslikka oid asarlari bilan tanilgan. AlHakim atTermiziy, Shahobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varrok, Termiziy va boshqa allomalar shu vohadan yetishib chiqqanlar. Surxondaryo viloyatida mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar voyaga yetgan. +Viloyatda 2003/04 oʻquv yilida 827 umumiy taʼlim maktabi, 2 internat maktabi, Mehribonlik uyi, 18 litsey, 4 gimnaziyada 517,5 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2003 yilda "AKSELS" xalqaro tashkilotining "Oʻqishga aʼlochilik dasturi" tanlovida viloyatning gʻolib chiqqan oʻquvchilari oʻqishni xorijda davom ettirmoqdalar. 2004 yilda ham taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari davom ettirilib "AYREKS" xalqaro tashkilotining "Butun olam Sizning sinfingizda" tanlovida Termiz tumani oʻquvchilari respublika gʻolibi boʻlishdi. +1998—2003 yillarda 35 ta kasbhunar kolleji va 2 akademik litsey qurilib foydalanishga topshirildi. Bu oʻquv muassasalarida 80 dan ortiq mutaxassislik boʻyicha taʼlim-tarbiya berilmoqda. Viloyatdagi 5 oʻquv yurtida 9,9 ming oʻkuvchi oʻqiydi. 16 bolalar musiqa maktabida 1443 oʻquvchi, 1 oliy oʻquv yurti (Termiz davlat universiteti)da 6,5 ming talaba bilim olmoqda. Surxondaryo viloyatida Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Janubiy Oʻzbekiston subtropik oʻsimliklar seleksiyasi stansiyasi faoliyat kursatadi. Surxondaryo arxeologiya muzeyi, Surxondaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, musiqali drama teatri, bolalar qoʻgʻirchoq teatri mavjud. 413 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3,6 mln. nusxa), 146 klub muassasasi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, bolalar bogʻi, Termiz hayvonot bogʻi, yoshlar majmui, xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar viloyat uslubiyat markazi bor. 4 xalq drama teatri, 2 qoʻgʻirchoq xalq teatri, 10 ashula va raqs dastasi, 6 folklor etnografik xalq dastasi, milliy dorbozlar guruhi va boshqa madaniy muassasalar ishlab turibdi. Jumladan, Boysun tumanidagi "Shalola", Shoʻrchi tumanidagi "Kumush tola", Uzun tumanidagi "Rohat" ashula va raqs xalq dastalari Buyuk Britaniya, Turkiya, Afgʻoniston va Hindistonda boʻlib oʻtgan xalqaro festivallarda ishtirok etishgan. +Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston xalq rassomi Roʻzi Choriyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov, Oʻzbekiston xalq baxshilari Sh. Boltayev va A. Poyonoye, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi A. Ibroqimov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar G. Ravshanova, R. Mamataliyev, H. Oripov, M. Maxmudova, A. Narzullayev, Y. Mirqurbonov, S. Qosimova, N. Allanazarovlar voyaga yetganlar. +Viloyatda "Boysun bahori" halqaro folkloretnografik festivali oʻtkazilib boriladi. 1999 yilda "Alpomish" dostonining 1000 yilligi, 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. +Sogʻliqni saqlash. +Viloyatda 92 kasalxona (8715 oʻrin), 366 poliklinika, ambulatoriya va boshqa tibbiy muassasalar, 179 ayollar konsultatsiyam, 225 bolalar poliklinikasi va xonalari, 149 qishloq vrachlik punkta, 398 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq uchastka kasalxonasi, 73 qishloq vrachlik ambulatoriyasi mavjud. Ushbu tibbiy muassasalarda 4,2 ming vrach (har 10 ming aholiga 24 vrach), 17,6 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. +Davlat dasturiga asosan viloyatda Davlat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz boʻlimi (140 oʻrin) va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari (340 oʻrin) tashkil etilgan, gʻamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan. +Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻz faoliyatida AQShning Projekt Xoup, Karelift Interneyshnl, Kauntepart Interneyshnl tashkilotlari bilan uzviy aloqalar bogʻlagan. +Oʻrta Osiyo xalqaro taraqqiyot agentligi (YUSAID) tomonidan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi sistemasidagi tashkilotlar va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yangi dasturni rivojlantirish, giyohvandlikka qarshi kurash, sil kasalligini davolash va uni oldini olish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda tashkil etilgan nodavlat muassasalar soni 75 ta. Surxondaryo viloyatida Xonjiza dam olish uyi, "Jayranxona", "Uchqizil" balneologik kurorti, bolalar revmatologiya sanatoriylari, Denov tumanidagi "Hazorbogʻ" sanatoriysi ishlab turibdi. +Sport. +Surxondaryo viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha har xil darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, dzyudo, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Surxondaryodan kurash boʻyicha Jahon va Osiyo chempioni, Hakim atTermiziy, Prezident sovrini uchun xalqaro turnirlar gʻolibi Toshtemir Muhammadiyev, xalqaro Hakim atTermiziy turniri gʻoliblari Oʻrol Toʻrayev, Rustam Ergashev, Erali Mamarasulov; bir qancha xalqaro turnirlar gʻolibi, Antaliya musobaqasi jahon chempioni Mahtumquli Mahmudov, dzyudo boʻyicha Osiyo chempioni, kurash boʻyicha xalqaro turnirlar gʻolibi Abdulla Tangriyev kabi mashhur sportchilar yetishib chiqqan. Surxondaryo viloyatida zamonaviy sport inshootlaridan "Kurash saroyi", stadion, "Delfin" suv havzasi, "Alpomish" sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan tennis korti mavjud. Surxondaryo viloyatida bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat kursatadi (2004). +Adabiyot. +Surxondaryo qadimdan shoir va ulamolar, baxshilar toʻplangan vohalardan biridir. Bu zaminda xalq ogʻzaki ijodi va yozma adabiyot rivojlanib kelgan. "Alpomish" dostoni yaratilgan makon sifatida shu vohada bayram qilinishi, 40 dan ortiq "Termiziy", 10 dan ortik, "Chagoniy" taxallusi bilan ijod qilgan allomalarning ilmiy-adabiy merosi buni toʻliq isbotlaydi. +Eski Termizda islom nazariyotchisi, muhaddis alHakim atTermiziy yashab ijod kilgan. "Ilal ashshariat va xatm ulAsliyot" asari islom nazariyotchilari tomonidan eng koʻp eslanadigan kitoblardan biri. Boshqa muhim asarlari "Kitob annahi" ("Yoʻriqnoma kitobi"), "Kitob alfuruh" ("Ollohdan qoʻrquvchilar haqida kitob"), "Navroʻznomai Xoja Hakim Termiziy".U Abu Ali alJuzjoniy, Abu Bakr Varroq va boshqa mashhur olimlar ustozidir. Andalusiyalik yirik islomshunos Muhyiddin ibn alArabiy (1165—1240) oʻzini Hakim Termiziyning shogirdi deb hisoblagan. +Surxondaryo viloyatida yashagan mashhur muhaddis Imom Termiziy hadislarni toʻplab bir qancha asarlar yaratgan. "AlJomiʼ assahih" yoki "Sunani Termiziy", "Kitob alilal", "Kitob azzuxd" va boshqa shular jumlasidandir. U Imom Buxoriyning mashhur shogirdi va izdoshi hisoblanadi. +Surxondaryoning Oltinsoy hududida tasavvuf ilmining pirlaridan boʻlgan Soʻfi Olloyoʻr, Xoʻjaipok oma (asl nomi — Abdurahmon bin Avf Abu alKurayshiy azZuhriy), Sayd ibn Vaqqos, Mavlono Zohid Xalifa bobo kabilarning xoklari bor. +Surxon vohasida 10—12-asrlarda yashab oʻtgan Daqiqiy, Farruhiy, Adib Sobir Termiziy kabi yirik shoirlar mashhur. +Chingiz bosqini tanazzulidan keyin, 16—19-asrlardan yana Termiziy taxallusi bilan bir turkum shoirlar paydo boʻddi. Ular Umar atTermiziy asSufiy, Mavlono Qudsiy Termiziy Maxjub, Xoja Samandar Termiziy, Abdulloh Termiziy, Taqiy Termiziy, Soʻfi Olloyor va Masiho Boysuniylar edi. +Vohaning qad. Sherobod dosshonchilik maktabid&n oʻzbek dostonchiligining mashhur ijrochilari yetishib chiqqan, ayni shu maktab Nurota va Bulungur dostonchilik maktablariga ham ijobiy taʼsirini oʻtkazib turgan. 18-asrda bu maktabdan Bobo shoir, Qosim oqinlar, 19-asrda Olim baxshi, Xoler baxshi, Niyozali baxshi, Sherna baxshilar, 20-asrda esa Shotoʻra baxshi, Mardonakul baxshi, Mamarayim baxshi, Boʻriboy baxshi Ahmedov, Yusuf Oʻtagan oʻgʻli, Chorsham baxshi Rahmatulla oʻgʻli, Toshmurod baxshi, Xushboq baxshi Mardonaqul oʻgʻli, Qora baxshi, Shoberdi baxshi Boltayev, Boboraxim bahshi Mamarayim oʻgʻli, Abdunazar baxshi, Shodmon baxshilar yetishib chiqqan. Bulardan eng isteʼdodlilari "Alpomish" va "Goʻroʻgʻli" turkumidagi dostonlarni mukammal biladigan Bobo shoir, Sherna baxshi, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli va Chorsham baxshi Rahmatulladir. +20-asrning 50—80 yillarida Shukur Xolmirzayev, Raʼno Uzoqova, Erkin Aʼzam, Sattor Tursunov, Tesha Saydaliyev, Karim Mallayev, Isomiddin Otaqulov, Mengziyo Safarov, Ozod Avliyoqulov, Usmon Azim, Nizomjon Parda, Yusufjon Valizoda, Ismat Norboyev, Shafoat Rahmatullo Termiziy, Togʻay Murod, Boltajon Sodiqov, Xurram Mak,sadqulov, Sirojiddin Sayyid, Gʻulom Egamshukur, Bolta Yoriyev, Narzulla Soʻfiyev, Arbob Chosh, Eshqobil Shukur, shoir va pedagog Xolmuhammad Qulniyozov, Nodir Normatov, Mirzo Kenjabek, 20-asrning keyingi yillarida Nomoz Ergashev, Zoir Mamajonov, Gulandom Togʻayeva va boshqalarning sheʼriy va nasriy asarlarida sevgi, yaxshilik, mehroqibat, adolat tuygʻulari, shuningdek, voha kishilarining hayot tashvishlari, mehnat yumushlari, urfodat va anʼanalari muhim oʻrin egallagan. +Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi. +Matbuot, radioeshittirish va televizioni. +Surxondaryo viloyatida 3 viloyat gazeta, 14 tuman gazeta chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 13 tarmoq va 2 ta xususiy gaz. nashr etiladi. Jami 32 nomdagi gaz. chop etiladi (2004). +Birinchi radioeshittirishlar 1954-yildan boshlangan. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik xajmda eshittirishlar beradi. 2003 yil fevraldan boshlab Surxondaryo viloyati radiotelevideniye uzatish markazi muassisligidagi "Surxon sadosi" radiosi faoliyat koʻrsatadi. Har kuni 15 soatlik radioeshittirishlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda. 2003 noyabr oyidan Surxondaryo radiosi qoshida "Yangi asr" radiostudiyasi faoliyat koʻrsata boshladi. Kuniga 8 soat eshittirishlar tayyorlanib efirga uzatiladi. +Viloyatda 1 davlat va 4 tarmoq va nodavlat televideniyelari mavjud. 1990 yildan buyen faoliyat koʻrsatayotgan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining kunlik koʻrsatuvlari oʻrtacha 3—4 soatni tashkil etadi. +"Ishonch" telekompaniyasi 1997 yildan buyen faoliyat koʻrsatib, ayni paytda har kuni 3 soatlik koʻrsatuvlar beradi. +"ATR Denov" va "Sherobod" televideniyelari 1995 yildan faoliyat koʻrsatib, "Sherobod" televideniyesining kunlik koʻrsatuvlari 1 soatni, "ATR Denov" televideniyesi koʻrsatuvlari 1,5 soatni tashkil etadi. +Meʼmoriy yodgorliklari. +Viloyatdagi 359 tarixiy yodgorliklardan 294 tasi arxeologiya, 26 tasi meʼmoriy, 39 tasi monumental sanʼati yodgorliklaridir. Termiz shahrining 2500 y.lik yubileyi munosabati bilan 2001—02 yillarda viloyatdagi bir kancha tarixiy obidalar va arxeologik yodgorliklarda taʼmirlash ishlari olib borildi. Surxondaryo viloyatidagi yodgorliklar oʻzining qadimiyligi bilan mashhur. Xuroson meʼmorlik anʼanalarida qurilgan mashhur Jarqoʻrgʻon minorasi (1108—09 yillar), Sulton Saodat majmuasi (10-asr, 15—17 asrlar), Denovdagi Chagʻoniyon davlati qalʼasi qoldiqlari (15-asr), Hakim atTermiziy majmuoti (11 — 15-asrlar), Eski Termizdagi Zurmala minorasi krldikdari (2-asr), Termiz atrofidagi Kokildor xonaqohi (16-asr) va boshqa shular jumlasidan. +OʻzME 7jiddining 656—657betlari orasidagi Surxondaryo viloyatining tabiiy va iktisodiy rangli haritasiga q. +Adabiyot. +Nurislom Toʻxliyev. +Surxondaryo viloyati +Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janubiy qismida joylashgan bo‘lib, uning hududi quruq suptropik iqlimiy mintaqaga to‘g‘ri keladi. Viloyat hududini 37°10' — 39°02' shimoliy kenglik va 66°32'- 68°25' sharqiy uzunlik chiziqlari kesib oʻtadi. Viloyat hokimi, 2012-yilning 15-iyunidan eʼtiboran - Normoʻmin Choriyev. +Surxondaryo O‘zbekistonning siyosiy, maʼmuriy, ijtimoiy hayotida alohida o‘rin tutadigan regiondir. U O‘zbekistonning 5 iqtisodiy rayonlaridan biri tarzida eʼtirof etilgan. +Surxondaryo viloyatining tarkibi maʼmuriy jihatidan davrlar osha o‘zgarib turgan. Jumladan Surxondaryo viloyatining hududi 20 asrning boshida maʼmuriy va siyosiy jihatdan Buxoro amirligi qaramog‘ida bo‘lgan. U dastlab 1927 yilda O‘zbekiston Respublikasi tarkibida tuzilgan viloyatlarning biri bo‘lgan. Biroq tez orada u Buxoro viloyati tarkibidagi «Surxondaryo okrugi» ga aylantirilgan. 1941 yil 6 mart kuni O‘zbekiston Oily Kengashining qarori bilan Surxondaryo viloyati tarzida qayta tuzilgan. +Sobiq ittifoqning regionlardagi ichki tabiiy va iqtisodiy shart-sharoit hamda imkonyatlarni hisobga olmasliklari oqibatida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlri 1960 yilning 25 yanvarida qo‘shib yuborildi. Bir-biridan tabiiy resurslar va iqtisodiy imkoniyatlari jihatidan katta farq qiladigan bu regionda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish bir xil kechmadi. Viloyatning janubiy — Surxondaryo qismining xalq xo‘jaligi taraqqiyotiga markazdan uzoqlik salbiy taʼsir ko‘rsatib turadi. O‘zbekiston hukumati va iqbolini belgilash tashkilotlari maʼmuriy bo‘linishdagi bu xatoni tuzatish maqsadida 1964 yil 7 fevralida Surxondaryo viloyati maʼmuriy jihatidan 14 tumanni birlashtiradi. Ular: +tumanlaridir. Viloyatda 2 ta yirik shahar bor. Ular Termiz (viloyatning maʼmuriy markazi) va Denov (viloyatning sanoatlashgan markazi) dir. Viloyatda 8 shahar kengashi va 3 kasaba kengashi mavjud bo‘lib, ular maʼmuriy jihatidan tuman hokimliklariga qaraydi. +Surxondaryo viloyatining chekka (va ayni bir paytda janubiy geografik) o‘rni uning boshqa viloyatlarga nisbatan ko‘proq xorijiy davlatlar bilan chegaralanishini taqozo qilgan. Surxondaryo viloyati Surxon — Sherobod vodiysida joylashgan bo‘lib u yaqin xorijiy davlatlar Tojikiston bilan shimol, shimoliy-sharq va sharq tomondan hamda Turkmaniston bilan g‘arb tomondan, uzoq xorijiy davlat Afg‘oniston bilan esa janibiy tomondan Amudaryo o‘zani orqali chegaralanadi. Shuningdek, viloyat baland tog‘lar orqali O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati bilan ham katta masofaga chegaralanadi. Bu chegaraning sarhad chizig‘i O‘zbekistonning eng baland tog‘i — Hisor tog‘ tizmasining qirralariga to‘g‘ri keladi. «Dunyo osmoni» deb nom olgan Pomir tog‘iga mansub bo‘lgan Hisorning qudratli devor tarzida cho‘zilgan tizmalari: +Viloyatning Qashqadaryo orqali bo‘lgan bu chegarasi shimolroqda Chaqchar va Boysun tog‘ suvayrig‘ichi, so‘ngra janubiy g‘arbda sho‘rob botig‘ining boshlang‘ich nuqtasi suvsiz tog‘ va Ko‘hitangning shimoldagi qirrasi orqali o‘tadi. +Viloyat hududi egri chizilgan uchburchakni eslatadi. Uning o‘lchamlari: shimoldan janubga 220–250 km g‘arbdan sharqqa esa 150–170 km ga cho‘ziladi. +Viloyatning 3 tomonidan tog‘lar bilan o‘ralgan, chegarasi janubiy tomonga ochiq unug janubdagi Amudaryo o‘zani orqali Afg‘onniston davlati bilan o‘tgan chegarasi esa daryo o‘zaniga ko‘ra g‘oyat egri bugridir. +Surxondaryoning g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy checara chiziqlarida joylashgan baland tog‘lar viloyatda o‘zgacha iqlimiy sharoit hosil qiluvchi omillardandir. Janubiy chegaradagi ochiqlik esa shimoliy shimoliy-g‘arbiy havo oqimlarining viloyat hududiga kirib kelishi uchun «darvoza» hisoblanadi. Viloyat iqlimi subkontinental, qishi iliq, yozi issiq va quruq bo‘ladi. Yozda kunduzi harorat 46-48 darajagacha etadi. Viloyat janubida havo namligini keskin tushirib yuboradigan quruq, janubi — g‘arbiy shamollar esadi. Viloyatning tabiatga tabiiy landshaftiga uning iqlimi, suv resurslari, tuprog‘, o‘simliklar va hayvonot dunyosi holatiga uning geografik o‘rni (ayniqsa chegara qismidagi tog‘lar) ta‘sir ko‘rsatib turadi. Shuningdek viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga chegaradosh davlatlar bilan a‘loqaning ta‘siri kuchli. Ayniqsa Afg‘oniston bilan Amudaryo porti va Amudaryo temir yo‘li (va ayni paytda avtomobil yo‘li) ko‘prigi orqali olib borilayotgan 20 mingdan ortiq Osiyo va Avro‘po davlatlarining iqtisodiy, texnikaviy savdo-sotiq aloqalari hamda Tojikiston bilan Termiz-Dushanbe, Termiz-Yovon temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali olib borilayotgan aloqa, viloyat ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga o‘ta kuchli taʼsir koʻrsatib turadi. +Viloyat hududining ko‘lami 20,8 ming kv. km. U O‘zbekiston hududining 4.6 % ni tashkil qiladi Surxondaryo egallagan maydonning kattaligi jihatidan O‘zbekiston viloyatlari ichida salmoqli o‘rinda turadi, yaʼni Surxondaryoning hududi Xorazm viloyatlnikidan 33, Andijonnikidan 4.9, Namangannikidan 2,6, Farg‘onanikidan 2,9, Sirdaryonikidan 4 marta kattadir. Xorijiy davlatlarga qiyosda, jumladan uning hududi Kiprnikidan 2,23, Quvaytnikidan 1,3, Litvanikidan 2, Singapurnikidan 34,7 marta katta. Shuningdek, Surxondaryoning hududi Markaziy Amerikadagi Yamayka davlati (21,0 ming kv. km.) ga deyarli teng. + +Xorazm viloyati: +Xorazm viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1925 yil fevraldan 1938 yil yanvargacha Xorazm okrugi. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Umumiy mаydоni – 6 300 kvаdrаt kilоmеtr. Iqlimi kоntinеntаl, o‘rtamiyonа sоvuq qish vа quruq issiq yoz bo‘lаdi. Vilоyat аhоlisi 1 810 000 kishi, zеrо, tахminаn 80 fоizi chеt (qishloq) jоylаrdа yashаydi. Vilоyat 10 tа mа’muriy tumаngа аjrаtilgаn, mа’muriy mаrkаzi Urgаnchdir. Urgаnch аhоlisi 135 000 kishi. Vilоyatning bоshqа kаttа shаhаrlаri – Хivа vа Pitnak. +Vilоyatdа 32 tа хоrijiy invеstitsiyali qo‘shmа kоrхоnа fаоliyat yuritаdi. Ulаr byudjеti 1997 yildа 301,7 milliоn АQSh dоllаrini tаshkil etdi. Vilоyat iqtisоdiyoti pахtаni qаytа ishlаsh vа оziq-оvqаt sаnоаtigа аsоslаngаn. Ko‘p sоnli pахtа tоzаlаsh zаvоdlаri, nеft qаzib оlаdigаn vа ipаk yigirаdigаn fаbrilаr, to‘qimаchilik vа vinоchilik kоrхоnаlаri va hokazo bоr. Shuningdеk qurilish mаtеriаllаrini ishlаb chiqаrish tаrаqqiy etgаn. Хivа gilаm fаbrikаsidа tаyyorlаngаn gilаmlаr butun dunyogа mаshhur. +Mаshinаsоzlik vа to‘qimаchilik tаrmоqlаri rivоjlаnib bоrmоqdа. Mаhаlliy qishlоq хo‘jаligining аsоsiy yo‘nаlishi – аlbаttа, pахtаdir. Bоshоqlilаr, аyniqsа, guruch еtishtirish so‘nggi bir nеchа yildа kеskin оshdi. Shuningdеk, ko‘plаb bоg‘ vа uzumzоrlаr, qоvun vа qоvоq plаntаtsiyalаri bоr, kаrtоshkа dаlаlаri butun vilоyatni qаmrаb оlgаn. Shаkаr tоzаlаsh zаvоdi qurilishi rеjаlаshtirilmоqdа. Vilоyat iqtisоdiy jihаtdаn o‘sishgа tаyyor. +Ushbu sоhаlаrgа eʼtibоr qаrаtilsа, quyidаgilаrgа erishish ehtimоl qilinmоqdа: +Pахtа, ipаk хоm аsholsi vа bоshqа mаhаlliy zахirаlаrdаn fоydаlаnаdigаn mаvjud kоrхоnаlаrni tа’mirlаsh, tехnik zаmоnаviylаshtirish vа kеngаytirish. Pахtа tоlаsini qаytа ishlаsh jаrаyonini yaхshilаsh vа оshirish, ip, gаzlаmа, pахtа yigiruv ipi vа gilаmlаr tаyyorlаsh vа ekspоrt qilish zаrur. +Mаvjud оziq-оvqаt sаnоаti tаrmоqlаrini yangilаsh vа yangilаrini, аyniqsа, mеvаlаr, uzum, sаbzаvоt, qоvun vа qоvоq bilаn bоg‘liq kоrхоnаlаrni tаshkil etish. Go‘sht-sut mаhsulоtlаrigа аsоslаngаn kоrхоnаlаr kеngаytirilishi kеrаk. +O‘rаb-jоylаsh uskunаlаrini ishlаb chiqаrish. Idish mаtеriаlаrining yеtishmаsligi – ekspоrtgа mo‘ljаllаngаn tоmаt pаstаsi, o‘simlik yog‘i, turli turdаgi jеm vа mаrmеlаdlаr ishlаb chiqаrish yo‘lidа jiddiy to‘siq bo‘lmоqdа. +Ushbu lоyihаlаrni аmаlgа оshirish uchun vilоyatgа хоrijiy invеstitsiyalаr ko‘rinishidа qаriyb 52,1 milliоn АQSh dоllаri zаrur. Хоrаzm vilоyati tеmir yo‘llаri umumiy uzunligi 130 km dаn оrtiq. Vilоyat Rоssiyaning Еvrоpа qismi vа Kаvkаz bilаn tеmir yo‘l оrqаli bоg‘lаngаn. Yo‘llаrning umumiy uzunligi – 2 300 km, shоh ko‘chаlаr 2 000 km mаsоfаgа yaslаngаn. Vilоyat аviаrеyslаri Хоrаzmni butun Mаrkаziy Оsiyo, shuningdеk Rоssiya mintаqаlаrining kаttа qismi vа MDH bilаn birlаshtirаdi. Хivа – хаlqаrо sаyyohlikning kаttа mаrkаzi. 1997 yildа Хivа o‘zining 2500 yilligini nishоnlаdi. Хivа аtrоfidа sаyyohlikni yanаdа rivоjlаntirish uchun ko‘p ishlаr qilindi. +Respublikaning shimоli-g‘аrbidа, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubiy va janubi-gʻarbdan Turkmaniston, janubi-sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Tarkibida 11 qishloq tumani (Bogʻot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor,Qoʻshkoʻpir, Hazorasp va Tuproqqal'a), 3 shahar (Urganch, Xiva, Pitnak), 7 shaharcha (Gurlan, Xonqa, Chalish, Shovot, Yangibozor, Qoʻshkoʻpir, Hazorasp), 100 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Urganch shahri. +Tabiati. +Viloyat choʻl zonasida, Xorazm vohasining gʻarbiy qismida, oʻrtacha 100 m balandliqda joylashgan. Relyefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qad. deltasining bir qismi boʻlib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum choʻliga tutashgan gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismi qum bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va boshqa qurilish materiallari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi moʻʼtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanvarning oʻrtacha tempaturasi –5°, eng past temperatura –32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori tempatura 47°. Vegetatsiya davri 200–210 kun. Yiliga 78–79 mm yogʻin tushadi, asosan, martaprel oylarida yogʻadi. Shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi – Amudaryo viloyat hududida keng vodiy boʻylab oqadi, qirgʻoqlari past, shu sababli toshqin boʻlib turadi. Toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Amudaryo suvidan yirik kanallar yerdamida ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyat janubida mayda shoʻr koʻl, botqoqlik va shoʻrxok koʻp. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo vodiysida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar, gʻarbida qumliklar uchraydi. Sugʻoriladigan yerlarda, asosan, boʻz tuproq boʻlib, kuchli shoʻrlangan. Viloyat hududining asosiy qismi haydaladigan yerlar. Amudaryo qayirlaridagi toʻqayzorlarda terak, tol, jiyda, yulgʻun, kandir, qumliklarda saksovul va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudraluvchilar, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, chiyaboʻri; qushlardan toʻrgʻay, oʻrdaklar, kulrang gʻoz, oqqush, birqozon, baliqchi, dehqonchumchuq, qizilishton, zargʻaddoq va boshqa bor. Suv havzalarida ondatra va nutriya iqlimlashtirilgan. +Aholisi, asosan, oʻzbeklar (96,3%), shuningdek, turkman, rus, qozoq, tatar, koreys, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 231,6 kishi. Shaharliklar 321,7 ming kishi, qishloq aholisi 1091 ming kishi (2004). +Hududiy boʻlinishi. +Oʻtmishda Xorazmda yashovchi oʻzbeklar qabilalari bir necha etnik guruhlar boʻlib, ular Abulgʻoziy Bahodirxon (1643–64) tomonidan 4 guruh (toʻp)ga boʻlingan. Har bir guruhga 2 qabila (1 guruhga uygʻur va nayman, 2 siga qoʻngʻirot va qiyot, 3siga nukuz va mangʻit, 4siga qangʻli va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (jaloyir, kenagas, doʻrmon, yuz, ming, shix, katagon) va ayrim etnik guruxlar (alieli, xoʻjaeli va. sayidlar) mavjud boʻlgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sugʻoriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urugʻlarga taqsimlab berilgan va ular astasekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Qolgan guruxlar Xorazmda juda kam boʻlib (bular qoʻngʻirotlar va boshqalar) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mangʻitlar Gurlan tumani va Shovot tumani (AnbarManaq)da, qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qoʻshkoʻpir tumanlari, doʻrmonlar Urganch va Shovot (Anbar Manaq) tumanlarida, xidireli Urganch va Xivada, tama Xonqa va Bogʻot tumanlarida joylashgan. +Xoʻjaligi. +Xorazm viloyati iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi bilan birga sanoat ham salmokdi oʻrinni egallaydi. Paxta tolasi, kalava ip, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina uskunalari eksport qilinadi. +Sanoati. +Viloyatda paxta tozalash sanoati rivojlangan (barcha tuman markazlari va Urganch shahrida paxta tozalash zavodlari bor). Gurlan, Bogot, Xonqa, Urganch, Xiva va Hazoraspda toʻqimachilik, pillakashlik, tikuvchilik; Xivada gilam fabrikasi, "Xiva gilami" aksiyadorlik jamiyati ishlab turibdi. Faoliyat koʻrsatayotgan jami korxona va tashkilotlar 13748 ta. Mikrofirmalar soni 11340 dan ziyod (2004). +Viloyatda 36 qoʻshma korxona va ularning filiallari ishlab turibdi. Oʻzbekiston – Turkiya "Bagat Tekstil", "Xorazm–Nurtop", "SemurgʻSanTe", "Xorazm Tekstil", "Memgilam"; Oʻzbekiston – AQSH "Amerozindustriyes", "Xiva malikasi", "Nurlayt", "Rahnamo Hyp"; Oʻzbekiston – Germaniya "Unixo", "OʻzOlmonXotelz", "Xiva Karpet"; Oʻzbekiston– Britaniya "Xiva"; Oʻzbekiston–Rossiya "NamunaAgrofud"; Oʻzbekiston – Italiya "Meva"; Oʻzbekiston–Ukraina "KiyevXorazm"; Oʻzbekiston – Xitoy "Aziya Tekstil LTD"; Uzbekistan–Turkmaniston "GʻayratXumoyun" va boshqa shular jumlasidandir. +Qishloq xoʻjaligi asosini paxtachilik va gʻallachilik tashkil etadi. Polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, ijapa va xususiy fermer, dehqon xoʻjaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda jami ekin maydoni 232,1 ming ga, shundan 129,4 ming ga q.h. shirkatlari (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7 ming ga yer dehqon xoʻjaliklari)ga tegishli. Umumiy yer fondining 38,4% haydaladi, 18,2% yaylov, oʻtloq, 1,3% bogʻ va tokzor; oʻrmon va changalzorlar 9,6% ni, tutzorlar 0,9%ni tashkil etadi. +1991–2003 yillarda kanal va ariqlar rekonstruksiya qilinib, suv yoʻllarining umumiy uzunligi koʻpaydi. Xorazm viloyatidagi shoʻr suvlar viloyat tashqarisiga zaxkashlar orqali chiqarib tashlanadi. Viloyatda irrigatsiya va melioratsiya ishlariga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. +Jami ekin maydonining 102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming gektariga sabzavot ekiladi (2003). Don (asosan, bugʻdoy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar kengaydi. Xorazm viloyati mamlakatda sholi yetishtirish boʻyicha 1oʻrinda turadi. +Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 492,3 ming qoramol (shu jumladan, 202,1 ming sigir), 247,1 ming qoʻy va echki, 1437,6 ming parranda boqiladi. 6500 dan ziyod fermer xoʻjaligi chorvachilikka ixtisoslashgan. Urganch, Xiva parrandachilik fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Xorazm viloyatida Paxtachilik ilmiy tadqiqot stansiyasining paxtachilikbedachilik zonal kompleks tajriba styasi (Urganch shahrida), Qoraqum ilmiy tadqiqot stansiyasi, paxta navlarini tajriba qilish uchastkasi (Xiva tumanida), mevali daraxtzorlar koʻchatzori, oʻrmon koʻchatzori (Urganch tumanida) va boshqa bor. +1996–2004 yillarda Islom Bobojonov, M. Quvoqov, Bekturdi Jumaniyozov, Vera Pak, Anor Mahmudova "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor boʻldilar. +Transporti. +Xorazm viloyati orqali Toshkent– Moskva, Dushanba–Moskva temir yo'l oʻtgan, Urganch – Toshkent yoʻnalishida poyezdlar qatnaydi. Transport yoʻli uzunligi 128 km (2004). Amudaryo ustiga qurilgan Hazorasp temir yo'l koʻprigi ishga tushirilib (Hazorasp yaqinida, 2004), Hazorasp – Miskin – Toshkent temir yo'l masofasi qisqardi. Koʻprik har sutkada 14 poyezd, 20 ming avtomobil oʻtkazish imkoniyatiga ega. Koʻprik strategik ahamiyatga ega. Viloyatdagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarining uz. 2750 km (2004). Xiva–Urganch yoʻnalishida trolleybus qatnovi (1997 yildan) yoʻlga qoʻyilgan. Urganch, Xiva shaharlaridan Toshkent, Samarkand, Navoiy, Buxoro, Nukus va boshqa shaharlarga avtobuslar katnaydi. Urganch sh. xalkaro va mahalliy yoʻnalishlar aeroportlaridan xorijiy davlatlar (shu jumladan, Parij, Tokio, Munhen, Tel-Aviv, Moskva, Simferopol va boshqalar) shuningdek, Toshkent, Nukus va boshqa shaharlar bilan muntazam aviatsiya aloqasi oʻrnatilgan. Viloyat orqali Oʻrta Osiyo – Markaz, Buxoro – Ural, Turkmaniston – Rossiya xalqaro gaz magistral quvurlari oʻtkazilgan. +Madaniy maorif, sogʻliqni saqlash va sport. +2003/04 oʻquv yilida 537 umumiy taʼlim maktabi (shu jumladan, 47 ixtisoslashgan maktab, gimnaziya, instituternat maktabi) boʻlib, 335,4 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. 1997 yilda Xorazm tasviriy va amaliy sanʼati litseyi ochildi. Viloyatdagi 57 kasb-hunar kolleji va oʻrta maxsus bilim yurtlarida 34 mingdan ziyod talaba oʻqiydi (2004). +Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi, pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan viloyat ped. instituti (1935 – 1992) AlXorazmiy nomidagi Urganch universitetitl aylantirildi. Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat 1tibbiyot institutning Urganch filialida 7460 talaba taʼlim oladi (2004). Oʻzbekiston FA arxeologiya regional boʻlimi, paxtachilik, Qoraqum ilmiy tadqiqot stansiyalari faoliyat koʻrsatadi. Xorazm viloyatida Xiva davlat "Ichan salʼa" tarixiymeʼmorlik muzeyqoʻrikxonasi va uning filiallari, 424 jamoat kutubxonasi (5 mln. asar), 302 klub muassasasi, madaniyat uylari va madaniyat saroylari, 10 ga yaqin madaniyat va istirohat bogʻi, Xorazmiy, Beruniy, Jaloliddin Manguberdi, Avesto yodgorlik bogʻmajmualari, "Orazibon", "Avazxon", "Doston" folkloretnofafik xalq dastalari, "Muborak, "Yulduz", "Navbahor", "Xiva naqshlari" ashula va raqs dastalari, milliy dorbozlar guruhi, koʻplab badiiy havaskorlik jamoalari bor. Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri (Xiva shahrida) ishlab turibdi. +Xorazm musiqiy hayoti Xorazm vohasida qadimgidan yashab kelayotgan xalqlarning turmush tarzida muhim oʻrin egallagan. Qadimgi Xorazm hududidagi Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Qirqqizqalʼa kabi istehkomlardan topilgan va asl nomlari saqlanmagan torli (dutorsimon, changkanora, arfaga oʻxshash), damli (nay, mizmar), zarbli (daf va nogʻoraga oʻxshash) cholgʻu sozlarni ushlagan ayol va erkaklar tasvirlari tushirilgan tangalar va ganch haykalchalar bu voha musiqa sanʼatining ildizlari juda qad. ekanligidan dalolat beradi. 8-asr boshidagi arablar istilosi oqibatida Qadimgi Xorazm madaniyati va sanʼati xarobalikka yuz tutib, islom madaniyatining yangi anʼanalari taraqqiy eta boshladi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Abdullo ibn Yusuf Xorazmiy (10-asr) va boshqa olimlarning qomusiy asarlarini musiqaga bagʻishlangan qismlarida musiqani hisob ilmining tarkibiy boʻlagi va uni inson ruhiyatiga taʼsiri taʼriflanadi. "Mafotix ululum" asarida oʻsha davrdagi mavjud cholgʻular: ud, changkanora, qanun, tanbur, mizmar, argʻanun, nay, surnaylarning nomlari keltirilgan. Oʻsha davrda Gurganjda cholgʻu asboblar yasovchi ustalar mahallasi boʻlgan. +Muhammad Xorazmshoh davrida (1200–21) mashhur sozanda ustod Mahmud, Yusufbek Dutoriy kabi sozandalar edda tanilgan. 14-asrda yashagan "Muhabbatnoma" dostonining muallifi Xorazmiy, Abdurahim Hofiz Xorazmiy, ayniqsa, Alisher Navoiyning "Sabʼai sayyor" dostonida va boshqa klassik shoirlarning gʻazallarida oʻsha davr maqomlari, sozandalari va cholgʻulari yuksak did bilan taʼriflanadi. Shuningdek, sanʼatkorlar homiysi Sulton Vayis (Uvays), baxshilar piri Oshiq Oydinlar ham shu davrda yashaganlar. Muhammad Rahimxon (1806–25) davriga kelib Niyozjonxoʻja va uning shogirdlari Mahdumjon qozi, Muhammadjon Sandiqchi, Abdusattor maxram, uning shogirdi Xudoybergan kosib va boshqa tanbur maqomlarini rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Komil Xorazmiy Xorazm maqomlarini oʻzi ixtiro kdlgan " Tanbur chizigʻi" asosida qogʻozga tushirishni boshlab bergan yetuk musiqashunoslardan hisoblanadi. 1883 yilda dastlab Xorazm maqomlari tarkibidagi "Rost" maqomi, keyin, bu ishni davom qildirib oʻgʻli Muhammad Rasul Mirzo Xorazm maqomlaridan Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Rostlarni qogʻozga tushirgan. Bu davrda Otash baxshi, Nurjon baxshi va, ayniqsa, Eshvoy baxshi hamda uning shogirdi Muhammadniyoz Gurji kabi baxshilar nom qozonganlar. +Nomlari nomaʼlum boʻlgan ustoz sozandalar va baxshilar tomonidan Xorazm dutor yoʻllari jamlanib 11 ta dutor maqomi shakllangan. Mashhur sozanda va nafis taʼb egasi Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) xonlik davri (1864–1910) ga kelib Xorazmda musika sanʼati yanada rivoj topdi. Feruz saroyida 40 dan ortiq shoir, 20 ga yakin maqomchi sozandalarni toʻplab mushoira va maqom kechalarini oʻtkazib turardi. Saroy maqomchilari orasida Paxlavon Niyoz Mirzaboshi Komil, Muhammad Yoqub Devon Xarrot, Yoqub fozachi, Qalandar Doʻnmas va boshqa maqomlarning cholgʻu va aytim qismlarini boyitganlar. Feruzning oʻzi ham maqom cholgʻu qismlariga 14 ga yaqin kuy bastalagan. Bu davrda 40 dan ortiq baxshi, 32 sozanda qoʻshlari (sozandalarning jamlangan dastasi) faoliyat koʻrsatgan. Ular sayil va bayramlarda xonning koʻrigidan oʻtar va elyurtning tomoshasini oʻtkazishga fatvo olar edilar. Baxshilar ichida mashhurlari: Rizo baxshi, Ernazar baxshi, Suyav baxshi; sozanda qoʻshlaridan elga tanilgan namoyandalardan Shomurod surnaychi va boshqa boʻlgan. +1910 yil Xiva xonligi taxtiga Asfandiyorxon oʻtirganidan keyin saroy shoir va sozandalari tarqab ketdi. +Xorazmda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgach, maqom va musiqa rivoji biroz toʻxtadi. 1923 yilda Xiva shahrida musiqa maktabi tashkil qilinib, skripka, klarnet, tanbur kabi cholgʻu asboblarda ijro etish boʻyicha sinflar ochiddi. 1925 yilda Moskva shahrida Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodalarning "Xorazm musikiy tarixchasi" kitobi chop etiddi. Bu davrda sozandalardan Safo Ollaberganov (Mugʻanniy), Qurbon sozchi Ismoilov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Qurbonnazar Abdullayev (Bola baxshi), Matyusuf Xarratov (Chokar), Otajon Abdullayev, Hojixon Boltayev; ayol xalfalardan Onajon Sobirova (Anash maxram), Onabibi qori Otajonova (Ojiza) va boshqa mashhur boʻlishgan. Ularning izdoshlari va shogirdlari ichida xonandalardan Komiljon Otaniyozov, Vahobjon Fayozov, Kommuna Ismoilova, Sultonposhsha Rahimova, Matyoqub Rahimov, Quvondiq Iskandarov, Jumanazar Bekchonov, Olmaxon Hayitova, Roʻzmat Jumaniyozov, Ortiq Otajonov, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov; sozandalardan dutorchi N. Boltayev, qoʻshnaychi Q. Bobojonov, torchi H. Bobojonov, gʻijjakchi O. Hasanov; bastakorlar R. Ollaberganov, Sh. Ramazonov, Sh. Solayev, A. Otajonov, M. Yusupov, S. Hayitboyev, U. Musayev, R. Abdullayev, Q. Polvonov, M. Otajonov, R. Bekchonov, Sh. Fayzullayev, Q. Raximov; musiqashunos O. Matyoqubov va boshqa maʼlum. 1958–60 yillar orasida M. Yusupov tomonidan toʻplab notaga olingan "Oʻzbek xalq musiqasi" (6,7 va 9 jildlar) chop etildi. 1980–87 yillarda Xorazm maqomlarining yangi toʻldirilgan variantlari nashrdan chiqsi. +Xorazm viloyatida 16 ta bolalar musiqa maktabi (shulardan 3 tasi sanʼat maktabi), musiqa bilim yurti, filarmoniya, viloyat teleradiokompaniyasi qoshidagi maqomchilar ansambli faoliyat koʻrsatadi. +Xorazm viloyatidan Devonai Hisobiy, Niyozjonxoʻja, Niyoziy, Xudoybergan muhrkan, Komil Xorazmiy, Matyoqub Xarratov, M. Xudoyberganov, Safo Mugʻanniy, X. Devonov kabi yirik sanʼatkorlar; Bola Baxshi, Q. Iskandarov, R. Jumaniyozov, F. Davletov singari Oʻzbekiston xalq dostonchi va hofizlari; Matyusuf Xarratov, M. Yusupov, R. Ollaberganov, Sh. Ramazonov, L. Abdullayeva, I. Niyozmatov, R. Abdullayev, O. Matyokubov, S. Davletov, U. Musayev, O. Ollaberganov, Q. Rahimov kabi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari va kompozitorlar; Sheroziy (Yokubov), K. Otaniyozov, H. Boltayev, K. Raximov, M. Raximov, B. Rahimova, S. Devonov, S. Rahimova, G. Yoqubova, M. Ixtiyorova, O. Hayitova, G. Matyoqubova, M. Bobojonov, O. Otajonov, G. Raximova singari Oʻzbekiston xalq artistlari; Norbek baxshi, Qalandar baxshi kabi Oʻzbekiston xalq baxshilari yetishib chiqqanlar. +Xorazm viloyatida xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik, ayniqsa, Xiva, Hazorasp va Xonqa shaharlarida kadimdan taraqqiy etgan. Yogʻoch oʻymakorligi, zargarlik, kandakorlik, gilamchilik, kulolchilik va boshqa rivojlangan. Xiva gilamchilik fabrikasi, "Xiva sopoli" aksiyadorlik jamiyati va boshqa ishlab turibdi. Oʻzbekiston xalq rassomi A. Boltayev, xalq naqqoshlari va yogʻoch oʻymakor ustalari O. Polvonov, R. Masharipov, S. Bogʻbekov, mashhur kulol, koshinkor usta R. Matchonov va boshqalarning nomlari mashhur. +Sogʻliqni saqlash. +Viloyatda 6269 oʻrinli 36 kasalxona va 211 tibbiy muassasalarda 3882 vrach (har 10 ming kishiga 27,1 vrach), 13337 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Davlat dasturiga asosan, viloyatda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining viloyat boʻlimi va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari tashkil etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan. Xorazm viloyatida 4010 oʻrinli 20 sanatoriy faoliyat koʻrsatadi. +2004 yilgacha oʻz kasbi boʻyicha xususiy ish faoliyati yuritish uchun 50 ga yaqin mutaxassisga litsenziya berildi. +Sport. +Xorazm viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, futbol, qoʻl toʻpi, voleybol, tennis, boks va boshqalar). "Umid nihollari – 2003" sport musobaqalari oʻtkazilishi munosabati bilan shahar va tumanlarda 17 ta yirik sport inshootlari, "Olimpiya zaxiralari" kolleji, 10– 15 ming kishilik stadion foydalanishga topshirildi. +Viloyatda 14 sport majmuasi, shuningdek, 16 stadion, 8 suzish havzasi, 136 tennis korti, otchopar, sport zallari, otish tiri, basketbol, qoʻl toʻpi, futbol maydonlari bor. 389 ming kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. Turli miqyosdagi respublika va xalkaro sport musobakalarida viloyatning 9 sportchisi oltin, 8 tasi kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Xorazmda "Umid nihollari–2003" tadbiri katta bayram sifatida nishonlandi. "Umid nixrllari", "Prezident kubogi uchun", Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan Respublika va xalkdro sport bellashuvlarida 6 sportchi respublika va jaxrn chempioni unvonlarini oldilar. +Xorazm viloyatida 10 dan ortiq xalkaro toifadagi sport ustasi, 100 dan ortiq sport ustasi, 300 dan ziyod sport ustaligiga nomzod, shuningdek, koʻplab 1toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 30 dan ortiq sportchisi Oʻzbekistonning turli milliy terma jamoalari aʼzolaridir. +Adabiyoti. +Xorazm adabiyoti zamonlar silsilasida yemirilib, yoʻqotilib, qayta shakllandi. Arablar Xorazmga bostirib kelganda oʻzlariga qaraganda juda ham yuqori madaniyatga duch keldilar. 8-asrga kelib qad. xorazmiy tilining batamom yoʻqotilishi bilan 8-asrdan toki 12–13-asrlargacha fors hamda arab va 12-asrlardan boshlab turk oʻzbek tillarida ijod qilindi. Abu Mansur Saolibiyning "Yatimat addaxr fi maxosin axlal asr" ("Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi") tazkirasida 10–11-asrlarda Xorazmda yashab, arab tilida ijod etgan yetuk arabnavislar haqida keng maʼlumot beriladi. Qariyb 5 asr davomida (8–12-asrlar) arab tilida ijod qilgan koʻpgina Xorazm shoirlari oʻz faoliyati bilan Xuroson va Movarounnahrda shuhrat qozonganlar. 11-asr boshida Xorazmda ilk bor tashkil etilgan Xorazm Maʼmun akademiyasida jahon tarixi, fani va adabiyotiga munosib ulush qoʻshgan Beruniy raisligida Ibn Sino, Abu Nasr Iroq kabi zamonasining yirik fan va madaniyat namoyandalari ijod qildilar. Asli balxlik boʻlib, Xorazmda turgʻun yashab Xorazmshoh Otsiz hukmronligi davrida yuqori martabaga ega boʻlgan Rashididdin Vatvot ("Saʼdalmulk" faxriy unvonini olgan) fors va arab tillarida ijod qilib sheʼriyatda murassaʼ, tarseʼ, tajnis va boshqa usullarni qoʻllashda forsiy tilda yozadigan peshqadam shoirlardan biri hisoblanadi. Ahmad Yassaviyning shogirdi Sulaymon Boqirgʻoniy 12-asrdayoq turkiyda ijod qilgan. Bu davrlarda arab, fors tillari va turkiyda baravariga ijod qilingani oʻsha davr adabiy muhitining naqadar koʻp qirraligini koʻrsatadi. Xorazmdagi adabiy jarayon Chingizxon istilosi va undan keyingi davrda ancha murakkab kechgan boʻlsada, toʻxtab qolmadi. Kubroviylik tariqatining asoschisi, "Shayxi valitarosh" ("Avliyolar yetishtiruvchi shayx") nomi bilan butun Sharqqa mashhur boʻlgan shoir Najmiddin Kubro, "Muhabbatnoma" muallifi Xorazmiy (14-asr), Nasriddin Burxoniddin Rabgʻuziy (13-asr oxiri – 14-asr boshlari), Pshdgavon Mahmud, Haydar Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi (14-asr) kabi buyuk siymolar ijod etgan. Rabgʻuziyning "Qissasi Rabgʻuziy" asari oʻzbek nasrining mukammal namunasi boʻlishi bilan eʼtiborlidir. Xorazm adabiy muhiti, ilm fani jahon maʼrifati taraqqiyotiga taʼsiri eʼtirofga loyiq. Azzamaxshariy arab dunyosini kezib ilm tarqatgan boʻlsa, 1414-yilda Sherozga kelgan Abdurahim Hofiz Xorazmiy turkiyda bitgan gʻazallari bilan shuhrat topgan. +Alisher Navoiy "Majolis unnafois" asarida Xoja Abulvafoyi Xorazmiy va Mavlono Jaloliddin Rumiy masnaviysiga sharh bitgan Husayn Xorazmiylarni katta hurmat bilan taʼriflaydi. Xorazm adabiy jarayonining rivojlanishi natijasida yetuk adabiyot namoyandalari yetishib chiqa boshladi. Bular Ravnaq (1725–1805), Roqim (1742–1825), Nasimiyning gʻazallarini oʻzbek tiliga agʻdargan mashhur shoir Andalib (1710–70), Vosifiyning "Badoyeʼ ulvaqoyeʼ" asarini forsiydan tarjima qilgan, oʻzbek va fors tillarida baravar ijod etgan Dilovarxoʻja (18-asr), Navoiyning "Xamsa"sidagi dostonlarning nasriy variantlarini yaratgan Umar Boqiy (18-asr), oʻz zamonasining ulugʻ shoirlari Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy (1825– 99), Bayoniy va boshqalardir. +Feruz davrida Xorazm adabiy muhiti yanada rivojlandi. Uning buyrugʻi bilan shoir Tabibiy "Majmuai 30 shuaro payravi Feruz" tazkirasini tuzadi va Feruzning 101 gʻazaliga 30 shoir yozgan payravni kiritadi. Tazkiranavis Laffasiy tuzgan "Tazkirai shuaro"da (1945) Munis davridan Laffasiy davrigacha ijod kilgan (Munis va Laffasiy bilan birga) Xorazmdagi 51 shoirning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar bitilgan. +Xorazmda qadimdan dostonchilik rivojlangan. Xalq anʼanaviy dostonlari baxshilar orqali ogʻizdanogʻizga oʻtib sayqallangan. "Avazxon", "Bozirgon", "Sayyodxon va Hamro", "Qorakoʻz Oyim", "Gulruh pari", "Shobaxrom", "Zavriyo", "Oshiq Gʻarib va Shohsanam", "Yusup Ahmad", "Qirq mhhd kabi dostonlar Xorazm xalq ogʻzaki ijodining nodir boyligidir. Xorazm xalq dostonlari hajmi boshqa oʻzbek xalq dostonlariga qaraganda kichikligi, shu bilan birga musiqaviyligi bilan ajralib turadi. Xorazmda doston kuylovchilarni baxshi deb atab kelganlar. Xorazm vohasida 19-asrning 1-yarmida Eshvoy baxshi mashhur boʻlgan. Xorazm vohasida muallif nomi bilan atalgan "Eshvoy nagʻmasi" kuyi tarqalgan. 19-asrda Xorazmda yashab ijod qilgan baxshilardan Otash, Gʻaribniyoz baxshilar, Bobo baxshi, Jumanazar baxshi Bobo baxshi oʻgʻli, Bekjon baxshi, Abdrim baxshi va boshqa shuhrat qozongan. 20-asr boshlarida Xoʻjayoz baxshi atokli baxshi hisoblangan. U "Oshiq Gʻarib va Shohsanam", "Sayyodxon va Hamro", "Bozirgon", "Alpomish" va "Goʻroʻgʻli" turkumidagi dostonlarni yod bilgan va uni xush ovoz bilan dutor jurligida ijro etgan. Undan keyingi davrda Bola baxshi, Matnazar Jabbor oʻgʻli, Qalandar baxshi, Bola baxshining farzandlari Norbek baxshi, Matyokub va Yetmishboy baxshilar Xorazm dostonchilik maktabini taraqqiy qilishga xissa qoʻshdilar. +Xorazmdagi xalq ogʻzaki ijodining yana bir turi xalfachilikdir. Xalfalar (folklorda) repertuarida xalq dostonlari, rangbarang xalq qoʻshiklari, mumtoz shoirlarning ashulabop gʻazallari asosiy oʻrin olgan. 19– 20-asrning 2-yarmida Xorazmda Xonimjon xalfa, Onajon xalfa, Onabibi kori (Ojiza), Shukurjon xalfa, Sharifa xalfa, Joni xalfa, Bibijon xalfa, Durxonim xalfa, Kish xalfa, Guljon kori, Oysha kulol xalfa, Yoqut xalfa Vafoyeva, Sharifa noʻgʻay Otasheva, Ugʻil Noʻgʻay Quryozova, Yoqut xalfa Seytniyazova va boshqalarning nomlari xalq orasida tanilgan edi. Xalfachilik sanʼati anʼanalari Xorazm yosh ijrochilari tomonidan keyingi davrlarda ham davom ettirilmoqda. +20-asrda Xorazm adabiyotshunosligida Mugʻanniy, Suxanvar, Umar Qurboniy, Qalandar Qurboniy, M. Abdullayev, Egam Rahim, Ahmad Bobojon, Ayyomiy, Rahim Bekniyoz, Doʻstjon Matjon va boshqalarning nazm va nasriy asarlarida maʼrifatparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topgan. +Omon Matjon, Bahrom Roʻzimuhammadning falsafiy sheʼriyati, Erkin Samandarning "Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq", "Tangri qudugʻi", Komil Avazning "Qoʻnalgʻa" romanlari, Matnazar Abdulhakimning Najmiddin Kubro, Bedil, Paxlavon Maxmud ruboiyoti va gʻazallarining oʻzbek tiliga tarjimalari muhim ahamiyatga ega. Professorlardan O. Madrahimov, S. Roʻzimboyev, Z. Doʻsimov, J. Yusupov, arab va fors tillari bilimdoni A. Ahmedov va boshqa adabiyotshunoslikka doyr asarlar yozdilar. Ayniqsa bu borada H. Abdullayevning Abu Bakr Xorazmiydan hozirgacha yashab ijod qilgan adabiyot ahlining hayoti va ijodini aks etgiruvchi tazkirasi, N. Krbulovning 2 jildli "Xorazm adabiy muhiti" asari, S. Roʻzimboyevning "Goʻroʻgʻli" kitobi muhim ahamiyatga ega boʻldi. +Xorazm viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilari, rassomlar va boshqalar) viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda. +Matbuot, radioeshittirishi va televideniyesi. +Xorazm viloyatida 2 viloyat gazeta ("Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda", 2 ta gazeta adadi 5500), 10 tuman gazeta, 3 jurnal ("Ilm sarchashmalari", "Diydor", "Xiva Sharq gavhari", adadi 2000) nashr etiladi. Viloyatda, shuningdek, bir qancha tarmoq gazetalari chop kilinadi. Jami 27 nomdagi gaz. va jurnallar chiqariladi. +Xorazm (Xiva)da Muhammad Rahimxon Feruz tashabbusi bilan 1874 yilda Turkistonda ilk bor toshbosma ochilgan. Toshbosmada ilk matbaachilik faoliyatini birinchi oʻzbek matbaachisi Otajon Abdalov boshlagan. Ushbu toshbosma faoliyati keyinroq, 1920 yildan "Inqilob quyoshi" gaz., 1939 yildan "Xorazm haqiqati", 1941 yildan "Xorezmskaya pravda" gazetalarining tashkil qilinishiga zamin yaratgan. +Xorazm viloyatida 1874–1924 yillarda faoliyat koʻrsatgan matbaachilik anʼanalari 1991 yilda qayta tiklandi. "Xorazm" nashriyoti ishga tushirilib, darsliklar, kitoblar nashr etish yoʻlga qoʻyildi. "Xorazm tarixi" (1995), "Hazorasp tarixi", "Xonqa tarixi" (1995–98), "Avestoning yaratilishi" (2001), "Maʼmun akademiyasi" (toʻplam, 2003) kabi kitoblar chop etildi. +Xorazm viloyati da birinchi radioeshittirishlar 1936 yildan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 31 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Telekoʻrsatuvlar 1961 yildan olib boriladi. Mahalliy koʻrsatuvlar, 1979 yildan rangli tasvirda (oʻzbek va rus tillarida), haftasiga 15 soat hajmda namoyish qilinadi. +Meʼmoriy yodgorliklari. +Xorazm viloyatidagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar jahonga mashhur. Viloyatda 149 meʼmoriy va shaharsozlik, 16 arxeologik, 21 monumental sanʼat va haykaltaroshlik yodgorligi bor. Meʼmoriy yodgorliklarning asosiy qismi Xiva shahrida joylashgan. Uning Ichan qalʼa qismi esa YUNESKOning Jahon merosi shaharlari tashkiloti hisobiga kiritilgan. Xivadagi yodgorliklardan Juma masjid (10–18-asrlar), Pahlavon Mahmud meʼmoriy majmuasi (14-asr, 19–20-asr boshlari), Sayid Aloviddin (14–18-asrlar), Uch Avliyo (1549, 1821) makbaralari, Toshhovli (19-asr), Koʻhna Ark (17–19-asrlar) saroylari, Muhammad Aminxon Madrasa va minorasi va boshqa mehmonlar va sayyohatchilar diqqatini oʻziga tortadi. Shuningdek, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Qoʻshkoʻpir, Bogʻot va boshqa tumanlarida ham tarixiy obidalar mavjud. Shulardan Xiva tumanidagi Chodra hovli (18–19-asrlar), Shohimardon meʼmoriy majmuasi (19-asr), Qubla Tozabogʻ saroyi (1893–1913), Hazoraspdagi Muzrobshoh (16–18-asrlar), Shayx Kosim eshon makbaralari (18–19-asrlar), qadimgi Hazorasp qalʼasi (mil. av. 6–5-asrlar), Xonqa tumanidagi Sayd ota masjidi (1766), Shovot tumanidagi Vayangan bobo makbarasi (16–19-asrlar); Yangiariq tumanidagi Shayx Muxtor Valiy (Ostonabobo, 14a) meʼmoriy majmuasi; Qoʻshkoʻpir tumanidagi Imoratbobo meʼmoriy majmuasi (16–19-asrlar) va boshqalarni aytish mumkin. +Mustaqillik yillarida viloyatda yakka tartibda uyjoy kurish tez rivojlandi. Urganch, Xiva shaharlarlariga yoʻdsosh Navroʻz, Qosmaobod shaharchalari bunyod etildi. Viloyatda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarni asrash, taʼmirlash ishlariga Oʻzbekiston hukumati tomonidan katta eʼtibor berilmoqda. Xiva shahrining2500 yillik yubileyi (1997), Jaloliddin Manguberdining 800 yiligi (1999), Avesto kitobi yaratilishining 2700 yilligi (2001) bayramlari arafasida viloyatda keng miqyosda meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, ular atroflarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xorazm viloyati 2003 yil 22 avgustda Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlangan. + +Guliston: +Guliston - Sirdaryo viloyatining poytaxti. Guliston shahri 1961-yilda tashkil etilgan. Shahar bir necha qismga boʻlingan: 1, 2,3,4,5 mavzelar, "Ahillik", "Maxalla", "Suvchilar", "Doʻstlik qoʻrgʻoni","Ulugʻobod qoʻrgʻoni"(1985-yilda qoʻshilgan), "Yangilik". Shaharda juda koʻp koʻngilochar joylar, maʼdaniyat va istirohat bogʻlari, Olim Xoʻjayev nomli drama teatr, Guliston markaziy stadioni, Alpomish sport majmuyi, suzish havzalari , bolalar sport markazlari,madaniyat va maʼrifat markazi faoliyati koʻrsatishadi. +Guliston (1923 yil va 1952-60 yillarda shahar, soʻngra shaharchaga aylantirilgan, 1961 y. 8 maydan yana shahar) — Sirdaryo viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mirzachoʻlning jan.-sharqida, 276 m balandlikda, "Doʻstlik" kanali sohilida. Toshkentdan 118 km. G.dan Toshkent—Xovos temir yoʻl oʻtgan. 1895 y.da endigina qurilayotgan Samarqand—Toshkent temir yoʻl yoqasida hozirgi G. oʻrnida dastlabki uylar qad koʻtargan edi. Keyinchalik u yerda ikkita qishloq paydo boʻlib, ularning birlashishidan Mirzachoʻl sh. (1961 yildan G. deb atalgan) vujudga keldi. Yiliga oʻrtacha 295–300 mm yogʻin yogʻadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,5°, minimum temperatura —35°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, maksimum temperatura 45°. Aholisi 255,3 ming kishi (2017), asosan oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys , tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. +Sanoati paxta tozalash zavodi, paxta punkti, elevator, sut, yogʻ-ekstraksiya, non zavodlari, yaxna ichimliklar korxonasi, qishloq xoʻjaligi mashinalari va avtomashinalarni taʼmirlash ustaxonalari, qurilish materiallari kombinati, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati, "Peng-Sheng" O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi ,"Turkiston" qandolatchilik qoʻshma korxonalaridan iborat. Dori-darmon ishlab chiqariladigan "Lichava-Farmsanoat" Oʻzbekiston—Chexiya qoʻshma korxonasi qurildi. G.da Guliston universiteti, tibbiyot kolleji, kasb-hunar va sanʼat bilim yurtlari, qurilish kolleji, 16 umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Sirdaryo teatri, kutubxona, pochta, telefon st-yasi bor. Poliklinika, viloyat markaziy kasalxonasi xizmat koʻrsatmoqda. Oʻn mingtomoshabinga moʻljallangan stadion mavjud. +Shaharda koʻp qavatli turar joylar, jamoat binolari, jumladan "Nikoh saroyi", suzish havzasi, sharqona uslubda qurilgan "Guliston" choyxonasi, akademik litsey, qoʻgʻirchoq teatri binolari va b. bunyod etildi. Shahar hududidan Jarqoq—Toshkent gaz quvuri oʻtgan. Viloyat markazidan barcha tuman markazlari va Toshkentga avtobuslar qatnaydi. +Guliston shahrida 1 ta universitet, 2 ta akademik litsey va 5 ta kollej faoliyat yuritadi. +Guliston shahrida 1ta futbol klub mavjud, + +Iso Masih: +Iso, Iso Masih — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Islomda Muhammad (sav)dan oldingi paygʻambar sifatida alohida eʼzozlanadi. Qurʼonda, shuningdek, "al-Masih" ("xudo yarlaqagan"), Ibn Maryam ("Maryamning oʻgʻli"), Abdulloh ("Allohning quli"), Rasululloh ("Allohning elchisi"), Allohning muqarrabi (yaqini), "Haqni soʻzlovchi", deb taʼriflanadi. I.ga Injil nozil qilingan. Qurʼonga koʻra, I. — Allohning oʻgli emas, Xudo ham emas. I. — Allohning bandasi va bokira qiz Maryamdan moʻʼjiza bilan tugʻilgan. Alloh unga "Bani Isroil" qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambarlik darajasini iroda etdi. I. odamlarni oʻz taʼlimotiga ergashishlariga daʼvat qildi. Yahudiylarni notoʻgʻri yoʻllardan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntira boshladi. Oʻzidan keyin Ahmad (yaʼni Muhammad) nomida bir paygʻambar boʻlishi bashoratini ham yet-kazdi. +Xristianlikda I. Iisus Xristos nomi bilan yuritilib, xrispgianlik asoschisi hisoblanadi ("Xristos" soʻzi yunoncha boʻlib, oʻzbek tilida "xaloskor" maʼnosini anglatadi). Xristian cherkovlarining aksariyati uni Xudo-odam sifatida ulugʻlaydi. Injilga koʻra, I. xudoning oʻgʻli boʻlgan, Vifleyem (hoz. Beyt Laxm sh.)da duradgor Iosifning xotini Mariyadan tugʻilgan. Iosif va Mariya goʻdagi bilan podshoh Irod I taʼqibidan qochib, Misrga boradilar, keyin Galileya (Falastin)ga qaytadilar. I. targʻibotchilik faoliyatini boshlab yuboradi. Uni Ioann Krestitel choʻqintiradi. I. atrofiga 12 shogird (apostol — havoriy)larni toʻplaydi. Xavoriylardan biri I. targʻibot qilayotgan yangi taʼlimotni oshkor etib qoʻygach, yahudiylar sudi — sinedrion I.ni oʻlim jazosiga hukm qiladi. Rim noibi Pontiy Pilat hukmni tasdiqlaydi, I. chormix qilinib qatl etiladi. Lekin u tirilib oʻz shogirdlari oldiga keladi. Xristianlar I.ning tirilib kelishi ("voskresenye")ga ishonadilar. +Fanda I.ning tarixiyligi eʼtirof etiladi. U 1-asrning 1-yarmida Falastinning Galileya mintaqasida Iisus (Iyeshua) ismi bilan sayyor daʼvatchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. I.ning tar-gʻiboti fariseylar va esseylar taʼli-moti kabi maxdud emas, balki falas-tin jamiyatining barcha tabaqalariga qaratilgandi. Shu boisdan ham keyingi asrlarda grekrim zaminida I. taʼlimotining tarafdorlari mahalliy tusdagi bu harakatni Oʻrta dengiz hav-zasini toʻligʻicha qamrab olgan olamshu-mul dinga aylantirishga erishdilar. + +Amerika: +Amerika asosan quyidagi maʼnolarda ishlatiladi: + +Namangan: +Namangan — Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi Aholi soni boʻyicha Fargʻonadan oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik shaharlaridan biri. Fargʻona vodiysining har jihatdan peshqadam viloyati. Vodiyning shim.da, Shim. Fargʻona kanali bilan Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan. Maydoni 83,3 km². Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,3°, yanv.niki —2,3°. Aholisi 395,8 ming kishi (2003). +Fargʻona vodiysining qad. poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620 yildagi qattiq zilzila natijasida vayron boʻlganligi sababli, uning aholisi hozirgi Namangan shahri hududiga koʻchib oʻtgan. Namangan tuz koni ("Namak kon") yaqinida vujudga kelgan boʻlib, shahar nomi oʻrta asrlarga oid tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. Zahiriddin Bobur oʻzining "Boburnoma" (16-asr) asarida Namangan qishlogʻi haqida gapirib oʻtgan. V. P. Nalivkinning ("Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi", Qozon, 1886) yozishicha, Namangan 1643 yilga mansub vaqf hujjatlarida uchraydi. 18-asrda Namangan Qoʻqon xonligiga tobe boʻlgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar aholisiga ham xizmat qiluvchi hunarman-dchilik markazi boʻlgan. Dehqonlar Namangan bozorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan. Shaharda meʼmorlik sezilarli darajada taraqqiy etgan. +Xoʻja Amin maqbarasi (17-asr), Mulla Qirgʻiz madrasasi (1911-12) va Ota Valixon toʻra masjidi (20-asr) kabi meʼmoriy yodgorliklari hozir ham mavjud. 1817—22 yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangiariq kanali qazilib, suv taʼminoti yaxshilandi. 1842—45 yillarda shahar baland devor bilan oʻrab olingan. 1813—14 yillarda Namanganga kelgan rus ofitseri F. Nazarov bu yerda shahar hokimining devor bilan oʻralgan saroyida ancha katta garnizon borligini aniqlagan. Qoʻqon xonligi hukmronligining soʻnggi kunlarigacha Namangan bek qarorgohi boʻlib keldi. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Fargʻona maʼmuriy viloyati tuzilgach, Namangan uning uyezd shaharlaridan biriga aylandi. 1894—95 yillarda uyezd muassasalari uchun davlat binolari quridsi. 20-asrning boshlarida Namangan Oʻrta Osiyoning "eski" va "yangi" qismlardan iborat tipik shahriga aylandi. 1912 yilda shaharga Qoʻqon tomonidan temir yoʻl oʻtkazildi. 1914 yil zavodlar soni 17 taga yetdi. Bundan tashqari, 2 yogʻ zavodi ham qurildi. Shahardagi har ming kishidan 22 tasi sanoat ishchisi boʻlgan. 1916 yilda Namanganda Nikolay II ning mardikorlikka olishi haqidagi farmoniga qarshi mehnatkashlarning chiqishi boʻldi (qarang Mardikorlik). Bolsheviklarning bosqinchilik urushi davrida Namangandagi korxonalarning kariyb 80%ida ish toʻxtab qoddi. Urushdan keyin sanoat korxonalari tiklanib, rivojlana boshladi. Motor taʼmirlash, sut-yogʻ, konserva, gʻisht, paxta tozalash zavodlari, non kombinati, elektr stansiyasi va bir qancha mayda mahalliy sanoat korxonalari ishga tushirildi. Viloyatda paxtachilik, pillachilik va qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari rivojlanishi shaharda keng isteʼmol buyumlari va oziq-ov-qat mahsulotlari sanoatining rivojlanishiga sabab boʻldi. Shu davrda shaharda 3 elektr stansiya, vino va pivo zavodlari, yigiruv-toʻquv fabrikasi, taʼmirlash-mexanika ustaxonasi qurildi. Sanoatning yalpi mahsuloti yildan-yilga ortib bordi. Ikkinchi jahon urushi yillarida shaharda poyabzal fabrikasi, tikuvchilik korxonasi, goʻsht kombinati, mahalliy va kooperativ sanoat korxonalari ishga tushirildi. Urushdan keyin yengil, oziq-ovqat, ogʻir, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika va kurilish sanoatlari rivojlandi. Shaharni elektr energiya bilan toʻla taʼminlash maqsadida 1946 yil Namangansoyda 2-GES kurildi. 1949 yilda markaziy ekskavator stansiyasi tashkil etilib, bu yerda turli xil ekskavator, skreper, buldozer kabi qishloq xoʻjaligi mashinalari taʼmirlandi. Oʻrta Osiyoda yagona elektrotexnika zavodi (sanoatda va roʻzgʻorda ishlatiladigan) elektr isitkich asboblari ishlab chikara boshladi. +Namangan respublikaning yengil va oziqovqat sanoatlari markazlaridan biriga aylandi. Bu yerda Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlarining 15%ini ishlab chiqaruvchi yirik toʻqi-machilik korxonalari kurildi. +Shaharda 36 qoʻshma korxona mavjud. Shulardan, Oʻzbekiston—Yaponiya "Silk Road", Oʻzbekiston—Shveysariya "Nestle", Oʻzbekiston — Turkiya "AsnamTekstil" va boshqa qoʻshma korxonalarning hissasi salmoqlidir. "Atlas", "Notoʻqimachi", "Namangangoʻshtsutsanoat", "Namanganekstraktyogʻ", "Namanganmebel", "Namangandonmahsulot", "Mehmash", "Karbonam", korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shaharda 400 dan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari bor. Mustaqillik yillarida shahar butu nlay oʻzgarib ketdi. Ilgarigi tor koʻchalar oʻrnida keng va ravon yoʻllar bunyod etildi. "Boburshoh", "Doʻstlik", "Margʻilon", "Oromgoh", "Uychi" koʻchalari tubdan qayta taʼmirlandi. Namangan azaldan oʻzining hunarmandchiligi bilan nom qozongan. Shaharning turli burchaklarida kichik bozorchalar boʻlib, hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar oʻz mahsulotlarini ana shu bozorchalarda sotishgan. Keyingi 10 yil ichida bu bozorlar oʻrnida "Chorsu", "Doʻstlik", "Taxtakoʻprik", "Shohbekat", "Jahon" singari zamonaviy bozorlar qad koʻtardi. Shahar markazida Amir Temur, Bobur xiyobonlari, "Tinchlik" maydoni, Mashrab nomidagi bogʻ bunyod etildi. Bobur bogʻi hududida "Xotira" maydoni barpo qilindi. Boburshoh koʻchasida akademik litseyning oʻquv binosi va yotoqxonasi, Doʻstlik koʻchasida transport-aloqa kollejining binosi qurib foydalanishga topshirildi. Sanʼat, madaniyat, tibbiyot, sanoat kollejlarining binolari tubdan qayta taʼmirlandi va jihozlandi. Shahar markazida tez tibbiy yordam koʻrsatish markazi, endokrinologiya, "Ona va bola" markazlari, koʻpgina mahallalarda ambulatoriyalar ishga tushi-rildi. Aksariyat mahallalarda guzarlar qurildi. Shaharda 21 avtotransport va 7 aloqa korxonasi, 48 yirik kurilish korxonalari mavjud. Transport vositalari qatnaydigan koʻchalarining uz. 1010 km. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Xalqaro Aeroport bor. Viloyat tumanlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharga "Oʻzdunrobita", "Kamalak — TV" va "DEU Yunitel" qoʻshma korxonalari xizmat kursatmoqda. Namanganda 38 yirik savdo korxonasi va koʻpgina savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Namangan respublikaning fan va madaniyat markazlaridan biri. Shaharda universitet, 2 institut, 10 kollej, 2 kasb-hunar maktabi, 2 akademik litsey, iktisodiyot litseyi, 51 umumiy taʼlim maktabi, 53 maktabgacha tarbiya muassasasi bor. 2002/2003 oʻquv yilida universitet va institutlarda 11129, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 10630 talaba, kasb-hunar maktablarida 498, litseylarda 1608, umumiy taʼlim maktablarida 76801 oʻquvchi taʼlim oldi. Shaharda 2 teatr, bolalar qoʻgʻirchoq teatri, 27 jamoat kutubxonasi, 5 klub, 4 madaniyat va istirohat bogʻi, 2 madaniyat saroyi, 6 madaniyat uyi, 5 muzey, 2 bolalar musiqa maktabi mavjud (2003). 5 sport maktabi, bir kancha stadion va suzish havzalari, "Paxla + +Ingliz tili: +Ingliz tili () — hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. Ingliz tili dunyodagi eng koʻp ishlatiladigan tillar ichida 3-oʻrinda turadi (Ispan hamda Mandarin Xitoycha tillardan keyin). Yevropa Ittifoqining asosiy tili. +Ingliz tili BMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shim. Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi koʻpgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi 400 milliondan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va Shim. Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili bilan birga), Irlandiya (irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va b.)da rasmiy til sifatida qoʻllaniladi. +Ingliz tili qadimgi german qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan. Ingliz tili Angliyaning Anglo-Sakson qirolliklari hamda hozirgi janubiy-sharqiy Shotlandiya yerlari avvalgi Norzumbriya qirolligida vujudga keldi. Tarixiy manbaalarga koʻra, eski ingliz tili juda koʻplab shevalar turkumini oʻz ichiga oladi. Qadimiy ingliz tili (7— 11-asrlar) anglosaks tili deb atalgan va 4 shevaga ega boʻlgan: nortumbriy, mersiy, uessek va kent. 9—11-asrlarda uessek shevasi asosida adabiy ingliz tili shakllangan. Bu shevalar turkumi Buyuk Britaniyaning sharqiy qirgʻogʻiga nemis qabilalari boʻlmish anglo-saksonlar tomonidan keltirilgan. English (ingliz) soʻzi Angles soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, bu xalqning ajododlar yurti Angeln hozirgi Schleswig-Holstein boʻlgan. Ingliz soʻzlarning koʻpchiligi Lotin tilidan olingan, vaholanki lotin tili Xristian Cherkovi hamda Yevropa tafakkur doirasining tili edi. Vikinglarning 8 hamda 9-asrdagi istilosidan keyin ingliz tili eski norz-tilining bir qismini oʻzlashtirdi. Angliyaning 11-asrda Normandlar tomonidan egallanilishi norman fransuz tilininin ingliz tili bilan qorishishiga olib keldi. Aynan shu sababli ingliz tili lugʻaviy va imloviy tarzda roman tillar turkumiga aloqador. Oʻrta ingliz tili (12—15-asrlar) urgʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi natijasida feʼllik soʻz birikmalari koʻp oʻzgarishlarga uchragan. 16—17-asrlarda yangi ingliz tili yuzaga kelgan. Buyuk Britaniyaning 17 va 20-asr oʻrtasidagi kuchli rivojlanishi hamda AQSHning 20-asrdagi dunyoviy tasiri ostida ingliz tilining xalqaro nufuzi oshdi. +Hozirda ingliz tili oʻz hududiy shevalariga ega. Buyuk Britaniyada shotland shevasi, shim., jan., markaziy shevalar guruhi, AQShda Sharqiy, Oʻrta Atlantika (markaziy), jan.sharqiy, oʻrta, gʻarbiy shevalar guruhi mavjud. Ingliz tili fonematik tizimida oʻziga xos unlilar va undoshlar mavjud. Boshqa german tillaridan ingliz tili analitik qurilish belgisi bilan farqlanadi. Grammatik munosabatlarni ifodalashda yordamchi soʻzlar (artikl, yordamchi feʼllar, predloglar) va soʻz tartibi katta ahamiyatga ega. Ingliz tili boshqa tillar (lotin, fransuz, italyan, ispan va b.)dan 70 % ga yaqin soʻz qabul qilgan. Ingliz tilining amerikacha variantini Buyuk Britaniya variantidan farqini shu bilan izohlash mumkinki, Shim. Amerikaga dastlab koʻchib kelganlar (1607) London va uning atrofidan, keyingilari esa Shim. Britaniya va Irlandiyadan kelishgan. AQSH tilida Britaniyadagi singari yorqin ifodalangan shevalar yoʻq. Prof. X. Kurat taxriri ostida chiqqan „AQSH va Kanadaning tilshunoslik atlasi“da (1939) yetti sheva, shu jumladan, tarqalishi hududi jihatidan eng salmoqli boʻlgan AQShning markaziy va shim. viloyatlari shevalari ajratib koʻrsatilgan; u AQShda asosiy adabiy meʼyor hisoblanadi. Ingliz tilining amerikacha va Buyuk Britaniya variantlari oʻrtasidagi farq leksikada va maʼlum darajada fonetikada namoyon boʻladi; grammatikasidagi farq sezilarli emas. Ingliz tilining mavjud Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va JAR adabiy variantlari xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Ingliz tili yozuvi lotin alifbosi asosidadir. Ingliz tili alifbosi lotin yozuviga asoslangan va 26 ta harfdan iborat: +A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, W, X, Y, Z. +Ingliz tili asoschisi Zamonov Aziz + +Termiz: +Termiz, Surxondaryo viloyatidagi shahar. Viloyat markazi Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning janub qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yoʻl stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Maydoni 27,8 km². Aholisi 119,6 ming kishi (2004). Iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar – eng yuqori temperatura 49,5°, 1914-yil 21-iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16–18°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,8–3,6, iyulniki 28–32°. Baʼzida, qishda sovuq – 20° va undan ham past boʻladi. Yillik yogʻin 133 mm. +Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan maʼlumotlar Termizning Sharqdagi qad. shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga molik joyda boʻlganligi, sharqni gʻarb, jan.ni shimol bilan bogʻlovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yoʻlinint muhim bir tarmogʻi ham Termiz orqali oʻtgan. +Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻxna Termizning qalʼa qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga mil. av. 1ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. T. Sugʻdiyona, Xorazm, Margʻiyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy boʻlgan. +Mil. av. 4–3-asrlarda 10 ga maydonni egallagan Termizning qad. qalʼasi oʻrnida aholi manzili boʻlgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi "Taramastxa" (baqtriycha "narigi sohildagi manzil") soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), 10-asrdan Termiz deb atala boshlagan. +Termiz mil. av. 3–2-asrlarga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga koʻra bu davrlarda shaharda meʼmorlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi. +Termiz shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda Termiz hududiy jihatdan kengayib, Shim. Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid meʼmorlik va hunarmandchilik binolari va namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari kabi topilmalarning koʻplab qayd qilinishi buning dalilidir. Mas., Dalvarzintepadan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari (fil va hoʻkizzebu shaklida) xrz. kunda yer yuzida aniqlangan eng qad. shaxmat donalari (mil. 2-asr) xisoblanadi. Oʻsha davrda Termiz Kushonlar davlatining muhim shahri va buddizmnint markazlaridan biri boʻlgan. +Shaharni Termizshoxlar idora qilgan. Oʻsha davrda Termiz Termizshoxlar hokimligining poytaxti boʻlib turgan. Arablar bosib olgan davrda (686–704) Termiz 70 gektarga yaqin maydonni egallagan, toʻrtburchak shaklidagi qalʼadan iborat boʻlgan. 10-asrda yozilgan "Hudud ulOlam" asarida Termiz "Jayxun boʻyidagi kurkam va obod shahar. Qalʼasi daryo boʻyida, ulkan bozori mashhur, Xuttalon va Chagʻoniyon ahli shu yerda savdo qiladi", deb taʼriflangan. +10–12-asr Boshlarida Termiz ravnaq topgan. Toxaristonning yirik shahri, hunarmandchilik va savdo markaziga aylangan. Bu davrda Termiz hududi 500 ga dan optik, maydonni egallagan. Shaharda bir qancha mahobatli binolar barpo etilgan. Shulardan Eski shahar qismida Termizshohlar saroyi saklanib qolgan. +Shaharda temirchilik, shishasozlik, kulolchilik rivojlangan. Termizda tayyorlangan hunarmandchilik buyumlariga talab yuqori boʻlgan. Shaharda oʻnlab karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan. Oʻsha davrda Termiz yirik madaniyat va ilmfan markazi sifatida ham nom qozongan. Termizlik olimu ulamolar oʻrta asr Sharqining fan, madaniyat va maʼrifatiga oʻz hissasini qoʻshgan. +Termiz vaqtvaqti bilan Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlari tarkibida boʻlgan. 1220 yilda Termiz moʻgʻullar tomonidan vayron qilib tashlangan. Sharafudsin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida qayd qilinishicha, Termiz aholisi moʻgʻullarga qattik, qarshilik koʻrsatgan va shu bois shahar "Madinat urrijol" ("Mardlar shahri") deb ham atalgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng , 14-asrda Termiz Surxondaryo sohiliga yaqin joyda yangidan qad. koʻtardi. Shahar oʻz oʻrnini bir necha bor oʻzgartirsada, asrlar davomida oʻz nomini Tarmita, AntioxiyaTarmita, Tarmiz, Tirmiz, Termiz koʻrinishlarida saklab kelgan. +Amir Temur Movarounnahrni egallagach (1370), Termiz Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 1407 yilda Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi Termiz qalʼasi qayta tiklandi. Koʻp oʻtmay oʻz tangalarini zarb etadigan katta shaharga aylandi. 1504–05 yillarda shaharni Shayboniyxon egalladi. Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida boʻlib, 18-asrning 2yarmida shahar oʻzaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan. Faqat, uning atrofidagi Pattakesar va Solihobod qishloklari saklanib qolgan. +1894 y. Term iz xarobalaridan 8 km narida joylashgan Pattakesar qishlogʻida ruslarning mahalliy aholi tomonidan "Tuproqqoʻrgʻon" deb nomlangan qalʼa istehkomi qurilgan. Hoz. Termiz shu Tuproqqoʻrgʻon atrofida bunyod etilgan. 1916 y. Buxoro–Qarshi–Termiz temir yoʻl qurilish munosabati bilan Termizning iqtisodiy mavqei oʻsdi. +Oʻzbekistonni qoʻshni Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlar bilan bogʻlovchi yoʻl Termiz orqali oʻtishi shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim oʻrin egallaydi. +Termizda dastlabki arxeologik qazishma ishlari B.P.Denike (1926–27), M.Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936–38) tomonidan olib borilgan. Eski Termizda arxeologik qazishma ishlari keyinchalik Sh.Pidayev, T.Annayev tomonidan davom ettirilib, shahar tarixi yanada oydinlashtirildi. +1933 yilda Termizda birgina paxta tozalash zdi va yana bir necha ustaxonalar boʻlgan. Keyinchalik va ayniqsa, mustaqillik yillarida, sanoat, qurilish, yengil, oziqovqat va boshqa korxonalar ishga tushdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yaxshilandi. Shaharda yangi temir yoʻl vokzali qurildi. Amfiteatr, arxeologiya muzeyi, sanʼat kolleji, akademik litsey, tadbirkorlar markazi, markaziy stadion, "Delfin" suzish havzasi, kurash saroyi, tennis korti, "Alpomish" majmuasi, markaziy bozor, "Termizning 2500 yilligi" nomli xiyobon bor; shoshilinch tibbiy markaz qurilib ishga tushirildi. +Termizda jami 2500 dan ziyod korxona boʻlib, mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalar, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalardir. Paxta tozalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish., yengil va oziq-ovqat sanoati muhim oʻrin tutadi. +Termizda unt, 8 ta kollej (sanʼat, iktisod, ijtimoiyiqtisodiy, ped., tibbiyot, bank ishi, maishiy xizmat koʻrsatish, oziq-ovqat sanoati kollejlari) bor. Akad. va fizikamat, litseylari faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yilida shaharda 16 umumiy taʼlim, 2 tayanch, 1 boshlangʻich maktablari ishladi. +Oʻquvchilar saroyi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Hakim atTermiziy meʼmoriy majmuasidagi "Meros" tarmoq muzeyi bor. OʻzR Prezidenti I.A.Karimovning loyihasi va tashabbusi bilan Termizning 2500 yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. Hayvonot bogʻi bor (qarang Termiz hayvonot bogʻi). +Termizda 18 gazeta chiqariladi, 3 telestudiya eshittirishlar olib boradi. Shahar markaziy kasalxonasi (165 oʻrin), yuqumli kasalliklar kasalxonasi (130 oʻrin), bolalar va kattalar, tish davolash poliklinikalari, shahar bolalar sanatoriybogʻchasi va boshqa tibbiy muassasalarda 211 vrach, 700 ga yaqin oʻrta tibbiy xodim xizmat kiladi. Undan tashqari, viloyatga karashli 3 ta kasalxona, viloyat tugʻruqxonasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, bolalar kasalxonasi, onkologiya, koʻz kasalliklari kasalxonalari, endokrinologiya, sil kasalliklari, teritanosil kasalliklari, narkologiya, asab kasalliklari dispanserlari, "Ona va bola" va "Reproduktiv salomatlik" markazlari, viloyat qon quyish markazi faoliyat koʻrsatadi. Taʼlim muassasalarida, mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Termizda islom dini arboblaridan Hakim atTermiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi olimlar yashab oʻtishgan. Termizda 1999 yilda Alpomish dostonining 1000 yilligi, 2002 yilda xalqaro miqyosda Termizning 2500 yillik yubileyi oʻtkaziddi. +Ushbu qarorlar asosida 2002 yil 2 aprelda oʻzining 2500 yillik yoshini nishonlagan Termiz shahri koʻplab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyoti va oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol oʻynagan. «Buyuk Ipak Yoʻli»ning asosiy chorrahalaridan biri sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa qoʻshgan qadim shahardir. Buddizm dinining va u bilan bogʻliq boʻlgan memorchilik anʼanalarining Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlariga tarqalishi ham aynan Termiz orqali yuz bergan. +Termizning geografik jihatdan qulay joylashishi, iqlimi va strategik mavqei koʻplab davlatlar va hukmdorlarning diqqat-eʼtiborini oʻziga tortar edi. Shuning uchun u Eron va grek, arab va moʻgʻul bosqinchilarining hujumlariga duchor boʻldi, Movarounnahr ichki qon to;kishlarini boshidan kechirdi, mahalliy hokimlar zulmidan azob chekdi. Termiz istilochilarning olovli janglarida yonib ketar, kulga aylanar, qaddini rostlab paydo boʻlardi, oʻsib shon-shuhrat va qudratga ega boʻlardi. U yana halok boʻlardi, yonardi, kulga aylanardi va yana oʻzini tiklab ulgʻayardi. Shu sababli Termizning har safar qaytadan tiklanishi qadimgi oʻrnida yuz bermagan. +Koʻhna Termiz yoki Kushon Termizi amudaryo boʻyida rivoj topgan boʻlsa, Chingizxon bosqinidan song u sharqroqda Surxondaryo boʻyida qad koʻtarib gullab-yashnaydi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi oʻzaro urushlar tufayli vayronaga aylangan Termiz XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab janubroqda Pattakesar qishlogʻi zaminida bunyod etiladi va ravnaq topadi. +Koʻhna Termiz obidalari oʻzining takrorlanmasligi bilan hamisha qadimgi davr mualliflari, ilk oʻrta asr Xitoy sayyohlari va musulmon davri tarixchilarining diqqat-markazida boʻlib keldi. +Termiz haqidagi qimmatli yozma maʼlumotlar VII asrda Xitoy sayyohi, buddizm monaxi Syuan Tzyan yozmalarida; IX–X asrlar arab muarrixlari Ibn Xoʻrdodbeh, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Istahriy asarlarida; grek, arman, xitoy, fors, arab manbalarida; qadimiy «Shohnoma» dostonida, ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy, arab sayyohi Ibn Battuta, Ispaniya elchisi Ryui Gonsales de Klavixo, venger sharqshunosi Herman Vamberilar asralarida, oʻrta asr mutafakkirlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad Bobur, Hofiz Abru, Anvariy, Hofizi Tanish Buxoriy, Davlatshoh Samarqandiy asarlarida berilgan. Termiz tarixini oʻrganishga qiziqish ayniqsa XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan yanada kuchaydi. Arxeolog olimlardan V. V. Bartold, D. N. Logofet, N. A. Mayev, V. V. Krestovskiy, I. V. Mushketov, A. A. Semenov, M. E. Masson, V. A. Shishkin, T. V. Grek, B. N. Kostalskiy, B. B. Piotrovskiy, V. A. Vyatkin, D. D. Bukinich, B. N. Zasipkin, L. A. Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V. Rtveladze, Ya. Gʻulomov, A. A. Asqarov va boshqalar Termizni shaxsan oʻrgandilar va ilmiy xulosalari bilan shahar tarixini boyitdilar. +Koʻhna Termiz tarixini oʻrganishda 1926–1927 yillarda professor Denike boshliq Moskvaning Sharq xalqlari madaniyati muzeyi ekspeditsiyasi, 1936–1939 yillarda professor M. E. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, 1961 yili B. Ya. Staviskiy boshchiligidagi Sharq xalqlari muzeyi va Davlat Ermitaji arxeologik ekspeditsiyasi, 1959 yildan professor G. A. Pugachenkova boshliq Oʻzbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti ekspeditsiyasi, 1972 yildan professor V. M. Masson boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi FA Arxeologiya Institutining Baqtriya ekspeditsiyasi, 1980 yildan akademik A. A. Askarov boschiligidagi kompleks ekspeditsiyasi, 1993 yildan professor T. Shirinov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi FA Arxeologiya Institutining Pyer Lerish boshchiligidagi Fransiya Ilmiy tadqiqotlar Instituti Milliy Markazi va Kyudzo Kato boshchiligidagi Yaponiyaning Buyuk Ipak Yoʻli Akademiyasi bilan hamkorlikda olib borayotgan ekspeditsiyalari katta ahamiyatga ega boʻldi. Natijada, miloddan avvalgi I ming yillik ortalaridan tortib, XVII asrga qadar Termiz shahri xalqlarining moddiy va maʼnaviy madaniyatini yorituvchi koʻplab arxeologik dalillar qoʻlga kiritildi. Mazkur ekspeditsiyalar tarkibida Termiz Davlat Universitetining arxeolog olimlari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. +Rivoyatlarga koʻra, Termizni miloddan avvalgi VII asrda Baqtriyaning birinchi podshosi Zaroastr bunyod etgan. Miloddan avvalgi VI asrda bu yerlarni bosib olgan Eron Ahamoniylari Termizni juda koʻhna shahar deb taʼriflashgan. Shahar Aleksandr Makedonskiy bosqiniga qadar Ahamoniylar davlatiga boʻysungan. +Termizning tarixiga kirgan ilk nomlaridan biri Taramasta – Taramata (baqtrcha – daryo qirgʻogʻi) boʻlgan. MIloddan avvalgi 327 yili Aleksandr Makedonskiy Termizni zabt etib, shaharni oʻz nomi bilan Aleksandriya deb ataydi. Aleksandr Makedonskiy hukmronligi tugaganidan keyin Grek-Baqtriya davlatining asoschisi Demetriy shaharga Demetris nomini beradi. Miloddan avvalga I asrda Grek-Baqtria davlatining kushonlar tomonidan tor-mor qilinishi munosabati bilan Termiz, yozma manbalarning guvohlik berishicha, Ta-limmi shahri deb Xitoy manbalarida esa, Tu-mi (Tami) deb atala boshlaydi. +Termiz asosan kushonlar davrida (mil. avv. I – mil. III asrlar) yuksak rivojlanadi. Bu davrda Termiz Hindiston bilan gʻarb, shimol, sharq mamlakatlari bilan boʻgʻlaydigan savdo yoʻllaridagi yirik shaharga aylanadi. Termizda koʻplab budda ibodatxonalari va moʻla-maqbaralar quriladi. +V–VI asrlarda Termiz yuz bergan urushlar oqibatida goh eftaliylar hukmronligi, gohida eron sosoniylari hukmronligi ostida boʻldi. VII asrdab boshlab Termizni termizshohlar sulolasi boshqardi. 705 yili Termizni arab istilochilari zabt etdilar. +IX–XII asrlarda Termiz yirik feodal shahar sifatida maʼmuriy, savdo, hunarmandchilik va ilm-maʼrifat markaziga aylandi. Bu davrda shaharni oʻrab turgan istehkom devorning uzunligi 10 km ni tashkil etib, 9 ta darvozasi boʻlgan. Shu davrda Termizda dunyoga mashhur boʻlgan shoirlar, allomalar, muhaddislar, diniy va dunyoviy olimlar yetishib chiqdi. +IX–XII asrlarda Termiz Gʻaznaviylar, Saljuqiylar va Qoraxoniylar davlarlari tasarrufida boʻldi. 1206 yili Xorazmshoh Muhammad davlati ixtiyoriga oʻtdi. 1220 yili Chingizxon qoʻshinlari tomonidan 11 kunlik qamaldan song vayron qilindi. +XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Termiz eski oʻrnida emas, sharqroqda Sulton Saodat maqbarasi tevaragida yana rivojlandi. Temuriylar davlati tarkibiga oʻtgandan keyin u gullab-yashnaydi va Shahri gʻulgula nomini oldi. +Termiz Shayboniylar davlati tasarrufiga oʻtgandan keyin ham rivojlanishda davom etdi. Kohna Termiz qalʼasini qayta tiklash ishlari olib borildi. Minoralar, masjidlar va xonaqohlar qurildi. +Ilm-maʼrifat rivoj topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida olib borilgan oʻzaro janglar, taxt talashishlar tufayli Termiz butunlay vayron boʻldi. Faqat Salovat va Pattakesar qishloqlarigina saqlanib qoldi. Masjidlar, minoralar va saroylar quladi. +XVII asrning ikkinchi yarmida Surxondaryo boʻyidagi Koʻhna Termizdan janubda Pattakesar qishlogʻi paydo boʻldi. Qishloqning kengayib borishi hisobiga oradan bir asr oʻtgandan keyin hozirgi Termiz shahri qad koʻtardi. Yangi Termizning vujudga kelishi Rossiya-Angliya munosabatlarining keskinlashgan davriga toʻgʻri keldi-ki, Rossiya bu joylarda oʻz taʼsirini kuchaytirish maqsadida Oʻrta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlab yuborgan edi. +1873 yilning 28 sentyabridagi shartnoma Buxoroni Rossiyaga qaram davlatga aylantirgan boʻlsa, 1888 yil 23 iyundagi qoʻshimcha shartnoma ruslarning Termizga kelishi va bu yerda istehkomlar qurish masalasini hal qilgan edi. 1893 yilning 15 yanvarida Termiz Buxoro amiri tomonidan Rossiya hukumatiga berilgan edi. Yangi Termizda Rossiya manfaatini himoya qilish maqsadida qurilishlar boshlandi, koʻplab harbiy qismlar keltirildi. Tuproqqoʻrgʻon va mustahkam istehkom qurildi. Termir yoʻl qurilishi, telegraf, aloga, elektr tarmoqlarining tortilishi Termizning rivojlanishi va Amudaryo boʻyidagi harbiy-strategik ahamiyatga ega boʻlgan shaharga aylanishiga olib keldi. +1917 yilgi davlat toʻntarishidan keyingi Sovet imperiyasi davrida ham Termiz oʻzining harbiy-strategik ahamiyatini yoʻqotmadi. Bu davrda Termizda katta-katta inshootlar qurildi. Maʼmuriy binolar qad koʻtardi. Ilm-fan rivojlandi, madaniyat va sanʼat ravnaq topdi. +Mustaqillik yillarida Termiz chiroyini yanada ochdi, shahar koʻchalari boshqadan qurilib, ravon va keng koʻchalarga aylantirildi, istirohat bogʻlari, sharqona usuldagi muhtasham va obod bozorlar, zamonaviy maʼmuriy binolar, oʻyingohlar, teatr va kinoteatrlar, ilm-fan maskanlari barpo etildi, borlari taʼmirlandi. Qisqasi, shaharning qiyofasi tanib boʻlmas darajada oʻzgardiki, bu oʻz navbatida har bir termizlik qalbida quvonch va faxrlanish hissini uygʻotmoqda. +1999-yil noyabr oyida YUNESCO Bosh konferensiyasining Parijda boʻlgan 30-majlisida Markaziy Osiyoning qadim shahrlaridan biri Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qilindi. Mazkur qaror munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yilning 27 dekabrida «Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda oʻtkazish va unga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida» maxsus qaror qabul qilindi. + +Chirchiq: +Chirchiq — Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiqdaryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shim.sharqda joylashgan. Aholisi 170,1 ming kishi (2015). +Shahar tarixi. +Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Ch. 1932 yilda daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik elektrkimyo kti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939 yil — 15 ming kishi, 1959 yil — 65 ming kishi, 1970 yil — 107,4 ming kishi). 30 — 40- yil larda Industrial texnikumi binosi, 50- yillarda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va boshqa jamoat binolari qurildi. 1966—67 yillardan koʻp qavatli yirik panelli binolar qad koʻtardi. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan chirchiqliklar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona va boshqa bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud. +Zavod va fabrikalar. +Shaharda "Chirchiqqishloqmash", "Transformator", "Oʻzbekkimyomash", "Elektrkimyosanoat" (mineral oʻgʻitlar), qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kti kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, "Kibo", "Chirkom", "Uzmetalltexnolodji", "Bursel—Tashkent—Tekstil"), 850 dan ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zavodlari, goʻsht, non ktlari, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari mavjud. +Aholisi. +Chirchiq aholisi 170 000 ming odam atrofida sanaladi. Chirchiq ko`p millatlarni o`z bag`riga sig`dirgan shahar. Chirchiqda o`zbek, qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqolpoq, qizg`iz, koreys va boshqa millat vakillari tinch totuvlikda hayot kechirmoqdalar. Chirchiq shahrining aholisi yildan yilga oshib bormoqda. Ohirgi yillarda yangi turar joylar qurilib shahar infrastrukturasi rivojlanmoqda. +Aholisi asosan o`zbek, rus va qozoq tillarida gaplashishadi. +Ta'lim va madaniyat. +Chirchiq oliy tank komandirmuhandislik bilim yurti, 25 umumiy taʼlim maktabi, 7 oʻrta maxsus bilim yurti, 12 kutubxona, 3 madaniyat muassasasi, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Kasalxona (500 oʻrin), poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi. 2017 yili Chirchiqda yangi Pedagogika Insituti ochildi. +Transport. +Chirchiqdan Toshkent shahriga avtobuslar va yonalishli kichik mikroavtobuslar(gazel) qatnaydi. Shahar ichida 26 ta yonalishli avtobus va mikro avtobuslar qatnamoqda. Shahardan poezd yoli o`tgan. +"Chirchiq tongi" gazeta (1932 yildan nashr etiladi, adadi 760), "Chirchiq" (1932 yildan nashr etiladi, adadi 800) gaz.lari chiqariladi. + +Google: +Google LLC, Amerikaning internetga oid xizmatlar va mahsulotlar, jumladan, onlayn reklama texnologiyasi, qidiruvi, dasturiy taʼminot va apparatura sohasidagi ixtisoslashgan ko‘p tilli texnologiya kompaniyasi. U Amazon, Apple va Facebook bilan birga Katta To‘rtlik texnologiya kompaniyalaridan biri sanaladi. +Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi boʻyicha birinchi oʻrinda bormoqda (u 70% qidiruv soʻrovlarini amalga oshiradi). Hozirda u kuniga 50 million qidiruv soʻrovlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va ayni vaqtda 8 milliarddan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google qidiruv tizimi 101 tadan ortiq tillarda soʻrovlarni qayta ishlaydi va 132 mingdan ortiq kompyuterlardan iborat (2004-yil avgust oyi maʼlumotlariga asosan). +Kompaniya. +Qidiruv tizimi Google Inc. sifatida Mauntin Vyuda roʻyxatdan oʻtgan. Asalomu alaykum hodim men pul mablagini yurim. 2.900.000.000 hichkim menga aloqaga chiqmadi +998994866034 +Saytlarni indekslash. +Google qidiruv roboti tarkibida User Agent bor. User Agent - Googlebot(Qidiruv roboti) - bu sahifalarni tarkibini qidirishda indekslash uchun skaner qiluvchi asosiy robotlardan biri xisoblanadi. Bundan tashqari bu kabi bir qancha robotlar mavjud: +- Googlebot-Mobile - mobil qurilmalar saytlarini indekslovchi robot; +- Google Search Appliance (Google) gsa-crawler - yangi apparat-dasturiy kompleksi Search Appliance ning qidiruv roboti; +- Googlebot-Image — rasmlarni indekslash uchun sahifalarni skaner qiluvchi robot; +- Mediapartners-Google - sahifalar tarkibida uchrovchi AdSense boʻyicha skaner qiluvchi robot; +- Adsbot-Google - AdWords boʻyicha skaner qiluvchi robot. +Soʻrovlar sintaksisi. +Google interfeysi murakkab soʻrovlar tilidan tarkib topgan. Soʻrov jarayonida alohida domenlar, tillar, fayl turlari va hokazolar boʻyicha soʻrov sohasini yanada aniqroq boʻlishini taʼminlaydi. Masalan, «intitle:Google site:wikipedia.org» soʻrovi Vikipediada mavjud boʻlgan mavjud tillardagi barcha maqolalarda, shuningdek sarlavhalarda Google soʻzi uchrovchi natijalarni koʻrsatadi. Ushbu murakkab va koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlgan soʻrov tili xakerlar tomonidan veb saytlarni tadqiq qilishda foydalanishi mumkin. +IPO. +Google 19 avgust 2004-yilda oʻz aksiyalarini fond birjasida sota boshladi. 1.67 mlrd. AQSh dollarilik 20 mln. aksiyalar sotilib ularning 1.2 mlrd. dollari Googlening oʻzida qoldi. +2005-yil noyabr oyining maʼlumotlariga qaraganda, Google aksiyalari narxi 400 AQSh dollaridan oshib ketdi (ular birjada dastlab 83 dollardan narxlangandi) va korporatsiyaning kapitalizatsiyasi 119 mlrd. dollarga teng boʻldi. + +Algoritm: +Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir. +Algoritm, algorifm – maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ish-latiladigan amallarning muayyan tar-tibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va mat.ning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda sanoqning o‘nli tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani A. deb atashgan. "Bu qoidalarni mat.ga 9-asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevro-pada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida "algorizm" deyilgan), keyinchalik "algoritm"ga aylangan" (akad. A. N. Kol-mogorov). Fanda "Yevklid algoritmi", "G‘iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi A.lar maʼlum. A. tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan A.lar nazariyasi paydo bo‘ldi. Oʻzbekiston Respublikasi da bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash mar-kazlarida A.dan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Mas, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, O‘zbekistondagi bar-cha universitetlarda, Toshkent davlat texnika untida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqgisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol bo‘la oladi. +Atama tarixi. +"Algoritm" atamasi mashhur matematik, yurtdoshimiz Al-Xorazmiy nomi bilan bogʻliq boʻlib uni lotinlashtirilishidir. Bizga maʼlum boʻlgan eng qadimiy algoritm bu Yevklid algoritmidir. Algoritmlar nazariyasi, ayniqsa, XX asrda juda rivojlanib, u bilan Tyuring, Post, Chyorch, Viner, Markov, Kolmogorov kabi yuksak olimlar shugʻullanishgan. + +Quicksort: +Tez saralash(quicksort) algoritmi - Charlz Xoar tomonidan yaratilgan mashxur saralash algoritmidir. Ushbu algoritm "n" ta elementdan iborat massivni eng uzogʻi bilan O("n"2) vaqtda saralaydi. Biroq algoritm bajarilish tezligining matematik kutilmasi O("n" log "n") ga teng va u boshqa shunday tezlikda bajariluvchi algoritmlardan tezroq ishlaydi. +Ishlash printsipi. +Algorimning 2 qadami turlicha boʻlib uning bir nechta realizatsiyalari mavjud. Ayni shu 2 qadamda elementlarni joylashtirish algoritmi tufayli algoritm saralash algoritmlari ichida eng tez ishlaydiganlaridan biridir. + +Buxoro: +Buxoro — O‘zbekiston shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yo‘lida yirik tijorat markazlaridan bo‘lgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkentdan 616 km. Buxoro 2 ta shahar tumani (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan. Aholisi 264 ming kishi (2001). +Tarixi. +Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida asos solingan. Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy boʻlib, tarixchi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi. +Arxeologik tadqiqotlar. +Buxoro shahrini arxeologik jihatdan faol oʻrganish ishlari 70-80-yillarga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutitining maxsus arxeologik jamoasi (A. R. Muhammadjonov, I. Ahrorov, J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov) va Oʻzbekiston Madaniyat vazirligining Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash va asrash instituti otryadi (Ye. G. Nekrasova boshchiligida) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida hozirgi Buxuro viloyati hududida miloddan avvalgi 4-3-ming yilliklardayoq ovchilik va baliqchilik bilan shugʻullangan, toshdan turli qurol va buyumlar yasash mahoratlari yuksak darajaga yetgan neolit davriga mansub qabilalar yashagani aniqlandi. Milolddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Zarafshon daryosi oʻzaniga yaqin yerlarga, ayniqsa uning qad. tarmoqlari (Vobkentdaryo, Mohondaryo, Gujayli va boshqalar) havzalariga chorvadordehqon qabilalar kelib joylashib, ular botqoq yerlarda dehqonchilik qilish bilan birga yaylovlarda chorvachilik bilan ham mashgʻul boʻlganlar. Arxeologlar Qorakoʻl tumanidagi Zamonbobo degan joydan mazkur qabilalar manzilgohlaridan birining qoldiqlarini topib oʻrgandilar. Shu bois bu madaniyat fanda Zamonbobo madaniyati deb ataldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Buxoro vohasida astasekin sunʼiy sugʻorish tarmoqlari va mustahkamlangan qishloqlar vujudga kela boshlaydi. Zarafshon daryosining kad. tarmogʻi — Shoxrud boʻylaridagi dastlabki qishloqlarning, jumladan hozirgi Buxoro shahri oʻrnida boʻlgan qishloqning barpo boʻlishi aynan ana shu davrga toʻgʻri keladi. 70-yillarda Buxoroning eski shahar qismida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Buxoroni arxeologik jihatdan oʻrganish tarixida birinchi marta materik qatlamga qadar yetib borishga va madaniy qatlamlanish chuqurligi 20 m dan ortiq ekanligini aniqlashga muvaffaq boʻlindi. Mir Arab madrasasi yaqinidagi arxeologik qazishma chogʻida materik qatlam ustida toʻq jigarrang torf qatlami (40-70 sm) borligi, uning ichida esa yovvoyi va xonaki hayvonlar suyaklari qoldiqlari hamda sopol idish va buyumlar parchalari koʻp ekanligi maʼlum boʻldi. Torf qatlami Madrasa tomon tobora qalinlashib borib, bino ostiga kelganda qalinligi 7,5 m ga yetgan. Bu esa qadimda Buxoro hududidan Zarafshon daryosi tarmoqlaridan biri — ilk oʻrta asr manbalarida qayd etilgan „Rudi zar“ („Oltin irmoq“) ning oʻtganligini isbotlaydi. Arxeologik tadqiqotlar keyinchalik qurib qolgan mazkur tarmoqning har ikki qirgʻogʻi boʻylab bir qancha mustahkamlangan qishloqlarning vujudga kelgani va ular Buxoroning eng qadimgi shahar oʻzagini tashkil qilganini tasdiqladi. Shahar oʻzagi 3 qism — „Oltin irmoq“ning oʻng qirgʻogʻida joylashgan ark, yaʼni qalʼa hamda uning oʻng va soʻl qirgʻoqlaridagi qishloqlardan iborat boʻlgan. Bu yerdan topilgan koʻplab ashyoviy dalillar, xususan sopol idish va buyumlar Buxoro tarixining turli davrlari (milolddan avvalgi 1-ming yillikning 3choragidan 20-asr boshlariga qadar) ga oid boʻlib, ulardan 2 tasi milolddan avvalgi 5-asrga taalluqli ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, Buxoro arkida olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida yana koʻplab yangi va nodir ashyoviy dalillar topildiki, ular shaharning qadimgi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga egadir. Bu yerda 13-15,5 m, shuningdek 16,5-18,5 m chuqurlikdan 2 ta paxsa devor qoldigʻi topildi. Ular Buxoroning qadimiy mudofaa devori harobalari boʻlib, biri (miloldiy 4-5 asrlar) ning balandligi 2,5–3 m, ikkinchisi (miloddan avvalgi 4-3 asrlar) niki 2-2,5 m. +Shahar yoshi aniqlashga doir tadqiqotlar. +Shuningdek, shaharning yoshini aniqlash maqsadida butun Buxoro vohasi boʻylab, chunonchi yirik arxeologik yodgorliklar — Poykend, Qoʻrgʻoni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Boʻston, Qoʻzimontepa, Oqsochtepa va boshqa shahar harobalarida keng arxeologik qazishmalar olib borildi. Konimex tumanida miloddan avvalgi 6—5-asrlarga doir yodgorliklar (Chordara shahar harobasi, Qumrabod — I, Qumrabod — II, Arabon — I, Arabon — II nomli mustahkamlangan qishloqlar, miloddan avvalgi 6-asrga oid Shodibek va Qalqonota qoʻrgʻonlari) topib oʻrganildi (1975—77). Ulardan yuqori darajada rivojlangan hunarmandchilik va meʼmorlikka doir koʻplab ashyoviy dalillar topildi. Oʻsha davrga taalluqli qishloqlar qoldiqlari Jondor tumanidagi Xojaxotin, Laylakxoʻr, Boshtepa, Oqtepa va boshqalar joylardan ham topildi. +Shahar yoshi belgilanishi. +Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Buxoro xususidagi yozma manbalarda keltirilgan maʼlumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. Zarafshon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar jyoz davri (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi) dayoq vujudga kelib, ular sinchli yarim yertoʻlalardan iborat boʻlgan (qurib qolgan Mohondaryo tarmogʻi mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlaydi); miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Zarafshon daryosining yirik tarmogilari deltalari joylashgan yerlarda mustahkamlanmagan manzilgoxlar paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-asrda esa Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng xandaq bilan oʻrab olinib, uning etagida uchta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan (bu xil manzilgohlar miloddan avvalgi 1-ming yillik boshidan Oʻrta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinchisi Navmichkat, uchinchisi Buxoro deb atalgan. Keyinchalik bu uch manzilgoh oʻzaro birlashib va toʻxtovsiz taraqqiy etib borib, kattagina shaharga — Buxoro vohasining savdohunarmandchilik va maʼmuriy markaziga aylangan. +Buyuk ipak yoʻli. +Buxoro shahrining Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi ilk davrlardan boshlab hunarmandchilik tarmoqlari (kulolchilik, temirchilik, misgarlik, zardoʻzlik, zargarlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik va h.k.) va savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga turtki boʻldi. +Sovet hukmronligi davrida. +Rossiya istilosi davrida bir necha mayda qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. 20-asr boshida Buxoroda 12 ta mahalla, 360 dan ortiq guzar, 250 dan ziyod Madrasa, 390 ta masjid, qariyb 150 ta karvonsaroy, 350 ta hovuz boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 mingdan ortiq talaba oʻqigan. Buxoroda 1920-yillardan boshlab sanoat korxonalarining soni va salmogi ortib bordi. Viloyat hududida gaz va neft konlarining topilishi shaharda yangi sanoat tarmoklarini rivojlantirishga asos boʻldi. Uysozlik, madaniymaishiy xizmat tarmoqlarini barpo etish jadallashdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tubdan yaxshilandi. Xalqaro va mahalliy turizm yoʻlga qoʻyildi. +Hozirgi kunda. +Hozirgi kunda Buxoro shahrida 30 dan ortiq yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining yarmidan koʻprogʻi Buxoroda ishlab chiqariladi. Korxonalarda asosan mahalliy xom ashyo qayta ishlanadi. Ayrim korxonalar gaz va neft sanoati hamda qishloq xoʻjaligiga xizmat qilishga ixtisoslashgan. Buxoro toʻqimachilik kombinati („Buxoroteks“), qorakoʻl zavodi, zardoʻzlik, pillakashlik fabrikalari, paxta, yogʻekstraksiya, vino, gʻisht, remontmexanika zavodlari, un, goʻsht, uysozlik kombinatlari, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari hamda hunarmandchilik tarmoqlari ishlab turibdi. Shaharda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi: „BuxTel“ (Isroil) mayonez, „OmegaSitora“ (Gretsiya) moʻyna buyumlari, „GufikAvitsenna“ (Xindiston) dori-darmon, „Marmar“ (AQSH) qurilish materiallari ishlab chiqaradi. 1996 yilda Buxoroda Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan telefon stansiyalari oʻrnatildi. Buxoroda Oʻzbekiston paxtachilik i.t. institutining filiali, bogʻdorchilik, niholchilik tajriba xujaligi va „Sohibkor“ xoʻjaligi joylashgan. +Iqlimi. +Iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha temperatura 15, G, iyulniki 29,5°, yanvarniki 0°. Maydoni 0,02 ming km². +Transport. +Buxoroda 20 dan ortiq yoʻnalishda avtomobil transporti qatnaydi. 1986 yildan trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyiddi. Xalkaro aeroport Buxoroni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. Buxoroda 100 dan ortiq yirik tarixiy meʼmoriy yodgorliklar: Buxoro arki, Somoniylar maqbarasi, Chashmai Ayyub maqbarasi, Matki Attori masjidi, Namozgoh masjidi, Poyi kalon ansambli, Qalʼadevor qoldiqlari, Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasass, Tim va toqilar, Labihovuz ansambli, Ulutbek madrasasi, Chor minor, Bolohovuz masjidi, Sitorai Mohi Xosa ansambli va boshqalar saqlangan. Bular shaharning yangi kismidagi zamonaviy koʻp qavatli binolar (hokimiyat uyi, „Buxoro“, „Zarafshon“, „Varaxsha“, „Guliston“ mehmonxonalari) bilan uygʻunlashib ketgan. +Madaniyat. +Buxoro yirik ilmmaʼnaviyat, maʼrifat markazlaridan. 1996 yil martdan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand boʻlimining Buxoro mintaqaviy markazi faoliyat koʻrsatmoqda. 1997 yilda 3 oliy oʻquv yurti (davlat unti, oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, tibbiyot instituti), 5 kollej, 3 akademik litsey, tarix faniga ixtisoslashgan maktab, 47 umumiy taʼlim maktabi, 89 maktabgacha tarbiya muassasalari, 28 ommaviy kutubxona, Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzey koʻrikxonasi, 2 teatr mavjud. „Buxoro haftanomasi“ gaz. chiqadi (adadi 2000). +1997 yilning Oktyabrida Buxoro shahrining 2500 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. 50 dan ortiq tarixiy-meʼmoriy obidalar taʼmirlandi, yangi istirohat bogʻlari, xiyobonlar barpo qilindi. +Mashhur arboblar. +Buxoro zaminida mashhur, donishmand allomalar voyaga yetgan, oʻqib ijod etgan. Abu Hafsi Kabir Buxoriy (767— 832), Imom al-Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Narshaxiy, Daqiqiy, Rudakiy, Balʼamiy, Abduxolik Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Sayfiddin Boharziy, Nosir Buxoriy, Shamsiddin Buxoriy, Ubaydulloh Buxoriy, Mushfiqiy, Hofiz Tanish Buxoriy, Turdi Farogʻiy, Ahmad Donish, Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xoʻjayev, Ibrohim Moʻminov, Jalol Ikromiy shular jumlasidandir. +Hozirgi kunda Buxoro Tourism centre bulib ketgan sayyohlar juda kup... Guzal qizlari b. n ham chiroyli +Tarixiy va arxitektura yodgorliklari. +Buxoro — o‘rta asrning 140 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini o‘zida saqlagan „muzey shahardir“. Koʻp asrlar avval qurilgan Poi Kalon, Qo‘sh Madrasa, Ismoil Somoniy maqbarasi, minorai kalon kabi ansambllar bugungi kungada ham barchaning diqqatida. + +Fargʻona: +Fargʻona (1907 yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907 — 1924 yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M.D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining jan. qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iklimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi. +Tarixi. +Fargʻona soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Olimlar "Fargʻona" soʻzining bundan 13 asr ilgari sugʻd yozuvlarida "Pargʻana", "Pragʻana" shakllarida yozilganligini hamda hind-sanskrit tilida "kichik viloyat"; fors tillarida "togʻ oraligʻidagi vodiy", "atrofi berk soylik" degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar. +1876 yil Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligini yoʻqotib uning hududida Fargʻona viloyatini tuzgach, maʼmuriy markaz qurish uchun Margʻilondan 10 km janubida joylashgan Yormozor va sobiq Sim, Chiringan qishloqlari oʻrnini tanladi. Shahar qurilishi loyiha boʻyicha 1877 yil iyunda boshlandi. Qurilish harajatlari, asosan, mehnatkashlar zimmasiga yuklandi (soliq solindi). Bu shaharni katta maydonni qurshab olgan qalʼa ichida qurish koʻzda tutildi. Qalʼadan shim.gʻarb va gʻarbga tomon radius shaklida uchta uzun koʻcha qurildi. Ulardan biri eski Margʻilon tomonga yoʻnaldi. Bu koʻchalar parallel tor koʻchalar bilan tutashtirildi. General-gubernator shaharni Yangi Margʻilon deb atashni buyurdi. Shaharning qurilishi 1904 yilda yakunlandi. Yangi Margʻilon, asosan, Margʻilonsoyning chap sohilida joylashdi. Oʻng sohili bozor uchun moʻljallandi. Shaharning jan. qismida kazarmalar qurildi, gʻarbiy qismida harbiy boshqarma joylashtirildi. 1880 yilda bu boshqarma yozgi harbiy lagerga oʻzgartirildi. +Shahar koʻchalarining har ikki tomoniga daraxt ekildi. Shaharda sanoat korxonalari qurilmadi. 1898 yil Samarqand—Andijon temir yoʻl oʻtkazilishiga qaramasdan, shaharning kengayishi va rivojlanishi sekinlik bilan bordi. 1891 yilda shaharda 2 ta pivo pishirish va bitta koʻnchilik zavpdi faoliyat koʻrsatdi. Mahalliy yarim kustar korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Paxta tozalash zavpdi faqatgina temir yoʻl oʻtkazilgandan keyin qurildi. 1899 yilda Yangi Margʻilon shahri aholisi atigi 4 ming kishini tashkil etdi. +1907 yilda mustamlakachi maʼmurlar shahar nomini oʻzgartirib, Skobelev deb atadilar. Oʻsha yili temir yoʻl vokzalini ham qurish boshlandi. +1914 yilda yana 4 ta paxta tozalash zavodi va 8 ta pilla quritish moslamasi foydalanishga topshirildi. Shaharchada, asosan, podsho maʼmuriyati va amaldorlari, harbiylar, savdogar va mahalliy boylar yashardi. 1913 yilda shahar aholisi 14 ming kishiga yetdi. Shundan oʻzbeklar atigi 3216 kishini tashkil etdi. +Shahar tunda 80 ta yoritqich (fonus) bilan yoritilardi. Doʻkonlar aholiga xizmat koʻrsatgan. 1917 yilgacha shahardagi 3 ta gimnaziyada 600 oʻquvchi, 5 ta maktabda esa 821 oʻquvchi oʻqidi. Ularga 20 oʻqituvchi saboq berdi. Shaharda birgina kasalxona (35 oʻrin) va bir dorixona mavjud edi. +1917 yil 6—7 dekabrda Skobelevda hokimiyatni shoʻrolar egalladi. 1921 yil da Oʻrta Osiyo ipakchilik sanoatining dastlabki korxonasi — pillakashlik fabrikaasi foydala nishga topshirildi. 1917 yilgacha shaharda, quvvati 700 kVt boʻlgan xususiy (Lipinskiyga qarashli) elektr styasi boʻlgan. Oʻsha yildan keyin Fargʻona vodiysida yagona boʻlgan issiqlik elektr markazi ishga tushirildi. Quvasoy issiqlik elektr styasi faoliyat koʻrsata boshlagandan keyin ular yagona energiya sistemasiga birlashtirildi. Shundan keyin toʻqimachilik fabrikaasi, yogʻ zavodi ishlay boshladi. Paxta tozalash zavodlari, tegirmonlar, kustar korxonalar qayta qurilib kengaytirildi va elektr energiya quvvati bilan ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ishga tushirilgan Xoʻjaobod—Fargʻona, Shim. Soʻx—Fargʻona—Quvasoy gaz quvurlari Fargʻonani Buxoro yaqinidan boshlangan yagona gaz quvuri sistemasi bilan bogʻladi. +Undan keyin gidroliz zavodi, 1958 yilda neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 1960- yillarda Fargʻonada temirbeton buyumlari, shifer-gʻisht zavodlari, 2 issiqlik elektr markazi qurildi. +Iqtisodiyoti. +Shaharda 2300 dan ortiq kichik korxona, 10 avtokorxona, mahalliy xom ashyodan kimyoviy tola (atsetat ipagi) ishlab chiqaradigan, azot, sovun, gaz apparatlari, neftni qayta ishlash, mexanika, paxta tozalash, konserva zavodlari; uysozlik, moy, sut k-tlari, trikotaj, pillakashlik, poyabzal fabrikaalari, "Fargʻonapivo", don mahsulotlari korxonalari ishlab turibdi. 24 qoʻshma korxona ("KabulFargʻona", "Oʻzsalaman", "Ferteks", "Yevraziya Tapo Disk", "Ferkon" va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Sanoat korxonalari, asosan, shahar markazida hamda Qirguli mavzeida joylashgan. +Fargʻona Respublikaning yirik ilm va madaniyat markazlaridan biridir. Fargʻonadan 52 km jan.da Shohimardon kurorti, shahardan 32 km narida, Oltiariq tumanidagi xushmanzara joyda 2 yirik shifoxona joylashgan. 2 madaniyat saroyi, 28 kutubxona, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 4 madaniyat uyi, musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, yoshlar xiyoboni, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshkent 2-tibbiyot instituti filiali, universitet, politexnika instituti, 3 ta bolalar musiqa maktabi, sanʼat maktabi, 41 umumiy taʼlim, 4 kattalar taʼlimi maktablari, 3 akad. litsey, 18 kasbhunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion, sport majmuasi, kasalxona, poliklinika, dorixonalar mavjud. Fargʻonadan tuman markazlari, shahar va shaharchalariga avtobus qatnaydi. Havo transporti orqali Toshkent shahri, viloyat markazlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. Shaharda 2 viloyat gazeta, shahar gazeta ("Fargʻona tongi", 1955 yil 29 dekabrda tashkil etilgan, adadi 3000), 22 tarmoq gaz., 15 xususiy gazeta va 6 jurnal nashr etiladi. 3 ta telestudiya faoliyat koʻrsatadi. +Aholisi. +Aholisi 250,000. Fargʻona shahriga Margʻilon va Toshloq shaharlari tutashib ketgan. Agar 3 ta shaharni aholisi bilan hisoblasak, 400,000 dan oshadi. Fargʻona shahrining ramzi chinor bargidir. +Fargʻonada Markaziy Osiyodagi eng mashhur futbol jamoasi — «Neftchi» shahar shaʼnini himoya qiladi. «Neftchi» FC 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 7 karra kumush medal sohibi, 2 marta billur sovrin egasi, 1 marotaba Osiyo Chempionlar Ligasi 3-oʻrin sohibi va MDH davlat chempionlari 2-oʻrin sohibidir. +Iqlim. +Fargʻonaning iqlimi huddi boshqa vodiylar kabi,континентальный. Qish — yumshoq. Yanvarda oʻrtacha harorat +0,2°, Past daraja —25,8 °. Uzoq qor yogʻish davomiy emas. Baʼzi qishning kunlari kun issiq boʻladi. Yoz issiq. Iyulda oʻrtacha harorat +27,4°, Baland harorat +45,2°. +Iyul oyida issiq shamol kuzatiladi asosan gʻarbiy qismida +Koʻngil ochar joylar. +Kinoteatrlar + +Yozyovon: +Yozyovon — Fargʻona viloyatidagi shaharcha (1974 y.dan). Yozyovon tumani markazi. Yo. nomi yozi yovon, yaʼni yozgi choʻl, tekislik maʼnosini bildiradi. Yo. Fargʻona sh.dan 30 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Margʻilon (22 km). Aholisi 10,9 ming kishi (2000); Umumiy taʼlim maktablari, 1 kollej, 2 litsey, 3 kutubxona, 2 kasalxona, 3 tibbiy punkt, aloqa boʻlimi, muzey, bozor, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, kichik va xususiy korxonalar bor. Qoʻqon, Fargʻona, Namangan shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yoʻllari oʻtgan. + +Qozogʻiston: +Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi () – Oʻrta Osiyoda joylashgan mamlakat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi. Poytaxti – Nur-Sulton shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Nur-Sulton, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qaragʻandi va Aqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi. +Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km, janubda – Turkmaniston – 380 km, Oʻzbekiston – 2 300 km va Qirgʻiziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6 km hosoblanadi. Shuningdek, gʻarbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubda Orol dengizi suvlari yuvib turadi. +Davlat tuzumi. +Qozogʻiston – boshqaruvning prezidentlik shaklidagi unitar davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 30-avgustdagi referendumda qabul qilingan; 1998-yil 7-oktyabrda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2019-yil apreldan Qosim-Joʻmart Toqayev), u umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Majlis), ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. +Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari. +Qozogʻiston agrar partiyasi, 1999-yil yanvarda tuzilgan; Fuqarolik partiyasi, 1998-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston demokratik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Aq jol ("Oq yoʻl") demokratik partiyasi, 2002-yil martda tuzilgan; Qozogʻiston „Aul“ („Qishloq“) sotsial-demokratik partiyasi, 2000-yil yanvarda asos solingan; Xalq kommunistik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Qozogʻiston kommunistik partiyasi, 1991-yil tuzilgan; „Qozogʻistonning demokratik tanlovi“ xalqpartiyasi, 2001-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston vatanparvarlar partiyasi, 2000-yil tashkil etilgan; Respublika „NurOʻtan“ („NurVatan“) siyosiy partiyasi, 1999-yil yanvarda asos solingan; „Ruhoniyat“ partiyasi, 2003-yil aprelda tuzilgan. Qozogʻiston erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1991-yil avgustda tuzilgan; Qozogʻiston mehnat konfederatsiyasi, 2004-yil 2-martda tashkil etilgan, 1990-yil oktyabrda asos solingan. +Tarixi. +Hozirgi Qozogʻiston hududida miloddan avvalgi 4–3-ming yilliklarda (eneolit davri) yaylov chorvachiligi paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida koʻpgina dasht qabilalari yaylov chorvachiligi bilan shugʻullana boshladi. Bu qabilalar, asosan, qoʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan, hunarmandchilik va qisman dehqonchilik ham qilgan. Miloddan avvalgi 3–1-asrarda hozirgi Qozogʻiston hududida Qangʻ davlati vujudga keldi. Milodiy 6-asr oʻrtalarida Turk xoqonligi, 8-asr boshlarida Ili va Chu daryolari oraligʻidagi hudullarda turgashlar, 766-yil qarluqlar davlati tashkil topdi. Turgashlar, keyinchalik Qarluqlar xoqonligida (766–940) hunarmandchilik va savdo markazlari boʻlgan shaharlar (Taroz va boshqa) paydo boʻldi. 8–10-asrlarda Qozogʻiston janubda islom dini tarqaldi. 9–11-asrlarda Qozogʻistonning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy hududlari oʻgʻuzlar davlati tarkibida boʻlgan. 8–11-asrlarda shimoli-sharqiy va markaziy hududlarda qimoqlar va qipchoqlar yashagan (bu katta hudud Dashti Qipchoq deb atalgan). +10-asrning 1-yarmida Yettisuvga sharqiy Turkistondan yagʻmolar bostirib kirdi. Ularning hujumi natijasida Qarluq xoqonligi parchalanib, uning oʻrnida Qoraxoniylar davlati paydo boʻldi. 1219–21 yillarda moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, Chingizxon oʻgʻillari oʻrtasida taqsimlandi. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Qozogʻiston Oltin Oʻrda tarkibida, u parchalangach, Oq Oʻrda va Moʻgʻuliston tarkibida boʻlgan. Amir Temur 1391-yil Toʻxtamishta qarshi yurishi chogʻida Qozogʻistondagi Ulugʻtogʻ (Ulutov)da qarorgoh qurgan va toshtaroshlarga safari haqida xarsang toshga bitik bitishga farmon bergan. Oradan 200 yil oʻtgach, Abdullaxon II ham Dashti Qipchoqqa yurishidan yodgorlik sifatida Ulugʻtogʻda masjid qurdirgan. Katta hududni birlashtirgan Oq Oʻrda 14-aar oxiri – 15-asr boshlarida bir necha mulklarga ajralib ketdi (asosiy hududlarni birlashtirgan Noʻgʻay Oʻrda va Oʻzbek xonligi ularning eng yiriklari boʻlgan). 15-asr oxirida Yettisuvda Qozoq xonligi vujudga keldi. 16-asr boshlarida qozoq elatining uzoq davom etgan shakllanishi nihoyasiga yetdi. Qosimxon davri (1511 – 23)da Qozoq xonligi mustahkamlanib, chegarasi kengaidi, aholi soni ortdi. 16-asr oʻrtalarida Noʻgʻay Oʻrdasi, keyinroq Moʻgʻuliston va Sibir xonliklari parchalanib ketdi. Qozoq xonligi juzlarga boʻlinib, Katta juz (Yettisuv), Oʻrta juz (Markaziy Qozogʻiston) va Kichik juz (Gʻarbiy Qozogʻiston) deb atala boshladi. 17-asrda juzlar hududlarida mustaqil xonliklar paydo boʻldi. 18-asr boshlarida Qozogʻistonga Jungʻariya xonligi xavf solib turdi (1729-yil jungʻarlar Katta juzning talay yerlarini bosib oldi). 1726-yil Abulxayrxon Kichik juz oqsoqollari nomidan Rossiya podshosiga fuqarolikka olishni iltimos qilib murojaat qildi. 1731-yil Kichik juz Rossiya tarkibiga kira boshladi. 1731–40 yillarda Oʻrta juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. 18-asr oʻrtalarida qozoq sultonlari orasida nizo kuchayib, pirovardida Abulxayrxon oʻldirildi (1748). Uning oʻgʻli Nurali kichik juz xoni boʻlib, podsho maʼmuriyatiga tayandi va oʻz hokimiyatini Oʻrta juzning bir qismiga, shuningdek, Xivaga ham yoyishga urindi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jungʻarlarning Xitoydan magʻlubiyatga uchrashi (1758) natijasida hududining katta qismi jungʻarlar hokimiyati ostida boʻlgan Katta juzda manjurlar hukmronligi oʻrnatilishi xavfi paydo boʻldi. Qozogʻistonning janubiy hududlari, jumladan, Chimkent ham Qoʻqon xonligi tarkibiga kirdi. 19-asr boshlarida Oʻrta juz xonlari Buke (1815), Vali (1819) vafotidan soʻng podsho hukumati xon hokimiyatini tugatib, 1822-yildan yangicha boshqarish tizimini joriy etdi. 1824-yil Kichik juzda ham xon hokimiyati tugatildi; urugʻ oqsoqollari hokimiyatini cheklaydigan hududiy boshqaruvga oʻtildi. Dasht yerlarning janubiy hududlari Qoʻqon va Xiva xonliklari tarkibida qoldi. 1853-yil Orenburg va Samara general-gubernatori V.A.Perovskiy Qoʻqon xonligiga qarashli Oqmachit qalʼasini ishgʻol qilib, uni tayanch punktga aylantirdi. 1854-yil Verniy istehkomi (hozirgi Olmaota) qurildi. +Rossiyaning taʼsiri kuchayib borayotganligidan xavfsiragan Qoʻqon xoni Xudoyorxon 1860-yilning kuzida ruslarning Verniy istehkomini bosib olish uchun 20 ming askar yubordi. Oʻsha yilning oktyabrda rus qoʻshinlari qozoq otryadlarining yordamida Uzunogʻoch darasida Qoʻqon xoni askarlarini magʻlubiyatga uchratdi. Natijada Yettisuvning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. 19-asrning 60-yillarida qozoq yerlarining Rossiyaga qoʻshib olinishi tugallandi. Podsho hukumati oʻlkada maʼmuriy islohotlar oʻtkazdi. 1867-yil turkiston general-gubernatorligi tarkibida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari, 1868-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Ural va Toʻrgʻay viloyatlari, Gʻarbiy Sibir (keyinchalik Dasht) general-gubernatorligi" tarkibida Akmolinsk va Semipalatinsk viloyatlari tashkil etildi. Viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar volostlarga, volostlar ovullarga boʻlindi. Barcha yerlar davlat mulki deb eʼlon qilindi. 1867–68 yillardagi islohotlar qozoq jamoalarining barcha tabaqalarida norozilik tugʻdirdi. Natijada mustamlakachilik zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. U shafqatsiz bostirildi. Qozogʻiston Rossiya sanoati uchun oʻz tovarlarini sotish bozori va xom ashyo bazasi boʻlib qoldi. +Birinchi jahon urushi yillari (1914–18)da qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va chorva mollarini ommaviy ravishda tortib olish, soliqlarning koʻpayishi, qimmatchilik, qozoq aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi (1916) aholi orasida gʻalayonlarning avj olishiga sabab boʻldi. 1916-yilga kelib gʻalayonlar Qozogʻistonning butun hududini qamrab olgan milliy ozodlik harakatiga aylandi. Ayniqsa, bu harakat Toʻrgʻay viloyatida uzoq davom etib, unga xalq qahramoni Omongeldi Imonov rahbarlik qildi. 1917-yil noyabr – 1918-yil fevraqlda Qozogʻistonda sovet hokimiyati oʻrnatildi. Qozogʻistoning Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari 1918-yil aprelda tashkil etilgan Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi. 1920-yil 26-avgustda RSFSR tarkibida Qirgʻiziston (Qozogʻiston) ASSR tuzildi. 1920-yil 4–12 oktyabrda Orenburgda boʻlib oʻtgan Qozogʻiston Sovetlarining taʼsis sʼyezdi RSFSR tarkibida Qozogʻiston ASSR tuzilganligini eʼlon qildi. 1936-yil Qozogʻiston ASSR SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990-yil 25-oktyabrda davlat suvereniteti toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi. 1990-yil 10-dekabrda Respublikasi deb nomlandi. 1991-yil 16-dekabrda respublika Oliy Kengashi davlat mustaqilligi toʻgʻrisida qonun qabul qildi. 1991-yil 21-oktyabrda MDH tarkibiga kirdi. Qozogʻiston – 1992-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 23-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 16-dekabr – Mustaqillik kuni (1991). +Tabiati. +Qozogʻistonning hududi gʻarbda Volga daryosi quyi oqimidan sharqda Oltoygacha va shimolda Gʻarbiy Sibir tekisligidan janubda Tyanshan togʻlarigacha choʻzilgan. Gʻarbda Kaspiy boʻyi pasttekisligi va Mangʻishloq yarim oroli bor; bu yerda dengiz sathidan past botiqlar (mas, Qoragiyo – 132 m) uchraydi. Mangʻishloqdan sharqda Ustyurt platosi (balandligi 340 m gacha) joylashgan. Kaspiyboʻyi pasttekisligi shimoli-sharqda Ural togʻlarining janubiy tarmoqlari va Mugʻojar togʻi bilan chegaralangan. Mugʻojar togʻidan shimoli-sharqda Toʻrgʻay platosi bor. U janubda Turon pasttekisligi (Qizilqum choʻli)ga tutashib ketadi. Orol dengizidan shimolda Katta va Kichik Boʻrsiq qumli choʻllari va Orolboʻyi Qoraqumi joylashgan. Qozogʻistonning markaziy qismini Qozogʻiston past togʻlari (Sariorqa) egallagan. Bu yerda Qizilray (1565 m), Qarqarali (1366 m), Ulugʻtov (1133 m) kabi alohida togʻ massivlari bor. Qozogʻiston past togʻlaridan janubda Betpaqdala choʻli, undan janubda Moʻyinqum choʻli joylashgan. Betpaqdaladan sharqda katta maydonni egallagan Yettisuv hududi mavjud. Qozogʻistonning sharqi va janubi-sharqida Oltoy togʻlarining janubiy tarmoqlari, shuningdek, Saura, Tarbagʻatay, Jungʻariya Olatovi tizmalari, Shimoliy va Gʻarbiy Tyanshanning ayrim tizmalari joylashgan. +Qozogʻistonda foydali qazilmalardan Mugʻojar togʻi tokembriy va paleozoy burmali va metamorfozlashgan qatlamlari orasida mis kolchedani, Toʻrgʻay bukilmasi zaminida magnetit rudalari (Sokolov, Sarbay va boshqa) hamda qoʻngʻir temirtosh (Qoʻstanay viloyati), qoʻngʻir koʻmir, boksit uchraydi. Qozogʻistonning burmali paleozoy zaminida rudali va noruda foydali qazilmalar (mis, polimetall va boshqalar)ning yirik konlari bor. Shuningdek, toshkoʻmir (Qaraganda, Ekibastuz) va qoʻngʻir koʻmir (Maykuba) konlari mavjud. Mugʻojar togʻining vulkanogen jinslarida xromit, nikel, kobalt, oltin, asbest bor. Qozogʻiston hududida qoʻrgʻoshin, rux, molibden, volfram, fosforit. barit, kadmiy, vismut, profillit, neft, gaz, yonuvchi slanets, marganets, titan, vannadiy, temir, alyuminiy, qalay rudalari, oltingugurt, mirabilit, flyuorit ham bor. +Iqlimi. +Iqlimi keskin kontinental. Qish shimolda sovuq, markazi va janubda moʻtadil sovuq, chekka janubda yumshoq. Yanvarda oʻrtacha harorat shimolda –18 °C, tekislik qismining janubda – 3 °C. Shimoliy va markaziy rayonlarda qishda – 45 °C gacha, janubdada – 35 °C gacha sovuq boʻladi. Yozi shimolda iliq, janubda issiq. Iyulda oʻrtacha harorat shimolda 19 °C, janubda 28–30 °C. Yillik yogʻin dasht va oʻrmonli dashtlarda 250– 400 mm, choʻl va chala choʻlda 100–200 mm. Balxashboʻyi, Orolboʻyi Qizilqumi va Ustyurt janublarida 100 mm dan kam. Togʻ oldi va togʻlarda yillik yogʻin 400– 1600 mm. Janubidagi togʻlarda muzliklar boʻlib, ularning soni 2700 dan ziyod, umumiy maydoni 2000 km2 chamasida. +Ichki suvlari. +Qozogʻistonda 85 mingdan ziyod daryo va soy boʻlib, shundan 328 tasining uzunligi 100 km dan ortiq. Daryolarining aksariyati ichki berk havzalar (Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash koʻli va boshqalar)ga oqadi. Tekisliklardan oquvchi daryolarning koʻpi yozda qurib qoladi. Togʻ daryolari sersuv va gidroenergiyaga boy. Asosiy daryolari – Irtish, Ural, Chu, Ili, Sirdaryo. Chordara, Buxtarma, Qopchigʻay va boshqa suv omborlari bor. +Qozogʻistonda 48,3 mingga yaqin koʻl bor; ularning umumiy maydoni 45 ming km2 dan ortiq. Yirik koʻllari: Balxash, Zaysan, Olakoʻl, Tengiz, Sassiqkoʻl, Marqakoʻl va boshqalar. +Orol dengizining ekologik ahvoli. +Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 – 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100–150 kub km, suv sathi maydoni – 4000 kv, km ni tashkil etgan. +Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suʻorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000-yilga borib 180–200 gGʻl koʻtariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 – 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiy ustyurt va Amudaryo daryosi kabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni – 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100–150 mln. tonnagacha chang – tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang – tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang – tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1 marta 1875-yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang – toʻzon uzunligi – 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 – 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang – tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKRning suʻoriladigan maydonlari chang – tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 imng ga Yaylovlarni egallabbormoqda. gʻoʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori oqimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand, Qiziloʻrda) II turkumda erlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35–70 % tashkil etadi. Tuproqlarning shoʻrlanishi hisobiga kishlk xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda – 30 %, Turkmanistonda 40 %, Qozogʻistonda – 33 %, Tojikistonda – 1990 Qirgʻizistonda – 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo qirgʻoklarini pasayish natijasida daryolarning kuyi qismida suv toshqinlarini aqmaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida toʻqay oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan oʻtloqi – botqoqli tuproqlar unumsiz oʻtloq taqir choʻl, qumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol boʻyining sanitar – epidemiologik ahvoli nixoyatda ogʻir aholi markazlashtirilgan suv bilan taʼminlash 29–67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiq suv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga qaraganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va qurib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir. Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz xozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan erdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha erdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „etmayapti“. Buni kiska kilib shunday taʼriflash mumkinki, Oʻrta Osiyo mamlakatlarida qurgʻoqchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni echish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlaga +Jahon banki Qozogʻistonga Orol dengizining shimoliy qismini saqlab qolishga yordam bermoqda. +Orol dengizining ahvoli 2000-yilga kelib, ayniqsa, achinarli boʻlib qoldi. Qachonlardir kattaligi jihatdan dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallagan bu dengiz oʻtgan asrning oltmishinchi yillaridan beri tinimsiz quriy boshladi. Amudaryo va Sirdaryo suvlari dengizga bormay, sovet davrida bunyod boʻlgan irrigatsion loyihalarga oqizilishi natijasida, shu bugunga kelib dengizning chorak qismi qoldi, xolos. Oqibatda ekologik halokat va mahalliy aholining ommaviy kasalliklarga chalinishlari yuzaga keldi. Ulkan koʻl qurib borgani sari bu erlarda qishlar yanada qahraton, yozlar esa yanada jazirama va qurgʻoqchil boʻlib ketdi. Ammo Orol dengizining Qozogʻiston hududida joylashgan shimoliy qismi bugunga kelib qayta jonlana boshlagan. Shoʻr koʻlning bu qismini suvga toʻldirish imkoniyati Qozogʻiston hukumati Jahon banki tomonidan ajratilgan 85 million dollar kreditdan foydalanib, uzunligi yigirma kilometr boʻlgan Koʻkorol toʻgʻonini qurganidan keyin mumkin boʻlib qoldi. +Natijada dengiz janubiy qismining qurishi davom etmoqda, ammo shimoliy qismining qurishi toʻxtadi. Qozogʻiston hukumatining rasmiy maʼlumotlariga qaraganda, sobiq Orol dengizi shimoliy qismining 40 foizini qayta tiklashga erishildi. Joriy yilning aprel oyi boshlarida Qozogʻiston hukumati dengizda ikkinchi toʻgʻon qurilishi uchun Jahon banki qoʻshimcha 126 million dollar kredit ajratib berayotganini eʼlon qildi. Orol dengizining Qozogʻiston qismi qayta hayotga kelayotgan bir paytda, Oʻzbekistonda dengiz sohillari tobora uzoqlashib bormoqda. Bu sahifada 2005–2007-yil aprel oylarida Orol dengizi holati boʻyicha fotosuratlarini solishtirib koʻrish mumkin. +Tuproqlari. +Tuproqlari shimolda 52° shahrik.gacha qoratuproq, 52–48° shahrik.lar orasida kashtan tuproq, undan janubda qoʻngʻir va boʻzqoʻngʻir choʻl tuproqlari bilan birga qumli va taqir tuproqlar, togʻlarda togʻ qoʻngʻir, togʻ kashtan, qora tuproq, boʻz oʻrmon va togʻ-oʻtloqi qoramtir tuproqlar tarqalgan. Togʻ tepalarida togʻ-oʻtloqi subalp va alp tuproqlar mintaqasi joylashgan. +Oʻsimliklari. +Qozogʻistonda oʻsimliklarning 15 ming turi bor. Tekislik qismi oʻsimlik qoplamining xarakteriga qarab 3 asosiy zonaga: dasht, chala choʻl va choʻl zonalariga boʻlinadi. Dasht zonasida har xil boshoqli oʻsimliklar oʻsadi, shimolroqda qayinzorlar uchraydi. Chala choʻl zonasida shuvoq-boshoqli oʻsimliklar koʻproq. Choʻl zonasi eng katta maydonni egallagan. Qizilqum choʻlida qora saksovulzorlar bor. Yirik daryo vodiylarida toʻqay oʻrmonlari (jiyda, turangʻil, tol, chingʻil) oʻsadi, daryo va koʻl boʻylari qamishzor. Togʻ etagi tekisliklari va togʻ oldilarida efemer va efemeroidlar. togʻ yon bagʻirlarida butalar (naʼmatak, zirk va boshqalar), yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi. Togʻlarning oʻrta mintaqasi igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻ tepalari subalp va alp oʻtloklaridan iborat. +Hayvonot dunyosi. +Hayvonot dunyosida sut emizuvchilarning 180 turi, qushlarning 500 turi, sudralib yuruvchilarning 52 turi, suvda va quruqda yashovchilarning 12 turi, baliqlarning 104 turi yashaydi. Umurtqasiz hayvonlar koʻp. Kemiruvchilar, asosan, choʻl va dasht yerlarda tarqalgan. Choʻl va chala choʻllarda saygʻoq, jayran, togʻlarda maral, togʻ takasi, arxar, yovvoyi choʻchqa, yirtqichlardan boʻri, tulki, boʻrsiq, togʻ oʻrmonlarida qoʻngʻir ayiq, qor qoploni, silovsin, rosomaxa, kolonok, tiyin va boshqalar yashaydi. Suv parrandalaridan yovvoyi gʻoz, oʻrdak, Tengiz koʻlida qizil gʻoz, qamishzorlarda laylak, birqozon, turna, dashtda burgut va hakozolar bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Oqsuv-Jabalgʻa, Olmaota, Borsakelmas, Qurgʻalja, Marqakoʻl, Naurzum qoʻriqxonalari, Bayanovul milliy bogʻi bor. Qozoqlar juda iflos bo'ladi ba'zilari +Aholisi. +Qozogʻistonda 131 millat va elat istiqomat qiladi. Qozogʻistonning aholisi 16 815 000 kishi. Jahonda 62-oʻrinda. Markaziy Osiyo davlaridan 2-oʻrinda (Oʻzbekistondan keyin). Qozogʻiston koʻp millatli davlat hisoblanadi. Aholi zichligi 1 km2 ga 6 kishidan toʻgʻri keladi. Aholi zichligi boʻyicha jahonda 184-oʻrinda. Katta songa ega aholining etnik tarkibi (2012) +Dini. +Qozogʻistonda 75 % musulmonlar (etnik musulmonlar bilan hisoblaganda), 25 % masihiylik. +Davlatda din erkinligi mavjud yani dinga chek qoʻyilmagan. Biroq diniy erkinlikni cheklaydigan qonunlar ham mavjud. +Hududiy boʻlinishi. +Qozogʻiston 14 ta viloyatdan va 3 ta respublika ahamiyatiga ega shaharlardan iborat. 1-aprel 2013-yilga koʻra viloyat aholisining soni. +Xoʻjaligi. +Qozogʻiston – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 23 %, savdo va umumiy ovqatlanish 18 %, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi 12,7 %, transport va aloqa 11,8 % ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi 167 milliard dollar (2018 y) va bu borada Markaziy Osiyodagi mutloq yetakchi davlat. +Sanoati. +Sanoatida yonilgʻi-energetika, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat, mashinasozlik va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil, qurilish materiallari sanoati yetakchi tarmoqlardir. Qora metallurgiya sanoati markazlari Temirtov, Aqtoʻbe, Qaragʻandi, Oqsuv shaharlari. Rangli metallurgiya sanoati mis (Balxash va Jezqazgʻan kon-metallurgiya kombinatlari), qoʻrgʻoshin-rux (Oʻstkemen, Chimkent), alyuminiy (Pavlodar) sanoatini oʻz ichiga oladi; titan-magniy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (temirpress uskunalari, stanok, ekskavator, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish) korxonalari Qaragʻanda, Olmota, Nursulton, Pavlodar, Oʻstkemen shaharlarida joylashgan. Kimyo sanoati korxonalari mineral oʻgʻit, fosfor, plastmassa, sintetik kauchuk, kimyoviy tola va boshqalar ishlab chiqaradi (Qoratov, Chimkent, Taraz, Atirau). Atirau, Pavlodar shahalarida neftni qayta ishlash zavodlari bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, ohak, gʻisht, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish, yengil sanoatning koʻn-poyabzal, terimoʻyna, jun, trikotaj, ip-gazlama ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat sanoatida goʻsht, yogʻ, qand-shakar va konserva ishlab chiqariladi. Toshkoʻmir (Ekibastuz, Qaragʻanda havzalari), neft va tabiiy gaz (Mangʻishloq yarim oroli), temir rudasi (Sokolov-Sarbay koni), polimetall, mis, uran, xrom, qoʻrgʻoshin, nikel rudalari, rux, vismut, kadmiy, molibden, boksit qazib olinadi. yiliga oʻrtacha 58,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi – I (85,7 % issiqlik elektr stansiyalarida). Irtish (Oʻstkemen, Buxtarma), Sirdaryo (Chordara), Ili (Qopchigʻay) daryolarida yirik GESlar bor. +Qishloq xoʻjaligi. +Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining 44 % dan foydalaniladi; uning 19 % haydaladi, 1 % ga yaqini sugʻoriladi. 1954–60 yillarda qoʻriq va boʻz yerlarning oʻzlashtirilishi natijasida Qozogʻiston gʻalla yetishtiruvchi yirik respublikaga aylandi. Lalmi va sugʻoriladigan yerlarda gʻallachilik bilan birga goʻshtjun qoʻychiligi va goʻsht-sut chorvachiligi ham rivojlangan. Gʻallachilikda, asosan, bugʻdoy yetishtiriladi. Shuningdek, paxta, kungaboqar, zigʻir, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik, polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, uy parrandasi, tuya va yilqi boqiladi. +Eskport va import. +Qozogʻiston chetga avtomobillar, turli harbiy tehnikalar, lokomotivlar, neft va tabiiy gaz, qora metall, mis, gʻalla, koʻmir, oziq-ovqat va boshqa turli hil yuqori sifatli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan sanoat mollari, mashina va jihozlar oladi. Tashqi savdoda Italiya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, BAA, Rossiya, Ukraina, Qirgʻiziston, Germaniya, Xitoy bilan faol hamkorlik qiladi. Pul birligi – tenge. Qozog'iston Markaziy Osiyodagi iqtisodi eng kuchli davlat. +Transporti. +Transportida temir yoʻllar uzunligi 13,5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 87,4 ming km. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash, Irtish, Ural, Sirdaryo daryolarida kema qatnaydi. Truboprovod transporti rivojlangan. „Air Kazakhstan“ havo yoʻllari kompaniyasi mavjud. +Tibbiy xizmati. +2005-yil Qozogʻistonda 50,6 ming vrach (10 ming aholiga 33,9 vrach), 104,4 ming oʻrta tibbiyot xodimi (10 ming aholiga 74,1 oʻrta tibbiyot xodimi) ishladi. Vrachlar mamlakatdagi ixtisoslashtirilgan 6 oliy oʻquv yurtida tayyorlanadi. Qozogʻiston hududida „Borovoye“, „Olma-Arasan“, „Sariogʻoch“ kurortlari, Olatov, Bayanovul, KapalArasan, Moʻyaldi, Yangiqoʻrgʻon kurort joylar bor. +Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. +19-asr 2-yarmigacha Qozogʻiston hududida faqat musulmon maktab va madrasalari boʻlgan. 19-asrning 2-yarmidan dunyoviy maktablar, xususan, 1850-yil Orenburg chegara komissiyasi huzurida qozoq bolalari uchun 7 yillik maktab ochildi. 1864-yil Toʻrgʻayda qozoq demokrat-maʼrifatparvar pedagogi N.Oltinsarin tashabbusi bilan qozoq maktabi va uning qoshida internat tashkil etildi. 1879–89 yillarda Qozogʻistonning turli uyezdlarida 2 sinfli rus-qozoq maktablari, 1888-yil Orskda muallimlar maktabi ochildi. 1929-yil lotin alifbosi asosida qozoq yozuvi yaratildi. 1940-yil rus alifbosi asosidagi yozuvga oʻtildi. 1992-yildan taʼlim tizimida islohotlar amalga oshirildi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari kabi oʻrta maʼlumot beradigan litsey, gimnaziya, hunar-texnika maktablari, kollejlar paydo boʻldi. 2003-yil respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey, litsey va gimnaziya sinflari boʻlgan 289 maktab, iqtidorli bolalar uchun moʻljallangan 30 maktab ishladi. 312 hunar-texnika maktabida 89 mingdan ziyod, 382 kollejda 207 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqidi. Qozogʻistonda birinchi oliy oʻquv yurti – Qozogʻiston pedagogika instituti 1928-yil Olmota shahrida ochilgan. 2005-yil Qozogʻistonda 43 davlat oliy oʻquv yurti ishladi. Yiriklari: Qozoq milliy universiteti, Yevrosiyo milliy universitetiti, Qozogʻiston milliy agrar universiteti, Qozogʻiston milliy texnika universiteti, Qozogʻiston milliy konservatoriyasi, Qaraganda universiteti, Olmaota texnologiya universiteti va boshqalar Qozogʻistonda ilmiy tadqiqotlar Qozogʻiston Respublikasi milliy fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institut va muassasalarida, mamlakat oliy oʻquv yurtlari hamda turli vazirlik, muassasalar ixtiyoridagi soha ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. Qozogʻistonda bir qancha kutubxona (eng yirigi Qozogʻiston Respublikasi milliy kutubxonasi), klub muassasasi, 12 muzey (yiriklari: Qozogʻiston Respublikasi davlat muzeyi, Sanʼat muzeyi, Muxtor Avezov uy muzeyi, Abay Qunonboyev memorial muzeyi va boshqalar) bor. +Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. +Qozogʻistonda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Aqiqat“ („Haqiqat“, qozoq tilidagi oylik jurnali, 1921-yildan), „Atameken“ („Vatan“, qozoq tilidagi gazeta, 1991-yildan), „Vechernyaya Astana“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gazetasi, 1991-yildan), „Jas alash“ („Yosh millat“, qozoq tilidagi kundalik gazeta, 1921-yildan), „Juldiz“ („Yulduz“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1922-yildan), „Qazaqstan ayelderi“ („Qozogʻiston xotin-qizlari“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1925-yildan), „Kazaxstanskaya pravda“ („Qozogʻiston haqiqati“, rus tilidagi kundalik gazeta, 1920-yildan), „Narodnoye xozyaystva Kazaxstana“ („Qozogʻiston xalq xoʻjaligi“, rus tilidagi oylik jurnal, 1926-yildan), „Prostor“ („Kenglik“, rus tilidagi oylik jurnal, 1933-yildan), „Qazaqstannin aul sharuashilngʻi“ („Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1936-yildan), „Ara“ („Ari“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1956-yildan). „Qozogʻiston axborot agentligi“ milliy kompaniyasi, ochiq aksiyadorlik jamiyati, 1921-yil tashkil etilgan. „Xabar“ agentligi, aksiyadorlik jamiyati, 1996-yil tuzilgan. „Qozogʻiston“ respublika teleradiokorporatsiyasi, Qozogʻiston radiosi (1920-yildan faoliyat koʻrsatadi) va „Qozogʻiston“ milliy telekanali (1958-yildan faoliyat yuritadi)ni birlashtiradi. „Xabar“ teleradiokompaniyasi, 1995-yilda tashkil etilgan. Qozogʻistonda radioeshittirishlar 1921-yildan, telekoʻrsatuvlar 1958-yildan boshlangan. +Adabiyoti. +Qozoq xalqi adabiyoti xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, ertak, maqol va matal, qahramonlik va lirik-epik dostonlar) dan boshlanadi. „Er Targʻin“, „Qambar batir“ va boshqa qadimgi dostonlarda xalq ozodligi, erki va mustaqilligi yoʻlida kurashgan xalq qahramonlari madh etiladi. „Qiz Jibek“, „Bayan Suluv“, „Ayman-sholpan“ dostonlarida qozoq xalqining erksevarligi kuylanadi. Xalq ertaklarining Aldar koʻsa, Jirenshi, Tazsha, Ayozbi kabi qahramonlarning sarguzashtlari aks ettirilgan ertaklar keng tarqalgan. 15-asrda Asan Kaygʻi, Sipira, Qaztugʻan, 16-asrda Doʻstpambet, Shalkiiz, 17-asrda Jiyembet, Margʻaska Jirov, Aqtamberdi, 18-asrda Tetiqora, Buqar kabi jirovlar oʻz dostonlari bilan mashhur boʻldilar. 18–19-asrlarda qozoq madaniyati, jumladan, qozoq adabiyoti taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Janaq Sogʻindiq oʻgʻli, Shoʻji Qarja-ubay oʻgʻli, Suyunbay Aron oʻgʻli, Shortanboy Qanay oʻgʻli, Murat Moʻnke oʻgʻli, Abubakir Shoʻqon oʻgʻli va boshqalar taraqqiyparvar xalq oqinlarining asarlari paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalarida B. Qoʻjagulov, A.Naymanboyev kabi oqinlar, shoira T.Tansanbekova, Jambul Jabayev va boshqalarning asarlari ommalashdi. Bu davrda etnograf va folklorshunos Ch.Valixonov adabiyotda maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yoydi. 19-asr 2-yarmida tanqidiy realizm adabiyoti – qozoq yozma badiiy adabiyot rivojlandi. Uning asoschisi, shuningdek, milliy adabiy tilning yaratuvchisi Abay Qoʻnonboyev boʻldi. I.Oltinsarin maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yaratdi va rus grafikasi asosida qozoq alfavitini ishlab chiqdi. 20-asrda yozuvchilardan S.Kubayev, S.Toʻraygʻirov, S.Dunentayev, M.Seralin, B.Kuleyev, B.Utetileuov, T.Iztileuov, Gʻ.Qarash, N.Ormanbot oʻgʻli, T.Joʻmartboyev va boshqa maʼrifatchidemokratlarning realistik anʼanalarini davom ettirdilar. 20-asrning 20-yillarida qozoq adabiyotida Saken Sayfullin yetakchi oʻrin egalladi. Bu davrda sheʼriyat (Jambul jabayev, N.Bayganin, N.Bayzakov, T.Jarokov, A.Tojiboyev, Gʻ.Oʻrmonov. A.Toqmagʻambetov va boshqalar) va nasr (M.Avezov, S.Muqonov, Gʻ.Musrepov, Gʻ.Mustafin va boshqalar) rivojlandi. 1930-yillarda qozoq adabiyotida mavzu kengaydi (S.Sayfullin, B.Maylin, AAbishev, I. Jonsugʻurov, Sh.Husainov asarlari). Ikkinchi jahon urushi yillari (1939–45)da qozoq adabiyotida qozoq xalqining jang maydonidagi qahramonligi va mamlakat ichkarisidagi mehnat jasoratini aks ettiruvchi asarlar maydonga keldi. S.Muqonov, A.Toqmagʻambetov, T.Jarokov, Gʻ.Oʻrmonov, K.Abdiqodirov, X.Bekxojin, J.Moʻldagʻaliyev, X.Ergʻaliyev kabi shoirlar, Gʻ.Mustafin, A.Nurpeisov, M.Avezov, A.Abishev va boshqa adiblarning vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan asarlari yaratildi. Urushdan keyingi yillarda ham vatanparvarlik mavzui davom ettirildi va bu davrda M.Avezov, Gʻ.Musrepov, A.Nurpeisov, T.Jarokov, G.Kairbekov, A.Tojiboyev, Gʻ. Oʻrmonov, Sh.Husainov, S.Muqonov va boshqa samarali ijod qildilar. 1948-yil S.Muqonovning „Sirdaryo“, 1953-yil „Hayot maktabi“, 1953-yil Gʻ.Musrepovning „Uygʻongan oʻlka“, 1952-yil Gʻ.Mustafinning „Qaragʻanda“ romanlari yaratildi. 1956-yil M.Avezov „Abayning yoʻli“ tetralogiyasini yozib tugatdi (1-kitobi 1942-yilda nashr etilgan). 1960-yillarda adabiyotga X.Yesenjakov, I. Yesenberlin, A.Olimjonov, T.Axtanov, Sh.Murtazayev, A.Nurshaixov, M.Sundetov, A.Kekilbayev, S.Sanbayev. S.Muratbekov, S.Junusov kabi yozuvchilar, J.Muldagaliyev, S.Mavlenov, Oʻ.Sulaymonov, K.Mirzaliyev, T.Muldagaliyev, S.Jiyenboyev, M.Makatayev, J.Najmiddinov kabi shoirlar kirib keldi. 1960–90 yillarda I.Yesenberlin. Sh. Murtozayev, A.Kekilboyev, A.Olimjonov. S.Junusov, S.Smatayevlarning tarixiy romanlari paydo boʻldi. +Meʼmorligi. +Qozogʻiston hududida yashagan qabilalarning jez davridagi turar joy qoldiqlari (qarang Andronovo madaniyati), mozorqoʻrgʻonlar va hokazo saqlangan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va mil. dastlabki asrlarda Qozogʻiston hududida yashagan qabilalar koʻchma kigiz oʻtov uylar bilan birga paxsa, xom gʻishtdan ham uylar qurgan. Oʻrta asrlarda shaharlar (11-asrdan Sayram), Taraz va boshqalar barpo etildi, qalʼa va qoʻrgonlar qurildi. 8-asrdan hozirgi Qozogʻistonning janubiy qismida islom dini tarqalishi munosabati bilan masjid, madrasa kabi yangi tipdagi binolar, sardoba, hammom, karvonsaroy, konussimon maqbaralar qurildi. 10-asrdan memorial inshootlar (Taroz shahri yaqinidagi Babaji xotin maqbarasi, Oyshabibi maqbarasi) barpo etildi. 13-asr 2-yarmidan shaharlar (Sigʻnoq. Taroz, Sayram va boshqalar) qayta tiklandi. 14–16-asrlarda shaharlar qurish avj oldi, monumental binolar (Qaragʻandi viloyatidagi Alasha xon maqbarasi, 13-asr 2-yarmi; Turkiston shahridagi Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi – Yassaviy majmuasi, 14-asr oxiri – 15-asr boshi) bunyod etildi. 17–18-asrlarla Qozogʻiston hududi chegarasi boʻylab harbiy istehkomlar – Yoyiq shaharchasi (Uralsk), Guryev, Orsk. Semipalatinsk, Orenburg qalʼalari qurildi. 19-asrda eklektika ruhida qalʼa, maʼmuriy va savdo inshootlari, maqbaralar qurildi. 1920-yillarda turar joy va jamoat binolari meʼmorligida milliy anʼanaviy meʼmorlik unsurlaridan foydalanildi. Balxash, Qaragʻandi, Jezqazgʻan kabi yangi shaharlar barpo etildi. 1920–30 yillardagi meʼmorlikda konstruktivizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. 1950-yillarning 2-yarmidan qurilish ishlari keng koʻlamda davom ettirildi (Olmaotada Hukumat uyi). 1960–70 yillarda koʻp qavatli turar joy binolarining qavati soni oshirildi, yangi meʼmoriy shakllar {"Medeo" sport majmui, 1951, 1971–72 yillarda rekonstruksiya qilingan, meʼmorlar V.Katsev, A.Qaynarboyev va boshqalar; Shevchenko (hozirzi Aqtau) shahrining meʼmoriy majmuasi; Olmaotadagi „Qozogʻiston“ mehmonxonasi, 1978, meʼmorlar Yu.Ratushniy, L.Uxobotov] yaratildi. 1935-yil Qozogʻiston Meʼmorlar uyushmasi tuzilgan. +Tasviriy sanʼati. +Qozogʻiston hududida eng qadimgi tasviriy sanʼat yodgorliklaridan paleolit davrida hayvonlarning qoyaga ishlangan rasmlari (Qoratov va Xontovda) va neolit davriga mansub gʻor rasmlari (Pavlodar viloyatidagi jasiboy gʻorida) topilgan. Jez davridan Andronovo madaniyatiga mansub yodgorliklar: hayvon (bugʻu, echki va boshqalar) haykalchalari, ov manzaralarining qoyaga ishlangan tasvirlari (Olmaota viloyatidagi Tamgʻalidara rasmlari) saqlangan, sopol idishlar topilgan. Qozogʻistonning oʻrta asrlarga mansub tasviriy sanʼati namunalaridan erkak, ayol va hayvonlarning tosh haykalchalari, ayollarning bronza haykalchalari saqlangan. Oʻsha davr amaliy bezak sanʼati yodgorliklaridan oʻyma, qolipaki naqsh bilan bezatilgan sirsiz va sirlangan sopol idishlar, charm, metall buyumlar maʼlum. +19-asrda qozoqlar hayoti aks ettirilgan tasviriy sanʼat asarlari yaratila boshladi (Ch.Valixonov, T.G.Shevchenkoning rasm va akvarellari, V.V.Vereshchagin rasmlari). 20-asrning 20–30-yillarida milliy rassom va grafiklar (A.Toshboyev, H. va Q.Xojikov va boshqalar) yetishib chiqdi. 40–50-yillarda tasviriy sanʼatning barcha turlari, jumladan, rangtasvir sanʼati rivojlandi (A.Ismoilov, A.Kasteyev, A.Cherkas-skiy, M.Lizogub). 1960–70-yillarda M.S.Kenboyev, K.T. Teljonov, K.M.Shayahmetov, S.A.Aytboyev, S.Mambeyev kabi rassomlar, X.I.Navroʻzboyev, B.A.Tulekov, T.S.Doʻstmahambetov kabi haykaltaroshlar, R.Saxi, Ye.Sidorkin kabi grafiklar, L.Xojikova, R.Sansenbin kabi amaliy-bezak sanʼati ustalari va boshqalar yetishib chiqsi. 1940-yil Q.Rassomlar uyushmasi tuzilgan. +Musiqasi. +Musiqasi qozoq oila va aymoqlarining tarixan qaror topgan turmush tarzi (asosan, yarim koʻchmanchi chorvachilik va dehqonchilik), dunyoqarash va eʼtiqodlari (shomonlik, tangrichilik va boshqalar) asosida rivoj topgan. Anʼanaviy musiqa amaliyotida qozoq baqsi (shomon-baxshi), termeshi, olenshi, jirov, oqin, kuyshi, 18-asrdan sal-sere (sayyor ijodiy guruhlari tashkil etgan professional sozanda, xonanda)larning ijodi alohida oʻrin tutadi. Har bir baqsining oʻzi ijod etgan shaxsiy sarin (kuy)lari ilohiy hisoblangan, odamlar ruhiga afsun-jodu, fol ochish, tabobat va boshqa marosimlar jarayonida katta taʼsir oʻtkazgan. Xalq qoʻshiqlari mavsum va diniy („tasattiq“, „navriz-olen“, „jaramazan“, „sahar-olen“), tabobat (badik, „arbau“), oilaviy marosim qoʻshiqlari („jar-jar“, „sinsu“, „bet oshar“, „tanisu“, „qoshtasu“, „joqtau“ va boshqalar), inson hayoti turkumiga oid „besik jiri“, „tusau kesu“, „jubatu“, „jiirma bes“ va boshqalar, terma, oʻlan, jirlarlyan iborat. Xalq musiqa cholgʻulari orasida baqsi va jirovlarning asosiy cholgʻusi hisoblangan qoʻbiz, choʻponlar hamda professional sozandalar (Sarmalay va boshqalar) tomonidan keng qoʻllanilgan sibizgʻa ommalashgan. Xalqning eng sevimli cholgusi boʻlgan doʻmbira turli mazmundagi (oʻynoqi „akjelen“, falsafiy „tolgʻau“, dramatik „qosbosar“, lirik „qonir“ va boshqa) kuylarni Birjansal, Dauletkerey, Tattimbet, Jayau-Musa, Qurmongʻozi, Dina Nurpeisova kabi sozanda va bastakorlar ijro etgan. qozoqlarda, shuningdek, changqoʻbiz, yaqin oʻtmishda sherter, jetigen (torlichertma), karnay, dovul kabi cholgʻular tarqalgan. +1930-yillarda yangi (koʻp ovozli) musiqa shakl va janrlari rivoj topa boshladi. 1934-yil Qozoq xalq cholgʻulari orkestri (1944-yildan Qurmongʻozi nomida), Qozoq musiqali teatri (1937-yildan opera va balet teatri), 1935-yil Jambul nomidagi Qozoq davlat filarmoniyasi, 1939-yil Qozogʻiston kompozitorlar uyushmasi tashkil topdi. Ye.Brusilovskiy birinchi qozoq operalarini („Qiz-Jibek“, 1934; „Jalbir“, 1935; „Er Targʻin“, 1937), simfonik asarlar („Sari arka“ 3-simfoniyasi, 1944 va boshqalar), kantata („Qozogʻiston“, 1947), V.Velikanov birinchi milliy balet („Kalkaman va Mamir“, 1938)larni yaratishgan. „Joldastar“ (R.Yelebayev), „Qozoq valsi“ (L.Xamidi) kabi ommaviy qoʻshiqlar ijod etilgan. 1944-yil Olmaotada konservatoriya ochildi. Xalq musiqa ijodini oʻrganish va toʻplash ishlarida A.Zatayevichning xizmatlari („Qozoq xalqining 1000 kuylari“, 1925; „Qozoq xalqining 500 kuylari“, 1931) katta. +20-asrning 2-yarmida simfoniya (M.Toʻlaboyev, K.Kujamyarov, G.Jubanova va boshqalar), opera va balet (S.Muhamedjonov, G.Jubanova, Ye.Rahmadiyev, A.Serkebayev va boshqalar), kamer musiqa (Brusilovskiy, Jubanova va boshqalar), qoʻshiq (N.Tlendiyev) va boshqalar janrlar rivoj topdi. Musiqa sanʼati arboblari orasida dirijyorlar Sh.Kajgaliyev, N.Tlendiyev, A.Molodov, F.Mansurov, xonandalar R. Abdullin, K.Bayseitova, A. Dnishev, R.Baglanova, Ye.Serkebayev, B. Tulegenova, B.Doʻsimjonov, doʻbmirachilar K.Jontleutov, R.Omarov, K. Ahmadiyarov, A.Yeskaliyev, B.Karabalina mashhur. Hozir Qozogʻistonda Qozogʻiston davlat filarmoniyasi (1935), Abay nomidagi akademik opera va baletteatri (1934), simfonik orkestr (1937), xor kapellasi (1937), Qozoq konsert birlashmasi (1960), Qozogʻiston televideniyesi kamer orkestri, „Otrar sozi“ folklor-etnografik orkestri (1981), Olmaota konservatoriyasi va Ostona musiqa akademiyasi, 10 dan ortiq musiqa bilim yurti faoliyat koʻrsatmoqda. +Teatri. +Teatr sanʼati unsurlari qadimdan xalq marosimlarida, sayillarda koʻrsatilgan tomoshalarda, masxarabozlik, oqinlarning aytishuvlarida mavjud boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridan Semey, Qoʻstanay, Petropavlovskda havaskorlik truppalari tuzildi. 1922-yil Orenburgda Qozoqxalq maorif instituti huzurida birinchi doimiy teatr toʻgaragi tashkil etildi. 1926-yil Qiziloʻrdada birinchi professional qozoq teatri ochilib, u 1928-yil Olmaotaga koʻchirildi (1961-yildan M.Avezov nomidagi Qozoq drama teatri). 1930-yillarda M.Oqinjonovning „Isatoy va Mahambet“, M.Avezovning „Tungi momaqaldiroq“, Gʻ.Musrepovning „Omongeldi“ pyesalari, shuningdek, S.Sayfullin, B.Maylin, J.Shanin, A.Tojiboyev, Sh.Husainov, A.Abishevlarning zamonaviy mavzudagi pyesalari sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi yillari qozoq teatrlari sahnalarida vatanparvarlik ruhidagi tarixiy, folklor asarlar namoyish etildi. 1940–50-yillar qozoq teatri uchun mahorat oshirish yoʻlida betinim izlanish davri boʻldi, tarixiy va zamonaviy mavzularda Gʻ.Mustafinning „Millioner“, A.Tojiboyevning „Yashnayver, choʻl“, „Mayra“, S.Muqonovning „Choʻqon Valixonov“, M.Avezovning „Yenlik va Kebek“, K.Muhammadjonovning „Telpak tagidagi boʻrivachcha“ asarlari muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. Qozogʻiston teatr sanʼati rivojiga Sh.Aymanov, S.Qojamqulov, Q.Quanishpayev, R.Qoʻychiboyeva, X.Bukeyeva, S.Murodova, S.Maykanova, Ye.Umirzaqov, Q. Badirov, I.Nogʻayboyev, Sh.Jandarbekova, B. Rimova va boshqalar katta hissa qoʻshdilar. +Kinosi. +1928-yil Olmotada „Vostokfilm“ trestining boʻlimi (kinojurnali tayyorlangan, „Turksib“ hujjatli filmi yaratilgan, 1929, rejissor V.Turin), 1934-yil kinoxronika studiyasi tashkil etilgan. 1938-yil „Lenfilm“ kinostudiyasida qozoq aktyorlari ishtirokida „Omongeldi“ badiiy filmi (rejissor M.Levin) yaratildi. 1941-yil oktyabrda Olmota badiiy filmlar studiyasi ishga tushdi, u 1942-yil Qozogʻistonga evakuatsiya qilingan „Mosfilm“, „Lenfilm“ studiyalari bilan birga Birlashgan markaziy kinostudiya nomi bilan ishlay boshladi. 1944-yil „Mosfilm“ va „Lenfilm“ Moskva va Leningradga qaytgach, Olmotada qolgan studiya kinoxronika studiyasi bilan qoʻshildi (1960-yildan „Qozoqfilm“ kinostudiyasi). 1950-yillarda qozoq kinematografchilari turli janrlarda filmlar yaratdilar. Rejissor E.I.Fayk „Qanotli sovgʻa“ (1956), rejissor V.P.Voytetskiy „Sening doʻstlaring“ (1960), rejissor M.S.Begalin „Notinch bahor“ (1959), „Yerga qaytish“ (1959) filmlarini suratga tushirdilar. „Qozoqfilm“ning eng yaxshi filmlari: „Mening ismim Xoʻja“ (1963, rejissor A.Qarsaqbayev), „Aldar koʻsa“ (1964), „Avlodlar yeri“ (1966, ikkalasining rejissor Sh.Aymanov), „Mashuq toʻgʻrisida qoʻshiq“ (1970, rejissor M.Begalin), „Qiz Jibek“ (1972, rejissor S.Xojikov), „Battol“ (1973, qirgʻiz rejissor T.Okeyev), „Alpamis maktabga boradi“ (1976, rejissor A.Qarsaqbayev), „Transsibir tezyurari“ (1978, rejissor E.Oʻrazboyev). Rejissor A.Haydarov multiplikatsion filmlar, rejissorlar O.Abishev. I.Vereshchagin hujjatli filmlar yaratganlar. Qozoq kinosining yetakchi aktyorlari Ye.Umirzaqov, A.Umirzaqova, K.Kojabekov, F.Sharipova, A.Moldabekov va boshqalar 1958-yil Qozogʻiston Kinematografchilari uyushmasi tuzilgan. +Havolalar. +Bosh +Hukumat +Trade + +HTML: +HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro toʻrda ishlatiladi. +Qisqacha tarixi. +HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Li tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi. +Brauzerlar. +Brouserlar - maxsus HTML tilida yaratilgan xujjatlarni oʻquvchi kompyuter dasturi. Aynan brouserlar HTML tilida yaratilgan xujjatlarni formatlangan xolda koʻrish imkoniyatini beradi. Xozirda eng mahxur brouserlar bu Internet Explorer, Firefox, Opera Chrome va xokazolardir. +Imkoniyatlari. +HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega: +Versiyalari. +HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas. HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud boʻlganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan. +1995 yil Xalqaro Oʻrgimjak Toʻri Konsortsiumi tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda koʻp yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini oʻrash, matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brouserlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan boʻlib, darxol 3.2 versiyaga oʻtildi. Unda 3.1 versiyadagi baʼzi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa MathML standartida aloxida koʻrsatildi. +HMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid teglar (m.